Kurs ishi mavzu: Xalq og‘zaki ijodida islom omili Bajardi: Dovurov J. Ilmiy rahbar: t f. Dsc O‘. Sultonov Toshkent


Xalq ertaklarida islom haqida tushunchalar



Download 108,38 Kb.
bet7/9
Sana18.07.2022
Hajmi108,38 Kb.
#820339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5278572037223226691

2.2. Xalq ertaklarida islom haqida tushunchalar

Ertak xalq og‘zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katah kichiklar uchun baravar qiziqarli bo`lgan janridir. Ular juda uzoq o`tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo`lgan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o`ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi.


Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham eng ommaviy janrlardan biri sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Ularning juda qadim zamonlardan yaratilganini “ertak” atamasining Mahmud Koshg‘ariy tomonidan 1074 yilda yozilgan “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida “etuk” tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: “Etuk – hikoya, ertak; biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z qo‘llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan”31. Xalqimiz orasida xozirgi paytda xam cho‘pchak, utuk, matal , varsaqa kabi so‘zlar ertak manosini anglatadi . Xalq ertaklarning ommaviyligi va yashovchiligini ham ularning shu xususiyatlari bilan izohlash mumkin. O‘zbek xalq ertaklari B.Karimov, F.Abullayev, M.Afzalov, K.Imomov, X.Egamov, kabi olimlar tamonidan o'rganilgan ular Xamrobibi Umarali qizi, Xasan Xudoyberdi o‘g‘li, Xusanboy Rasul o‘g‘li, Nurali Nurmat o‘g‘li, kabi o‘nlab ertakchilardan, ertak yezib olganlar, tahlil qilganlar.
Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. O‘tmishda ertaklar yilning ma’lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega bo‘lgan yoshi ulug‘, dono, hurmatli va e’tiborli kishilar tomonidan aytilgan. Odatda bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi.
Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Shu haqdagi nuqtai nazarini “Ertak ermak emas, ertakchi og‘ziga kelganini demas” maqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tomonidan yo bir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonmoq uchun ertak mazmuniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olamini ta`minlash uchun ovoz jilosiga, hz va gavda harakatlariga (mimika va pantomimikaga) alohida e`tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko‘tarib, ko‘zlarini har xil holatga solib, yumshoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahimakor ohangda bo‘lishini ta’minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o‘zi ijro etadi, asardagi ruhiy olamni o‘z kechinmalari bilan to‘ldiradi va hayajonbaxshligini ta’minlaydi. Shu ijro xususiyatiga ko‘ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan holiligi bilan undan farq qiladi.
Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi yetakchilik qilgan davrlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala hmushlari tugagan paytda- kuz va qish mavsumlarida, uzun va zerikarli oqshomlarda aytilgan va bu o`ziga xos an’ana tusini olgan. Ertakchilik oqshomlari shomdan tonggacha davom etgan. Shundandirki, xalqning o‘zi bu hodisani “Doston kunda aytiladi, ertak tunda” degan maqolida maxsus ta’kidlab qo‘yishni unutmagan.
Garchi ertak eng qiziqarli nuqtasiga – kulminatsiyasiga kelib qolganiga qaramay, tong otgan zahoti uni aytishdan to`xtanilgan. Xususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga qat`iy amal qilingan. Sababi - sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong`ulik olamining mavjudotlari yorug`lik olamiga chiqib, insonlarga, ayni paytda ertak tinglovchilariga ziyon-zahmat etkazishlari mumkin degan e`tiqod tufayli shunday yo`l tutilgan. Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo`qolishidan, uning moddiy hayot qobig`iga singib ketishidan qo`rqilgan. Shomdan boshlanuvchi qorong`ulik tonggacha hukmron bo`lganligidan ertaklar olamiga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi an`anasi aslida ana shu asosda qaror topgan.
Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dramatik harakat yordamida ijro qilinadi. Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik qimmati pasayadi. Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mumkin:
a) teatrlashtirilgan shaklda;
b) deklamatsion shaklda;
v) ohangga solingan shaklda.
Ertaklarda va ular ijrochiligida tayyor qolipga aylangan an`anaviy birikmalar juda ko`p uchraydi. Ular o`quvchi va tinglovchini qiziqtirishdan tashqari, voqealarni bir-biriga bog`lashda, uzoqni yaqin qilishda muhimdir. CHunonchi, “qirq hujra bor, hujraning qirqinchisiga kirma”, “qilichni bir silkitdi, qilich qirq gaz cho`zilibdi”, “endi so`zni boshqa tomondan eshiting”, “shohning qahri kelib, ilonday zahri kelib”, “oy desa og‘zi bor, kun desa-ko‘zi bor, shirindan shirin so‘zi bor”, “suv ichsa tomog‘idan, sabzi esa biqinidan ko‘rinadi”, “kulsa – og‘zidan gullar sochilar, yursa-oyog‘idan tilla sochilar”, “yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, tog‘u sahro, cho‘l yurib…” kabilar shular jumlasidandir.
Ertak ijrochiligining o`ziga xos tabu – taqiq va irimlari bor. CHunonchi, ertakchi ertak aytayotganda eshikni mahkam tambalagan, o`choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, shuningdek, non, suv, tosh singari narsalarni qo`ygan.
O‘zbekistonning turli joylarida ertakchilik matablari bo‘lgan. Ularda ustoz ertakchilar o`zlariga munosib shogirdlar tayyorlagan. Shogirdini ertak aytish san’atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir-sinoatlaridan maxsus saboq bergan.
Ertak epigrafi, an`anaviy kirish qismi va boshlamasi ertakchining mahoratini baholashga xizmat qiladi, ular, asosan, saj` orqali yaratilgan bo`lib, ertak ohangdorligining jozibasini ta`minlaydi, ertakka ta`sirchanlik baxsh etib turadi.
O‘zbek ertaklari a) sehrli –fantastik ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar; v) maishiy-hayotiy ertaklar kabi ichki turlarga bo`linadi. Sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklar voqelik asosan xayoliy uydirma negizida hikoya qilinib, ularda hayotda bo`lmagan, bo`lmaydigan g`ayritabiiy narsa-hodisalar tilga olinadi. Maishiy-xayoliy ertaklarda hayotiy uydirma etakchilik qiladi. Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanish jarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlarning turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida hzaga kelgan. Davrlar o`tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So`zga sig`inish, ilohiy kuchlarga sig`inish, animistik, totemistik, fetishistik e`tiqodlar, gallitsunatsiya va tush ta`sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to`lisha borsa, hayvonlarni ovlash, xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo`la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini omuxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy namunalar hzaga kela boshladi.
Feodal munosabatlar tarkib topib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlarni ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar paydo bo`la boshladi. SHu zaylda ertaklar ijtimoiy – estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi. Ertak janri barcha xalqlarning og`zaki ijodida mavjud bo`lib, har bir xalqning umuminsoniy fazilatlari, olijanob qarashlari, yuksak orzulari va intilishlarini o`ziga xos milliy ruhda ifodalaydi. Jumladan, o`zbek xalq ertaklarida xalqimizning o`tmish va kelajak maishiy turmushi haqidagi qarashlari, axloqiy me`yorlari, ruhiy olami, o`y-istaklari, orzu-armonlari, shuningdek, jonajon diyorimizning tabiiy iqlimi, geografik muhiti, hayvonot va nabotot olami ona tilimizning boy imkoniyatlaridan foydalanilgan holda badiiy obrazli tarzda aks ettirilgan. Shu vajdan har bir xalqning ertagi o`sha xalq tarixini ma`naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e`tiqodini boshqa qardosh elu elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o`rganishda muhim manba vazifasini o`taydi.
Deyarli barcha ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi yagona maqsadga- mehnat ahlining buhk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga etishdan iborat umidbaxsh g`oya bilan yakun topadi.
Ertaklar o`ziga xos mavzu va g`oyaviy yo`nalishi hamda ta`limiy-estetik funktsiyasi bilan ajralib turadi. Ideal qahramonning g`ayri tabiiy kuchlarga qarshi chiqishi, mo``jizaviy narsalarni o`zga yurtlardan olib kelishi, devlar olib qochgan qizlarni qutqarishi, o`zga yurt malikalari, parizodlarga oshiq bo`lishi, bedavo dardlarga davo topishi kabilar ertaklarning mavzu doirasini belgilaydi.
Xalq ertaklari mazmunida ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy hayotning hamma masalalari o‘z ifodasini topadi, desak xato bo‘lmaydi. Shuning uchun ham yer yuzining hamma mintaqalarida yashaydigan xalqlarda umumiy hayot tarzi yaqin bo‘lgani sabab bir xil mazmundagi ertaklar ko‘p uchraydi. Fransuz, ingliz, xitoy, yapon ertaklari aksariyat hollarda o‘zbeklar ijodidagi bu janrdagi asarlar mazmunini takrorlaydi. Faqat fransuzlarda pishloq, uzum; xitoylarda guruch; o‘zbeklarda tuxum yoki qatiq kabi narsalar farqi seziladi. Agar boshqa xaqlardagi ertaklar matnida shu yoki boshqa narsalar nomini milliy predmetlar bilan alishtirsak, ko‘pincha, boshqa xalqlar namunalari ham o‘zbekniki bo‘ladi-qoladi. Bu holat sababini avval qayd qilganimizdek, bir xalqdan ikkinchi xalqning o‘zlashtirishi deb emas, umumiy hayot tarzining yaqinligi bilan asoslash ma’qulroqdir. Masalan, yoqut xalqidagi “Bekinmachoq”, ruslardagi “O‘n ikki oy” (“Morozbobo”) va o‘zbekdagi “Zumrad va Qimmat” ertaklarida voqea tugunidan tortib echimigacha bir xil yo‘nalishda kechadi. Ammo bu asarlarning har biri bevosita o‘sha xalq ijodi namunasi deb tan olinadi.
Mana shu nuqtai nazardan qaraganda istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan xalq ijodini o‘rganish va targ‘ib qilish uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi. Xalq tabiatan hamisha adolatni yoqlaydi, himoya qiladi. Ertaklar yaratilish jihatdan miflarga asoslansa, mavzuning tanlanishi, obrazlar tizimidagi yo‘nalishlar, hayot muammolarini aks ettirishda adolat mezoniga bo‘ysunadi. Qalloblik, vijdonsizlik, xiyonat, yolg‘onchilik, ma’naviy nopoklik kabi illatlar doimiy ravishda qoralanadi. Mardlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, iymonlilik, poklik fazilatlari hurmat bilan tilga olinadi. Voqeaning tuguni ham hamisha ana shu fazilatlarni ulug‘lash bilan echimini topadi. Mohir xalq farzandlari tomonidan o‘ylab topilgan fantastik hodisalar, uydirma lavhalar, sehrli narsa-buyumlar, jodular, g‘ayritabiiy hodisalar esa tom ma’noda yovuzlikning qoralanishi, ezgulikning maqtalishida poetik xomashyo sifatida foydalaniladi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, xalq og‘zaki ijodida ertak janri hamda dostonchilik alohida o‘rin tutadi. U o‘zining g‘oyaviy-badiiy mazmuni, o‘tkir badiiy tili, badiiy estetik qimmati bilan xalqning sevimli, ommaviy janri bo‘lib kelmoqda. Ertaklar va dostonlar juda katta tarixiy, ta’limiy-estetik ahamiyatga egadir. Chunki ertaklar juda qadim zamonlarda mavjud bo‘lgan dunyoqarashlarning davomidir yoki aytish mumkinki, zamonaviylashgan shaklidir. Ayni kunlarimizda ertak tinglamagan va ertakni yoqtirmaydigan bolajonlarni uchratish qiyin. Ayniqsa, hayvonlar haqidagi va sehrli ertaklarni sevib tinglaydigan, o‘qiydigan bolalar har bir xonadonda bor, desak mubolag‘a emas. Bugungi kunga kunga kelib bobolarimiz tomonidan aytib bberilgan ertaklar va rivoyatlarning tub ma’nosida faqat yaxshilikka chorlash hamda tarbiyali bo‘lishga undaydi. Bunday ertaklarning aksariyati islom ruhida yozilgan bo‘lib insonni ulug‘laydi.
Ertaklar ayni kunlarda kattayu kichik barobar qiziqish bilan tomosha qiladigan mult’filmlarga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda: “Senimi, shoshmay tur, quyon!”, “Tom va Jerri”, “Oloviddinning sehrli chirogi‘”, “Qirol Sher” va hokazolar ertaklar asosida yaratilganligini ta`kidlash lozim. Demak, ertaklar
yangi-yangi shakllarda yashashni davom ettiradi.
Xalq hayotining turli sharoitlarida, ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarning turli davrlarida ijodkor omma tomonidan yaratilgan tarixiy folklor asarlari o‘z zamonasining ijodiy mahsuli bo‘lishi bilan birga, uzoq o‘tmishning tarixiy yodgorligi ham hisoblanadi.
O‘zbek xalq rivoyatlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, tarixiy folklorning boshqa janrlari kabi uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib oʻtgan janrlardan biridir.
Sof tarixiy rivoyatlarda mifologik obrazlar, hayoliy uydirmalar ishtirok etmaydi. Hayotiy uydirmalar real tarixiy sharoitda bayon etilganligi sababli tinglovchi tomonidan konkret tarix sifatida qabul qilinadi. Tarixiy rivoyatlar xalqning u yoki bu tarixiy shaxs, tarixiy voqealar haqidagi badiiy qarashlarini, uning ana shu shaxs va voqealar haqidagi bahosini ifodalash nuqtai nazaridan ulkan ahamiyat kasb etadi. Rivoyatlarning aksariyat qismi turli davrlardagi tarixiy asarlar sahifalaridan oʻrin olgan boʻlsa, ba’zi birlari asosan, xalq rivoyatlari nisbatan keyinroq davrlarda yaratilgan va og‘izdan og‘izga oʻtib, xalq orasida keng tarqalgan. Bu rivoyatlarda tarixiy hujjat emas, orzu-maqsad va uning qanoti boʻlmish mulohazali tasvir yetakchilik qiladi.
Demak, bunday asarlar bizgacha ikki yoʻl – yozma va ogʻzaki usullar bilan yetib kelgan. Yozma manbalarda bayon etilgan rivoyatlarda xalq og‘zaki ijodiga xos xususiyatlar mavjud bo‘lganligini inobatga olib, ularni ham to`la asos bilan tarixiy proza namunalari sifatida baholash lozim, deb hisoblaymiz.
Kurs ishimizning yuqoridagi kuzatishlarini tahlil qilib quyidagicha umumiy xulosaga keldik:
1. Rivoyatlarda tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bogʻliq voqealarning berilishini tahlil qildik va mazkur janrning oʻzbek xalq poetik ijodidagi vazifasini oʻrgandik.
2. Afsona, rivoyat va naqllarning oʻziga xos ma’no jihatlarini aniqlab, farqlashga urindik.
3. Rivoyat va afsona janrlarining asosiy farqi afsona sujetining hayoliy uydirmalarga, rivoyat sujetining esa hayotiy uydirmalarga asoslanganligini oʻrgandik.
4. Oʻzbek xalq rivoyatlarining tasnifi masalasini tadqiq etdik.
5. Urugʻ va shu kabilarning paydo boʻlishi va nomlanishi tarixini epik hikoya qiluvchi etnonimik rivoyatlarni rivoyatlar misolida tahlil qildik.
6. Tarixiy shaxsning faoliyati bilan bogʻliq yoki tarixiy voqeaning kechishi bilan bogʻliq tarixiy rivoyatlarni tadqiq etdik.
Xulosa qilib aytganda, oʻzbek xalq og‘zaki ijodining mustaqil va koʻhna janrlaridan boʻlgan rivoyat janrining poetik va badiiy tabiatini jiddiy tadqiq etish xalq tarixini, uning oʻtmish va bugungi, kelajak uchun olib borgan sharafli quroli yoʻlini mukammal yoritishga keng imkoniyatlar berdi.



Download 108,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish