Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi



Download 16,52 Kb.
Sana18.09.2021
Hajmi16,52 Kb.
#177517
Bog'liq
ayol


Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi”

Shavkat Mirziyoyev
Ayol! Ayol – Alloh tomonidan yaratilgan mo‘jiza! Insonning kamoloti, aqliy va jismoniy barkamolligi uchun qayg‘uradigan, uning aqlu-zakovatini, ilmu-ma’rifatini, mehru-muhabbatini hamda yuksak fazilatlarini murg‘akligidan shakllantiradigan, inson qalbiga odamiylik va ezgulikni olib kirishdek mas’uliyatni o‘z yelkasiga ortgan buyuk zotdir.

Ayol! U haqda jahon fozillari, sevimli shoirlarimiz, aql-zakovat egalari aytib ketgan eng dono, haroratli fikrlarda, she’riy durdonalarda “Ayol” so‘zining muqaddasligi, ayollarimizning qutlug‘ fazilatlari, ularning faoliyati, burch va vazifalari, ona va sevimli yor, qondosh singil va erka qiz sifatida insonga dildoshligi ulug‘lanadi. Yozuvchilar ijodida ham ularning insoniy xislatlari, mehribonligi, fidoyiligi, turmush tajribalari yoritib beriladi. Zero, muqaddas va fozila “Ayol” shunday oliy maqtovlarga, go‘zal o‘xshatish va sifatlarga munosib bo‘lgan tabarruk Insondir!

8 – mart xotin-qizlar bayramining tarixi uzoq va qiziqarlidir. Aksariyat kishilar bu bayram XX asrda vujudga kelgan deb o‘ylashadi. Ammo, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, xotin-qizlar bayrami O‘rta Osiyoda qadimdan, ona urug‘ hukmdorligi (matriarxat) davrida ham bo‘lgan ekan.

Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ham uzoq o‘tmishda ayollar bayrami mavjud bo‘lganligi haqida qiziqarli ma’lumotlarni qayd etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bahor arafasidagi oy - “Isfandarmo‘z”, deb nomlanib, ayollar oyi hisoblangan. Shu oyning beshinchi kuni esa ayollarning eng katta bayrami hisoblangan. Abu Rayhon Beruniy: “O‘tmish zamonlarda bu oy va bu kun xotinlar hayotiga xos bo‘lib, erlar ularga ehson qilar edilar”, - deb yozadi. “Isfandarmo‘z” so‘zining ma’nosi “aql” va “mulohaza” demakdir. “Isfandarmo‘z” – go‘zal sohiba, nomusli, yaxshi ishlar qiluvchi va eriga muhabbatli xotinga vakil qilingan farishtaning nomi hamdir.

Ibn Sino “Tadbir al – manozil” kitobining “Ayollarning yaxshi sifatlari” bo‘limida onalarning donoligi, bosiqligi, kamtarligi kabi axloqiy sifatlarni ulug‘laydi. Uning fikricha “Ayollar hamma yerda erkakning munosib hamrohi bo‘lishi bilan birga, oila mustahkamligi hamda bolalarni tarbiyalashda uning eng yaqin yordamchisi hamdir”. Shuning uchun bugungi kunda o‘qituvchi ayollarimiz ta’limning asosiy bo‘g‘inlarida, Yurtboshimizning barcha da’vatariga “labbay” deb javob berib, sidqidildan faoliyat olib bormoqdalar. Ularning fidoiyliklarini so‘z bilan ta’riflay olmaymiz, demak ayollarni faqat bayram kunlaridagina emas, balki har kuni avaylab-asrash, og‘irini yengil qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga majburmiz.

Xalq ta’limi tizimi malaka oshirish tizimi ana shunday zaxmatkash va mehribon ustozlarga kasbiy mahoratlarini oshirishda bilim va tarbiya berib kelmoqda.

Joriy yilning 6-mart kuni Toshkent shahar XTXQTMOHM professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilari bayram bilan qutlash maqsadida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi ham, anashu bor latofati va qalb saxovati butun jamiyatga doimo kuch-g‘ayrat va shijoat baxsh etib kelayotgan ustozlarni qutlash, oz bo‘lsa ham, ularning qalblariga e’tibor va mehrni ulashishdan iborat bo‘ldi.

Markazning erkak professor o‘qituvchilari ayol professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarni erta tongda sehrli kuy va qo‘shiqlar, gullar og‘ushida hush kayfiyat ulashib kutib oldilar.

Zero, ayollarni faqat bayram kunlaridagina emas, balki har kuni avaylab-asrash, og‘irini yengil qilish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish kerak.



Muhraram Prezidentimiz ham Toshkentdagi “Navro‘z” davlat qabullar uyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 6-mart kuni o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida: “Ayolni e’zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun Siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz”, – deb be’jiz aytmadilar.
Toshkent shahar XTXQTMOHM matbuot xizmati
Download 16,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish