Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Mavzu doirasida adabiyotlarda keltirilgan nazariya asosida sinxron tarjimada paralingvistik vositalarning berilish usullari, ular orasidagi munosabatlarning psixologik va boshqa jihatlari o‘rganiladi. Kurs ishi natijasida chiqarilgan xulosalar sinxron va ketma-ket tarjima sohasida olib borilatyotgan tadqiqotlar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu kurs ishining natijalari oliy o‘quv yurtlarida “Sinxron tarjima” ta’lim mutaxassisligida o‘qitiladigan “Sinxron tarjima nazariyasi”, “Sinxron va ketma-ket tarjima amaliyoti”, “Tarjima metodologiyasi va sinxron tarjima mahorati”, “Sinxron tarjima strategiyalari” kabi fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda, qo‘llanmalar yaratishda yordamchi manba sifatida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |