Kurs ishi mavzu: O’quvchilarning diskurs kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol ta’lim texnalogiyalaridan foydalanish (B1 darajadagi o’quvchilar misolida) Bajardi: Shodikulov Sardor Tekshirdi: Xolmurodova Z



Download 44,43 Kb.
bet4/8
Sana09.07.2022
Hajmi44,43 Kb.
#759493
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shodikulov Sardor

Birinchi qoida: Ishlash uchun joyni tayyorlashga jiddiy qarash kerak. Bu avvaliga bekorchi ko‘ringandek oddiy masala emas. Auditoriyani shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtrokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun o‘tirishlariga oson bo‘lishi kerak. Yangi ta’lim oluvchilarga jismonan qulay sharoit yaratilishi kerak. Mashg‘ulotlarda kimdir guruhga teskari o‘tirib qolib boshqalarga boshini yonboshga burib o‘tirishi nojoizdir. Shuning uchun stolni shunday qo‘yish kerakki, ular o‘ziga qulay vaziyatda kichik guruh bilan oson munosabatda bo‘lishi kerak. Ijodiy ish uchun metallar oldindan tayyorlangan bo‘lsa yaxshidir.
Ikkinchi qoida: Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish lozim. Bu haqda boshidan kelishib olish kerak va uni buzmaslik lozim. Masalan, hamma tinglovchilar har bir nuqtai nazarga sabrli bo‘lib, so‘z erkinligini, uning qadrini hurmat qilishlari kerak.
Uchinchi qoida: Tinglovchilarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor bering. Avvaliga, uni o‘zi xohishiga ko‘ra qurish kerak. Keyin tasodifan tanlash tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq.
To‘rtinchi qoida: Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan bo‘lishi kerak.
Beshinchi qoida: Tinglovchilarning ruhan tayyorgarligiga ko‘maklashish lozim. Gap shundaki, mashg‘ulotga kelganlarning hammasi ham u yoki bu ish shakliga bevosita kirishishga ruhan tayyor emaslar. Bunga ma’lum darajada hulqining an’anaviyligi ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada mashq qilishlar, ta’lim oluvchilarning ishda faol ishtiroklari uchun doimiy rag‘batlantirishlar, ta’lim oluvchining o‘zini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish foydali bo‘ladi.
Oltinchi qoida: Interfaol usullar asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilganda guruhda ta’lim oluvchilar soni ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ishtirokchilar soni va 2021 o‘qitish sifati bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Odatda agarda ishda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmasagina, ish samarali bo‘ladi. Faqat shu shart bajarilganda eng maqbul tarkibi 4-6 kishidan iborat kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin. Axir, har kimni tinglash, har bir guruhga muammoni bayon etish bilan chiqishga imkon berish muhim. Interfaol o‘qitish ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchi o‘rtasidagi doimiy o‘zaro munosabatlarni ko‘zda tutadi va shuning uchun u auditoriya bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishni bilishi kerak.
Fransuz tilini o‘rganish uzoq muddatli jarayondir. Bu jarayon yillar davom etishi mumkin. Birinchi bosqich, ya’ni Fransuz tilini o‘rganishni boshlash va buning uchun, avvalo, yaxshi ustoz va yaxshi darslik tanlash mazkur jarayonda asosiy va muhim rol o‘ynaydi. Birinchidan, Ustozsiz Fransuz tilini barcha sir-asrorlarini bilish qiyin. Balki boshqa tillarni internet orqali yoki mustaqil tarzda o‘rganish mumkindir, lekin mutlaqo Fransuz tilini emas. Ikkinchidan, darslik o‘qitishdagi eng asosiy vosita. Bu haqda biz oldingi mavzularda ham to‘xtalib o‘tdik, ya’ni darslik nima ekanligini yaxshi bilib oldik. Yaxshi yozilgan darslik chet tili o‘rganishdagi muvaffaqiyatning asosidir. Ana shundagina siz birinchi darslardan boshlaboq kelajagingizga poydevor qo‘yasiz. Yaxshi o‘zlashtirilgan grammatika va talaffuz sizga lug‘at boyligingizni va tilni bilish darajasini oshirishga imkon beradi.
Fransuz tilini o’rganish uchun xotirani mustaxkamlash muxim axamiyatga ega. Xotirani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan vositalardan yana biri bu o‘qishdir. Ayniqsa boshlang‘ich bosqichda so‘zning ma`nosi tanishmi yoki tanish emasmi, farqi yo‘q bo‘lib o‘qishga ko‘proq ahamiyat berish darkor. Bo‘g‘inlarni, ya`ni so‘zlarni qayta -qayta o‘qish talab qilinadi. Bunda yolg‘iz yoki xor bo‘lib (birgalikda) va ovoz chiqarib yoki ichda o‘qish turlarini qo‘llash ta’lim vositasi sifatida ham foydalaniladi. Yuqorida bayon etganimizdek, Fransuz tili darsini tashkillashtirar ekanmiz, til materialidagi talaffuz bosqichini sinchiklab ko‘rib chiqdik. Albatta, bu bosqichni amalga oshirishda talabaga qabul qilishiga va dasturlarda belgilanishiga qarab har kuni yangi leksik materialni o‘rgatib boramiz.Leksika o‘zlashtirilishiga ko‘ra uch toifaga bo‘linadi: real, potensial va vokabulyarga kirmaydigan leksik material. Real leksika aktiv yoki passiv o‘zlashtiriladigan birliklardan iborat. Potensial leksika idrok etish chog‘ida ma’nosi mustaqil fahmlanadigan yangi birliklardir. Vokabulyardan tashqari so‘zlar esa o‘qish yoki tinglab tushunishga oid matnlardagi mazmunni ifodalashda ishtirok etadigan, biroq o‘quvchilar nutqiga boshqa safar kiritilmaydigan leksik birliklardir.
Shu bilan birgalikda grammatik qoidalarni ham ona tili yoki ingliz tili bilan qiyoslab borsak yaxshi samara beradi. Ona tili ya’ni o‘zbek tili bilan qiyoslash tushunarli. Xo‘sh nega endi ingliz tili bilan, degan savol tug‘iladi. Chunki, aksariyat talabalarimiz Fransuz tilini o‘rganishni boshlagunlariga qadar bolalikdan ingliz tilini o‘rganib kelganlar. Ingliz tili ularga ikkinchi tildek yaqin bo‘lib qolgan va, qolaversa, ingliz tili bilan qiyoslansa ularga yanada tushunarliroq bo‘ladi, zero bu til haqida ularda ma’lumotlar ko‘p. Qo‘llanilishi jihatidan qoidani uch guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1) verbal qoidalar (so‘z yordamida ta’riflanadi): a) darslikda yozilgan (verbal-grafik qoida) va b) muallim yoki o‘quvchilar chiqaradigan qoidalar; 2)vizual qoidalar (so‘z ishtirokisiz, ta’riflamay beriladigan qoidalar): sxema, jadval va simvol kabilar; 3) qoida — analogiya (so‘z yoki biron belgi yordamisiz o‘quvchilar tomonidan ixtiyorsiz holda yoki o‘zlarining til tajribasiga ko‘ra, ma’lum lisoniy tushuncha va qonuniyatni bildiruvchi «qoidalar», mas. ot, sifat, gap, ega, kesim singari atamalarda ifodalangan tushunchalar yoki gapda so‘z tartibi, so‘z yasalishi hodisalarini bildiruvchi chet til qonuniyatlari va hkz.).Til o‘rganish– bu uzluksiz jarayondir. Agar orada tanaffus bo‘lib qolsa xotira susaya boshlaydi. Bu barchamizga ma’lum. Demak,o‘qituvchiga darsdagi sakson daqiqadan tashqari yana qo‘shimcha fursat kerak. Bu eng, avvalo,o‘qituvchiga emas, talabaga zarurroqdir. Mana shunda biz mustaqil ta’limga murojaat qilamiz. Albatta tilni, xususan Fransuz tilini faqat va faqat o‘qituvchi rahbarligi va nazoratida o‘rgangan ma`qul ( bu ham mening shaxsiy fikrim). Lekin “Mustaqil ta’limni bajarishda o‘quvchi o‘z faoliyatini o‘zi rejalashtiradi, nazorat qiladi, kerakli vaqtni sarflab, mustaqil ta’lim natijalarini bir necha marta takroran amaliyotda sinab ko‘rishi mumkin. O‘qituvchi mustaqil ta’limni tashkil etishda asosiy e`tiborini o‘quvchilar duch keladigan qiyinchilik va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlashga qaratishi lozim”Biz faqat Fransuz tilini o‘rganishni boshlash jarayonidagi bir-ikki oylar atrofida qo‘llanilish tavsiya qilinadigan metodlar haqida mulohaza yuritdik xolos. Albatta, bu usullarning qay biri kimga mos va qulayligini, har kishi o‘zi tanlashi kerak. Bundan tashqari Fransuz tili darslarida foydalanish uchun ko‘plab interfaol usullarni ham tavsiya qilish mumkin. Bular aqliy hujum, bumerang, klaster, BBB, rolli o‘yinlar va hakazo usullardir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, taniqli metodist olim M.N.Skatkin bergan ta’rifga ko‘ra “Dars-pedagogik asardir”. Madomiki shunday ekan, darsni haqiqiy asarga aylantirish har bir o‘qituvchining o‘z qo‘lida. U qaysi uslubni tanlaydi, dars soatini qanday rejalashtiradi, qaysi bir pedagogik texnologiyani qo‘llaydi, bulardan qat’iy nazar har bir darsdan natija bo‘lishi kerak. Talaba bu ustozning darsini kutsin, sog‘insin, darsdan zerikmasin. Zero zamonaviy talablar ham shuni taqozo etmoqda. Buning uchun har bir o‘qituvchi dars soatini muqaddas bilib, talabalar oldida mas`uliyat va javobgarlikni sezgan holda, darsga puxta tayyorgarlik ko‘rmog‘i va o‘z ustida tinimsiz ishlamog‘i darkor.


Download 44,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish