O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT FAKULTETI”
“MAKROIQTISODIYOT” KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu:“Mehnat bozorini tartibga solishning mohiyati,zaruriyati va turlari”
5520100 “Ijtimoiy ish(pensiya ta`minoti)” yo`nalish
Bajardi:
Toshtemirov Suhrob Shokirovich 2-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: Katta o`qituvchi Xajibakiyev SH.X
Baho:
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish. __________________________________________________________ 4
1. Mehnat bozorini tartibga solishni mohiyati va nazariy asoslari. ___________6
2 Mehnat bozorini tartibga solishning usullari,dastaklari va shakillari. _______13
3.O`zbekiston Respublikaisi mehnat bozorini tartibga solish jarayonlarida qo`llanadigan usullari. _____________________________________________24
Xulosa. _________________________________________________________34
Foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro`yhati. ______________________________35
Kirish
Kurs ishi mavzusini dolzarbligi.O‘zbekistonda amalga oshirlayotgan barcha islohotlardi asil maqsadi-bu inson farovonligini oshirish,ulardi bandligini ta`minlash uchun davlat tomonidan qulay shart sharoitlardi yaratish,shu jumladan, ish o‘rinlari tashkil etilishini rag‘batlantirish va aholi bandligiga ko‘maklashish, ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlashga, hamda ularning malakasini oshirishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish orqali ko‘maklashish; ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, ishsizlikni kamaytirish choralarini ko‘rish,aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish;yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari va kollejlari, texnikumlar, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish; aholi bandligi sohasida zamonaviy kasbiy standartlarni joriy etish, mehnatni normalashtirish hamda mehnatga haq to‘lash mexanizmlarini takomillashtirish; aholi bandligi sohasida ayollar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlash; ishga joylashtirish jarayonlariga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, aholining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha xizmatlar bozorida zamonaviy infratuzilmani va raqobat muhitini yaratish;kabi omillarga bog`liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yilda qabul qilingan PQ-5094 son qarorida
“Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi” to‘g‘risida Aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirish uchun davlat dasturlari ishlab chiqildi.
1
Unda davlatning bandlik sohasidagi asosiy tamoyillari aks etib, hozirgi zamon mehnat huquq normalariga asoslangan. Jumladan, mehnat bozorini tartibga solishning yangi vositalari xususan, tadbirkorlikni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi band qilish, ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, malakasini oshirish, ish stajini hisobga olish, ishsizlik nafaqasini to‘lash, ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar, respublikadan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyati amalga oshirayotgan fuqarolar va boshqa muhim yo‘nalishlardagi masalalar qamrab olindi.
Kurs ishini maqsadi-O`zbekiston Respublikasida mehnat bozorini tartibga solish usullarini o`rganish va tahlil etish.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
mehnat bozorini tartibga solishni mohiyati va nazariy maktab vakillarini fikirlari va nazariyalarini o`rganish.
mehnat bozori tartibga solish usullari,yo`nalishlari o`rganish va ularni yoritish.
O`zbekistonda mehnat bozorini tartibga solish dastaklarini tahlil etish.