I.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishning o’ziga hos xususiyatlari.
Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni toʻplash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual koʻnikmalar, ya’ni har qanday fanni oʻrganishda qoʻllaniladigan umumiy oʻquv koʻnikmalari – oʻqish, tinglash, oʻz fikrini ogʻzaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash boʻyicha zarur boʻlgan maxsus koʻnikmalar (chizma, haritalarni oʻqiy bilish, ularning natijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni oʻrab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta’lim, oʻyin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan boʻlgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va oʻzlashtirishda roʻy beradi.
Ta’lim – maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta’lim etakchi rol o‘ynaydi. Chunki u ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim – bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta’lim va tarbiya kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada bolalarga madaniy – gigienik ko‘nikmalar, asosiy xarakatlar o‘rgatiladi, ular madaniy ahloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Bolalarning aqliy tarbiyasini rivojlantirishda mahalll, oila ayniqsa MTTning o’rni kattadir. O’qituvchi bolalarning aqliy tarbiyasini rivojlantirishda metodlardan foydalanishi lozim masalan: kuzatish metodi, suhbat metodi, tushuntirish metodi rag’batlantirish tanbeh berish maqullash namuna ko’rsatish bahs – munozara ishontirish metotlari. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiyalanishning oxiriga kelib bolalar tevarakatrof haqidagi bilimlarga va tushunchalarga ega bo’ladi va asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faolyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi bolaga muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir.
Bilim dunyoqarashning asosini tashkil qiladi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. San’atning har xil turlari to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarga ega bo’ladi. Aqliy talim o’quvchilarda kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, sinchkovlik, ziyraklik va tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyati asoslari hosil qilinadi. Ularning MTTda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart- sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limining amalga oshirish taqozo etilmoqda Birinchi yo’l - bolalarning bilim, malaka ko’nikmalarini kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faolyati va shu kabilar bilan belgilanadi.
Aqliy rivojlanish- o’qituvchilarning aqliy kuchlarini rivojlantirish va bola haqida fikrlovchilar, aqliy harakatlar va kognetiv qobilyatlar tizimini shakllantirish bo’yicha maqsadli faolyatidir. Aqliy tarbiya umuman olganda bolaning manfaatlariga, uning ma’naviy ko’rinishini keltirib chiqaradigan his - tuyg’ulari va boshqa barcha xususiyatlarida aks etadi Bolalarning aqliy ta’lim va tarbiyasini soddalashtirgan holda ish yuritib, iloji boricha ko’proq ma’lumot berish uchun bilim va ko’nikmalarni shakllantirish zarur. Ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayoni qanday? O'qituvchilarga, xususan, guruh rahbarlariga axloqiy tarbiyani va MTT tarbiyalanuvchilarining dunyoqarashi uchun katta mas'uliyat yuklangan. Kelajakdagi fuqaroning shaxsini shakllantirishga ishonib topshirilgan shaxs o'zi shaxsan o'ziga xos fazilatlarga ega bo'lishi va o'zlarining taqvodorlariga taqlid qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |