DAVOLASH
O`PKA ABSESSI. Bunda bemorlarni kasalxonalarga yotqizish, bir o`rinda yotish, ovqatlanish, uyqu tartiblariga amal qilish, ularni tegishlicha parvarishlash, ovqat oqsillarga, A, C, D va B guruh vitaminlariga boy bo`lishini ta`minlash lozim. O`pka absessini konservativ davolashda bo`shliqni uni ichidagi narsadan bo`shatish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda bemorni sutkasiga V2-1 soat davom etadigan va bir necha marta qaytariladigan drenaj holat deb nomlanuvchi holatda yotqizib qo`yadilar. Bemor sog` yonboshiga boshi pastroq, oyoq qismi yuqoriroq qilib yotqiziladi. Bo`shliq yetarli bo`shamagan hollarda bronxoskopiya o`tkazilib, bronxoskopda balg`am vakuum- apparat yordamida so`rib olinadi.
Bronxoskop yoki kateter yordamida avval yiring suyuqligi tortib olinadi, keyin biron antibakterial preparat yuboriladi.Antibakterial terapiya bemorning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab olgandan keyin o`tkaziladi. Intoksikatsiyaga qarshi kurashish maqsadida, gemodez, poliglukin, 5% li glyukoza eritmasi va fiziologik eritmalar tayinlanadi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish maqsadida bemorlarga oqsil preparatini qo`yish, anabolik gormonlar, B guruh vitaminlari, askorbinat kislota, kalsiy xlorid buyuriladi. Shu bilan birga , balg`am ko`chiruvchi dorilar hamda bronxolitiklar berib borilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Giyohlardan qora andiz damlamasi, yalpiz , xantal, oqqaldirmoq, navro`zgul, malina, maymunjon, mavrak , limon, limono`t, kunjut, kapalakgul, isfarak, zig`ir, arg`uvon damlamalari beriladi.
Fizioterapevtik muolajalardan diatermiya, induktotermiya, UF, ingalyatsiya, UVCH, mikroto`lqinli terapiya, davolovchi jismoniy badantarbiya mashqlari qo`llaniladi. Jarrohlik usulida davolash o`pkadan qon oqqanida piyepnevmotoraksda, o`pka emfizemasida, shuningdek, o`smaga shubha bo`lganda, surunkali absesslarda hamda o`smaga shubha bo`lganda o`tkaziladi.
BRONXOEKTAZIYA. Bronxlar kavaksimon tuzilmalar hosil qilib, ularning soni ko`payib borishi, ayniqsa, kasallik qo`ziganda ko`riladigan klinik o`zgarishlarning asosan bakterial infeksiyaga bog`liqligini nazarda tutib, bronxoektatik kasallikda qilinadigan asosiy davo antibiotiklardan foydalanish hisoblanadi. Antibiotikni balg`amni bakteriologik tekshirish natijalariga qarab tanlab olish kerak.Ko`pincha penetsillin guruhiga mansub antibiotiklar- ampitsillin va uning derivatlari afzal ko`riladi. Penetsillin to`gri kelmaydigan hollarda trimetoprim (biseptol) yoki tetrasiklin qatoriga kiradigan antibiotiklar muqobil antibacterial preparatlar bo`lib hisoblanadi.Balg`amdan patogen mikroflora ajratib olinib, uning antibiotiklarga sezgirligi aniqlansa, tegishli preparatlar buyuriladi. Yiring hosil qiluvchi stafilokokk, ayniqsa, ko`k yiring tayoqchasi topilganida bir necjta antibiotiklarni birga ishlatib boorish zarur bo`ladi. Antibiotiklar bilan davolashni yiring chiqishi ancha kamayib, unda yiring batamom yo`qolib ketguniga qadar davom ettirib borish kerak.Odatda, 6-7 kunda bemor tuzala boshlagani ma`lum bo`ladi. Antibiotiklar kech buyurilgan bo`lsa, da`vo muddati ancha uzayadi. Antibiotiklar ichirish yoki inyeksiya qilish yo`li bilan ishlatiladi. Egiluvchan (rezinka) kateterdan foydalanib, antibiotiklarni bronxial daraxtning zararlangan joylariga purkash ( bu narsa kavaklarni o`pkaning cheklangan qismida bo`lgan hollarda ancha samarali bo`ladi) yoki aerozollardan foydalanish (agar bronxial daraxt sidirg`asiga zararlangan bo`lsa ) yo`li bilan antibiotiklarni endobronxial tarxda ishlatish ancha durust natija beradi. U holda ham, bu holda ham, oldin yiringni chiqarib tashlash, tibbiy bronxial drenajni tiklash, shuningdek organism sensebilizatsiyalanishiga sabab bo`lmaydigan antibiotiklarni ishlatish muim shart hisoblanadi. Tibbiy bronxial drenajni tiklash maqsadida mukolitik preparatlardan foydalaniladi (kuniga 3-4 mahal 8 mg dan bromgeksin yoki kuniga 2-3 mahal 0,5-1,0g dan mukaltin yoki 2-5 ml dan kuniga 3-4 mahal mukosolvin eritmasini ingalyatsiya qilish buyuriladi). Bronxoobstruktiv sindrom bo`lgan mahallarda bronxlarni kengaytiradigan (atrovent, eufillin), balg`am ko`chiradigan preparatlar buyurish o`rinli bo`ladi.
Bronxoektatik kasallikda kundalik ovqat ratsioni oqsilga boy bo`lishi lozim. A,C,D va B vitaminlariga boy bo`lishi lozim. Balg`amni chiqarib tashlash uchun balg`amni ko`chiradigan vositalar jumladan, termopsis o`ti 1 choy qoshiqdan kuniga uch mahal ichish tavsiya etiladi.
Fizioterapevtik muolajalardan UVCH, ingalyatsiya, gidroaeroinizatsiya, roentgen nuri, UF, diatermiya, induktotermiya, mikroto`lqinli terapiya, davolovchi jismoniy badantarbiya mashqlari qo`llanilishi mumkin .
Giyohlar bilan davolashda ajgon, alomat choy, anjir, gulxayri, yetmak, behi, jo`ka(arg`uvan), zig`ir, navro`zgullardan foydalaniladi.
Yiringintoksikatsiyasibo`lgankezlardaintoksikatsiyaniqaytaradiganpreparatlardanfoydalanish (venadantomchilab 300-500 mlmiqdoridareopoliglyukin, gemodezberish), nativeplazma, krioplazmayuborisho`rinlidir. So`nngiyillardaplazmaferez, gemosorbsiyaterapiyalariqo`llanilmoqda.Bemordabalg`amko`pbo`lsa, sanatsiyalashuchunbronxvaalveolalarnitozalashmaqsadidatakror-takrofibrobronxoskopiyao`tkazisho`rinlibo`ladi.
Mikroflora antibiotiklarga chidamli va antibiotiklar bilan davolash to`g`ri kelmaydigan bo`lsa, 100-300 ml furagin eritmasi, tabiiy antiseptic vositalar (xlorofillipt) , 0,5% li novokain eritmasi, mukolitlarda ularni bronxlarga yuborish yo`li bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Virusli infeksiyalarga ega bemorlarda kasallik qo`zib qolgan davrda parentral yo`l bilan alfa-interferon ishlatiladi, bu preparat muskullar orasiga yuborilganda -200000 miqdor birligini tashkil qiladi.Davo kursi 7 kundan 14 kungacha davom etadi.
Bronxoektazlar surunkali obstruktiv bronxit alomatlarini keltirib chiqarmagan, ayrim segmentlar yoki bo`lak bilan cheklanib turgan bo`lsa, xirurgik yo`l bilan davo qilish o`rinlidir. Bronxlarni zararlanib , visseral plevra bilan cheklanib turgan qismini olib tashlash surunkali infeksiya o`chog`ini bartaraf etadi, bir qancha hollarda esa patologik jarayonning zo`rayib borishiga xotima yasaydi. Lekin xirurgik yo`l bilan davolash hozir kam qo`llaniladi. Bu shunga bog`liqki, birinchidan, zamonaviy antibakterial va mukolitik preparatlar yaxshigina shifo topishga imkon beradi, bronxoektazlar ko`pchilik hollarda tarqoq bo`lib, jarrohlik muolajalari qilishning ma`nosi qolmaydi, ikkinchidan , bronxoektatik kasallik bronxial daraxtni tobora ko`p zararlab boraverishi bilan xarakterlanib, bu o`pkaning zararlangan qismi kesib tashlanganidan keyin ham davom etaverishi mumkin. Patologik jarayon dastlab cheklangan, o`pkaning faqat kichik qismlarida boshlangan bo`lsa, u vaqt o`tishi bilan bronxial daraxtning yangi-yangi bo`limlarini qabzasiga torta boshlaydi. Shunga ko`ra, patologik jarayon ko`zga aniq cheklanib turgandek bo`lib ko`ringan mahalda o`tkazilgan xirurgik davo ham ko`ngildagidek natija beravermaydi. Xirurgik yo`l bilan davolash o`pkasidan qon ketib turadigan, o`pkasining hamisha bir qismida pnevmoniya boshlanib, tez-tez qo`ziyveradigan bemorlar uchun o`rinlidir.
Shu narsa ma`lumki, konservativ davo o`z vaqtida boshlanib, yetarlicha jadallik bilan olib boriladigan bo`lsa, bemorning klinik jihatdan tuzalib ketishiga xirurgik davoga qaraganda ko`proq imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |