Kurs ishi mavzu: O’quvchilarning diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida) Bajardi: Shodikulov Sardor Tekshirdi: Xolmurodova Z


II BOB. FRANSUZ TILINI O'QITISHNING INTERFAOL USULLARI



Download 44,43 Kb.
bet6/8
Sana09.07.2022
Hajmi44,43 Kb.
#759493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shodikulov Sardor

II BOB. FRANSUZ TILINI O'QITISHNING INTERFAOL USULLARI
2.1 Fransuz tilini o'qitishda "Rolli o'yinlar" va "Zig-zag" interfaol usullarning ahamiyati
Hech birimizga sir emaski, oxirgi yillarda Fransuz tilini oʻqitish shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Shunday ekan, Fransuz tili darslarini puxta oʻrgatish, oʻquvchi-talabani darsga nisbatan qiziqishi, faolligini ta‘minlash maqsadida Fransuz tili darslarida oʻz samarasini koʻrsata oladigan bir nechta interfaol usullarni tahlil qilamiz.
Interfaol usullar ichida oʻziga xos bir qancha ijobiy jihatlari bilan ajralib turadigan ―Rolli oʻ yinlar interfaol usuli XX asrning 70-yillarida chet tillarini oʻrgatishda qoʻllanila boshladi. Bu esa oʻ qitishda turli usullardan foydalanish oʻz samarasini bera boshladi ya‘ni koʻz bilan ko’rish, quloq bilan eshitish xotirani yanada mustahkamlab, oʻquv jarayoniga nisbatan qiziqish va faollikni oshirdi.
Roli oʻyinlar - ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) oʻyinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu oʻrinda, matnli material oʻrniga oʻquvchilar tomonidan rollar oʻynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Rolli oʻ yinlar metodi shundan iboratki, oʻquvchi, oʻzi uchun notanish boʻlgan, turli xil harakterli inson obraziga qalban kirishib ketadi. Oʻzi uchun notanish boʻlgan, turli xil harakterdagi rollarni oʻynashlari asosida ularning dunyoqarashlari, fikr-mulohazalari, nimalar haqida oʻylaydilar, ularning nozik tabiati haqida oʻ quvchilar keng tushunchaga ega boʻladilar. Oʻyinda asosan oʻquvchilarga tugallanmagan muammoli sahna koʻrinishi (vaziyat) rollari beriladi. Oʻquvchilar ushbu muammoli rollarni mustaqil ravishda oxiriga yetkazib, rol oʻynashlari shart.
Nihoyat, muammoli sahna koʻ rinishi (vaziyat) orqali oʻquvchilarda dildan suhbatlashish, muloqot qila bilish, yechimi hal qilingan masalani asoslab bera olish, oʻz mustaqil fikrini asoslash, himoya qila olish kabilar shakllanadi.
1. Tayyorgarlik koʻ rish. Oʻquvchilar muammoli sahna koʻ rinish (vaziyat) bilan tanishib chiqadilar. Ular oʻyin rollarini boʻlib oladilar hamda oʻz rollari ustida mashq qiladilar, ishlaydilar.
2. Oʻquvchilarni rollarga tanlab olish. Oʻqituvchi oʻquvchilarga rollarni boʻlib berish huquqiga ega yoki oʻquvchilarga rollarni oʻzlari tanlab olishlariga imkon yaratib berishi hamda ba‘zi bir rolga oʻquvchilarni tashqaridan jalb qilishi mumkin.
3. Oʻyinni oʻtkazish. Oʻquvchilar oʻzlariga bo’lib berilgan rollarni oʻz mustaqil fikr-gʻoyalaridan kelib chiqib, oʻsha inson hayotda qanday yoʻl tutardi, shular haqida fikr mulohaza yuritib oʻynaydilar. Oʻqituvchi oʻyin davomida tomoshabin sifatida boʻladi. Ayrim hollardagina oʻyinga aralashishi mumkin. Bunday vaziyatlarda qisqa, aniq va loʻnda harakat qilish kerak boʻladi.
5. Muhokama. Rolli muammoli oʻyinlar muhokama qilinadi va baholanadi. Oʻyin ishtirokchilari, tamoshabinlar oʻyinlarini tahlil qilish, muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Tahlil savollari quyidagilardan iborat boʻ lishi mumkin: -Siz oʻz oʻynagan rolingizdan nimalarni oʻ rgandizgiz?
- Umuman oʻ yindan hamda undagi rollardan nimalarni sezdingiz, his qildingiz?
- Oʻyin hayotiy, haqiqiy boʻldimi? Hayotga oʻ xshahsligi bormi?
Tilni oʻ qitishda ―Rolli oʻ yin metodining ahamiyati shundaki, oʻquvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali koʻrsatib beruvchi metoddir. Rolli oʻ yinlarning ishbop oʻyinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Rolli oʻyinda ham ishbop oʻyin kabi muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yoʻ lga qoʻyilgan. Rolli oʻyinlar oʻquvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi.
Birinchi bosqichda oʻzlashtirgan talabalar uchun yangi soʻ zlardan kichik suhbat quradilar. M: ―Tanishuv, ―Salomlashuv, ―Oila, ―Doʻstlar va b. Bu mavzular talabalarni rol oʻynab suhbat qurishi, Fransuz tilini oʻ rganishida nutqini yuqori darajada boʻ lish, mativatsiyasini shakllantirish va Fransuz tiliga qiziqishini oshiradi.
Ikkinchi bosqichda oʻzlashtirgan talabalarni rolli oʻyinlar ularni yana bir bosqich yuqoriga olib chiqadi, leksik qatlamga qadam tashab, mutaxasislik bilan bog’liqligini koʻrsatadi. M:talaba oʻ quv muassasasi, oʻqishi, kelajakdagi kasbi, sayohat qilish yoʻnalishlari haqida boʻladi. Uchinchi bosqichda oʻzlashtirgan talabalarni rolli oʻyinlar professional darajaga olib chiqadi. M: konferensiyani olib borish, delegatsiyani qabul qilish, shartnoma tuzish va b. Bu bosqichda oʻzlashtirgan talabalar egallagan bilimlarini ishga solishadi, bunda ishbilarmon doʻsti yoki hamkori bilan ishbilarmonlik suhbatini olib boradi. Bu ayniqsa yuqori kurs talabalar uchun qiziq.
―Rolli oʻyin‖ metodini olib borish uchun oʻqituvchi oldindan maxsus tayyorgarlik koʻrishi lozim. Zero, tayyorlangan «Rolli oʻyin» metodi:
-eshitish va tinglashni oʻrgatadi;
-erkin operativ suhbatga tayyorlaydi;
-tabiiy xulqni kamchiliklardan nari qiladi;
-talabalarni fransuz tiliga qiziqtiradi va amaliyotni oʻtaydi.
Rolli oʻ yinlar metodi muhim metodologik vazifalarni bajaradi:
- Talabalarni ogʻzaki nutqqa psixologik tarafdan tayyorlaydi;
- Fransuz tilida tabiiy holda koʻp qoʻ llaniladigan til materialini bilib oladi;
- Kerakli tanlangan nutq variantiga tayyor qiladi.
“Rolli oʻyin metodi tilda grammatik, leksik, fonetik va orfografik qismlarga boʻlib nutq malakasida oʻrnini belgilab beradi. Ma‘lumki, ishtirokchilar grammatik struktura tuzayotganda koʻp marta qaytarish hodisasiga duch kelinadi. Bunda grammatikaga oid leksik oʻyinlariga, mantiqiylari nutq fundamentini ―qurishda‖ yordamlashadi.
Rolli oʻyin metodining afzallik tomonlari:
-oʻquv jarayonida oʻ quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi;
- oʻquvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi;
- Fransuz tilida nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllay olishni oʻrgatadi;
-oʻquvchilarda berilgan vaziyatni ―fransuzcha tahlil qilish malakasi shakllanadi.
Rolli oʻyin metodining kamchilik tomonlari:
- koʻp vaqt talab etiladi;
- oʻqituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi;
- oʻquvchilarning oʻ yinga tayyorgarligi turlicha daraja boʻ lishi mumkin;
- barcha oʻquvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.
Mazkur rolli oʻyinlar interfaol usuli Fransuz tili darslarida ikki tomonlama ham oʻqituvchi ham oʻ quvchiga teng foyda olib keladi. O`qitish mazmuni yaxshi o`zlashtirishga olib keladi. O`z vaqtida o`quvchi-o`qituvchi-o`quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o`rnatiladi.O`qitish usullari ta`lim jarayonida turli xil ko`rinishlarda kechadi. (yakka, juft, guruh, katta guruhlar). O`quv jarayoni o`quv ehtiyojini qondirish bilan yuqori motivasiyaga ega bo`ladi.O`zaro axborot berish, olish, qayta ishlash orqali o`quv materiali yaxshi esda qoladi.O`quvchida o`zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko`nikmalari shakllanadi.Har bir o`quvchining o`zi mustaqil fikr yurita olishga, ishlashga, mushohada qilishga olib keladi.Interfaol usulda o`tilgan darslarda o`quvchi faqat ta`lim mazmunini o`zlashtiribgina qolmay, balki o`zining tanqidiy va mantiqiy fikrlashini ham rivojlantiradi. Oʻquvchilar oladigan foyda haqida biz yuqorida ta‘kidlab oʻtdik, ya‘ni oʻquvchining fikrlashi, dunyoqarashi, soʻz boyligining ortib borishi nafaqat ona tilida balki, Fransuz tilida ham yuksalib boradi. Bu jarayonda metodikada mavjud boʻ lgan ikki maqsad: tarbiyaviy va umumta‘limiy maqsad baravar amalga oshadi. Shu borada oʻqituvchining ham yutuqlari haqida keltirib oʻtamiz. Avvalambor, oʻqituvchi darsini toʻgʻri tashkillashtirishiga, dars jarayonini qiziqarli oʻtishiga, oʻquvchilarning vaqti samarali oʻtishiga erishiladi. Bunday holatda oʻqituvchiga boʻlgan hurmat yanada oshadi. Sababiki, darsni qiziqarli tashkillashtirgan oʻqituvchi barchaning koʻ nglidan baravar joy oladi. Dars oxirida esa yuqori natijalarga erishiladi. Avval ana‘naviy usulda oʻ quvchi onta soʻ z yodlagan boʻ lsa, bu interfaol usulda oʻ zlashtiriladigan soʻ zlar miqdori ikki baravarga oshadi.
Darsning sifat koʻ rsatkichi yuqori darajaga koʻ tariladi deb ayta olamiz. Fransuz tili oʻ qitishda oʻzining foydali jihati bilan ahamiyatga ega bir qator interfaol usullar sirasidan oʻrin oluvchi yana bir interfaol usul bu ―Zig-zag usulidir. ―Bu oʻqitish usulining asl nomi―Siniq chiziq ya‘ni ―Zig-zag. Usulining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan boʻlsak, Aronson 1980, Djonson va Xorubek 1990, Kagan 1990 yillarda bu usulni ilk bor qoʻllashgan. Aslida bu usul ancha yillar mobaynida qoʻllanilgan, lekin bu nom ostida emas. Bu usul ―Arra usuli ham deb atalgan. Vaqt oʻ tgan sari ―Zig-zag nomi bilan atala boshlagan.
Bu usul jamoaviy oʻqitish metodi boʻlib, har bir ta‘lim oluvchi guruhga berilgan umumiy topshiriqning bir qismi hisoblangan individual topshiriq olishdan iborat. Shuning hisobiga shaxsiy javoblar (mas‘uliyat) sohasi shakllanadi va ta‘lim olish motivatsiyasi oshadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilar guruhi barcha a‘zolari faolligini ta‘minlab, shu bilan birgalikda bilim olish uchun hamkorlik munosabatlarini yaratadi. Ushbu usul ta‘lim oluvchilarga qisqa vaqt davomida koʻproq oʻquv materiallarini oʻrganib chiqishga imkon beradi. Mazkur metod quyidagi ketma-ketlikda oʻtkaziladi:
1. Material tanlab olib, uni mantiqiy tugallangan qismlarga ajratamiz.
2. Tanlangan materialning qismlari soniga mos ravishda 4-6 kishilik guruhlar tuzamiz. Bu guruhning har bir a‘zosiga u oʻrganadigan materialning qismiga mos raqamni beramiz.
3. Materialni oʻrganish uchun taqsimlab chiqamiz.
4. Ekspert guruhlarni tuzib olamiz. Ekspert guruhlar- bu bir xil vazifa olgan ta‘lim oluvchilar guruhi (masalan, birinchi qismni olgan ―A guruhi a‘zosi, huddi shu birinchi qismni olgan ―V guruhi a‘zosi bilan uchrashadi). Hamkor –ekspertlar materiallarini birgalikda oʻqib, oʻrganadilar, uni bayon etishning samarali usullarini va yangi guruhlaridagi sheriklari materialni qanday tushunganliklarini tekshirish uchun nazorat savollarini rejalashtiradilar, oʻz guruhlarida taqdimotni tayyorlaydilar.
5. Ta‘lim oluvchilar oʻ zaro oʻ rganish va tekshirish uchun oʻ z guruhlariga qaytadilar. Bu yerda ular bir-birlarini ketma-ket oʻ rganilgan material bilan tanishtiradilar. ―Ekspert vazifasi – guruhning har bir a‘zosi materialning oʻ ziga berilgn qismni oʻ zlashtirishidan iborat. Guruhning vazifasi: har kim butun mavzuni toʻ liq oʻ zlashtirishi kerak.
6. Tushunganliklarini tekshiramiz va yakun yasaymiz. Barcha guruh uning har bir a‘zosi materialni toʻliq oʻzlashtirishgajavob beradi. Soʻngra guruhning alohida a‘zosini oʻz bilimlarini turli usullar bilan namoyon etishlarini soʻ rash mumkin.
Nazorat turlari : ekspertlar taqdimoti, yozma ishlari, savollarga javoblar, test topshiriqlari. Bu usulni yana quyidagi tartibda ham oʻtkazish mumkin. Buning uchun doskaning markaziga kalit soʻzi yoziladi (darsning mavzusi). Birinchi raqamlarning a‘zosi chiqib, oʻzining klasterini iladi va uni e‘lon qiladi. Buni toʻldirishda unga 2, 3, 4, 5 -raqamli ishtirokchilar yordam berishlari mumkin. Soʻngra ikkinchi raqamlarning a‘zosi chiqadi va unga yordamchi boʻ lib 1, 3, 4, 5-raqamlar yordamga chiqadi. Natijada butun bir mavzuning grafik koʻ rinishi yoritiladi. Bu esa mavzuni muhokama qilishda va materiallarni mustahkamlashda, yangi olingan bilim va koʻ nikmalarni oldingi olingan bilim va koʻnikmalar bilan taqqoslashda qulaylik tugʻdiradi.
Avvalambor, bu usul til oʻrganishda judayam muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bu usulning oʻquvchi – talabalarga boʻlgan foydali jihatlari haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, ularni darsga boʻlgan qiziqishlarini oshiradi, ogʻzaki nutqni rivojlantiradi, kelajakda oʻz fikrini yetarli darajada tushuntirib bera olish qobiliyatini shakllantiradi. Bu usul bilan dars oʻtish ham grammatikani mustahkamlash, ham mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvolidan ham habardor boʻlish imkonini yaratadi, eng muhimi bilishdan tashqari oʻquvchi – talaba oʻzi fikr yuritib, boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini, soʻz boyligini oshirib, nutqini ravon qilishga yordam beradi.Oʻqituvchiga boʻlgan ijobiy jihatlari esa ta‘lim beruvchi bir vaqtning oʻzida barcha oʻquvchi-talabalarini darsga jalb qilib oladi hamda ularni guruhlarda ishlashga, hech bir oʻquvchini nazoratdan chetda qolmasligiga erishadi. Eng asosiysi qimmatli boʻ lgan vaqt tejaladi.

Download 44,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish