Kurs ishi mavzu: Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari Bajardi: xmim yo’nalishi 3-kurs talabasi Yuldashev J. Y. Ilmiy rahbar: katta o’qituvchi Batirova N. Sh. Toshkent 2022 Mundarija Kirish


II bob. Islom iqtisodiyotida investitsiyaning o’rni va o’ziga xos jihatlari



Download 230,1 Kb.
bet6/11
Sana26.05.2022
Hajmi230,1 Kb.
#610015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom iqtisodiyotida investitsiya va uning turlari

II bob. Islom iqtisodiyotida investitsiyaning o’rni va o’ziga xos jihatlari
2.1. Islom iqtisodiyotida investitsiyaning o’rni va ahamiyati
Ma’lumki, islom ta’limoti jamiyatda bo’ladigan xar bir munosabatni qamrab olgan ilohiy ta’limotdir. Shunday ekan, insonlar o’rtasida bo’ladigan munosabatlarning asosini tashkil qiluvchi iqtisodiy munosabatlar ham bu ta’limotdan chetda qolgan emas. Bu munosabatni qamrab olish bilan bir qatorda, unda uchraydigan muammo va masalalarni o’ziga xos usulda muolaja qiladi. Ammo, Islom ta’limoti bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini inkor qilmagan holda munosabatlarni halol-harom mezonlariga ya’ni shariat ahkomlari va ko’rsatmalariga binoan tartibga solib turadi. Iqtisodiy munosabatlarning asosiy bo’g’inlaridan biri bo’lgan, moliyaviy munosabatlarning ham islomda o’ziga xos muolajasini ko’rishimiz mumkin. Moliyaviy munosabatlardan biri investitsiya masalasi yoki sarmoya tasarrufi masalasining islomiy talqinini quyida ko’rib chiqamiz.
Islom iqtisodiyotida investitsiya “istismor” deb yuritiladi. Istismor so’zi arabcha “samar” fe’lidan olingan bo’lib, “samara bermoq, natija bermoq” ma’nolarini anglatadi. Biz ko’rayotgan istismor so’zi bu so’zining X bobidan yasalgan shakli bo’lib, lug’atlarda “investitsiya qilish, sarmoyani yo’naltirish, yoki tasarruf etish” ma’nolarini anglatadi. Istismorning islom huquqidagi talqiniga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, faqihlar ham istismorning lug’aviy ma’nosida ishlatilgan ma’noni ya’ni kishi o’z mablag’ini (molini) yaxshi yo’l bilan samara olib o’stirishini istilohiy ma’noda xam qabul qilganlar. Klassik diniy adabiyotlarda istismor so’zi va uning talqini xaqida biron bir narsa deyilmagan. Chunki, investitsiya kategoriyasi XX asrga kelib paydo bo’lgan yangi iqtisodiy kategoriya xisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, islomdagi istismor umumiyroq ma’no kasb etib, unda anglashilgan ma’no asosan mablag’ni, sarmoyani tasarruf etish, ishlatish ma’nolarida qaralgan. Lekin, bu kabi holatning islom iqtisodiyotida bo’lishi istismorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi investitsiyadan keskin farqlanishini bildirmaydi. Ammo, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas bo’lgan islom ta’limoti esa bir nuqtada qotib qolgan ta’limot emas. Shuning uchun zamonaviy talqinda islom ulomalari tomonidan yozilayotgan diniy adabiyotlarda istismor (investitsiya)ga to’xtalib o’tilganligini va bu borada islom o’z so’zini aytib, u xaqdagi qonun-qoidlarni shariatga muvofiq xolda ishlab chiqqanligi ma’lum. Xususan, bunga misol tariqasida yetuk olim V. al-Zuhayli xazratlari tomonidan zamonaviy talqinda yozilgan “Al-Fiqh al-Islami wa -Adillatuhu” kitobini keltirib o’tishimiz mumkin.
Arab tilida istismor so’ziga yaqin ma’noda ishlatiladigan bir qancha so’zlar ham mavjudki, ularning ma’nosi bir - birini to’ldirib keladi:

  1. intifa’ (arabcha) - biron narsadan manfaat olishni bildiradi. Ammo bu so’zning istismordan farqi shundaki, u umumiyroq ma’noni anglatadi;

  2. istig’laal (arabcha) - foyda, daromad talab qilish. Bu so’z ham istismor so’zidan farq qiladi. Chunki, istismor ko’proq mol (sarmoya)dan foyda olish ma’nosida ko’proq ishlatiladi.

Istismor quyidagi ikki rukndan xoli bo’lmaydi:

  1. Mistasmir - bunda investitsiya qilinayotgan mablag’ borasida kelishiladi lekin investitsiya qilish mol egasining ko’rsatmasisiz bo’lmaydi, bu holat ham ikkiga bo’linadi:

  1. kelishuvga ko’ra istimor: bunda istismor qilish xuddi vakillik kabi ya’ni vakillik asosida sarmoya tasarruf etiladi;

  2. sarmoya egasining roziligisiz: bu holatda investitsiya sarmoya egasining roziligisiz tasarruf etiladi va bu shar’iy etibordan tashqaridagi holat hisoblanib xuddi o’g’irlik kabi sanaladi;

  1. Mastasmir - bunga ko’ra investitsiya investorning ma’lum bir shartlari asosida sarf qilinadi va shar’an halol sanaladi. Hamda investitsiya iste’molchisiga ham shar’iy xisoblanadi. Bu holatda investor o’z vakilini ham ishga solishi mumkin.

Agar investitsiya Islomda xuddi o’g’irlangan mol yoki noqonuniy o’zlashtirilgan mol singari (yashirincha) tasarruf etilsa u shar’an harom hisoblanadi.
Islom huquqshunosligida, istismorning shar’iy joizligi ma’lum. Mashhur Azxar universitetining doktori Mahmud Ahmad Jodu quyidagi oyati karima va xadisi shariflarni dalil qilib ko’rsatadi:5
Lekin o’rtalaringizda aylanma naqd savdo bo’lsa, uni yozmaslingizda sizlarga gunox yo’qdir. O’zaro savdo-sotiq qilganda xam guvox keltiring! Kotib xam, guvox xam (zararlanmasin), bu sizning fosiqligingizdir. Alloxdan qo’rqingiz! Allox sizlarga shunday ta’lim beradi. Allox xamma narsani biluvchidir!”
(Baqara-282)
Bu oyati karimada bevosita istismor so’zi ishlatilmagan bo’lsada, unda keltirilgan ma’no moliyaviy munosabatga doirdir. Oyati karimaning tafsirini ko’radigan bo’lsak, «qarz ma’lum muddatga olinadigan bo’lsa, xukm shunday. Ammo yurib turgan savdo ishlari bo’lsa kelishuvni yozish shart emas»6.
Ayrim islom huquqshunosligiga doir kitoblarda istismor qarz sifatida keltirib o’tilgan. Jumladan, yuqorida aytib o’tganimizdek V. al-Zuhayli xazratlari tomonidan zamonaviy talqinda yozilgan “Al-Fiqh al-Islami wa -Adillatuhu” kitobining beshinchi juzida istismor haqida to’xtalib o’tilgan va unda istismorni qarzga yaqin ma’nolar kasb etishi aytib o’tilgan.
Yana bir oyati karimada:
(Qaramog’ingingizdagi) aqli norasolarga Allox sizlarga (xayot) tarzi qilib qo’ygan mollariningiz (etimlarning omonat mollari)ni berib qo’ymangiz, balki o’sha mollardan yediring, kiydiring xamda ularga yaxshi gapiring! Yetimlarni, to balog’at yoshiga yetgunlaricha imtixon qilib turinglar! Voyaga yetganliklarini sezsangiz (omonot) mol-mulklarini o’zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va (ulg’ayib qolmasinlar) deb shoshqaloqlik bilan yeb yubormangiz”
(Niso-5-6)

Bu oyati karimani doktor Mahmud Ahmad Jodu investitsiya fondlarini barpo qilish va unda yig’iladigan mablag’ni shar’iy yo’llarga tasarruf etishga xam dalil qilib keltirganlar.


Islom insoniy din sifatida kishilarni o’z kuch-qudratlari bilan mehnat qilib daromad topish lozimligi bilan bir qatorda bir-birlarini aldamaslikka, foiz bilan savdo qilmaslikka xamda turli tuman kasblarda mehnat qilishlikka va yashash sharoitlarini qulaylashtiradigan, hayotlarini farovon, o’zlarini esa badavlat qiladigan boshqa kasbu-korlar bilan ham shug’ullanish kerakligini uqtirmoqda. Kasbu-kor qilish va haloldan daromad topish faqatgina muboh bo’libgina qolmasdan, ayni paytda mujtahid ulomolar hukmiga ko’ra farzi kifoyadir. Boy-badavlat musulmonlarning o’z mablag’larini jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qiladigan yo’llarga sarflash ham shular jumlasiga kiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyatlari daromad topishdan tashqari Alloh roziligi uchun bir ibodat sifatida harakat qilayotganligini ham anglatadi. Shuningdek, ular faoliyati o’ziga va jamiyat a’zolariga hamda ularning iqtisodiy hayotida taraqqiyot bo’lishiga ta’sir qiladi.
Islom iqtisodiyotining muhim qonun-qoidalari borki, ularga muvofiq yashash barcha muslmon uchun lozim sanaladi:

  • boylikni g’amlab, o’zi ham boshqaga ham foydasiz holda saqlash yomon xislat va ijtimoiy jinoyatdir. Buning uchun islomda jazo belgilanadi;

  • islom ta’limotida halol kasb turlari belgilab qo’yilgan. O’shalardan boshqasi o’ziga ham boshqalarga ham, insonlar va jamiyatga ham zulm xisoblanadi;

  • boylik faqat halol yo’l bilan to’planishi lozim va uni ko’paytirish ham halol yo’l bilan bo’lishi kerak;

  • yig’ilgan boylik Allohning toati va odamlarning saodati yo’lida sarflanishi kerak;

Musulmon kishi qo’lida moli (mablag’i) bo’laturib, uni ko’paytirishdan ojizlik qilishi to’g’ri kelmaydi. Har doim musulmon inson o’zida mavjud bo’lgan mablag’ini ishlab chiqarishga, daromad keltiradigan sohalarga va savdoga sarf qilishi lozim. Bularning barchasi islomiy chegaralar doirasida bo’lmog’i talab etiladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishning mativatsion kuchiga aylangan investitsiyalar xam islom iqtisodiyoti nuqtai nazaridan yuqorida aytib o’tilgan islom iqtisodiyotining qonun-qoidalari asnosida tasarruf etilishi lozim.

Download 230,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish