Kurs ishi mavzu: Xalq og’zaki ijodi bolalar tarbiyasidagi asosiy vosita sifatida Ilmiy rahbar


Maqollarning bola tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati, uni qo’llash imkoniyatlari



Download 159,55 Kb.
bet9/12
Sana02.06.2022
Hajmi159,55 Kb.
#629910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zuhriddin kurs ishi (2)

3. 2. Maqollarning bola tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati, uni qo’llash imkoniyatlari
Maqol xalqning ko’p asrlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda to’plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur mazmunga ega bo’lgan, og’zaki ijod janrlaridan biridir. Asrlar davomida og’izdan-og’izga o’tib kelgan maqollar, xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo’lgan munosabati, tarixi va ruhiy holatini ifodalaydi.
Dunyoda o’z maqollariga ega bo’lmagan xalqning o’zi yo’q. Chunki har bir xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun ham turli xalqlar og’zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir-biriga yaqin, hamda hamohang maqollar ko’p uchraydi. Maqollar chuqur va mukammal mazmunga ega bo’lib, ularda mehnatkash xalqning donoligi, milliy an’anasi, uzoq asrlik hayotiy tajribasi kasb etib turadi. Rus yozuvchisi Tolstoy "Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman" deb yozadi.
Maqollar ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko’rgan kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan xulosaviy ibratli so’zlaridir. "Maqol" arabcha "so’z" degan ma’noni anglatadi. Maqollarda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi kerak. Va albatta ibratli fikr aytilish talab etiladi, bu ibratli fikr hukm shaklida bo’lishi kerak. Xalq maqollari - boyligimiz. Ota-bobolarimizning bizga qoldirgan tarbiyaviy ulkan xazinalaridandir. Maqollarni o’qib o’rganishimiz, nafaqat yod olishimiz, ko’nglimiz to’rida saqlab unutmasligimiz lozim. Undan unumli foydalanishimiz, har bir gapirayotgan gapimizni ta’sirchanligini oshirib, sermazmunligini ta’minlaydi. Maqollarda ko’pincha so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilgan bo’ladi. Ularni o’z ma’nosida tushunsak kutilgan ma’no chiqmay qoladi. Masalan, "O’ylamay qilingan ish, boshga keltirar tashvish" maqolidagi so’zlar o’z ma’nosida qo’llangan. Lekin, "Bir kun tuz ichgan joyingga, qirq kun salom qil" , "Ari chaqdi deb arazlama boli bor" , "Basharang qiyshiq bo’lsa, oynadan o’pkalama", kabi maqollardagi so’zlar o’z asl ma’nosida emas, ko’chma ma’noda qo’llangan. Ular insonning yaxshilikka muhabbati, odam va uning fe’l atvori haqidadir. Maqol xalq hayoti, orzu intilishlari va dunyoqarashini, ko’p asrlik tajribalarida sinovdan o’tkazib aks ettirishi tufayli, kundalik turmushimizda katta g’oyaviytarbiyaviy ro’l o’ynaydi. Chunki maqolda aks etgan voqea -hodisa yo keskin tasdiq etiladi, yo inkor qilinadi.
Demak, har bir maqol kishiga izchil g’oyaviy yo’nalish beradi, undagi fikrlarning yuksalishiga ko’mak beradi. Xaql maqolida shu xalqning tarbiyaviy qarashlari aks etgan ekan, bola tarbiyasida ham ijobiy o’shish jarayonlarini yuzaga chiqaradi. Farzand adolat va ozodlik, tinchlik va hurlik, mardlik va bahodirlik, ezgulik, insonparvarlik do’stlik va mehnatsevarlik tushunchalarini o’z ong-u shuuridan o’tkaza boradi. Xalqning orzu umidlari vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, ilm-u hunar, mehnatsevarlik, odob-axloqqa ezgulikka chorlaydigan, xullas insonni kamolotga yetaklaydigan barcha ijobiy fazilatlarni, maqollar o’z ta’siri ostida birlashtirgan bo’ladi. Shu sababdan ham maqollarning tarbiyaviy ahamiyati benihoya kattadir.
Vatan haqidagi maqollarni eshitib, vataniga iliq mehr bilan qarashga o’rganadi. Vatan ostonadan boshlanadi. Biz oila ostonasida qadam qo’yib, ulg’ayar ekanmiz, oilada vatan hissini tuya boshlaymiz. Maqollarimizda esa vatanga muhabbat, uni sevish va qadrlash bosh mavzu hisoblanadi. Chunki xalq hamma vaqt o’z vatanini sevgan, ardoqlagan va uning dushmanlariga qarshi kurash olib borgan. Ona yurtng omon bo’lsa, rang-u ro’ying somon bo’lmas; Baliq suv bilan tirik, odam el bilan; Vataning tinch sen tinch; el boshiga tushgani, er boshiga tushgani; Oz uyim - o’lan to’shagim; O’zga yurtning gulidan, o’z yurtingning cho’li yaxshi kabi maqollarda vatanparvarlik g’oyalari o’z ifodasini topgan. Ushbu maqollarni tinglagan, yod olgan uning mag’ziga yetgan farzand vatanga mehr hislari uyg’ona boshlaydi.
Xalq maqollari bevosita mehnat jarayonida, qaynoq hayot quchog’ida yaratilganligi sababli ularda mehnat va kasb hunarga oid mavzular ham yetakchi o’rin egallaydi. Mehnat mavzusidagi maqollarda mehnatga muhabbat, hurmat; ishyoqmas dangasa va tekinxo’rlikni qoralovchi, xalqning xulosalari mujassam etgan. Xalqimiz azal-azaldan mehnat orqali turmush tarzining faravon bo’lishi, mehnat orqali inson kamolitining har javhasida yaxshi natijalarga erishish mumkinligini, mehnatni sevish, yalqovlikdan qochish kerakligini anglab yetganlar. Inson tabiatan mehnatkashdir. U mehnat tufayli o’zining iste’dodi, qobiliyati, layoqatini namoyon etadi. Mehnat jarayonida insonning dunyoqarashi kengayib, bilim saviyasi oshib, u o’zini jismoniy va ma’naviy jihatdan shakllantirib boradi. Inson mehnati aqliy va jismoniy mehnat tarzida amalga oshiriladi. Shaxs har ikkalasining umumiyligi natijasida voyaga yetadi. Aqliy mehnat inson tafakkurini rivojlantirsa, jismoniy mehnat uning barkamol sog’lom o’sishi uchun zamindir. Xalq maqollarida mehnat hamma narsaning kaliti ekanligi aytiladi. Masalan, Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, odam-mehnati bilan, Daryo suvini bahor oshirar, Odam qadrini mehnat oshirar; Ishlagan osh tishlar, ishlamagan tosh tishlar; Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan; oltin o’tda bilinar, odam mehatda kabi maqollar ana shular jumlasidandir.
Har bir davrda kasb-hunar juda ulug’langan. Xalq donishmandlaridan biri: "Ey farzand agar oqil va dono bo’lay desang, hunarmand bo’lishni o’yla. Hunarmandchilik sababidan izzat va hurmatga erishasan, agar hunardan bebaxra bo’lsang, quruq soyasiz daraxtga o’xshab qolasan. Ey, farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do’st bo’l, hunarsiz kishida xosiyat bo’lmaydi. Mehnatdan, ilm-hunar o’rganishdan uzoqlashma", - deydi.
Axloqshunos olim Majid Havofiy esa hunarmandchilik to’g’risida to’xtalib "Kasb va hunarmandlarni e’zozla. Hunarmandchilikka ruju qo’ygan xalqning hurmat va e’tibori oshadi" - deya o’z xulosalarini bildirib o’tadi.
Har kimning zari bo’lmasada, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir qiyinchilikka uchramaydi. Hunarning qiymati haqida donolarimiz shunday deb ta’kidlashgan.
Oltin topmagin-u o’rgangin hunar,
Hunaring oldida xasdir oltin zar. (Jomiy)
Quyoshliq istasang kasbi kamol et,
Kamol gar kasb etarsan bemalol et. (Navoiy)
Xalq maqollarida esa Ilm- u, kasb - hunar shunday ta’riflanadi.
Bir yigitga qirq hunar ham oz; Yuzga kirsang ham hunar o’rgan; Hunar bo’lsa qo’lingda, non topilar yo’lingda, Hunari yo’q kishining, mazasi yo’q ishining; hunarli moy oshar, hunarsiz loy oshar; Hunarni o’rganib qo’ysang, sendan osh-non so’ramaydi kabi maqollar, farzandni kasb -hunar egallashga turtki bo’lgan. Xalq doim o’z bolasini hunarli bo’lishi uchun ustozlar oldiga olib borganlar. Hunarning qadr qimmatini juda yaxshi tushunganlar.
Bolalarni tarbiyalashda maqollarning ta’sirchan xulosalaridan foydalansak, ularni yod oldirsak, ularni o’z ong-u shuriga singdirsak, udagi ibrat namunalariga hayotda amal qilishga chorlasak, hayotda qiyinchilik mashaqqatlarni yengishga orzulari va maqsadlariga yetishish uchun qadam qo’yishga o’rgatgan bo’lamiz. Chunki maqollar butun tarbiya mezonlarini o’z ichiga qamrab olganligini kuzatishimiz mumkin.
Oilada ota-ona o’z farzandini tarbiya qilar, farzandlarning avvalo bir biriga axil inoq bo’lib munosabatda bo’lishini xohlashadi. Ular o’z pand-u nasixatlarida, so’zlarini maqollar vositasida ta’sirchanliklarini oshirishlari mumkin. Chunki xalqning boshidan kechirgan xulosalari, ibrat so’zlari o’z ahamiyatini oqlayotganini barchamiz ko’rib turibmiz. Masalan, kuch birlikda deyish bilan, ahil bo’lishni, bir biriga ko’maklashishni, qo’llab -quvvatlashni bildirib, barcha to’siqlarni yengish kuch qudratning birlashuvi natijasida erishilishi ta’kidlanadi.
Maqollarda insonning yaxshi fazilatlarini ulug’lash bilan birga, undagi xasislik, ochko’zlik, o’g’rilik, manmanlik, yalqovlik, bezorilik kabi hollar ayovsiz ravishda fosh etiladi. Maqollarda botirlik, saxiylik, adolat, insof, otashin sevgi, vafodorlik, do’stlik donolik kabi insoniy xislatlar ulug’lanadi. Maqollar xushyor bo’lishga, do’stni dushmandan farq qilishga, insonparvar, xushfe’l, shirin so’z, sadoqatli bo’lishga, ota-ona, qarindosh urug’ va do’stlarni qadrlashga kattalarni hurmat qilishga, kichiklarga nisbatan izzatli bo’lishga o’rgatadi.
"Bug’doy noning bo’lmasin, bug’doy so’zing bo’lsin"; "Yaxshi bilan yursang yetarsan murodga, yomon bilan yursang qolarsan uyatga"; "Hurmat qilsang hurmat ko’rasan";
Maqollarda shunchalik haqiqat rostlik ildizlari keng tomir otib borganki, uni hech bir kuch joyidan siljita olmaydi.
Maqol shunday so’zki, so’zga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida har doim hamroh bo’ladi. Kimki, uni ko’p ishlatsa o’shaning nutqini shirali deydilar va diqqat bilan eshitadilar.
Yozuvchi va shoirlarimiz o’z asarlarida yaratgan ijod namunalarida maqollarning ta’sirchan kuchidan foydalanishadi. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Rabg’uziy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Ogahiy, Nodira, Furqat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek G’afur G’ulom va boshqa ko’plab ijodkorlarning asarlari sinchiklab o’rganilsa, maqollarning jozibasini his etishimiz mumkin. Hatto yaratilgan asarning asosiy ma’no g’oyasi, birgini maqolning qarida jamlanganligini ham kuzatishimiz mumkin. Masalan Abdulla Qaxxorning "O’g’ri"hikoyasida o’zgalar baxtsizligini tirikchilik manbayiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga "otning o’limi - itning bayrami" maqoli epigraf qilib olingan.
Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va romonlarimizda ham ko’p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Bo’yog’lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo’lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o’z asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo’lishi uchun xalq maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan.
O’zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar" romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda qo’l kelganligini ko’rishimiz mumkin.
Bugungi kunda maqollarning o’rni va ahamiyati haqida gapiradigan bo’lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini aytib o’tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib, shakllantirilib boriladi.
Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit bolaning xulq atvorida nomoyon bo’ladi. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Qush uyasida ko’rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi. Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida, suhbat chog’larida, o’z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda, maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o’z tarbiyasining ta’sir etish kuchini oshirishgan bo’lardi. Har bir xonadonda o’zbek xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish, yod olishga o’rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini so’rab, uning mag’zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat ekanligini, farzandning o’z tushungan tushunchalarini so’rashi, xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib o’tishi lozim.
Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega. Xotirada mustahkam o’rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning aziz ne’mat bo’lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo’lib voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir, tarbiyaning barcha ko’rinishlarini ifoda etgan g’oyalar mujassamlashgan.
Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o’z tajribasidan o’tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo’lib, u kishilarni ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sershijoat, serg’ayrat intilish bilan, tinch-totuv yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo’lib xizmat qilaveradi.
Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to’g’ri yo’lni o’z farzandlariga ham ko’rsata olsalar, ko’zlangan maqsadga erishgan bo’lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo’q qilishda, farzandidagi noo’rin harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o’stirishda maqollarimizning beminnat xizmatidan foydalanishi darkor. Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so’zlar ekan, demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo’lida yaxshi ibrat ko’rsatib yashashga chorlashi haqiqatdir.
Ular shunchaki to’qima, o’ylab chiqilgan so’zlar emas, xalqning boshidan o’tkazgan, o’zi ko’rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir. Uni asrab avaylash, qalbimiz to’riga joylash, xalqimiz pand-u nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida o’rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak. Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg’aygan bola o’zining yo’li va so’zini to’g’ri belgilay oladi.
Maqollardan namunalar:
Yomon bilan yurdim qoldim uyatga, yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga;
Kimki bo’lsa dilozor, undan el-u yurt bezor; Odam bo’lmoq asta-asta,
Hayvon bo’lmoq bir pasta;
Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir.
Tig’ jaraxoti bitar, til jaraxoti bitmas;
Arslon izidan qaytmas, yigit so’zidan.
Tuyaday bo’y berguncha, ninaday aql bersin;
Ko’p o’yla, bir so’yla.
Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni, Ilm olishning erta-kechi yo’q;
Tirishgan tog’dan oshar, Ter to’kkan baxtli yashar.



Download 159,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish