Xulosalar va tavsiyalar.
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni Toshkent 2020 yil
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat standartlari” Toshkent 2020 yil
«O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim to’g’risidagi Qonun» Toshkent 2020 yil
“Ilk qadam” o’quv dasturi 2018-yil Toshkent
O’zbekiston Respublikasi Prizedentining 2017- yil 30 –sentyabrdagi “ Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’irisida”gi PF-5198 sonli farmoni
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori ” Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartlari
Mirziyoyev Sh.M. “Yoshlar – O’zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” 2020-y
Mirziyoyev. Sh “ Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz’ O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda Maktabgacha ta’lim tshkilotigacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 –sonli qarori.
H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” Toshkent «Iqtisod-moliya» 2009
N .N . Azizxo'jayeva “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti TOSHKENT-2016
Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” darslik. Toshkent.2017 yil.
Sodiqova SH.A. “Maktabgacha pedagogika”, “Tafakkur sarchashmalari” - T.:2013 y.
Qayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPUnashriyoti -T.: 2013 y.
XasanboyevJ., To’rakulovX., XaydarovM., XasanboyevaO. Pedagogika
Fanidan izohli lug’at. – T., 2008.
Ochilov M.” Muallim qalb me’mori”,Toshkent ”Tarbiyachi” nashriyoti, 2001y.
F.Qodirova, Sh.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova, M.N.A’zamova “Maktabgacha pedagogika” darslik 2019-yil
Artemova L.V. Dunyo maktabgacha yoshdagi bolalar uchun didaktik o'yinlarda. - M., 1992.- 150 b.
Maktabgacha ta’limning ustuvor vazifalari: muammolar, yechimlar va istiqbollar vazirlik tizimidagi ilmiy - amaliy anjumani maqolalar to‘plami materiallari 2017 yil 10-12 aprel Termiz-2017
Do'stlaringiz bilan baham: |