Kurs ishi topshirdi: Yormatov Sh Qabul qiladi: Bo’ranova Lola Termiz – 2022 Mavzu


Fiskal siyosat va uning turlari. Diskret va nodiskret fiskal siyosat



Download 3,05 Mb.
bet4/12
Sana13.06.2022
Hajmi3,05 Mb.
#665297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aslidddin makro

2.Fiskal siyosat va uning turlari. Diskret va nodiskret fiskal siyosat.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi. Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi:
1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat;
2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat.


Fiskal siyosat, uning maqsadi va amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari
Nediskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi. Ishlab chiqarishning birdaniga va tez o‘sish holatini yumshatish uchun byudjet daromadlar qismining xarajatlar qismiga nisbatan ortiqcha bo‘lishi zarur. Iqtisodiy davrning holatiga, ya’ni iqtisodiyot hozirda qanday davriy fazada ekanligiga ko‘ra, fiskal siyosat vositalari turlicha qo‘llaniladi. Fiskal siyosatning ikki turi mavjud:
1) Rag‘batlantiriluvchi fiskal siyosat.
2) Cheklovchi fiskal siyosat.


Fiskal siyosat turlari6
bunda, AD – yalpi talab; LRAS – uzoq muddatda yalpi taklif; SRAS – qisqa muddatda yalpi taklif; Y – milliy ishlab chiqarishning real hajmi; P – narxlar darajasi.

Boshqa tomondan yondashilsa, bunday “yumshatish” uchun aksincha, byudjet kamomadi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday ekan, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to‘ldiruvchi hisoblanadi. Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyasiya qilish tushuniladi. Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi: - Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari;


- Davlat buyurtma va xaridlari; - Davlat investitsiyalari; - Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish; - Soliqlarni boshqarish. Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, mamlakat milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali tartibga solishi zarur. Kengaytirilgan (Ekspansion) Fiskal Siyosati. Iqtisodiy pasayish yuzaga kelganda fiskal siyosatning kengaytirilgan turidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 2-rasmni ko‘raylik, unda invistitsion xarajatlarning keskin pasayishi jami talab egri chizig‘ini AD1 dan AD2 ga chapga o‘tkazadi. (ko‘rsatgich chiziq va pasga ketuvchi chiziqlarni xozircha inobatga olmang). Pasayishning sababi investitsion loyixadan kutilayotgan foyda investitsion xarajatlar va jami talab kamayishi qisqarishi oldida ko‘rinmay qolishidadir.

Rasmda yalpi mahsulotning potensial yoki to‘liq bandlikdagi hajmi 510 000 000 000$ deb faraz qiling. Agar narxlar darajasi p1 da noegiluvchan bo‘lsa, u holda chiziqning pastki qismida yalpi taklif egri chizig‘iga aylanadi. Jami talab egri chizig‘i chapga siljib real ichki yalpi maxsulotni 510 000 000 000$ dan 490 000 000 000$ ga qisqartiradi.20 000 000 000$ lik yalpi ichi maxsulotning ortda qolishi yuzaga keladi. Yalpi ichki maxsulotning bunda yotda qolishi ishsizlikdagi o‘sish bilan birga keladi chunki qisqartirilgan maxsulot chiqarish uchun kamroq ishchilar talab etiladi.Bunday holatda iqtisodiyot pasayish fazasida va siklik ishsizlik bilan birga yuzaga keladi.


Davlat Harajatlarining Ko‘payishi. Boshqa teng sharoitlarda davlat xarajatlarining o‘sishi, rasmda jami talab egri chizig‘ini AD2 dan AD1 ga o‘nga siljitadi. Negaligini tushunish uchun, davlat quyidagi xarajatlarga, yani 5 000 000 000$ yangi xarajatlarni avto yo‘llar, ta’lim va sog‘liqni saqlashga nisbatan amalga oshirishga turtki berdi, deb faraz qiling. Biz bu 5 000 000 000$ hokimiyat chiqimini AD2 va o‘ngidagi punktir chiziq o‘rtasidagi gorizontal oraliq sifatida ko‘rsatamiz. Xar bir narx darajasi xozir talab etilayotgan real ishlab chiqarish miqdori hokimiyat chiqimlarini rag‘batlantirishdan oldingidan 5 000 000 000$ ko‘proq. Lekin jami talabning boshlang‘ich o‘sishi bu xali oxiri emas. Ko‘paytirish ta’siriga ko‘ra jami talab egri chizig‘i AD1 ga siljiydi, hokimiyat sotib olishlaridagi 5 000 000 000$ o‘sishni ko‘rsatuvchi masofadan oshadi. Bu kattaroq siljish yangi iste’mol chiqimlari keyingi sikllarida chiqimda boshlang‘ich o‘zgarish kuchayishini ko‘paytirish jarayoni tufayli yuzaga keladi. Agar iqtisodiyot mpc si 75 ga teng bo‘lsa unda oddiy ko‘paytiruvchi 4 ga teng. SHunday qilib jami talab egri chizig‘i 4 marotaba AD2 va siniq chiziq o‘rtasidagi masofada o‘nga siljiydi. Bu aniq jami talab o‘sishi jami taklif segment gorizontal siniq chizig‘i davomida yuzaga keladi, ishlab chiqarishning real ko‘lami to‘liq o‘lchamdagi ko‘paytiruvchi orqali o‘sadi. Real ishlab chiqarish o‘lchami 510 000 000 000$ ga yetib o‘zining iqtisodiy pasayish darajasidan 20 000 000 000$ ga oshgan.Bir vaqtning o‘zida firmalar bandligini pasayishdan oldingi to‘liq bandlik darajasiga o‘stirshi xisobiga ishsizlik kamayadi. Kengaytirilgan fiskal siyosat. Kengaytirilgan fiskal siyosat davlat xarajatlati yoki soliqlar pasayishini iqtisodni pasayishdan chiqarish uchun foydalanadi. 75 mpc si iqtisodda hokimiyat chiqimlarining 5 000 000 000$ ga pasayishi yoki 6.67 000 000 000$ soliqlar ko‘payishi bo‘lsa (iste’molda 5 000 000 000$ pasayishni keltirib chiqarib) bu jami talab egri chizig‘ini AD4 dan punktirli chiziqqa siljitadi. Ko‘paytiruv ta’siri keyin egri chiziqni AD3 ga siljitadi.Jami talabdagi umumiy pasayish cho‘ziluvchi inflyasiya talabini tugatadi.7

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish