Kurs ishi topshirdi: Yormatov Sh Qabul qiladi: Bo’ranova Lola Termiz – 2022 Mavzu



Download 3,05 Mb.
bet8/12
Sana13.06.2022
Hajmi3,05 Mb.
#665297
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Aslidddin makro

-b
mt = ------------------ ko`rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’
Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi natijasida YAIM xajmining bundan necha marta ko`p miqdorga o`zgarishi iste`molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog’liq.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikatori va soliq mul’tiplikatorini xisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish xajmi modeli kuyidagicha bo`ladi:
Y=(a+I+G+g) - Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Aytaylik xukumat o`z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini xam shuncha oshirdi.


Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o`zida bir xil miqdorda o`zgarishi natijasida daromadlarning jami o`zgarishi ΔY mikdori kuyidagiga teng bo`ladi:
ΔY= ΔG - ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish xajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujjet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujjet mul’tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.


Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattaroq bo`ladi. Bu xolat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol xajmiga ta`siri (soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muxim ro’l o`ynaydi. Agar xukumat davlat sektorini kengaytirmokchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga karatilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l xisoblanadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda t qanchalik katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo’lishini taqozo etadi.
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YAMM hajmini , uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo’lishi mumkin.
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal’ siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. YA’ni, soliq to’lovchilar tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo’yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida foiz stavkasini ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo’yadi.

Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o’tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo’yish va davlat qarzlarini to’lash kiradi.
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.
Hududlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirilishi, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag’batlantirilishi 2016 yilda Davlat byudjeti daromadlar qismi prognozini 101,3%ga bajarish imkonini berdi.
Soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarning da­vom ettirilishi va iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlar natijasida iqtisodiyotdagi soliq yuki YAIMga nisbatan 2015 yildagi 21,3%dan 20,6%ga pasaydi.
Davlat byudjeti daromadlar qismining ijrosi 2016 yilda quyidagicha tuzilishga ega buldi:

  • Davlat byudjeti daromadlar qismida to’g’ri soliqlar ulushi 2015 yildagi 24,1%dan 24,0%gacha yoki YAIMga nisbatan mos ravishda 5,1%dan 4,8%gacha kamaydi;

egri soliqlar hamda resurs soliqlari va to’lovlar ulushi byudjet daromadlari tarkibiy tuzilishida 2015 yildagi 65,8%dan 34,4%gacha yoki YAIM­ga nisbatan 14%dan 13,3%gacha kamaydi
2016 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari prognozi 101,3%ga ijro etildi. Bu esa Davlat byudjetining YAIMga nisbatan 0,1% profitsit bilan bajarilishi va Davlat byudjeti muvozanatini ta’minlash imkonini berdi.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish