O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi
“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” bakalavr yo’nalishi
“Islom iqtisodiyoti asoslari” fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari
Bajardi: XMIM yo’nalishi
3-kurs talabasi Yuldashev J. Y.
Ilmiy rahbar:
katta o’qituvchi Batirova N. Sh.
Toshkent - 2022
Mundarija
Kirish ...................................................................................................................... 3
I bob. Investitsiya haqida tushuncha va uning iqtisodiy mazmun mohiyati .... 5
1.1. Investitsiya haqida tushuncha va uning shakllari .......................................... 5
1.2. Investitsiya kiritish manbalari va undan foydalanishning asosiy
yo’nalishlari ............................................................................................................. 9
II bob. Islom iqtisodiyotida investitsiyaning o’rni va o’ziga xos jihatlari ...... 13
2.1. Islom iqtisodiyotida investitsiyaning o’rni va ahamiyati ........................... 13
2.2. Islom iqtisodiyotida investitsiya manbalari ................................................ 17
2.3. Islomiy investitsiya jamg’armalari ............................................................. 21
2.4. Islom iqtisodiyotida investitsiya qilish va uning shartlari .......................... 28
Xulosa ................................................................................................................... 31
Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................................. 33
Kirish
«Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi»
Sh. M. Mirziyoyev
Bugungi kunga kelib biznes dunyosining zamonaviy texnologiyalar bilan birgalikdagi integratsion rivojlanishi ishlab chiqaruvchilarga o’zning juda katta ta’sirini ko’rsatmoqda. Buni iste’molchilar tomonidan iste’mol qilinadigan mahsulot yoki tovarlarga bo’lgan talablarning ortib borayotganidan, shuningdek, ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rasatish sohalarida iste’mol bozoridagi talabning o’sishidan ham ko’rish mumkin. Natijada yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishga talab oshib borayotganligi yanada murakkab bo’lgan bozor munosabatlarining vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Bu o’sib borayotgan shiddatli raqobat bozorida omon qolish uchun kompaniylardan barcha mavjud resurslardan optimal foydalanishni talab qiladi. Tez globallashuv jarayonida, texnalogiya hamda innovatsiyalarni tez sur’atlarda o’zgarayotgan muhitda kompaniyalar faqat mavjud mahsulotlari bilan qolsalar o’zlarining mavjudligini saqlab qolishlari qiyin bo’ladi. Shuning uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqish kompaniya uchun muhim masala hisoblanadi. Ushbu rivojlanish iste’molchilarning istaklari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi mahsulot va xizmatlarni yaratish yoki takomillashtirishni o’z ichiga oladi va bu ular uchun qoniqish hosil qilish mumkin. Biroq, hozirgi vaqtda ko’pgina kompaniya va tashkilotlar ishlab chiqarishni qayta jihozlash va yemirilgan dastgohlarni almashtirishni o’z hisobi orqali bajarishga qodir emas. Shuning uchun ularning samarali faoliyati va rivojlanishi investitsiyalarni jalb etish masalalarining yechimiga bog’liq hisoblanadi.
Shuni tan ollib aytish joizki, bugungi kunda investitsiya iqtisodiy taraqqiyotning harakatlatiruvchi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bois bu masala mamlakatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda. 2019-yil mamlakatimizda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilindi. Bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi. Davlatimiz rahbari tomonidan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonun imzolandi.
Islomiy investitsiya sohasidagi o’sish shariat qonunlarining asosiy qoidalariga mos keladigan xizmatlar va mahsulotlarning kengayishidan ham ko’rinadi. Bunga misol qilib jahon bozorida islomiy obligatsiyalar - sukuklarga bo’lgan qiziqish ortib borayotganligini, ularning aksariyati islom olamidan tashqarida tobora ko’proq chiqarilib, sotib olinayotganligini aytish mumkin. Bu, umuman olganda, islomiy bo’lmagan sarmoyadorlar sukuklar bilan qulay bo’lib borayotganidan dalolat beradi. Islomiy moliyalashtirishning kengayib borayotgan jozibasida, shuningdek, yirik xalqaro banklar va boshqa xususiy sektor moliya institutlarining islomiy moliyaviy xizmatlar ko’rsatishga intilishida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Bunga birja fondlarini tashkil etish, ularning islom investitsiya tamoyillariga muvofiqligini tekshirish, shuningdek, “takaful” yoki islom sugʻurtasini taklif qilish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |