Kurs ishining ikkinchi qismini bajarish bo‘yicha vazifa
2.1. Elektromexanik o‘tkinchi o‘tish jarayonlarini tahlil qilish:
2. 1.1. Oddiy sistemaning statik turg‘unligini tahlil qilish
2.1.2 Kurs ishining birinchi qismida 1-rasmda berilgan sxemani soddalashtirish natijasida sxemani oddiy elektr sistemasi ko‘rinishiga keltiramiz (33-rasm). Sistema elementlarining parametrlarini sistema kuchlanishiga keltirib nisbiy birliklarda ifodalaymiz. Tanlangan bazis shartlari bo‘yicha rejim parametrlarini nisbiy birlikka keltiramiz.
2.1.3. Elektr sistema rejim parametrlarining skalyar qiymatini aniqlash uchun sistemaning vektor diagrammasini qurib va undan foydalanib sistemaning rejim parametrlari aniqlanilib oddiy elektr sistemaning statik turg‘unligi tahlil qilinsin:
Uzatuvchi stansiya generatorlarida proporsional va kuchli ta’sirli qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash (QAR) qurilmasi o‘rnatilgan deb qabul qilib xususiy hollar uchun tarmoq kuchlanishlarining vektor diagrammasi qurilsin. Uzatuvchi stansiyasi generatorlarida berilgan turdagi QAR qurilmasi ishlayotganda elektr sistemaning sun’iy turg‘unlik sohasi aniqlansin. Har bir holat uchun elektr sistemaning P=f() burchak xarakteristikasi qurilsin va statik turg‘unlik koeffitsiyentlari Kst – hisoblab topilsin. Havo elektr uzatish yo‘lining (HEUY)-ning aktiv qarshiligi yoki yuklama shinalarida kuchlanishning pasayishini hisobga olgan holda sistemaning statik turg‘unlik koeffitsiyenti aniqlansin. Yuklama shinasidagi kuchlanishning pasayishining aktiv quvvat uzatilish chegarasiga ta’sirini hisobga olib aktiv quvvatning haqiqiy uzatilish chegarasini aniqlang.
2.2. Oddiy sistemaning dinamik turg‘unligini tahlil qilish
2.2.1. Normal holat uchun elektr tarmog‘ining almashtirish sxemasi tuzilib, uning quvvat xarakteristikasi (boshlang‘ich ma’lumotlar statik turg‘unlik bo‘limidagi hisoblash natijalaridan olinsin). Bunda uzatuvchi stansiya generatorlarida proporsional ta’sirli qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagich (p. t. QAR) o‘rnatilgan deb qabul qilingan. Unda ekvivalent generator sistemaning almashtirish sxemasida o‘zining o‘tkinchi qarshiligi X’d hamda o‘zining o‘zgarmas o‘tkinchi EYuK E’ – orqali ifodalab olinsin. Havo elektr uzatish yo‘lining (HEUY) normal ishlash jarayoni uchun quvvatning PI = f(’) burchak xarakteristikasi qurilsin. Shikastlanish holati uchun elektr sistemaning almashtirish sxemasi tuzilsin. Uch fazali va individual variantda ko‘rsatilgan nosimmetrik qisqa tutashuvlar uchun q.t. tugunida hosil bo‘lgan ekvivalent shunt qarshiligi (XSH) hisoblab topilsin. Hamda ushbu shikastlanish holatlari uchun quvvatning PIII=f(’) qurilsin.
Elektr uzatish uskunasining shikastlangan qismi rele himoyasi yordamida o‘chirilgan sharoit (ya’ni shikastlanishdan keyingi holat) uchun sistemaning almashtirish sxemasi tuzilib, shunt qarshiligining qiymatini hisobga olgan holda umumiy ekvivalent qarshilik (XII) aniqlansin va quvvatning burchak xarakteristikasi PII=f(’) qurilsin. Sistemaning dinamik turg‘unligini tekshirishda tekisliklar (energetik) qoidasidan foydalanilsin. Sinxron generator rotorining nisbiy harakat tenglamasini ketma- ket intervallar usuli yordamida sonli integrallash orqali uch fazali va berilgan turdagi qisqa tutashuvlar tahlil qilinib, tegishli holatlar uchun qisqa tutashuvning o‘chirilish burchagining chegaraviy qiymati (cheg) hamda kritik burchak (KR) aniqlansin. Qisqa tutashuvning berilgan vaqt davomiyligi (tQ.T ) uchun elektromexanik o‘tish jarayoni hisoblanib yuklanish burchagining tegishli qiymatlari topilsin. Tezlashish va tormozlanish hamda tormozlanish mumkin bo‘lgan maydonlar qurilsin. Elektr uzatish qurilmasi burchagining vaqt davomida o‘zgarishi grafigi `=f(t) -olinsin.
2.2.2. Sistemaning dinamik turg‘unligiga QARning, HEUY-ning o‘chirilgan zanjirini yoki fazasini avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmasini qo‘llashning, bug‘ turbinasi quvvatini avariya holatida impulsli yuksizlantirishning ta’siri tahlil qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |