Kurs ishi mavzu: Xalq og‘zaki ijodida islom omili Bajardi: Dovurov J. Ilmiy rahbar: t f. Dsc O‘. Sultonov Toshkent


II BOB. Xalq og‘zaki ijodida islom omili



Download 108,38 Kb.
bet6/9
Sana18.07.2022
Hajmi108,38 Kb.
#820339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5278572037223226691

II BOB. Xalq og‘zaki ijodida islom omili
2.1. Alpomish dostonida islom tushunchalari va tahlili

“Alpomish” dostoni badiiy jihatdan ham xalqimiz og‘zaki ijodidagi eng mukammal asarlardan biridir. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li mohir va tajribali baxshi bo’lgani uchun asardagi voqealarni bayon qilishda shoqiyofasini, ichki dunyosi, atrofdagi tabiat manzaralarini, voqea-hodisalarini izchil ta’riflaydi. Tomoshabin ko‘z oldida jonli voqea tasvirini hosil etadi. Qahramonning xatti-harakatlarini dalillashga alohida e’tibor beradi, shuning uchun ham tinglovchi ko‘nglida doston mazmuni bilan bog‘liq yechilmagan jumboq qolmaydi.10


“Alpomish” dostoni mubolag‘a, o‘xshatish, sifatlash kabi badiiy vositalarga juda boydir. Masalan, Alpomishning yoshligi bilan bog‘liq mana bu lavhani olaylik: “Hakimbek yetti yoshga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birinchdan bo‘lgan parli yoyi bor edi. Ana shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o‘n to‘rt botmon yoyni qo‘liga ushlab ko‘tortadi, tortib, qo’yib yuboradi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib ketdi, Asqar tog‘ining katta cho’qilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi”. Lug‘atlarda og‘irlik o‘lchovi sifatida qayd etilgan “botmon” O‘rta Osiyo xalqlari orasida 2 puddan 16 pudgacha vaznga ega ekani ko‘rsatilgan. Agar har pud 16 kilogrammga teng ekanini nazarda tutsak, 14 botmon 224 kilogramm bo’ladi. 7 yoshli Hakimbekning turli metall ma’danlardan quyilgan (birinchidan bo‘lgan) shu qadar og‘ir yoyni ko‘tara olishi, unga mos o‘q joylashi va o‘qni otib, katta tog‘ning cho‘qqisini uchirib yuborishi tinglovchi mazkur voqeaning sodir bo’lganiga mutlaqo shubha bildirmaydi. Chunki Hakimbekning dunyoga kelishini ilohiy kuchlar bashorat qilgandilar, Shohimardon pirining o‘zi qalandar qiyofasida kelib, Boybo‘rining yangi tug‘ilgan o‘g‘liga Hakimbek deb nom qo’ygandi. Mubolag’ali o‘rinlar Hakimbek, to‘qson alplarning tog‘dek gavdalari, Barchin, Qaldirg‘ochning go‘zalligi tasvirida, botirlarning kurashlarida, otlarning poygasida juda o‘rinli yaratilgan. Dostonda ajoyib o‘xshatishlarni ham uchratamiz: 
Ostingda bedoving halloslar qushday,
Achchig‘ing chillali muzlagan qishday. 
Bu satrlarda uzoq masofani bir zumda bosib o’tadigan Boychibor qushga, Alpomishning g’azabi butun atrofni muzlatib yuboradigan qishga o’xshatilyapti.
Dostonda:
Davlat qonsa, bir chivinning boshiga,
Semurg qushlar salom berar qoshiga.
Ot chopsa gumbirlar togning dorasi,
Urushda bilinar mardning sarasi
kabi hikmatli so‘zlar tez-tez uchraydi. Ma’lum bo‘ladiki, “Alpomish” dostonining tashkil topgan mazmuni so‘z san’atining go’zal badiiy vositalari bilan bezatilgan holda tinglovchiga taqdim etilgan. Shuning uchun ham doston asrlar osha xalqimiz tomonidan sevib tinglanmoqda va o‘qib kelinmoqda.
Oʻzbek dostonchiligi taʼsirida XX asr boshlarida ertak va rivoyatlar shaklidagi tojik variantlari ham yuzaga kelgan. Oʻrta asr oʻgʻuz eposining muhim yodgorligi hisoblangan „Kitobi Dadam Qoʻrqut“ tarkibidagi „Bamsi Bayrak“ asari oʻzining sujeti va kompozitsiya qurilishi jihatidan „Alpomish“ dostoniga yaqin turadi. "Alpomish" dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining ob’ektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma-xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi. "Alpomish" dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadim dostonchilik anʼanalari asosida xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan boʻlsada, aslida „Alpomish“ dostonining eng qadim qatlamlari miloddan avvalgi yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini oʻzida aks ettirgan. Qoʻngʻirot qabilasining turli hududlarga siljishi va ularning yangidan shakllanayotgan xalqlar tarkibiga kira borishi natijasida doston boshqa urugʻ va elatlarga ham oʻtib, ularning epik anʼanalari asosida qayta ishlana borib, juda keng tarqaldi va nihoyat, uning yaratilishida ota-bobolari ishti-rok etgan har bir xalqning oʻz eposiga aylandi. „Alpomish“ dostonining ogzaki epik anʼanalarda bizgacha yetib kelgan nusxalari IX-X asrlarda yaratilgan. Ammo bunday xulosa dostonga asos boʻlgan syujet va yetakchi motivlarning mifologik va tarixiy-hayotiy ildizlari qadimgi davrlarga - miloddan avvalgi zamonlarga taqalishini inkor etmaydi. Doston syujet tarkibida islomgacha bulgan karashlar va mifologik qatlam mavjud. Undagi mifologik qatlam esa, kad. turmush tarzining ba-diiylashtirilgan va ideallashtirilgan koʻrinishlaridir. „Alpomish“ variantlari 1922-yildan yozib olina boshlangan. Hozirgacha Fozil Yoʻldosh oʻgli, Mahammadqul Jonmurod oʻgʻli Poʻlkan, Berdi baxshi, Said-murod Panoh oʻgʻli, Boʻri baxshi, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Mardonaqul Avliyoqul oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Umir baxshi, Haydar Boycha oʻgʻli, Rahmatulla Yusuf oʻgʻli, Hodir Rahim oʻgʻli kabi oʻttizdan ortiq dostonchilardan qirqqa yaqin variantlari yozib olingan. Dostonning yozib olingan qoʻlyozmalarining asl nus-xalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutinnng folklor arxivida saqlanadi. Bu variantlar orasida eng mukammali, badiiy jihatdan eng yuksa-gi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlidan yozib olingani hisoblanadi. „Alpomish“ning Berdi baxshi, Saidmurod Panoh oʻgʻli, Pulkan va Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Bekmurod Joʻraboy oʻgʻli, Xushboq Mardonaqulov aytgan variantlari ham nashr etilgan. „Alpomish“ dostoni qahramonlik, mardlik, vatanparvarlik, turli elatlar va xalqlarning birodarli-gi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi va urugʻ birligini kuylovchi ulkan epos-dir. Respublikamiz prezidenti Islom Karimov „Alpomish“ dostonining 1000-yilligiga bagʻishlangan tantanali maro-simda soʻzlagan nutqida aytganidek: „Alpomish“ dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoʻy boʻlishga, oʻz yurtimizni, oilamiz qoʻrgʻonini qoʻriqlashga, doʻstu yorimizni, or-nomusimizni ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga oʻrgatadi". Doston qoʻngʻirot urugʻi boshliqlari - aka-uka Boyboʻri va Boysarining farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Alpomish, Barchin, Qaldirgʻochlarning bir kunda tugʻilishi, Barchin. Dostonning yetakchi obrazi (V. Ye. Kaydalov asari).Barchinning Alpomishga beshikkerti qilinishi, Boysarining Boyboʻridan arazlab oʻn ming uyli elat bilan qalmoq eliga koʻchishi, qahramonning yorini olib kelish uchun oʻzga mamlakatga safari, Qorajon bilan doʻst tutinib, Barchin shartlarini bajarishi va yorini olib oʻz yurtiga qaytishi, keyin yana yetti yil tutqunda qolishi, zindondan oti Boychibor yordamida qutulib, oʻz eliga umr yoʻldoshi Barchinning zoʻravon Ultontoz bilan boʻlayotgan majburiy toʻyi ustiga kelishi ham raqibini yengib, murodmaqsadiga erishishi voqealari juda qiziqarli, eposga xos rang-barang badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. Alpomish va Qorajon, Qultoy va Yodgorlarning oʻzaro munosabatlari, hatto qahramonning oti Boychibor bilan munosabati tasvirida jamiyat taraqqiyotining dostonda tasvirlangan bosqichiga xos olijanob soddalik, ulugʻvor vazminlik, patriarxal insoniylik, bolalarcha begʻubor samimiylik gʻoyatda goʻzal mujassamlash-gan. „Alpomish“ dostoni badiiy barkamol asar. Unda oʻzbek xalqi sheʼriy dahosining buyuk qudrati toʻlaligicha namoyon boʻlgan. „Alpomish“ning slovak tilida nasriy bayoni, rus tilida badiiy tarjimasi nashr etilgan. Undan parchalar ingliz tilida eʼlon qilingan. Doston turk tiliga tar-jima qilindi.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga (1998-yil 13-yanvar) hamda YUNESKOning 1999-yildagi tadbirlar rejasiga binoan Oʻzbekistonda 1999-yil noyabrda “Alpomish” dostonining 1000-yilligi keng nishonlandi. Soʻnggi tantanalar 1999-yil 6 noyabrda Termiz shahrida boʻlib oʻtdi. Shu munosabat bilan bu yerda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi, Alpomish nomidagi bogʻ barpo etildi va xalq qahramoniga haykal ochil-di. „Alpomish“ning atoqli xalq baxshilari kuylagan variantlari qayta nashr etil-di. Doston haqida hujjatli va badiiy film, uning motivlari asosida teatr spektakllari yaratilgan.
“Xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo`lsa, “Alpomish” ana shu dostonning shoh bayti”. I.A.Karimov. “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”
“Alpomish” dunyo estetik tafakkuri tarixida kamdan-kam uchraydigan favqulodda va noyob badiiy hodisalardan biridir. Uning favqulodda va noyobligi shundaki, qadimiyatda yaratilgan bu ulkan epos baxshilar tomonidan asrlar davomida kuylanib, jonli epik anʼanalarda ogʻzaki ravishda bizgacha yetib keldi. Shuning uchun ham u bugungi kunda qadimiyatning buyuk bir ehsoni, oʻzi yaratilgan davrning umumiy dunyoqarashi, ayni paytda jonli anʼanaviy ijod va ijro sharoitlarida xalq ommasi ruhining obyektiv holatini davrlararo ifodalab, mazmun va shakl jihatidan goh kengayib, goh torayib, koʻplab variantlarda va xilma xil koʻrinishlarda ajdodlardan avlodlarga yetib kelgan adabiy yodgorlik, xalq milliy tarixidagi qahramonlik voqealarining afsonalar qobigʻiga oʻralgan oʻziga xos badiiy ifodasi, buyuk epos sifatida baholanadi.
“Alpomish” dostoni bundan ming yil oldin turkiy xalqlarning qadimiy dostonchilik anʼanalari asosida xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida yaxlit doston shaklini olgan boʻlsada, aslida “Alpomish” dostonining eng qadimiy qatlamlari mil. av. yuz yilliklarda yurtimizda kechgan jarayonlarning badiiy talqinini oʻzida aks ettirgan.

Download 108,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish