Kurs ishi mavzu: Xalq og‘zaki ijodida islom omili Bajardi: Dovurov J. Ilmiy rahbar: t f. Dsc O‘. Sultonov Toshkent



Download 108,38 Kb.
bet4/9
Sana18.07.2022
Hajmi108,38 Kb.
#820339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5278572037223226691

1.2. O‘zbek xalq afsona va rivoyatlarining ijtimoiy-tarixiy tasnifi
Afsona. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan biri afsona bo‘lib, u ijtimoiy hayot bilan bog‘liq bo‘lgan voqea va hodisalarni hayoliy uydirma asosida hikoya qiladi. Chunki u kishilarning tabiat hodisalari va ijtimoiy voqealarni bilish va tushunishga bo‘lgan intilishlari jarayonida vujudga kelgan. Shuning uchun ham afsonada ijtimoiy hayot, kishilarning dunyoqarashi, urf-odatlari va tarixiy hodisalar haqida ixcham axborot beriladi.
Afsona forscha so‘z bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo‘lgan nasriy hikoyalarni bildiradi. Bu xildagi hikoyalar Mahmud Qoshg‘ariyning ”Devonu lug‘otit turk” asarida ifodalangan bo‘lib, hikoya, qissa deb izohlangan. Mahmud Qoshg‘ariy hikoya bilan qissani ”O‘tmish voqealardan xabar beruvchi” deb ta’riflaydi va o‘z fikrini rivojlantirib, ”hikoyalarda faqat o‘tganlar haqida aytilishi shart emas”, deb uqtiradi. Haqiqatan ham, o‘tgan voqealar haqida hikoya qiluvchi og‘zaki hikoya va qissalar xayoliy hamda hayotiy uydirmalarning teng ishtirok etishi o‘z o‘zidan ma’lum. Biroq Mahmud Qoshg‘ariyning izohlashicha, faktik voqea hamda xayolan to‘qilgan hodisalardan tashkil topadi. Binobarin, bu izoh shakl va mazmun e’tibori bilan turlicha bo‘lgan ikki janrni ifodalaydi. Birinchisi uzoq o‘tmish voqealarini faqat hayotiy uydirmalar asosida talqin etuvchi hikoyalar, ikkinchisi - muayyan tarixiy voqealar yoki hodisalarni sehr-jodu, fantastik hikoyalar o‘zining shakl va mazmuniga ko‘ra rivoyatlarni, ikkinchisi esa, ko‘proq, afsonalarni tashkil qiladi. Demak, Aristotel ta’biri bilan aytganda, afsonalar, “haqiqatdan xabar beruvchi yolg‘on hikoyalardir”.
Mifologik obrazlarning dastlabki namunalari tarixiy asarlar, diniy kiotb va yodnomalarda saqlanib qolgan. Beruniy asarlarida saqlanib qolgan shunday afsonalardan biri “Kayumars”dir. Bu afsona odamning paydo bo‘lishi haqida yaratilgan mif asosida yuzaga kelgan. Chunki mifologik qahramonlar ibtidoiy davrlarda muqaddas sanalib, xalqning ma’naviy madakoriga aylangan. Ana shu g‘oyaviy-badiiy vazifa afsonada asosan unutilib, u oddiy diniy hikoyaga aylanib qolgan.
Mifologik afsonalarning ba’zilari Xizr nomi bilan bog‘lanadi. Xizr- mifologik obraz sifatida, ba’zan cho‘l piri, ba’zan esa hosildorlik homiysi shaklida namoyon bo‘ladi. U sehr-jodu kuchiga ega bo`lib, afsonalarda o‘lim bilmas, zarb o‘tmas, o‘tda yonmas qilib tasvirlanadi. Ana shu xususiyatni quyidagi afsonada ham kuzatish mumkin: Jahonni fath etgan Iskandar Xizr va Ilyos bilan birgalikda sirli suv uchun quduqqa boradi. Suv topiladi va undan Iskandar ichib ulgurmaydi. Xiz va Ilyos ichib dunyoni kezib yurishadi va Xizr quruqlikda, Ilyos suvda yo‘lovchilarga yordam beradilar.
O‘zbek xalq afsonalarining sirasida tarixiy voqea va hodisalar haqidagi afsonalar katta o‘rin egallaydi. “Devqal’a”, “Shirin qiz”, “Kalta minor”, “Ilon buzgan” kabilar shular jumlasidandir.5 Ular insoniyatning beqiyos kuchi va go‘zalligini madh etadi. Bu afsonalar ma’lum bir tarixiy joylar, qal’alar haqida yaratilgan bo‘lsalar ham, ularning sujeti ko‘proq xayoliy epizodlardan tashkil topgan. Tarixiy joylar, qal’alar bilan aloqador afsonalarning ayrimlari esa xalq orasida mashhur bo‘lgan afsonalar bilan bog‘liq holda yaratilgan. Masalan, Qoraqum sahrosida “Yorbakir”, “Shirvon”, nomi bilan mashhur bo‘lgan qal’alarning xarobalari mavjud bo‘lib, ular haqidagi afsonalar “Shohsanam va G‘arib”, “Devqal’a” afsonasi esa Sharqda mashhur bo‘lgan “Farhod va Shirin” afsonasi bilan bog‘lanadi.6
“Devqal’a” afsonasida mifologik tasavvurlarning izlari saqlanganligi uning juda qadim zamonlarda yaratilganligini ko‘rsatadi. Biroq u bizga qadar juda ko‘p o‘zgarishlar bilan yetib kelgan. Shuning uchun ham Devqal’aning qurilish sababi sof sevgi-muhabbat, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalar bilan bog‘lanib, vafodorlikni tarannum etish afsonaning yetakchi g‘oyaviy asosini tashkil etgan.
Afsonada aytilishicha, bahaybat Devqal’ani Farhod ismli dev qurgan emish. Farhod Xorazm shohinig Shirin nomli qizini sevib qoladi va unga sovchi qo‘yadi. Bu narsa podshohni tahlikaga soladi. Qizini devga berishga qo‘rqqan podshoh rad javobini berishdan qo‘rqib, jodugar kampirdan yordam so‘raydi. Jodugar Farhodga bajarib bo‘lmaydigan vazifani – Qoraqum cho‘lining o‘rtasiga tosh qal’a qurishni topshiradi. Biroq dev uzoq janubdagi tog‘lardan yelkasiga tosh ko‘tarib kelib, qal’ani quradi. Qal’a bitay deb qolganda podshoh jodugarni maslahatga chaqiradi. Jodugar podshohga o‘zi belgilagan kuni 9000 ta yangi tug‘ilgan bo‘taloq, shuncha toy, buzoq va qo‘zi so‘yishni maslahat beradi. Qolgan ishni o‘zi zimmasiga oladi. Belgilangan paytda jodugar dev qurib tamomlayotgan qal’aga keladi. Shu payt Xorazm tomondan dahshatli hayqiriqlar eshitiladi. Bu bolalari so‘yilayotgan minglab hayvonlarning ovozi edi. Farhodning “Bu qanday yig‘i?” degan savoliga kampir» “hozirgina malika vafot etdi, Shiringa butun Xorazm motam tutmoqda”, - deya javob beradi. Sevgilisining o‘limi to‘g‘risidagi xabarda gangib qolgan dev usiz yashashni istamay, hali joyiga qo‘yilmagan toshni osmonga uloqtiradi. Tosh Farhodning boshiga kelib tushadi. Devni sevib qolgan Shirin ham fojia ro‘y bergan joyga yetib keladi va sevgisining murdasi tepasida o‘ziga pichoq sanchib halok bo‘ladi.
Ko‘ramizki, afsonani tashkil etgan voqea va hodisalar tizmasi haqiqatdan darak berishga qaratilgan. har bir hodisa hamda boshqa qahramon talqinida epik ruh hukmron. Bunda fantastik uydirma sujet asosini tashkil etib, voqealar tizmasini o‘zaro bog‘lash, harakatlantirish, ayni chog‘da badiiy bezak vazifasini bajaradi, asar yechimida esa hal qiluvchi rol o‘ynab, ta’sirchanlikni oshiradi. Xalq Farhod siymosida yaxshilik, mislsiz kuch-quvvat va ijodiy mehnatning umumlashma obrazini yaratgan. Jodugar esa ibtidoiy yalmog‘izning hayotiy varianti, ayni paytda yovuz kuchning xayoliy obrazidir. Demak, afsona mardlik va qahramonlik, kuch-quvvat, vafodorlikning ajoyib ifodasidir.
“Shirin qiz” afsonasi kosmogonik mif bilan bog‘liq bo‘lib, xalq orasida keng tarqalgan. Bu afsonada Shirin go‘zallik timsoli sifatida talqin etilgan bo‘lib, iffatli ayollarga xos axloq namunasi o‘z ifodasini topgan. Biroq ana shu ma’naviy go‘zallik ibtidoiy dunyoqarash, mif yo‘zinida berilgan. U oy haqidagi sodda tushunchani hikoya qiladi.7
Ayrim afsonalar osmon jismlarining, sayyoralarning shakli shamoyili, holatlarini izohlashga qaratilgan. “Oyda nima uchun dog‘ bor?” afsonasi buning misoli bo‘la oladi.
Aytilishicha, Shirin degan go‘zal bir qiz tug‘iladi. U balog‘atga yetgandan so‘ng husnining ta’rifi butun olamga yoyilibdi. O‘sha zamonda oy o‘zini dunyoda yagona, chiroyli deb sanab, yer yuzida yurar ekan. Hamma go‘zallikda tengi yo‘q deb oyni maqtar ekan. Shirin balog‘atga yetib, go‘zalligi kundan-kun orta borgach, odamlar oyni maqtamay, Shirinning husnini tillarda doston qiladilar. Bunga oyning rashki kelibdi: “nahotki men turganda Shirinni maqtashsa. Shirin bilan meni husnimni o‘lchab ko‘ray-chi, so‘ngra mening kim ekanimni bilib qo‘ysinlar”- debdi. Oy Shirinni o‘z qoshiga chaqirib: “Sen kim-u, men kim? El og‘zida husningning ovozasi olamni bosibdi. Kel, ikkimiz o‘zimizni taroziga solib, tortib ko‘raylik-chi, kim chiroyli bo‘lsa, tarozidan ma‘lum bo‘ladi” debdi. Shirin hijolat chekib: “Husnda siz ziyodasiz, qo‘ying, meni uyaltirmang. Men husn da’vosini qilmayman”, debdi. Bunga oyning jahli chiqib: “Sen husn da’vosini qilmasang ham, biroq odamlar nazarida sen mendan chiroyli emishsan. Bir tarozida tortishib sinashmasak bo‘lmaydi” debdi va qo‘yarda-qo‘ymay Shirinni taroziga olib boribdi. Tomoshaga xalq yig‘ilibdi. Oy mag‘rurlanib: “Mana Shirin-u, mana men, ko‘rasizlar hozir, husnda kim g‘olib ekan?” deb yalpayib tarozining bir pallasiga chiqibdi. Shirin uyalib, noiloj o‘ng oyog‘ini tarozining bo‘sh pallasiga qo‘ygani ham yo‘q ekan, oy laylak bo‘lib osmonga uchib ketibdi. Hijolatda oy qaytib yer yuziga tusholmay, osmonda qolgan ekan.
Ko‘rinib turibdiki, afsona sujeti va qahramonlar talqinida ertaklarga xos xususiyatlar mavjud bo‘lib, fantastik uydirmalar voqealar tizmasini harakatlantiradi, konflikt yechimida hal qiluvchi rol o‘ynab, mardlik va go‘zallik, kamtarlik va nazokatni tasdiqlaydi. Afsonadan chiqarilgan xulosa konkret fakt misolida tasdiqlanadi. “Nima uchun oyda dog‘ bor?”, “Nima uchun oy osmonda?” degan ibtidoiy savollarga javob beradi.
Islom dini bilan bog‘liq bo‘lgan afsonalar ham ana shu guruhga mansub. Bu xil afsonalar diniy, g‘ayri diniy voqea-hodisalar haqida hikoya qiladi. Shuning uchun ham ularda diniy tushunchalarni targ‘ib qilish xususiyati va pand-nasihat asosiy o‘rinni egallaydi. “Hazrat Ali”, “Ko‘rqut ota”, “Yusuf qissasi” kabilar shunday afsonalardir.
“Baroqtom”, “Shohsanam va G‘arib”, “Hazorasp”, “Iskandar va Afrosiyob” kabi afsonalar esa tarixiy joy va tarixiy shaxslar nomi bilan bog‘langan. Ularda voqelik fantastik yo‘nalishda hikoya qilinadi.8 Bu xildagi afsonalar ko‘proq muayyan yo‘nalishda hikoya qilinadi. Qabila yoki elat, geografik joy – qal’a, maqbara, o‘rg‘on, saroy, minora, daryo, dengiz, shaharlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularning yuzaga kelishi va vayron bo‘lsih sabablari, u yoki bu nomning paydo bo‘lishi tarixidan xabar beradi. Shu jihatdan “Hazorasp” afsonasi harakterlidir.
Aytishlaricha, bir joyda ming uchar otni tutib olish uchun ularning doim kelib suv ichadigan bulog‘iga behush qiladigan dori solib qo‘yadilar. Shu hiyla bilan uchib kelgan otlarni tutadilar, qanotlarini qirqadilar va ularni insonga xizmat qilishga majbur qiladilar. Shu-shu joyning nomini Hazorasp (ming ot) deb yuritganlar.
Yuqorida keltirilgan afsonalardagi voqealarni tasdiqlovchi ishonchli asos yo‘q, ular uydirmadan iborat. Shuning uchun ham toponimik haraterdagi afsonalarga doim ishonib bo‘lmaydi. Ular afqat muayyan joyning u yoki bu belgisi, detaligina aniqlashi mumkin. Shunga qarmasdan “Baroqtom” va “Hazorasp” afsonalari xalqning osoyishtaligi, erkin va ozod hayot haqidagi orzularini ifoda etgan. Chunki ularda hatto haqiqatga zid bo`lgan axborot ham berilishi mumkin. Bu narsa afsonalarning qadimgi inson dunyoqarashi, sodda, ibtidoiy tushuncha va bilimining real voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqat elementlarigina saqlangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir afsona o‘zi tashkil topgan manbadan qanchalik uzoqlashsa, o‘sha voqelikni aks ettirish xususiyatini shunchalik xiralashtiradi, oxir-oqibat konkret tarixiylik yo‘qolishgacha borib yetadi. Natijada, u faqat estetik vazifani ado etuvchi badiiy asarga aylanib qoladi.
Xullas, afsona sof informativ vazifa o‘tovchi epik janr bo‘lib, u xalqning kelib chiqishi, jamiyat va tabiatdagi voqea-hodisalarni o‘rganishda nodir manba sifatida katta ilmiy-amaliy hamiyat kasb etadi.

Download 108,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish