Kurs ishi mavzu: > Bajardi: Samdti davolash ishi fakulteti 2-kurs 201-guruh talabasi Jalgasova Zulayxa Tekshirdi: dots. Yuldashev S. J. Samarqand-2021 reja
MAVZUNING DOLZARBLIGI So`nggi davr insoniyat zarvaraqlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti, koinotni zabt etish va madaniyat-ma`rifat rivoji asrlari bo`lib kiradi.ilmiy texnika taraqqiyoti xalq faravonligini oshirish va inson umrini uzaytirish bilan birga dunyo ahli oldiga sanoat chiqindilari,ko`p sonli avtotransport galari, agroximiya qoidalarining buzilishlari bilan bog`liq yer, suv, havoning ifloslanishi muammosini ham ko`ndalang qilib qo`ydi.Jumladan, atrof-muhit faktorlarining inson nafas a`zolarini ko`plab shikastladi.Butun dunyoda, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda o`pkaning nospesifik kasalliklari(O`NK) bilan hastalanish o`sib borayotgani qayd etilmoqda.AQSHda har besh kishidan biri o`pka kasalliklariga chalingan, ulardan esa har yili o`rta hisobda 240 ming kishi hayotdan ko`z yumadi.MDH va uzoq horijiy mamlakatlar olimlari ma`lumotlariga ko`ra , aholining turli guruh va olimlari o`pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari(O`SNK) 5 dan 51 foizgacha uchrab, ularning tarqalishi erkaklar orasida ayollarga nisbatan 2-3 marta ortiqdir.O`SNK bilan kasallanishning kishilarda yosh o`tgan sari oshib borishi ham qayd qilinmoqda.Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda ham nafas a`zolari kasalliklari tobora keng tarqalib bormoqda. O`zbekiston bo`yicha to`plangan ma`lumotlarga ko`ra, nafas a`zolari kasalliklari hozirgi paytda barcha kasalliklar ichida birinchi o`rinda turadi. Kasallanish esa so`nggi 5 yil ichida 2,5 marta ortgan. Bronxial astma va surunkali bronxit bilan kasallanish ayniqsa tez sur`atlar bilan ko`payib boryabdi. Keyingi o`n yil ichida o`pkaning nospetsifik kasalliklariga qarshi kurash yanada kuchaytirildi.Hozirgi kunda O`zbekistonda bemorlarga pulmonologik yordamni tashkil qilishning nazariy asoslari ishlab chiqilmoqda. Ma`lumki, ixtisoslashgan tibbiy yordamning bosqichma- bosqichligi va izchilligi juda muhim jihatlardan sanaladi. Bosqichma-bosqich deganda tibbiy muassasalarning ambulatoriya, gospital va reailitatsion strukturalarga bo`linishi tushuniladi. Tibbiy yordamning funksional vazifalari va tabiatidan kelib chiqib, har bri struktura bo`linmada tegishli diagnstik va davolash tizimlari barpo etiladi. Izchillik deganda turli yoshdagi (bolalar, o`smirlar, katta va keksa yoshdagi kishilar) bemorlarga yordam ko`rsatishda ular to`g`risida, albatta,o`zaro tibbiy axborotlar almashish, davolash usullarini tanlash, bemorlarni kuzatib borish, konsultativ-diagnostik va kasalxona muassasalarining mutaxassislari ishlab chiqqan uzoq muddatli tavsiyanomalarni bajarish nazarda tutiladi.