Kirish Iqtisodiy o’sishga mamlakatning soliq tizimi ham sezilarli ta’sir qiladi.Soliqqa tortish stavkalarini kamaytirish va amortizatsiya ajratmalari me’yorining o’sish tomon o’zgarishi investitsiyalar hajmini ko’paytiradi va shu orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga yo’naltirilgan:
iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash;
fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.
Milliy iqtisodiyot o’sishini o’lchashda jami daromadlarning (mahsulotlarning) har xil indikatorlaridan foydalanish mumkin. Umumiy o’sish darajasi aslida YaIM miqdori bilan belgilanadi. Shuningdek, bu ko’rsatkichlar miqdori va bajarayotgan vazifasiga qarab YaIM yoki MD ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning barchasi bir-biriga juda ham yaqin. YaMD YaIM kabi ushbu mamlakat aholisi olayotgan daromadlar miqdorini ko’rsatadi. Shuning uchun ham undan aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar dinamikasi va darajasini aniqlayotganda foydalanish mumkin. Iqtisodiy o’sish nazariyasi va modellarida umumiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning farqi unchalik katta ahamiyatga ega emas. Chunki, ularning farqi iqtisodiy o’sish chegarasi va omillari o’sish darajasini tahlil qilishda hal qiluvchi jarayon hisoblanmaydi.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda amalga oshirayotgan ijtimoiy siyosatimizning aholimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishdagi ta’siri va natijalari haqida alohida to’xtalib o’tishni zarur. 2013-yilda xalqimizning real daromadlari 16 foizga oshdi, o’rtacha oylik ish haqi, pensiya, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalar 20,8 foizga ko’paydi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda pensiyalarning o’rtacha miqdori o’rtacha ish haqiga nisbatan 37,5 foizni tashkil etmoqda. Bu ko’rsatkich Rossiyada 25,7 foizdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa 23-28 foizdan iboratdir. Joriy 2014-yilda mamlakatimizda bu ko’rsatkichni 41 foizga etkazish ko’zda tutilmoqda. Oilalar daromadlari tarkibi o’zgarmoqda – tadbirkorlikdan olinayotgan daromadlar aholi yalpi daromadlarining yarmidan ziyodini tashkil etmoqda. Holbuki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida bu ko’rsatkich o’rtacha 20-25 foizdan oshmaydi.
Umuman, ijtimoiy va ekologik muammolar kuchaygan deyarli barcha mamlakatlarda iqtisodiy o’sishga eng avvalo aholi farovonligini ta’minlashning sharti sifatida qaralmoqda. Chunki, iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash zarurligi sababli rivojlangan mamlakatlarda amal qilgan iqtisodiy o’sishning miqdoriy nazariyasi o’z o’rnini iqtisodiy o’sishning sifat nazariyasiga bo’shatib berdi. Uning asosiy mohiyati kslajak avlodlar ehtiyojini va aholining kambag’al qatlamlari ehtiyojini hisobga olishdadir.
Davlat siyosati iqtisodiy o’sishning quyidagi muammolarini hal etishga yo’naltirilgan:
iste’mol darajasi yuqori bo’lgan, iqtisodiyotning barqaror holatini ta’minlashga qaratilgan omonat jamg’arish me’yorlarini tanlash;
aholi o’sishini tartibga solish;
fan-texnika taraqqiyotining ekologik jihatdan xavfsiz yutuqlarini joriy etish va mehnat unumdorligini oshirish.