Xulosa…………………………………………………………………………32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati …………………………………………33
|
Ilovalar………………………………………………………………………...35
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. So’ngi yillarda maktabgacha ta’lim tizimiga ancha yuqori darajada e’tibor qaratildi. Albatta bu bejiz emas, chunki Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomilllashtirish borasida davlat miqiyosida amalga oshirilayotgan ishlar kelajak avlodni har tomonlama intellektual qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar bo‘lib yetishishiga zamin hozirlaydi. Zero, “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan Maktabgacha ta’lim tizimini zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolganini ochiq aytish lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyasini ko‘rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo‘lishini bugun kimgadir isbotlab o‘tirishning, o‘ylaymanki, hech qanday hojati yo‘q1” deydi - yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tadiqlash” to’g’risidagi “Maktabgacha ta’lim vazirliginig 802-son qarori va 155-sonli buyrug’iga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. O’zbek xalq pedagogikasining boy va bebaho xazinasi xalq og’zaki ijodida o’z ifodasini topgan.
Xalqimizning asrlar davomida bola tarbiyasi bobida to’plagan tajribalari hamda buyuk mutafakkir allomalarimizning yozib qoldirgan meroslari tashkil etadi. Mutafakkirlarimiz bola tarbiyasi va uning kamoloti to’g’risida o’z asarlarida to’xtalib, yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelingan. Xususan, bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko’nikma va malakalarini shakllantirib, barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirish borishning muhim omili ekanligi ta’kidlab kelingan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi. Mehnat qilgan kishi doimo o’zgalar mehnatni qadrlay oladi hamda to’g’ri munosabatda bo’ladi deb hisoblashgan. Dangasa, ishyoqmas kishilar esa o’zgalar mehnatini qadrlay olmaydi, hatto ularning ustidan kuladilar deb uqtiriladi. Shuning uchun bunday kishilarni tarbiyalash kerakligini aytiladi. Shuning uchun ham biz kurs ishida bolalarning aqliy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odotga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi qizg’in faoliyati tashkil etilishining eng faol uslublarini o’rganishga bag’ishladik. Tarbiyachi bola shaxsda aqliy his tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va usullarni qo’llaydi. Chunki u shunday qilgandagina yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish mumkin. Bizning ushbu malakaviy bitiruv ishining asosiy mazmuni ham bolalar bog’chasida aqliy tarbiyani shakllantirishda va uni har tomonlama yosh avlodga yetkazib berishdir.
Aqliy tarbiyani shakllantirishda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi zamon talablaridan kelib chiqqan holda mashg’ulotlarni tashkil etish, ilg’or pedagogik dasturdan foydalanish muhum ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunday ekan, biz tanlagan ushbu ishning mavzusi ham dolzarb mavzulardan biri deya olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |