Kurs ishi mavzu: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari Bajardi: xmim yo’nalishi 3-kurs talabasi Yuldashev J. Y. Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Batirova N. Sh. Toshkent 2022 Mundarija Kirish



Download 230,1 Kb.
bet10/11
Sana26.05.2022
Hajmi230,1 Kb.
#610015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari

2-rasm. Islomiy fond indekslari
Ayrim indekslar butun dunyodagi investitsiya hamjamiyati tomonidan shariatga muvofiq keluvchi aksiyalar, obligatsiyalar, oʻzaro jamgʻarmalar faolligining solishtirma tahlili vositasi sifatida ishlatiladi. Mazmuni boʻyicha ular, kapital bozoriga nisbatan investorlar uchun shariatga muvofiq keluvchi investitsion maydonni tashkil etuvchi vositalar sifatida qatnashadi. Mohiyatiga koʻra, indekslar ulkan daromad/xatar portfelining koʻrinishlari tanlovi bilan trillionlab dollarga yangi investitsiya imkoniyatlarini ochdi. Indekslar ulkan musulmon bozori boyliklaridan samara olish hamda axloqiy mahsulotlarga pul kiritish istagida boʻlgan investorlarning manfaatlarini oʻziga jalb etishda, investitsion jamgʻarmalar va kompaniyalar uchun kapitalni boshqarishda, ayniqsa, foydali boʻladi.
2.2. Islom iqtisodiyotida investitsiya qilish va uning shartlari
Islom ta’limoti kishilarning iqtisodiy faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olgan bo’lib, unda uchraydigan har bir masala va muammolarni o’ziga xos usulda muolaja qiladi. Yuqorida ham aytib o’tilganidek, islom ta’lomoti bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini rad etmagan holda uning ma’naviy-ruhiy jihatlariga e’tibor qaratadi hamda iqtisodiy munosabatga kirishayotgan kar bir insonni halolikka, birovning haqiga xiyonat qilmaslikka chorlaydi.
Islom iqtisodiyotida sarmoyani ko’paytirish va to’plash uchun harkat qilish nafaqat joiz balki da’vat ham qilingan bo’lib, mol ham inson ziynatlaridan bir ziynatdir. Shuning uchun ham uni noloyiq joylarga sarlash yoki mutloq sarflamasdan xazina qilib saqlash kabi illatlardan inson yiroq bo’lishi kerak. Agar inson o’z mablag’ini (sarmoyasini) to’g’ri manfaatli yo’lga sarflasa, u Alloh madh etgan inson bo’lishi mumkinligini ko’rishimiz mumkin.
Mollarini Allohning roziiligini istab, o’zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o’xshaydilar. Unga qattiq yomg’ir yog’sa mevasini ikki birobar beradi. Agar qattiq yomg’ir yog’masa, maydalab yoqqini ham bo’laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko’rib turuvchi zotdir”
(Baqara-256)
Dinimizda ibodat ikki xildir: jismoniy va moliyaviydir. Shuning uchun inson ma’lum miqdorda molga ega bo’lishi va uni halol kasb orqali topishi lozimdir.
Islom iqtisodiy nizomlari mol egasi uchun investitsiya sarflashda eng avvalo o’zi va u yashab turgan jamiyat uchun foydali bo’lgan ko’rsatmalarni berish hamda uni ikki dunyoda baxtli qilishdan iborat. Qur’oni karimda bu xususda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
Alloh o’z Rasuliga shahar (qishloq) ahlidan qaytarib bergan narsa Allohgadir va uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko’cha o’g’illari (musofir)gadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo’lib qolmaslik uchun”
(Xashr-7)
Ko’rib turganimizdek, mol faqatgina boy bo’lgan kishilar qo’lida aylanib qolmasligi, balki oyati karimada aytib o’tilgan o’rinlarda va hayru-sahovat, mehr–muruvvat ishlarida foydalanilishi lozim.
Islom iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyotida ham qilinayotgan investitsiyalar jamg’armalarda yig’ilgan mablag’lar hisobiga shakillanishi ma’lum. Shunday ekan yig’ilgan jamg’armalarga va sarmoyalarga hamda ularning tasarruf etilishi borasida Islom iqtisodiyotida shunday qaralgan.
Jamg’armalardan foydalanishda va investitsiya qilishda quyidagi tamal qoidalarga tayaniladi:

  1. mol-mulk Allohniki, odamlarga esa u omonatga berilgan. Kimda kim mol-mulkni Alloh harom qilgan faoliyatlarga sarflasa u omonatga xiyonat qilibd;

  2. dunyo boyligi hammanikidir, lekin uni halol yo’l bilan o’zlashtirishi lozim;

  3. boylik to’plab, o’ziga ham boshqalarga ham foydasiz saqlash ijtimoiy jinoyatdir va yomon hislatdir. Buning uchun islomda jazo belgilanadi;

  4. boylik faqat halol yo’l bilan to’planishi lozim va uni tasarruf etish ham halol yo’l bilan bo’lishi kerak. Boylar o’z mollarini tasarruf etishda ko’pchilik manfaatlaridan kelib chiqishi kerak;

Yig’ilgan jamg’armalar naqd pul shaklida bo’lsa, investitsiyalardagi musaqama (paychilik) va mushorakaga aylantiriladi: aktsiya va obligatsiya (agar undan ribo uchun foydalanilsa unga islomda ruxsat berilmagan) sotib olish shaklida yohud fond omonatlari yoki yangi yerlarni sotib olish yoki yangi imoratlarni barpo etishga sarflaydilar. Shuningdek, jamg’armalarning tasarruf qilinishi shariat asosidagi ikki shartga asoslanadi:

  1. Nominal miqdoriga bog’liq qat’iy daromad o’rniga, jamg’arma egalari faktik jihatdan mudorib yoki hamkor (bank, fondlar) qo’lga kiritgan oldindan hisoblangan foydani olishlari kerak. Gap shundaki, asosiy mablag’ ham foyda nisbati ham kafolatlanmagan.

  2. Jamg’arilgan mablag’lar shariat muboh qilgan ishga investitsiya qilininishi kerak. Bu esa nafaqat investitsiya kanallari, balki ular bilan kelishilgan shartlar ham islom tamoyillariga mos kelishi kerakliginii anglatadi.

Jamg’armalarning tasarruf etishda, odatda, eng ko’p tarqalgan usul bu ularni investitsion resurslarga aylantirilishidir. Bu bilan, ya’ni investitsiya shariatda muboh qilingan faoliyatlarga sarflanadi va bu orqali iqtisodiyotda yuz berayotgan inflyatsiyaga qarshi kurashiladi. Jamlangan mablag’lardan foydalanishda jahondagi moliyaviy operatsiyalarning quyidagi turlari islomiy moliya munosabatlariga ko’ra Islom taraqqiyot banki va islom fondlari tomonidan, ular shariatga mos kelmaganligi uchun ma’qul deb topilmaydi:
Ribo. Mazkur doktrinaga ko’ra, nafaqat oddiy foizlar xisoblanishi, balki xar qanday nohalol boyish ma’n etiladi.
Kafolatlangan foyda. Moliyachi o’zi sarmoya qo’ygan korxona olgan real foydadan manfaat olishi lozim. Oldindan belgilangan foyda yoki oldindan hisoblangan foyda olinishi man etiladi.
G’arar (mavhumlik). Moliyaviy yoki iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda “to’liq axborot” bo’lishligi shart yoki bahosi oldindan aniqlanmagan hamda belgilanmagan har qanday operatsiya shubhali ko’rinadi. Bu holatdan investitsion loyihalar ham holi emas.
Maysir (spekulyatsiya, olib sotarlik (ixtikor ma’nosida) yoki qimor o’yini, ya’ni “bir nimaga osongina erishish yoki boyish”). Islom taraqqiyot banki va islom fondlaridan olingan mablag’lar banklar fyucherslari, optsionlar bilan spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirish yoki foyda olinishni kafolatlaydigan shartnomalar tuzish maqsadida foydalanishga haqli emas.
Axloqiy sifatga ega bo’lmagan loyihalarni moliyalashtirilmaydi.
Bu shartlar shuni ko’rsatadiki, islom iqtisodiyotida yo’naltirilgan investitsiya norkabiznes, har xil kazinolar qurish, insonlarga ofat keltiradigan qurol-yarog’ va hakazolar ishlab chiqarishga sarflanishi qatʼiyyan man etiladi va bu sohalar noshar’iy yo’llar qisoblanadi.

Xulosa
Muqaddas Islom dini mol to’g’risida, uni qanday joylarga ishlatish va behuda isrof qilmaslik borasida azaldan ham hozirda ham o’z so’zini aytib, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan yo’riqlarni ko’rsatib bergan. Jumladan, Qur’oni karimda Allox taolo shunday marhamat qiladi:
Yaxshilik va taqvo yo’lida hamkorlik qiling. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh azobi shiddatli zotdir”
(Moida-2)
Demak, birgina mol bilan bo’ladigan munosabatda ham o’zaro bir-birmizga yaxshilik, ezgulik kabi oliy hislatlar ustida moliyaviy yordam ko’rsatishimiz, jamiyat va o’zimiz uchun zurarli bo’lgan isrofni sodir qilib gunohkor bo’lmasligimiz lozim ekan. Istismor (investistsiya) masalasida esa, bevosita kishilar hayotining ravnaq topishi va jamiyat taraqqiyoti yo’lida sarf etilishi talab etiladi.
Payg’mabarimiz Muhammad (s.a.v) ham muborak hadislarida shunday deganlar:
«Insonlarning eng yaxshisi insonlarga manfaat keltiruvchisidir»
Ushbu hadisdan shuni anglash mumkinki, insolar o’zaro bir-birilari yaxshi munosabatda bo’lib, qo’dan kelganicha yordam bermoqliklari darkor. Ayniqsa buni yirik kapitalga ega musulmonlarga murojaat sifatida ham tushunishimiz mumkin. Ya’ni, ular o’z mablag’larini jamiyat yoki taraqqiyoti uchun va insonlarga manfaati tegadigan sohalarga safarbar qilish maqsadga muvofiq.
Islom iqtisodiyotida investitsiya qilishda yuqorida ko’rib o’tgan yo’nalishlarimizdan chetlanish bilan bir qatorda unga muqobil yo’llar ham ko’rsatib o’tilganki, hozirgi kunda o’zining samarali faoliyati bilan xalqaro moliyaviy munosabatlarda munosib o’rnini topib borayotgan Islom banklari va Islom investitsiya fondlari o’z faoliyatlarida ushbu muqobil yo’llardan foydalanib kelmoqda. Islom va an’anaviy sarmoyalarning afzalliklarini ajratib turadigan narsa foiz emas, balki foydani taqsimlashdir. Pul uchun qiymat atamsi yo’qligi bois, islom nazarida foiz haromdir.
Musulmonlar uchun islomiy ivestitsiyaning afzalliklari, umuman olganda, islomiy shariatga muvofiq tadbirkorlik faoliyatining yuritilishidir. Bu afzalliklarga yuqorida ko’rib o’tilgan ribo, kafolatlangan foyda, g’arar, maysirlardan holi bo’lishi bilan birgalikda islomiy boshqaruv, minimal risk, halol va ijtimoiy faoliyatni targ’ib qilash kiradi. Bu afzalliklar bilan bilan musulmon kishi o’zini hotirjam sezadi ya’ni o’zini to’g’ri yo’ldagini, xaromdan holigini biladi. Biroq, ushbu islomiy investitsa zamonaviy investitsiya kabi xafvga ega. Bunda ham investor kapitalni yo’qtish xavfi, daromadning noaniqligi, shuningdek, mahsulotni sotishdagi qiyinchiliklar kabi muammolarga dush kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda kompaniya va tashkilotlar samarali faoliyat yuritish hamda rivojlanishi uchun islomiy investitsiyalarni jalb etish, uning ahamiyati, qanchalik muhimligini ochib bermoqda.


Download 230,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish