5. Sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasini aniqlaymiz. Buning uchun sistemaning yuklama hisobga olingandagi almashtirish sxemasidan foydalanamiz (42-rasm).
42-rasm. Uzatilayotgan aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasini aniqlash almashtirish sxemasi
Ikkinchi generatorning yuklamaga berayotgan aktiv va reaktiv quvvatini aniqlaymiz.
Ikkinchi generatorning EYUK ni aniqlaymiz
= =
Yuklama ulangan tugun kuchlanishi bilan orasidagi burchakni, ya’ni ikkinchi generatorning yuklanish burchagini aniqlaymiz
Kompleks almashtirish sxemasidagi konturlarning to‘la va o‘zaro qarshiliklarni aniqlaymiz.
=
Yuqorida bajarilgan EYUK , konturning xususiy to‘la qarshiligi va konturlararo o‘zaro to‘la qarshilikning to‘g‘ri hisoblanganini tekshiramiz.
Uzatilayotgan aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasini aniqlaymiz va uning grafigini quramiz (44-rasm).
44-rasm. Aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasini aniqlash
Aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasi bo‘yicha statik turg‘unlik koeffitsiyentining zaxirasini aniqlaymiz.
Stansiya shinasining o‘chirgichidan keyin 3 fazali qisqa
tutashuv uchun qisqa tutashuv o‘chirilish vaqtining chegaraviy vaqtini aniqlaymiz.
Rele himoyasi shikastlangan zanjirni o‘chirgandan keyin sistemaning to‘la induktiv qarshiligini almashtirish sxemasidan aniqlaymiz.
Avariyadan keyingi rejimda sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvatning maksimal qiymatini aniqlaymiz:
Uch fazali qisqa tutashuv stansiyaning shinasida (kuchaytiruvchi transformatordan keyin) sodir bo‘ldi. Shuning uchun stator tokining aperiodik tashkil etuvchisining ta’sirini sinxron generator rotoriga taxminan normal rejimda uzatilayotgan aktiv quvvatning 15% ga teng bo‘lgan qo‘shimcha tormozlovchi moment ta’sir etayapti deb qabul qilamiz:
Uch fazali qisqa tutashuvda va tengligidan qisqa tutashuvni o‘chirish vaqtining chegaraviy qiymatini aniqlaymiz:
=
Sinxron generator rotorining mexanik inersion doimiysini nisbiy birlikka o‘tkazamiz:
Sinxron generator rotorining nisbiy harakatining differensial tenglamasini uch fazali qisqa tutashuv uchun analitik usul bilan yechib, rele himoyasining maksimal o‘rnatilish vaqti, qisqa tutashuv o‘chirish vaqtining chegaraviy qiymatini aniqlaymiz.
Uch fazali qisqa tutashuvda generator sistemadan ajralgani sababli avariya rejimida sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvat
Tenglama chiziqli ko‘rinishga keldi, uni analitik usul bilan yechishimiz mumkin
(1) ; (2), bu tenglamani hosilaga nisbatan yechamiz
- bu ifodani integrallab, quyidagi ko‘rinishga keltiramiz . Bu yerda - integrallash doimiysi bo‘lib, u nisbiy tezlikning o‘tkinchi jarayon boshlanishidagi qiymatini beradi, dan ni olamiz va uni (1) ifodaning o‘ng tomoniga qo‘yib integrallaymiz
Natijada
, bu ifoda sinxron generator rotorining ma’lum tezlanish bilan harakatlanayotganda burchakning o‘zgarishi uchun ketayotgan vaqtni bildiradi.
u holda qisqa tutashuv tokining aperiodik tashkil etuvchisini hisobga olganimiz o‘zgarishi uchun ketadigan vaqtni aniqlaymiz
Uch fazali qisqa tutashuv rejimi uchun burchak xarakteristikasini qurib uning dinamik turg‘unlik zaxirasini baholaymiz (45-rasm).
45-rasm. Uch fazali qisqa tutashuv rejimi uchun burchak xarakteristikasi