Kurs ishi mavzu: > Bajardi: Samdti davolash ishi fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi Jalgasova Zulayxa Tekshirdi: dots. Yuldashev S. J. Samarqand-2021 reja



Download 48,83 Kb.
bet6/13
Sana11.04.2022
Hajmi48,83 Kb.
#544064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Жалгасова Зулайха курс иши[1]

DIAGNOSTIKA
O`PKA ABSESSida asosiy tekshiruv usuli rentgenologik usuldir. Rentgenologik tekshirish o`pka absessidagi dastlabki davrida butun, yaxshi chegaralangan o`pka to`qimasini ko`rsatadi.Ikkinchi davrda esa qorong`ilashgan joyning yuqori qismida yorishgan yer, uning pastida esa tana haroratlanganda o`zgaradigan erkin suyuqlikning gorizontal joylashgan o`rni ko`rinadi. Ancha keyinroq yorishgan yer yana ham aniq bo`ladi, atrofdagi soya halqasi yana ham torayadi.
Xronik absess o`zgargan o`pka to`qimasi atrofida fibroz tolalari soyasi ko`rinadi.Rentgenda absessni o`pka angrenasidan farqlash deyarli mumkin emas. Parchalanayotgan bo`shliq ichki devorning notekis, shokilasimon qirralari atrofida sekvestrlar borligini ko`rsatadi va , ayniqsa, zaif, biror og`ir kasallik bilan og`rigan shaxslarda gangrenoz absess borligini taxmin qilishga imkon beradi.
Bemorning 2-3 oy davomida tuzalmasligi o`pka absessi xronik tus olganini ko`rsatadi. O`pkaning yiringli kasalliklarida quyidagi asoratlar kuzatilishi mumkin: absessning plevra bo`shlig`iga teshib chiqib, pionevmo- toraks hosil bo`lishi, gangrenada – og`ir ixoroz plevrit, o`pkaning shikastlangan joyida yangi absesslarning paydo bo`lishi , o`pkadan qon ketishi, miyaning metastatik absesslari.
BRONXOEKTATIK kasallik bilan og`rigan bemorlarda yaxshi yig`ilgan anamnez bilan asosiy diagnostic metod bronxografiyadir. Bemorni bu usuldagi tekshirishga tayyorlash bir qancha sanatsion chora- tadbirlarni o`z ichiga oladi- mukolitik va balg`am ko`chiruvchi dorilarni ishlatish, bronxlar lavaji, antibiotikoterapiya o`tkazish shular jumlasidandir. Bu tekshirish bronx o`pkadagi yallig`lanishning qo`zish hollari bartaraf etilgan sharoitlarda o`tkazilishi kerak. Tekshirish pastki burun yo`li, burun- halqum , traxeya og`zi va qisman traxeyaning o`zini mahalliy (yuza) anesteziya qilingandan keyin u yoki bu tomondagi bronxlarga egiluvchan (rezinka) kateter kiritish yo`li bilan o`tkaziladi. Kiritilgan kateterni to`g`irlab olib, o`pkaning kerakli bo`lak va segmentlaridagi bronxlarga yetkazish uchun imkon beradigan har xil usullar bor. Bunda bemorni keshutka yoki rentgen stoliga ma`lum holatda( pozitsiyada) yotqizish usullaridan ham foydalaniladi. Konstratlash maqsadida har xil konstrakt moddalardan –yoolipol, uning norsulfazol kukuni bilan aralashmasi (sulfoyodol), bariyu sulfatning yangi tayyorlangan mayda dispersli emulsiyasidan foydalaniladi.Bariy sulfat emulsiyasining moydagi eritmalardan afzalligi shundaki, u shilliq parda holatini ancha aniq qilib bilib olishga, imkon beradi.Moydagi eritmalardan foydalanilganida bitta o`pka, keyinchalik esa ikkinchi o`pka bronxlari galma-gal (bosqichma-bosqich) konstratlanadi. Bariy sulfat bronxlarda yodlipolga qaragnda ko`proq ushlanib(depolanib), keyinchalik pnevmosklerozga olib boradigan bo`lgani uchun u so`nggi yillarda bronxografiya uchun kamroq ishlatilmoqda.
Bronxografiya bronxial daraxtning hamma segmentlarini qamrab oladigan qilib, sinchiklab o`tkazilsa, hammadan ko`p axboro beradi. U bronxoektazlarning olgan o`rnini, qanchalik tarqalgani va shaklini, qolgan bronxlardagi shikastlarning tabiatini aniqlashga, deformatsiyalovchi bronxit bor-yo`qligini bilib olishga, bronxial daraxtdagi funksional o`zgarishlarni baholashga, pnevmoskleroz bor-yo`qligini topishga imkon beradi.
Bronxografiya avvalo, tez-tez qaytalanib, har safar o`pkaning ma`lum bir qismida qo`ziydigan pnevmoniya bilan og`rigan va qon tuflab turadigan bemorlar xususida, ayniqsa, ularni operatsiya qilish mo`ljallanayotgan mahalda o`rinli bo`ladi. Kasallik o`pkaning ikkala tomoniga o`tib, tarqalib ketayotgan yoki surunkali obstruktiv bronxit avj olib, nafas yetishmovchiligiga xos simptomlar aniq bilinib turgan hollarda bronxografiya kam axborot berishi mumkin. Bunday bemorlarda bronxografiya asoatlarga sabab bo`lishi mumkinligi hisobga olinib, ularda ushbu diagnostik muolajani o`tkazish o`rinli bo`lmaydi. Operatsiya bilan davolanishi kerak bo`lmagan bemorlarda ham uni o`tkazishning hojati yo`q.
Kompyuter tomografiyasi bronxoektazlar bor-yo`qligini aniqlab olishga imkon beradi va u noinvaziv usul hisoblanadi. Biroq xirurgik yo`l bilan qilinadigan muolajalar to`g`risidagi masala hal qilinayotgan hollarda kompyuter tomografiyasi bronxografiya o`rnini bosa olmaydi.
Diagnostik broxoskopiya bronxoektatik kasallikni aniqlab olishga imkon bermaydi, lekin bronxlar shilliq pardasi ahvolini, yallig`lanish jarayonining qanchalik tarqalganligi va tabiatini bilib olish uchun muhim bo`lib, yiringli sekret paydo bo`lib turadigan joyni taxminan aniqlab olishga, qisman yiringni chiqarib tashlashga, bronxlar lavajini o`tkazish, sitologik va bakteriologik tekshirishlar uchun namuna olishga imkon beradi.
Bronxoektatik kasallik diagnostikasida bevosita tekshirish va anamnez o`zining muhim ahamiyatini yo`qotmaydi. Bir qancha klinik alomatlarning borligi maxsus tekshirish usullari o`tkazilishidan oldin bronxoektatik kasallik bor deb, taxmin qilishga imkon beradi. Bemorda respirator kasalliklar bilan tez-tez og`rib turgani, bunday hollarda yosh bolalik davridan boshlab, qisqa muddat 5-6 kun darmonsizlanib yurgani, lekin keyin unda subfebrilitet uzoq saqlanib turgani bronxoektatik kasallik uchun xarakterlidir. Kasallikning alomatlari odatda, 5 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan davrda yaqqol ma`lum bo`ladi.
Bronxoektatik kasallik erkaklar orasida taxminan 3-4 barobar ko`proq kuzatiladiki, bu narsa kasb faoliyatining xususiyatlariga, odamning chekishi va ichkilikni iste`mol qilishiga bog`liq jarayondir.
Bronx-o`pkadagi yallig`lanishning faolligi qancha balg`am chiqib turishi , uning rangi, hujayra tarkibi, bakteriyalarning nechog`lik ko`pligiga qarab baholanadi. Balg`amning qo`lansa hidli bo`lishi anaerob infeksiyaga ishora qiladi. Keng doirada ta`sir ko`rsatadigan antibiotiklarni ko`pdanberi va tez-tez olib turadigan kasallarning balg`amidan ko`pincha “Staphylococcus” yoki “ Pseudomonas aeroginosa” avlodiga mansub bakteriyalar undirib olinadiki, bu narsa mukovissidozli bemorlar uchun ayniqsa xarakterli bo`lib, qilinayotgan davoga chidamli bo`lgan mikroorganizmlar superinfeksiyasi borligini ko`rsatadi.
Bemorning asosiy shikoyatlaridan, asosan, oson ko`chadigan balg`am bilan yo`tallish, balg`am tushishining tana vaziyatiga bog`liqligi, tunda ma`lum (majburiy) holatda yotib uxlashi diqqatni o`ziga jalb qiladi. Balg`am chiqib turadigan bo`lsa , bemorning ahvoli yaxshianib qoladi, uning turib qolishi esa bemorning og`irlashishi, intoksikatsiya simptomlari,harorat ko`tarilishi bilan kechishga olib keladi. Bronxoektatik kasallikning xarakterli belgisi uzoq davom etib, aksari yilning kuz va bahor oylarida vaqti-vaqti bilan qo`zib turishidir. Qo`l barmoqlari shaklining “nog`ora cho`pkari”ga o`xshab o`zgarib qolgani, rentgenologik tekshirishda o`pkada kistoz o`zgarishlarga uchragan joylar topilishi, ayniqsa, bo`shliqlarida suyuqlik bo`lishi diagnoz xususidagi taxminlarni mustaxkamlaydi. Biroq ko`krak qafasi rentgenogrammasida ko`pincha xech qanday o`zgarishlar topilmaydi.z
Bemorni tekshirish davomida mukovissidoz bor, deb taxmin qilinsa , “teri sinamasi” o`tkazib ko`rish kerak.
Bemorlar qonini laboratoriyada tekshirish natijalari odatda, normal ko`rsatkichlar atrofida bo`lib chiqadi. Bemorlarning bir qismida o`rtacha darajadagi anemiya, biroz leykotsitoz topiladi. Siydik analizi, mudom proteinuriya bilan birga davom etadigan ikkilamchi amiloidoz hollarini aytmaganda normal holatda bo`ladi.


Download 48,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish