Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishidan ko‘zlangan maqsad xalq og‘zaki ijodi namunalari bo‘lgan dostonlar hamda rivoyatlarda islom omilining ahamiyatini yoritib berilgan. Chunki qadimdan saqlanib kelayotgan bunday namunalar islom dini ruhida vujudga kelgan bo‘lib aksariyati Qur’on va hadisdagu dalillar bilan bir xil ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Alpomish dostonida aks ettirgan naqllarning islom dini bilan bog‘liqligi haqida terminlar ochib berilgan.2
Ma’naviyatimiz va madaniyatimiz tarixini chuqur o‘rganib, targ‘ib qilish, kishilarni xalqparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ulardan foydalanish, madaniy yodgorliklarni tiklash, tarixiy obidalarni asrash, milliy urf-odatlarni, xalq og‘zaki ijodini keng miqyosda xolis o‘rganish va ularning namunalarini to‘plash, hozirgi kunda yaratilayotgan moddiy va ma’naviy mulkni kelajak avlodlarga to‘la etkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish, yosh iste’dodlarning kamol topishiga har tomonlama ko‘maklashish ana shu vazifalar sirasiga kiradi.
Mana shu nuqtai nazardan qaraganda istiqlol yillarida milliy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi bo‘lgan xalq ijodini o‘rganish va targ‘ib qilish uchun ham keng imkoniyatlar yaratildi.
Kurs ishining tavsifi. Kurs ishi kirish, ikki bob, olti fasl, yakunida umumiy xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi ilovalar bilan birga qirq betni tashkil etadi.
I BOB. XALQ OG‘ZAKI IJODIGA UMUMIY TAVSIF VA ULARNING TURLARI
1.1 Xalq og‘zaki ijodi turlari va xususiyatlari
O‘zbek xalqining tarixiy ildizi uzoq asrlar qa’riga borib taqaladi. Insoniyat so‘zlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kundan boshlab ma‘noli nutq tuzishga harakat qilgan. Bu ma’lum ma’noda xalq ‘zaki ijodi janrlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyat hisoblanadi. Odamlar orasida fikr almashish bo‘lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to‘xtaydi. Shuning uchun har bir kishi undan foydalanishni bilishi va avvalo uning o‘zini to‘la-to‘kis o‘rganib olishga harakat qilmog‘i zarur. Shu ma’noda insoniyat so‘z odobiga qo‘yilgan talablarni xalq og‘zaki ijodi janrlari-maqollar, rivoyatlar, ertaklar, hikmatli so‘zlar orqali kishi ongiga yetkazishga harakat qilgan. Chunki badiiy so‘z san’ati madaniyatining eng qadimgi va uzoq tarixga ega bo‘lgan bir sohasidir. Kishilar turmush tajribalarini, tabiat va jamiyat haqidagi fikr-tushunchalarini obrazli so‘z orqali tasvirlash, bayon etish ko‘nikmalarini yarata boshlaganlar.3 Badiiy so‘z tajribasining o‘sishi, badiiy did va zavqning takomillashib rivojlanib borishi xilma-xil adabiy janrlarni vujudga keltiradi.
Oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olarkanmiz, insonni ma’naviy yuksaklik sari yetaklovchi bu boy madaniy merosimiz asrlar osha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay, yillar o‘tgan sari sayqal topib bormoqda. Agar alla misolida so‘z yuritadigan bo‘lsak, unda onaning farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri, jigarbandiga atalgan go‘zal tuyg‘ulari, xush tilaklari mujassam. Alla – hayotbaxsh, huzurbaxsh, barcha yaxshiligu, ezguliklarning debochasi, boshlanish ohangidir. Bil’aks, uning o‘zi yurakning nozik torlaridan yaralib, dunyolarga jon baxsh etadi. Ona alla aytar ekan, farzandining kelajakda baxtli, saodatli va shu bilan bir qatorda, sog‘lom, qo‘rqmas, shijoatli, botir bo‘lib ulg‘ayishini istaydi. Alla tinglagan bola mehrni o‘z tanasiga, shuuriga singdiradi. Bu go‘zal ohang insonda, uning ong qatlamlarida bir umr nurli qo‘shiq bo‘lib saqlanib qoladi va farzandlar qalbiga mehr-oqibat, samimiylik, rahmdillik, yurtparvarlik, jasurlik kabi ijobiy xislatlarni jo qiladi. Alla nafaqat onaning bolaga mehri, balki bolaning onaga mehr-oqibatini ham ma’nan ta’minlaydi. Shu bois bu qo‘shiqning umri boqiydir. U qaysi tilda yangramasin, dillarni titratadi, qalblarga faqatgina ezgulik urug‘ini sepadi. Alla xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy shakllaridan biridir.
Xalq og‘zaki ijodining boshqa bir qator janrlari ham borki, ularga biz hayotimiz davomida ko‘p bora duch kelamiz. Masalan bobo-buvilarimiz, ajdodlarimizning ko‘rgan-kechirganlari asosida dunyoga kelgan ertaklardir.
Bolajonlarimiz uchun nihoyatda qiziqarli va maroqli bo‘lgan ertaklarning ham turli yo‘nalishlari mavjud. Jumladan, afsonaviy, sehrli ertaklar, sarguzasht ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, xalq qahramonlari hayoti tasvirlangan ertaklardir.
Xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan bo‘lgan bu ertaklarni qayta-qayta tinglaganimiz, undagi yaxshilig-u yomonlik, ezgulig-u yovuzlikdan ta’sirlanib, buvilarimizdan eshitgan matallarimiz qahramonlariga o‘xshashga intilganlarimiz hali-hanuz yodimizda. Ular uzoq o‘tmishning belgilarini saqlagan holda, insonlarning bugungi hayoti bilan hamohang tarzda o‘z qadr-qimmatini asrlar osha yo‘qotmaydi. Folkloristik termin sifatida ertak, ayrim hududlarda esa matal deb nomlanuvchi, bolaligimizning beg‘ubor onlarida doimo bizga yo‘ldosh bo‘lgan “Zumrad va Qimmat”, “Kenjabotir”, ”Yoriltosh”, “Uch og‘ayni botirlar”, “Ur to‘qmoq”, “Chol bilan kampir”, “Ochil dasturxon”, “Ilon pari”, “Podachining qizi” kabi ertaklarni bir yodga olaylik. 4
Ta’kidlash o‘rinliki, bolalik xotiralarimizning qat-qatidan joy olgan o‘zbek xalq ertaklari xalqimizning o‘tmish hayoti, ijtimoiy munosabatlari, urf-odatlari, siyosiy va axloqiy tushunchalarini yaqqol namoyish qila olishi bilan ahamiyatlidir .
Ertaklarni xalqimizning badiiy tarixi, jonli san’ati deyish mumkin desak xato bo‘lmaydi. Xalq og‘zaki ijodining yana bir qirrasi bu latifa va loflardir. Kichik hajmdagi nasriy asarlar ichida latifalar va loflar insonlarga bir lahzalik kulgu ulashishi, zavq bag‘ishlashi bilan ahamiyatlidir.
Azaldan latifa aytuvchilar va lofchilar alohida iste’dodga ega, hayotiy tajribasi katta insonlar bo‘lgan. Aytilayotgan latifada so‘zlarga alohida urg‘u berish, qochiriq va kosa tagida nimkosa borligiga sha’ma qilish ular foydalanadigan usullardir. Hozirda Farg‘ona viloyatida xalq og‘zaki ijodining bu janridan foydalanishning o‘ziga xos maktabi yaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Endi keksalarimiz tomonidan aytiladigan ayrim duolar haqida to‘xtalsak. Biror safarga otlanayotganimizda kattalar “Oy borib, omon kel”, “Yo‘ling bexatar bo‘lsin”, “Olloh panohida asrasin”, deya duo qilishadi. Yoxud biror xayrli yumushni bajarganimizda “Boshing omon bo‘lsin”, “Olganing oltin bo‘lsin”, “Xonadoning farzandga to‘lsin”, deya duoga qo‘l ochishadi.
Albatta, ushbu ezgulikka yo‘g‘rilgan tilaklar insonga ruhiy quvvat va o‘ziga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otadi. Demak, xalq og‘zaki ijodining har bir qirrasida hayotiy haqiqat, xalqimizning orzu-istak va kechinmalari mujassamdir. Yana bir haqiqat shundaki, biz hali xalq ijodiyotining barcha jihatlarini o‘rganib ulgurganimiz yo‘q. Uning hali bizga notanish qirralari bisyor. Hayot davom etar ekan, xalq og‘zaki ijodi ham mazmun-mohiyatini boyitib, o‘z tarbiyaviy ahamiyati jihatidan qadr topib boraveradi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turlituman ijrochi va ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolish va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda barqarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim janrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning namunalaridan har bir kishi ozmi koʻpmi ayta olsa, boshqalarining (mas, doston, ogʻzaki drama singari) ijrosi muayyan tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va ijro etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan. Oʻzbek folklorida ijodkor va ijrochilarning kasbiylashuvi nihoyatda rivojlangan. Baxshilar, ertakchilar, askiyabozlar, qiziqchilar, dorbozlar ijrochiligi professional sanʼat boʻlib, uni egallash uchun boʻlgʻuvchi ijodkor maxsus tayyorgarlik koʻrishi va muayyan ustozdan taʼlim olishi zarur boʻlgan.
Afsona, rivoyat, lof, latifa, maqol, topishmoq, ertak, doston, qoʻshiq, askiya, ogʻzaki drama va boshqalarlar xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy janrlari boʻlib, ular soʻz sanʼati namunalari boʻlish bilan birga muayyan ijtimoiy maishiy funksiyalarni ham ado etadilar. Masalan, hoʻp mayda, hoʻshhoʻsh, tureyturey, chureychurey kabi qoʻshiq turlari mehnat jarayonlariga aloqador boʻlsa, yoryor, oʻlan, lapar, kelin salom, yigʻiyoʻqlov, singarilar har xil marosimlar bilan bogʻliqdir. Folklor janrlari gʻoyaviy badiiy xususiyatlari bilan emas, balki ijro usullari (yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, so‘zli) jihatidan ham bir-birlaridan farq qiladilar. Ularning biri kuylash uchun, ikkinchisi aytib berish, hikoya qilish uchun, boshqasi koʻrsatish, namoyish etish uchun yoki ham kuylash, ham oʻynash, ham aytish uchun moʻljallangan boʻladi. Folklor janrlari qanchalik xilma xil, baʼzan oʻta funksionallashgan va qatʼiy vazifador boʻlishiga qaramay, ular yaxlit badiiy tizimni tashkil etadi.
Folklor janrlari ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan. Janrlarning bosqichli taraqkiyoti va tarixiy tipologik nuqtai nazardan qaraganda, qadimgi davrlarda koʻpchilik xalqlarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsum marosim folklori namunalari, mehnat qoʻshiqlari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar, eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan. Patriarxal urugʻchilik munosabatlarining yemirilishi va ilk davlatlarning shakllanishi davrida qaxramonlik dostonlari yaratilgan. Keyinroq romanik epos, lirik va tarixiy qoʻshiqlar, ogʻzaki drama, latifa va loflar paydo boʻlgan.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodi milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida juda katta ijtimoiy qiymatga ega. U xalqning tarixi, maishati, urfodatlari, dunyoqarashi, ijtimoiy munosabatlari, orzu umidlari haqida keng bilim beradi. Unda xalq badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Estetik sezgilar rivojida, goʻzallikni, badiiy soʻz qadri va qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishda uning ahamiyati beqiyosdir. Folklor professional sanʼat turlari - adabiyot, teatr, musiqa, kino va boshqa taraqqiyotida muhim rol oʻynadi.
Yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining ogʻzakiligi va unda koʻpchilikning ishtirok etishi (jamoaviylik) xalq ogʻzaki badiiy ijodining asosiy xususiyatidir. Uning anʼanaviylik, oʻzgaruvchanlik, variantlik, ommaviylik, anonimlik (muallifining nomaʼlumligi) kabi koʻpdan koʻp belgilari folklorga xos ijodiy jarayonning ana shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi. Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki tarqalar hamda ommaviy repertuardan keng urin olar ekan, bunda badiiy shakllarning barqarorligi (turgʻunligi), matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor va ijroda anʼanaviy asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi, nimalardir qoʻshiladi yoki tushib ko‘riladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit, maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi (ijodkor) salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida kagiylashgan puxta anʼanalar doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi folklor asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |