Kurs ishi mavzu: Xalq og’zaki ijodi bolalar tarbiyasidagi asosiy vosita sifatida Ilmiy rahbar



Download 159,55 Kb.
bet11/12
Sana02.06.2022
Hajmi159,55 Kb.
#629910
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Zuhriddin kurs ishi (2)

3. 4. Ertak terapiyasi
Ertaklar nafaqat bola tasavvurlarini rivojlantirib, axloqiy sifatlarni o’zida mujassamlashtirishi bilan bir qatorda psixologik korreksiya (tuzatish) vositasi vazifasini ham o’tashi bilan ahamiyatlidir. Birinchidan: ertak bola tasavvur olamiga eng yaqin yo’l; Ikkinchidan: bola ruhiyatiga kirib borishda ko’prikdir. Uchinchidan: bolaning motivatsion ehtiyojlarining birlamchi manbaidir.
Pedagog – psixolog ishida keng foydalaniladigan konsultativ – terapevtik faoliyatlardan biri ertak terapiyasi hisoblanadi. Ertak terapiyasining asosiy xususiyati metaforik va o’zgacha bayon etish uslubiga tilga ega ekanligidir. Ertakda bayon etiladigan voqea hodisalar jaroni tog’ridan - to’g’ri va tinglovchilar uchun tanish bo’lgan shaklda emas, balki o’zgacha nomoyon bo’ladi.
Ertaklarning muhim xususiyatlaridan biri ham shundaki, u bir vaqtning o’zida ham ongga, ham shaxsning chuqur, yetarli darajada anglanilmagan qurilmalariga (qo’rquv, kechinma, kompleks, ehtiros) qaratilgan bo’ladi. Kattalar ko’pincha qo’rquv va moyilliklarini oshkor etishga qiynaladilar, ko’p bolalar esa o’z harakatlari, kechinmalari uchun aybdorlik va uyalish hissini sezadilar. Ertakda kattalar va bolalar munosabati uchun umumiy bo’lgan til tug’iladi.
Ertak bolalar uchun shunday himoya muhitini yaratib beradiki, u orqali bola o’zi va olam haqidagi biror bir yangilikni o’z ichki dunyosining aralashuvidan qo’rqmagan holda bilib olish imkoniga ega bo’ladi. Ertakni eshitar ekan bola o’zini qahramonlar bilan solishtiradi (u o’ziga o’xshash qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan qahramonlarni tanlab oladi). U o’z qo’rquv va kechinmalari orasida o’zini yolg’iz his etmaydi. Chunki har bir bolaning o’ziga xos tabiati kechinma va tuyg’ulari shakllanib boradi.
Eng asosiysi, ertak qahramonlari qiyinchiliklarni yengayotganini ko’rib, bolada muommolarni hal etish tajribasi va o’z kuchiga ishonch paydo bo’ladi.
Ertak bilan ishlashning uch asosiy yo’nalishi mavjud.
1. Turli adabiy manbalardagi tanish bo’lgan xalq og’zaki ijodidan olingan, sehrli afsonaviy ertaklardan foydalanish. Terapevtik ta’sir jarayoni ertakning bola bilan birga o’qilishi va tahlil qilinishi bilan belgilanadi. Bunda asosiy e’tibor qahramonlar kechinmalari, qiyinchliklarni yengishi va muvaffaqiyatga erishishga qaratiladi. Bu holda terapevtik samara pedagog – psixologning bola kechinmalarini qay darajada tushunib yetganligi va tanlangan ertakning bola muommolariga qay darajada mos kelishi bilan belgilanadi.
2. Terapevt tomonidan har bir konkret vaziyat uchun ertak yoki terapevtik metaforaning yaratilishi. Bu yo’nalish pedagog va psixologdan ertak to’qish jarayoniga to’liq kirishishni talab etadi. Terapevtik maqsadlarda ertakning yaratilish va qo’llanilish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) Bolani qiynayotgan muommoni o’ylab chiqing. Uning histuyg’u va kechinmalari “to’lqiniga” moslashing. Mazkur vaziyat bola nuqtayi nazarida qanday qabul qilinishini tushunishga harakat qiling.
b) Hikoyaning asosiy g’oyasini shakllantiring. Bola ongiga qanday g’oyalarni yetkazib bermoqchisiz. Xalq og’zki ijodi orqali qanday yechimlarni taklif qilmoqchisiz. Bu yechimlar juda murakkab bo’lmasligi lozim.
3. Hikoyani bolaning qo’rquv, xavotiri va nizolariga o’xshash jihatlariga ega bo’lgan qahramonni tanishtirishdan boshlang. Bu bolaga o’zini ertak qahramoniga qiyoslash imkonini beradi va uni o’sha holatga jalb etib vaziyat holat ishtirokchisiga aylantiradi. Masalan, ertak shunday boshlanishi mumkin: “bir bor ekan, bir yo’q ekan, bir joyda senga o’xshagan qizcha (bola) yashar ekan…”.
4. Hikoya qahramonining bolaga o’xshash bo’lgan kuchli va ijobiy sifatlarini eslatib o’ting. Bolalar o’z muammosiga bog’lanib qolishsa, ular faqat yomon narsalarni o’ylab, o’zlarining kuchli tomonlari va sifatlarini unutib qo’yadilar.
5. Shunday syujet chizig’ini ishlab chiqish kerakki, u o’z ichiga quyidagi asosiy elementlarni olishi lozim:
Bola muammosiga mutanosib metaforik nizo;
Bola imkoniyatlari va qobiliyatlarini ifadolovchi timsollar, ular bosh qahramonning do’stlari va yordamchilari obrazida bo’lishi kerak, qo’rquv va ishonchsizliklari dushmanlar va turli xil to’siqlar obrazida bo’lishi kerak
Metaforik inqiroz, uning natijasida bosh qahramon barcha to’siqlarni yengib g’olib bo’lishi kerak.
Qo’lga kiritilgan g’alaba natijasida qahramon o’zidagi yangi sifatlarni anglashi;
G’alaba tantasi, unda qahramon harakatiga yarasha taqdirlanadi.
6. Hikoyada sirli, kutilmagan va kulgili elementlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
7. Oddiylikga intiling. Siz tomondan qo’llanilayotgan til lug’at bola tili darajasiga moslashtirilishi, hikoya hajmi (davomiyligi) esa bola diqqatining turg’unlik darajasiga mos bo’lishi lozim.
8. Bolaning hikoyaga to’liq berilgan hamda uning uchun zerikarli vaqtga e’tibor bering. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan hikoyasiga bo’lgan munosabatini aniqlash mumkin.
9. Agar bola hikoya parchalarini ta’riflab, uning mazmuni bo’yicha savollar bersa, buni etiborda chetda qoldirmang. Bular bolaning ichki dunyosiga, fikrlar ummoniga nazar tashlash imkonini beradi.
10. Agar bola siz taklif etgan yechimiga kelib, u esa hech qanday natija bermasa, hechqisi yo’q. U nima qilganini, nima o’xshamaganligini hamda bu slida qanday bo’lishi kerakligini o’ylab ko’ring. Shundan so’ng bolaga, harakati samara bermagan qaharamon haqida so’zlab bering, qahramonning irodasini e’tirof etib, uning yana harakat qilganligini va oxir oqibat u o’z qiyin holatidan chiqib ketish yo’lini topganini aytib bering. Siz hikoyachi sifatida ham, sizning hikoyangiz ham mukammal bo’lmasligi mumkin. Nutqingizdagi kamchiliklardan uyalmang, hikoya davomida o’z xato yoki kamchiligingizni yozib olsangiz, shoshilmasdan uni tahminan quyidagicha to’g’irlab keting: “O, sal qolsa esimdan chiqib qolay dedi, u bir o’zi emas, dugonasi bilan ketayotgan edi va h.k.
11.Bolani ertakni yaratish va ijro etishga yo’naltirish. Ba’zida bola turli bahonalar bilan hikoya to’qishdan bosh tortadi (men bilmayman, qilolmayman, yaxshi bajara olmayman, buni hech qachon qilmaganman). Bu holatda boladan taniqli ertakni so’zlab berishini so’rash mumkin (M: Bo’g’irsoq, Zolushka, Qizil qalpoqcha va h.k) So’ng uning syujetini, voqea joyi, vaqti, qahramonlar harakterini o’zgartirib, boshqa shaxs nomidan so’zlab berishni so’rash kerak. Bola ertakni to’qish yoki ijro etish vaqtida u faqatgina ertak voqealarini boshidan kechiribgina qolmay, balki his tuyg’ularni ham namoyon etadi.
O’smirlar bilan ishlashda ertak terapiyasidan foydalanishda ularga faqatgina ertaklargina emas, balki fantastik voqealar, senariylar, reklama roliklari, multfilimlar, komplekslar va h.k.larni o’ylab topishni taklif etish mumkin.


XULOSA
Xalq og’zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san’at. O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa bo`lib xizmat qiladi. Yillar to’zonidan omon-eson o`tib, avlod- ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy, ta`limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`tay- di. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi. Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu mas`uliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi.



Download 159,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish