Kurs ishi mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish mazmuni


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISH METODLARI SHAKLLARI VA VOSITALARI



Download 70,66 Kb.
bet5/10
Sana22.07.2022
Hajmi70,66 Kb.
#838754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISH MAZMUNI

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA AQLIY TARBIYA BERISH METODLARI SHAKLLARI VA VOSITALARI
II.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishning shakllari va usullari.
Hozirgi davrda Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” degan fikrini ko’p mushohada qilinmoqda. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda bu uchun ham shunchalik, balki undan ham ko’ra muhum va dolzarbdir. Chunki ta’lim tarbiya ong mahsuli lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi
Hozirgi davrda aqliy tarbiya muhum ahamiyat kasb etmoqda. Chunki siyosiy iqtsodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etish ko’p jihatdan jamiyatning va undagi har bir shaxsni aqliy darajasiga bog’liqdir. Aqliy tarbiya-shaxsni har tomonlama rivojlantirishning muhim tarkibiy qismidir. U bolalarga aqliy tasavvur va bilimlarni singdirish, ularga shaxsning aqliy his tuyg’u va sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan jarayondir.Aqliy tarbiya jarayonida bola aqliy jihatdan kamolga yetadi. Aqliy tasavvurlarning rivojlanish jarayonida eng avvalo ular o’zlarining boshqalar bilan bo’ladigan munosabatlarida ongli tushuna boshlaydilar; tengdoshlari va kattalar bilan bo’ladigan munosabatlarda ahloq sabablari rivojlana boradi.
Tarbiya shunday tashkil etilishi kerakki aqliy talablar bolalar xulqi, ularning o’zaro munosabatlari uchun mo’ljal bo’lsin. Pedagogika fani bolaning aqliy rivojlanishda tarbiya va ta’limni muhum omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid juda ko’p tadqiqotlar natijalarni ko’rsatishiga maktabgacha tarbiya davri bolaning ma’naviy shakllanishda eng muhim maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya shakllana boshlaydi. 6-7 yoshga borganda esa ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga kelib, bola tevarak –atrofdagilar bilan bo’ladigan munosabatda ana shu egallab olgan axloq qoida va normalari nuqtai nazaridan ish tutadigan bo’lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab aqliy tarbiyaga berib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Tarbiyaga shunday tashkil etilishi kerakki, aqliy talablar bolalar xulqi ularning o’zaro munosabatlari uchun mo’ljal bo’lib qolsin” Insonning aqliy rivojlanishda odamlarning birga yashashlari jarayonida shakllangan va rivojlangan boyigan holda avloddan- avlodga o’tadigan oddiy axloq normalarini egallash katta ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalashda yuzasidan olib boriladigan ishlar umumiy vazifalarga muvofiqrivishda taokmillashtirilishi lozim. Maktabgacha yoshda shakllanadigan aqliy his –tuyg’ular, xulq atvor odatlari va tasavvurlar butun bolalar faoliyatiga va ular o’rtasidagi bolalar bilan kattalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar kompleksiga hal etuvchi ta’sir ko’rsatadi. Ta’lim –tarbiyaviy ishlar mazmuni va shakllari bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda aniqlashtiriladi. Pedagoglarning “Bolalar bog’chasida ta’lim -tarbiya dasturi”ga tayanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy va mehnat faolligini rivojlantirish insoniy fazilatlar va jamoatchilik asoslarini, fuqarorlik his –tuyg’ularini rivojlantirish to’g’risida iloji boricha g’amxo’rlik qilishlari muhimdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda xamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» kaby qobiliyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiyasi tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Demak, bola tasavvurining asosini bevosita sezish orqali idrok qilish mumkin. Bunday tasavvurlarning aniqligi, to‘laligi, sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning m’laffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi Bolalarning aqliy estetik jismoniy va mehnat tarbiyasini shakllanishida sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Sh uning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobiliyatlarini shakllanti- rishga sezgi idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sensor tarbiyaning mazmuni va metodi ruhshunoslik fanida idrok va sezgini rivojlantirish muammosi qanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Fanda bu muammoni hal etish turlicha yoritilgan. Pedagogika tarixida esa sensor tarbiyasining har xil sistemasi ko‘rsatilgan. O‘tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qo‘lidagi mayda muskullarini rivojlan- tirishga, rang va uning turlari, shakl va hajmi yuksak darajada farz bo‘lishga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Maktessorining didaktik materiallari o‘z-o‘zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo‘lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug‘ul- lanish imkonini berar edi. Ammo sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o‘sishi, samarali faoliyat bilan bog‘lanmas edi deydi. Yuqoridagi allomalar tomo- nsdan ilgari surilgan ta’limot, ayniqsa, hozirgi ta’lim-tarbiya jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Bu usullardan foydalanish bolalarni har tomonlama ham aqpiy ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va hissiy tuyg‘ularini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, hozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya muassasalarida ushbu metoddardan keng
qo‘llanishga erishilmoqsa. Buning uchun barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng qo‘llash maqsadida har bir guruh xonalarida alohida-alohida burchaklar tashkil et- ganlar. Shuningdek, pedagog va ruhshunos olimlar sensor tarbiyaning xilma-xil faoliyat turlari jarayonida fao- liyatning tasviriy-amaliy, musiqali harakat turlari- da bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishda amalga oshirish muhimligi to‘g‘risidagi yangi tizimni yaratdilar. Ular bunday tizimning mazmuni, metod va nazariyasini ishlab chiqsilar. Istiqlolni qo‘lga kiritilishi barcha sohalar singari maktabgacha tarbiya muassasalari oldida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Ayniqsa, yuqorida qayd etilgan, olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan usul va metodlar maktabgacha yosh davrdagi bolalarning rivojlanishiga qanchalik ta’sirchanligi yuqori ekanligiga shak-shubhasiz aloqi- da e’tibor talab qilinmoqsa. Ta’lim-tarbiya jarayonida esa «Mantessorin», «Trizs» kabi metodlardan qo‘l- lash katta samara bermoqsa. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» qobiliyatla- rini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bunday tarbiyani qo‘llashdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini shakllantirish, o‘stirish va rivojlantirishga qaratilgan. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini nomini- gina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir deb biladi. Shuning uchun tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi lozim bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarga biror topshiriq berganida, masalan, buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularni og‘irligini his qilish, buyumni qo‘lga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g‘adir-budurligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o‘xshashlarni aniqlashi kerak. Bolalarning yoshi ulg‘ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar yotoqlarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og‘irli- gini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuq- roqligini, plastmassa buyumlarining yengilligini his qiladilar. Sensor tarbiyaning mazmuni uz ichiga tevarak- atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bu- lar bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu yoshdagi bolalarga ranglarni farq qilish va ularning nomini aytish o‘rgatiladi, rang tuslari buyoqlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rayem chizish, loy va plastilindan buyumlar, aplikasiyalar yasash) sezgi hamda idrok- ning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga buyumning, shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o‘simliklarni, qushlarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu esa yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «oldinga», «orqaga», «tepada-pastda», uzoq-yaqini, «chapda- o‘ngda» kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar. Bolalar ko‘proq tabiat bilan aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta’sirlanishi xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur-shutiri va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish zarur. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri- tekshirishdir. Tekshirish — buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan kerakli jarayonlarda foydalaniladi. Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalariga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin yoki qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. Ulardan bolalar bilan olib boriladigan xilma- xil mashg‘ulotlarda mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida keng foydalanish mumkin.

Download 70,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish