3.1-Jadval12:
Жадвал номи ?
Mijozlar bilan aloqani o‘rnatish. Bu funkstiya iste’molchi talablariga, unga taklif etilayotgan dam olish joyi va kutilayotgan manfaatlarga to‘liq muvofiq kelishini isbotlashni o‘z oldiga maqsad etib qo‘yadi;
Rivojlantirish. Ushbu funksiya xizmatlarni sotish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashadigan, yangi ishlanmalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. O‘z navbatida bunday yangiliklar mavjud salohiyatli mijozlarning ehtiyojlari va hohish istaklariga muvofiq kelishi zarur;
Nazorat. Ushbu funkstiya turistik hizmatlarning bozorda sotilishi holati bo‘yicha natijalarni tahlil qilish va ushbu natijalar turizm sohasida mavjud imkoniyatlardan qay darajada to‘liq va muvaffaqiyatli foydalanilayotganligini aks ettirishi lozim. Yuqoridagi marketing funksiyalarini samarali amalga oshirish mijozlar bilan o‘zoq muddatli o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni nazarda tutadi.
Turizm sohasida marketingning mohiyati turistik hizmatlarning, eng avvalo, iste’molchilarga yo‘naltirilishi va turistik korxonalarning imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirib borishdan iborat. Turizm marketingini bizning mamlakatimizda ham rivojlantirish va jahon tajribalarini milliy amaliyotga tadbiq etish, O‘zbekistonning juda katta turizm sohasidagi salohiyatidan to‘laqonli foydalanish soha rivojlanishining yanada yuqori pog‘onalariga erishishni ta’minlaydi.
Turizm va mehmonxona xo‘jaligida marketingni tizim sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, albatta uning ma’lum tarkibiy qismlari: maqsadlari, vazifalari va funksiyalarni hisobga olishimiz kerak. Ularning o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro aloqani va o‘zaro ta’sirini ajratib va o‘rganib, turistik korxonaning marketing konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy chegaralarni ko‘rsatish mumkin. Turizm va mehmonxona xo‘jaligi marketingi maqsadlari – uning yakunida erishadigan narsasidir. Marketingning bosh maqsadi – korxonaning faoliyat yuritish jarayonida foydaning eng yuqori hajmini ta’minlash. Bunda talabni qondirishi maqsadga erishishning omili bo‘ladi.
Marketing strategiyasini tanlash ichki va tashqi muhit shartlari bilan cheklangan bo‘lib, ularning asosiylari quydagilar:
bozorning makondagi joyi(lokal, mintaqaviy, milliy, xalqaro);
bozorni o‘zlashtirish darajasi (eski, turdosh, yalpi bozor);
bozorni qayta ishlash hajmi (bir segment, bir necha segment, butun bozor);
bozorni qayta ishlash usuli (differensiatsiyalangan, differensia-siyalashmagan);
marketingning muayyan vositasida mujassamlanish (narx, sifat);
birlamchi maqsad (bozor ulushi, rentabellik);
raqobatdoshlarga munosabat (agressiv, neytral);
kooperatsiyaga munosabat (mumkin, mumkin emas);
o‘sish sur’atlariga munosabat (tez, asta-sekin, nollik, manfiy);
innovatsiyalarga munosabat (birinchilardan bo‘lib, immitatsiya).
Firma odatda, bir necha marketing strategiyalarini qo‘llashi mumkin. Tanlov jarayonida ustunliklarni zarur bozor sharoitlarini, xizmat ko‘rsatishni va boshqarishni tashkil etishga bo‘lgan talablarni barqarorsizlik omillarini hisobga olish lozim. Ushbu omillar bo‘yicha turli xil strategiyalar jadvalda taqqoslangan.
Turizm marketingining asosiy maqsadlari qo‘yidagilardir:
1. Talab harakatiga egiluvchan tarzda javob beri shva mavjud resurslarni oqilona ishlatishga binoan aniq turistik mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi ma’qul nisbatni ta’minlash orqali iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish.
2. Mahsulot turlanishini rag‘batlantirish, anglash va takomillashtirish hamda yaratiladigan mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish orqali bozor ulushini (qismini) egallab olish.
3. Turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda rentabellikning barqaror o‘sishini ta’minlash. Joylashtirish – turizm industriyasining eng muhim elementidir. Joylashtirish (tunash) bo‘lmasa, turizm ham bo‘lmaydi. Bu turistlarni qabul qilib olish va o‘z turistlik resurslarini ishlatishdan qat’iy nazar va katta daromad olishga tashna bo‘lgan har qanday turistlik region va markaz iqtisodiyotining talabidir.
Mehmonxona industriyasi mehmondo‘stlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo‘lgan mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an’analaridan kelib chiqadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mutlaqo tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak. Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, apartamentlar, kuchlarni uning rivojlanishiga yo'naltiradi, ushbu segment ehtiyojlarini chuqur o'rganish orqali imkon qadar ko'proq bozor ulushini qoplashga harakat qiladi.
Marketing tamoyillari uning asosi va mohiyatini ochib beruvchi holat hisoblanib, bu tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini bozor talabiga moslashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |