Kurs ishi mavzu: Xalq og‘zaki ijodida islom omili Bajardi: Dovurov J. Ilmiy rahbar: t f. Dsc O‘. Sultonov Toshkent



Download 108,38 Kb.
bet5/9
Sana18.07.2022
Hajmi108,38 Kb.
#820339
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5278572037223226691

Rivoyat. Hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiruvchi og‘zaki ijod janrlaridan biri rivoyatdir. Ular g‘oyaviy-tematik jihatdan rang-barangdir. Rivoyatlarda tarixiy voqealar va ayrim shaxslar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar, kishilar turmushi, geografik joylar – sahro, ko‘l, cho‘l, dengiz, shahar, qishloq, qal‘a, saroy va boshqalarningbarpo bo‘lishi hamda vayron qilinishi haqida xabar berishi va uni tasdiqlash vazifasini o‘taydi. Rivoyatlarda lutf va nazokat, aql va tadbir, ishq va vafo, yaxshilik va odamiylik kabi ilg‘or g‘oyalar zulm va zo‘rlik, haqsizlik va adolatsizlik singari illatlarga qarshi qo‘yiladi.
Rivoyatlar tematikasiga ko‘ra tarixiy va toponimik rivoyatlarga bo‘linadi. Tarixiy rivoyatlar biror shaxs faoliyati yoki xalq qahramonlari bilan bog‘liq bo‘lgan voqelarni aks ettirib, axloq v aodobning ideal normalarini tashviq etadi. To‘maris, Shiroq, Alisher Navoiy, Ulug‘bek, Ibn Sino, Beruniy, Mashrab, Amir Temur singari tarixiy shaxslar haqida yaratilgan rivoyatlar shular jumlasidandir.9
Rivoyatlar ikki, uch epizoddan tashkil topgan ixcham sujetga ega bo‘lib, qat’iy kompozitsiyaga ega emas. Shuning uchun sujet voqealari, ko‘pincha, go‘yo tugallanmagandek, davomi bordek seziladi va tinglovchiga katta asardan uzib olingan bir lavha singari tuyuladi.
Tarixiy rivoyatlarni u yoki bu tarixiy shaxs yoki voqealar guvohi bo‘lganlarning, ko‘rgan-bilganlarning esdaliklari asosida yuzaga kelgan deyish mumkin. Bu narsa rivoyat janrining o‘ziga xos xususiyatini ta’minlaydi. Ba’zi tarixiy rivoyatlarda esa faktik voqealardan asar ham qolmay, faqat shaxs nomigina saqlanib qolishi mumkin. Ba’zan esa tarixiy shaxs sayyor sujetlar qolipida hikoya qilinadi. Shunga qaramay, tarixiy shaxslarning ishtirok etishi, sujetda hayotiy uydirmaning mavjudligiga qarab bunday asarlarni tarixiy rivoyat deymiz. Navoiy bilan bog‘liq tarixiy rivoyatlar buning yaqqol misoli bo‘la oladi.
Navoiy bilan bog‘liq bir rivoyatda Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga “olib keling” debdi. Shu kuni Alisher Navoiy saroyda yo‘q ekan. vazirlar nimani olib kelishni bilmabdilar. Oxiri ular Alisherni topib, bo‘lgan gapni aytib beribdilar. Alisher ularga shoh oldiga arra, tesha bilan usta olib kiringlar debdi. Shunda Husayn ustaga qarab: “mana bu toqini tuzat” debdi. Ko‘ramizki, bu afsona xalq orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bir ertakning sujeti asosida yaratilgan. “Erksiz folchi”, “Ayoz” nomli ertaklar ham xuddi shu xildagi sujetga asoslangan. Mazkur sujet Alisher Navoiyning donishmandligini, uning tadbirkorligini izohlash uchun xizmat qildirilgan. Demak, qahramonlar tarixiy shaxs, ularning munosabati faktik hodisalarga mos, biroq asar voqealari esa to‘qima xaraterdadir. Ma’lum bo‘ladiki, ertak yoki latifaga mos bo‘lgan an’anaviy sujet yoki motivlar tarixiy faktlarga monelik qilmaydi, aksincha, ularni to‘ldirib, bo‘rttirib, muhim bo‘lgan belgilarni yorqin chizich uchun xizmat qiladi. “Oltin uzuk”, “Ibn Sino bilan kasal yigit”, “Mir Alisher bilan Sulton Husayn”, “Navoiy bilan cho‘pon yigit” va boshqa rivoyatlarda xalq idealini ifodalovchi tarixiy shaxslarning obrazlari aks etgan bo‘lib, ularni rivoyat janri doirasida aks ettirishda ijodkorlar ertak, latifa kabi janrlardagi tayyor sujetlardan foydalanganlar. Demak, real hayotda mavjud bo‘lgan xarakterlar, belgi, xususiyatlar ana shu obraz atrofida jamlanib umumlashtirilgan. Yaratilgan bu obrazlar esa xalq diliga jo bo‘lgan adolatli rahnamoni istash, adolatsiz zolimlarni inkor etish kabi g‘oyalarni ifodalashga xizmat qiladi.
Tarixiy shaxs va tarixiy voqealar bilan bog‘liq rivoyatlar yozib olingan davri e’tibori bilan ikki tipda namoyon bo‘ladi. Ular bir-birian shakl va mazmun hamda tarixiy faktni talqin qilish xususiyati bilan farqlanadi. Birinchi tip rivoyatlarga xalq orasida paydo bo‘lgan davrdayoq yozib olingan rivoyatlar kiradi. Bunday rivoyatlarda tasvirlangan voqea va hodisalar o‘sha davr shart-sharoiti, ruhiga mos keladi. Bu jihatdan tarixiy janglar haqida yoki uning ta’sirida yaratilgan “To‘maris”, “Shiroq”, “Zariadr va Odatida”, “Guldursun” kabi rivoyatlar ahamiyatlidir. Bu rivoyatlar keltirilgan faktlarning aniq va to‘liqligi bilan ajralib turadi. Xondamirning “Makorimul axloq”, Vosifiyning “Badoye ul-vaqoye” asarlarida keltirilgan rivoyatlar ana shu tipdagi rivoyatlar turkumini tashkil qiladi.
Ikkinchi tipdagi rivoyatlarga esa, yaratilgandan keyin uzoq zamonlar o‘tgach, yozib olingan rivoyatlar kiradi. Bu rivoyatlarlarda tarixiylik, faktik hodisalar xiralashgan. Ular hayotiy udirmalar bilan qorishib ketgan. Natijada ertak, latifalarga xos tarixiy jihatdan noaniqliklar yuzaga kelga, tarixiy fakt o‘z kuchini yo‘qotgan. Bu tipdagi rivoyatlar afsonalarga yaqinlashib qolganliklariga qaramay, voqea va hodisalar haqida tushuncha yoki ma’lumot berishi jihatidan ahamiyatlidir.
Toponimik rivoyatlar u yoki bu joy nomi yoki biror obyekt bilan bog‘langan bo‘lib, hikoya qilingan voqealar uzoq o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan. Ularda sujet aksariyat hollarda sxematik tarzda bo‘lib, hikoya qilingan voqealar uzoq o‘tgan zamonda sodir bo‘lgan. Qolaversa, rivoyatlarda izohlangan nomlar har doim ham to‘g‘ri chiqavermaydi. Bu xildagi rivoyatlarlarni tarixiy, etnografik ishlar va badiiy ocherklarda, sayohatnoma va qadimgi manbalarda uchratish mumkin. Andijon toponimi haqidagi rivoyatlar fikrimizning isbotidir.
Qorabug‘roxon degan podsho bo‘lib, uning o‘zi Qashqarda turar ekan. Kunlarning birida u ov qilib yurib, suv bo‘yida qo‘shiq aytib turgan qizni sevib qolibdi. To‘y-tomoshalar bilan unga uylangan kuni urush boshlanib, Qorabug‘roxon urushga jo‘nab ketibdi. Bu urushda u g‘olib chiqibdi. Amo og‘ir yaralanibdi, yo‘lda ahvoli og‘irlashibdi. Shunda xon kun chiqish, ya’ni qaylig‘i bor tomonni ko‘rsatib: “Anda jon qoldi, meni o‘sha yerga ko‘minglar”, deb jon beribdi. Vazirlari vasiyatga binoan, ko‘rsatgan joyga ko‘mibdilar. U yer keyinchalik shaharga aylanib “Anda jon, Andijon” bo‘lib ketgan ekan.
Rivoyatda Andijon nomining kelib chiqishi to‘g‘ri izohlangandek bo‘ladi. Aslida esa unday emas. “Andu” - qabila nomi, “gon” forscha ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lib, andularning jami va yig‘ilgan joyi, demakdir. Vaqtlar o‘tishi bilan Andijon bo‘lib ketgan.
Ko‘rinib turibdiki, bu xildagi rivoyatlar tom ma’nodagi badiiy asar darajasida bo‘lmay, biror joy nomining paydo bo‘lishini izohlovchi xabar shaklidadir. Bunga Xorazm, Qarshi singari shahar nomlarining kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar ham misol bo‘la oladi.
Toponimik rivoyatlarda hikoya qilishning o‘ziga xos uslubi mavjud. Odatda, uning yakuniy qismida hikoyadan kelib chiqadigan asosiy maqsadda ta’kidlanadi va mavjud faktlar izohlanadi. “To‘rabekxonim maqbarasi”, “Anda jon qoldi”, “Odinajon”, “Qo‘ng‘irot” kabi rivoyatlar shular jimlasidandir.
Toponimik rivoyatlar ko‘proq hayotiy uydirmlaar asosiga qurilgan bo‘lib, asosan, joy nomlari haqida axborot berishi bilan muhim g‘oyaviy-badiiy qimmatga ega. Umuman olganda, rivoyatlar xalq tarixi, uning estetik qarashlarini o‘rganishda zarur bo‘lgan og‘zaki ijod janri hisoblanadi.
Xalq prozasi janrlari orasida afsona va rivoyatlar salmoqli o‘rin egallaydi. Mazkur janrlar, ularning tematik tasnifi har bir tematik guruhga xos xususiyatlar, umuman, afsonalar, rivoyatlarning o‘ziga xos jihatlari va umumiy tomonlari o‘zbek folklorshunosligida ma’lum darajada tadqiq qilingan. Shunga qaramay, bizning nazarimizda, afsona va rivoyat janrlarining o‘zaro munosabati, ayniqsa, ularning voqelikni aks ettirish prinsiplari, voqelikka munosabatlari jihatidan bir-birlaridan farqlanib turadi. Bunga sabab, birinchidan, zikr qilingan har ikkala mustaqil janrning umumiy va xususiy jihatlarining yetarli darajada konkret yoritilmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan muayyan tematik guruhga mansub faktik materiallarning aniq o‘rin berilmaganligidir. Mana shuni hisobga olib, biz quyida dastavval afsona va rivoyat janrlarining ijtimoiy-tarixiy hayotga munosabati, mazkur janrlarning tarixiylik prinsiplari va ulardagi real tarixiy materialning berilishiga va so‘ngra esa rivoyatlarning tematik tasnifi masalalari haqida fikr yuritishga harakat qilamiz.
Avvalo, afsona janrining atamasi va funksiyasi haqida ikki og‘iz so‘z. Ma’lumki, “afsona” atamasi fors-tojikcha afsun yolg‘on, uydirma so‘zidan olingan bo‘lib, janr atamasi sifatida uydirma gapga asoslangan hikoyani eslatadi. Demak, afsona folklor janri sifatida o‘tmish haqida xabar beruvchi uydirma xarakteridagi kichik hikoyachalarni eslatadi. Turkiy xalqlarda ham ushbu janrni anglatuvchi maxsus so‘z mavjud bo‘lib, XI asrning mashhur qomuschisi M.Qoshg‘ariy shu haqda xabar bergan.
Afsonalarda aks etgan voqelik, garchi fantastik uydirmalar qobig‘ida bayon etilsa ham, ularda real tarix izlari ma’lum darajada saqlanib qoladi. mana shuning uchun ham afsonalar xalq tarixini, uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘tmishlarini, dunyoqarashlarini, urf-odatlarini hamda ruhiy kechinmalarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Afsonalar asosan informativ (xabar berish) vazifasini bajaradi, binobarin ularda estetik vazifa ikkinchi o‘rinda turadi. Rivoyatlarda-chi? Rivoyat – mezoniy shaklga ega bo‘lmagan, oddiy muloqat tilida, maxsus badiiy priyomlarsiz bayon etiluvchi kichik hajmli nasriy hikoyalardan iborat. U ham afsonaga o‘xshab, asosan, informativ vazifani o`taydi, lekin unda estetik vazifa juda zaif namoyon bo`ladi. U holda rivoyatlar afsonadan nimasi bilan farq qiladi? degan savol tug‘ilishi mumkin. Ushbu savolga bir og‘iz so‘z bilan rivoyat hayotiy voqealarni badiiy uydirmalar vositasida tasvirlashi bilam afsonalardan farqlanadi, deb javob berish mumkin. Afsonada esa uydirma asosidagi voqea tasvirlansa, rivoyatlarda tarixiy voqealar badiiy uydirmalar orqali bayon etiladi.
Demak, rivoyat janrining afsona janridan farqlanuvchi yetakchi belgisi hayotiy voqealarga asoslanishida ko‘zga tashlanadi. Mana shuning uchun ham rivoyatda bayon etilayotgan voqelikning realligiga, uning tinglovchi tomonidan real voqelik sifatida qabul qilinishiga alohida e’tibor beriladi. Binobarin, ko‘p hollarda rivoyatda bayon etilgan voqelik real hayotiy uydirma bo`lsa ham, biroq u real hayotiy voqea sifatida qabul qilinadi.
Rivoyatlarda hamma vaqt juda uzoq va yaqin o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar, ularning ko‘pgina axborotchilar orqali yetib kelgan sadolari bayon etiladi. Shuning uchun ham rivoyat aytilishida voqealarning haqiqatligi, ko‘pincha, ilgariroq o‘tgan keksalarning xabariga ishora qilinishi orqali tasdiqlanadiki, bu ham mazkur janrning o‘ziga xos belgilaridan biri sanaladi.
Rivoyatlar ning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri – ularda hamma vaqt kichik, ammo tugal voqealar tasvirlanishi, ya’ni rivoyat obyekti bo‘lgan voqealar davomiylikka ega emasligidir. Bu xususiyat bilan rivoyat afsonaga yaqin turadi.
Rivoyat hech qachon tasvirlangan voqelikning shohidlari tomonidan aytilmaydi. Chunki unda o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida shohidlardan emas, xabarchilar tomonidan darak beriladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, har qanday voqea faqat shohidi yo‘qolgandan keyingina rivoyat obyektiga aylanishi mumkin.
Rivoyat bir planli sujetga ega bo‘lib, unda tasvirlanadigan voqea juda sodda, ketma-ketlik bilan bayon etiladi.
Rivoyat og‘zaki prozaning mustaqil janri sifatida uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Biroq undagi sujetlarning har biri betakror va tor mahalliy doira bilan chegaralandi. Shunga qaramay, unda asrlar mobaynida shakllangan elementlari ham ko‘zga tashlanadiki, ular mazkur an’anaviy shakliy komponentlarni tashkil etadi.
Afsona kabi rivoyat ham professional aytuvchilar tomonidan emas, keng ommaviy aytiladi. Biroq aytuvchilar yosh jihatidan olib qaralsa, ko‘pchilik rivoyatlar faqat keksa ksihilar, ya’ni hayotda ko‘p narsalarni ko‘rgan, eshitgan va bilgan shaxslar tomonidan aytilganligini ko‘rish mumkin. Bu qonuniy hol. Chunki rivoyat ham aytuvchining xotirasi, uning hayotiy tajribasi bilan bog‘liq holda yashaydi. Biroq ayrim folklorshunoslar rivoyat professional aytuvchilar tomonidan aytilgan va ular roviy deb yuritilgan, deb ko`rsatadilar. Arab tilidan olinga roviy so`zi, umuman, o`zgalarga turli-tuman voqealar haqisa xabar beruvchi, hikoya qilib beruvchi kishi ma`nosini ifodalaydi. Chunki, roviylar turli-tuman janrlarga mansub asarlarni ham aytaverishgan. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, faqat rivoyat aytish bilan shug`ullangan roviylar o`zbeklar orasida uchramaydi. Balki bunday professional aytuvchilar o`tmishda bo`lgandir, ammo ular keyinchalik turli-tuman janrlardagi asarlarni ham aytishavergan. Demak, professional aytuvhcilarga ega bo`lmaslik, keng ommaviy ijro xarateriga ega bo`lish xususiyati har ikkala- afsona va rivoyat janrlarining muhim xususiyati hisoblanadi.
Ko‘rinadiki, o`zlarining tashqi shakliy, tarkibiy, ijro, struktura va vazifa xossalari bilan afsonalar rivoyatlarga juda yaqin turadi. Mana shuhning uchun ham ayrim ilmiy ishlarda, hatto xalq prozasi namunalari jamlangan to‘plamlarda afsonani rivoyatdan farqlashda chalkashliklarga yo‘l qo‘yishadi. Chunki bu ikki janr o‘rtasida juda ko‘p mushtaraklik mavjud. Aslida, rivoyat ham afsonaga o‘xshab rivoyatda ham voqelik keng tarixiy miqyosda, butun muayyan jamiyat miqyosida aks etmaydi.
O‘zbek xaql prozasining tadqiqotchisi K.Imomovning rivoyatga bergan ta‘rifidan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, rivoyat afsonadan hayotiy voqealarni uydirmalar vositasida aks ettirishi bilan farqlanadi. U shunday yozadi: “Rivoyat hayotiy voqealarni badiiy uydirmalar vositasida hikoya qiluvchi folklorning realistik xarakteriga mos bo‘lgan alohida turidir”.
Ushbu ta’rifga ayrim tuzatishlar kiritgan holda qabul qilish mukin. Bu tuzatishlar esa, birinchidan, voqelik hayotiy uydirmalar vositasida aks etiriladi. Ikkinchidan, rivoyatda aks etgan voqelik qay darajada hayotiy bo‘lmasin, baribir, tasvirda realistik xarater emas, romantik xarakter yetakchilik qiladi.
Yuqorida biz afsona va rivoyatlarning bir-biridan farqli jihatlari haqida turli tadqiqotchilarning bildirgan fikrlari bilan tanishib chiqdik. Biz ham ularning ayrim fikrlariga bilan tanishib chiqqan holda quyida shu masala borasida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.
Hamma biladiki, adabiy janrlar hayotiy kamroq va poetik sistema yaxlitligi nuqati nazaridan tasnif etib kelinadi. Folklor janrlarini tasnif etishda ana shu ikki predmetga qo`shimcha holda qo`llanilishi o‘rni, ijro shakli va musiqaga munosabati ham hisobga olinishi lozim. Biz ham bu qarashni ma`qullaymiz. va afsona bilan rivoyatlarning o`zaro o‘xshash hamda farqli jihatlarini belgilashda ana shu nuqtai nazardan turib ish ko`ramiz.
Hayotiy qamrov jihatidan qaralsa, agsona va rivoyatlarni bir-biridan farqlash qiyin. Chunki ularning har ikkalasida ham o`tmishda bo`lib o`tgan epizodik voqealar, u yoki bu joylarning nomlarini izohlovchi yoki ulkan shaxslar hayotidan muayyan voqealar sof axborot tarzida aks ettiriladi. Bundan atshqari, mazkur ikki janrda ham kichik, loaqal bir epizodik voqeagina aks etadi, xolos.
Poetik nuqtai nazardan yondashilsa, har ikkala janrning asosiy bazifasi asosan xabar berish bo`lganligidan ularni o`zaro farqlab turuvchi poetik vositaning o`zi yoq`. Binobarin, afsona va rivoyat aytuvchi professional ijodkor ham, ijrochi ham yo`q. Bu ikki janrning ijodkori ham, ijrochisi ham yaxshigina xotira quvvatiga ega bo`lgan shaxslar deyish mumkin. Albatta, bu gapning o`zi nisbiy. Aniqroq qilib aytganda, afsona v arivoyatlar avloddan-avlodga o`tib keladi. O‘tib kelayotgan ana shu materialni o‘z qiziqishi doirasi bilan xotirada saqlab qolish, uni boshqalarga, keyingi avlodlarga yetkazishda ulkan hayotiy tajribaga ega bo‘lgan kishilarning roli katta. Shunda ham ushbu janrlarning professional ijrochisi yo‘q. Demak, afsona va rivoyat janrlari poetik tizimining yaxlitligi jihatidan farqlanmaydi.
Janrning maishiy qo`llanishi jihatidan qaralsa, afsona va rivoyatlar oddiy suhbatlarda biror joy yoki narsa, voqea yoki hodisalarni izohlash lozim bo‘lganda, ayrim hollarda o‘tmishdagi ayrim shaxslarning xatti-harakatlari, qahramonliklari yoxud hayrtaomuz ishlarini boshqalarga ibrat qilib ko‘rsatsh ehtiyoji tug‘ilgandagina oddiy, og‘zaki bayon qilinadi. Mazkur janrlar maxsus aytiladigan biron-bir marosim yoki tadbir yo‘q. Demak, mazkur janrlarning aytilishi o`rni, ya’ni maishiy qo‘llanish doirasi juda ham keng va ular bu masalada bir-birlaridan farqlanmaydilar.
Musiqaga munosabat masalasida ham afsona va rivoyatlar o‘zaro farqlanmaydi, chunki ularning ikkisi ham kuyga solinmay, oddiy so‘zlashuv tilida bayon etiladi.
Afsona va rivoyatlar bir-birlariga ham shakl, ham mazmun jihatidan juda yaqin. Biroq ular mustaqil janr sifatida bir-birlaridan farqlanadilar. Bu farqlar bizning nazarimizda, quyidagilardan iborat:
1. Afsona asosida voqelik faqat xayoliy uydirmalar orqali fantastika bilan yo‘g‘rilgan holda, kuchli mubolag‘alashtirilib tasvirlanadi. Rivoyatda esa voqelik hayotiy uydirmalar orqali fantaziyasiz tasvirlanadi. Demak, mazkur janrlarni o`zaro farqlash ehtiyoji nisbatiga ahamiyat berish lozim.
2. Ma`lumki, bayon etilgan voqelik yo xotira, yo butunlay to`qima sifatida aytilishi mumkin. Ana shu voqelik tinglovchi tomonidan xotira, ya’ni memorta yoki yarim memorta sifatida qabul qilinsa, bu janr o`z-o`zidan rivoyatni tashkil etadi. gar voqelik o‘zining tarixiy asoslaridan uzilsa, bunday material sof fabulatni tahskil etadi. Bu esa afsonani tashkil qiladi.
3. Bu o`rinda shuni ham aytib o‘tish muhimki, ushbu janrlar o‘rtasidagi aloqada afsonlara mudom rivoyatlar hisobiga boyib boradi. Shuning uchun ham N. Hotamov va B. Sarimqsoqovlar afsonlara, ko‘pincha rivoyatlar asosida yuzaga keladi, deganlarida haqli edilar. Bunda rivoyatdag konkret tarixiy elementlar yo‘qolib, ularning o‘rnini xayoliy uydirmalar egallab borish jarayoni kechadi. Boshqacha aytganda, afsona va rivoyat o‘rtasidagi munosabatda memoratning fabulatga aylanish jarayoni yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki, mavjud tarix unutilishiga mahkum, ammo asosi yo‘q uydirmalarning real tarixga aylanishi mumkin emas. Binobarin, rivoyat afsonaga aylansa ham, biroq afsona rivoyatga aylanmaydi. Afsona va rivoyat janrlarining o‘zaro munosabatlariga doir fikrlar, mulohazalarimiz va bu boradagi kuzatishlarimizdan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
1. O‘zbek afsona va rivoyatlari uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan mustaqil janrlardan bo`lib, ularning tuzilishi, ijtimoiy-estetik vazifalari oz`aro yaqinlik kasb etsalar ham, ammo tasvir prinsiplari, voqelikkka munosabatlari, obrazlar tizimi hamda tasviriy vositalari jihatidan farqlanib turadilar.
2. Tarixiylik nuqtai nazaridan afsona ham, rivoyat ham o‘zaro yaqinlik kasb etishi shubhasiz. Bu narsa, ayniqsa, tarixiy afsona va rivoyatlarda yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Aslida tarixiylik jihatidan bir xil darajada turuvchi bu ikki mustaqil janrning asosiy farqi afsona sujetining xayoliy uydirmalarga, rivoyat sujetining esa hayotiy uydirmalarga asoslanganligida namoyon bo‘ladi.
3. Afsona va rivoyatlarda sof tarix aks etamydi, balki real tarixiy voqealarning aks-sadolari, ularning g`oaysi, tarixiy shaxslar, obrazlar, joy va voqealarning nomlari orqali o`z ifodasini topadi. Umuman, o‘zbek nasrining mazkur janrlari kelgusida to‘planishi va ilmiy-ma`rifiy jihatdan jiddiy o‘rganilishi lozim.



Download 108,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish