Kurs ishi ахборот хавфсизлиги



Download 146,5 Kb.
bet4/11
Sana04.07.2022
Hajmi146,5 Kb.
#739449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Axborotlashgan jamiyat-Raxmanova Gulnoza

Ijtimoiy axborot. Ijtimoiy axborot tabiatini tushuntirishda axborot jarayoni turlaridan biri ijtimoiy-kommunikativ jarayon muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy axborot - bilimning shunday bir qismiki, u ma'lum moddiy jismlarda qayd etilgan va belgilar tizimida ifodalangan holda ijtimoiy-kommunikativ, subyektlararo jarayonga qo'shilib idrok etiladi va olimning bilim darajasini o'zgartiradi, shuningdek uning o'zi ham o'zgartirilib, undan faoliyatning turli jabhalarida foydalaniladi. Shu ma'noda bilim tushunchasi olimning bilim jarayonini gnoseologik tomondan, axborot tushunchasi esa, asosan kommunikativ tomondan tavsiflaydi, deb aytish mumkin.
Olim faoliyatining o'ziga xos tomoni axborotni talqin qilish imkoniyatidan yetarli foydalana olishidadir. Biroq bilish faoliyatining gnoseologik (aks ettirish) va kommunikativ jihatlarining farqlanishi (tegishli ravishda bilim va axborotning farqlanishi) ularning mushtarakligini tushunish bilan to'ldirilishi lozim. «Axborot kommunikativ jarayonga qo'shilib, bilim muayyan olimning qadriyatlari jabhasida rivojlanishiga ko'maklashadi»3.
2.1 Ijtimoiy axborotni o'zlashtirishning ahamiyati.Ijtimoiy axborotni o'zlashtirish uchun uni anglab yetish va talqin qilish lozim. Bilish jarayoni ikki faoliyat turi - interiorizasiya va eksteriorizasiyaga asoslanadi. Axborot-bilish nuqtai nazaridan interiorizasiya olimning ijtimoiy- kommunikativ jarayonlarda moddiylashgan ijtimoiy (shu jumladan ilmiy) axborotni anglab yetish, uni ijodiy o'zgartirish borasidagi faoliyati, eksteriorizasiya esa, yangi axborot yaratish borasidagi faoliyatdir. Shu sababli olim bilish faoliyatida gnoseologik, ijtimoiy-kommunikativ va psixologik jihatlar mushtarakdir. Tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi mavjud axborotni o'zlashtirish jarayonida olimlarda anglab yetilmagan obyektlar va jarayonlarni bilishga ehtiyoj tug'iladi. U subyektlararo kommunikativ jarayonga qo'shilib, bilish ehtiyoji obyektiga aylanadi va ijtimoiy merosning funksional-genetik tarkibiga «o'rnashib», yana interiorizasiyani keltirib chiqaradi.
Olimning faoliyat jarayonida bilim til, hujjat, texnika va boshqa tizimlar ko'rinishida moddiylashadi (obyektivlashadi) va rivojlanib, ijtimoiy axborotdan keng foydalanish mumkin bo'lgan yaxlit izchil amaliyotda mujassamlashadi. Faoliyat vositalari sifatida nafaqat moddiy vositalar (mehnat qurollari, asboblar va h.k.), balki obyektivlashgan bilim, axborotning texnik va operasional-metodik unsurlari, bevosita va teskari aloqa yo'llari, axborot tanlashni belgilovchi «mezonlar tizimi»dan ham foydalaniladi.
Bilimni rivojlantirish individual va ijtimoiy shakllarining o'zaro aloqasi olim faoliyatining kommunikativ jihatini aks ettiradi. Ijtimoiy axborot faoliyat predmeti, vositasi va mahsuli sifatida amal qiladi. Ijtimoiy axborot ijtimoiy-kommunikativ jarayon bilan uzviy bog'liq, chunki bilish mahsuli (natijasi) va bilish jarayoni mushtarakdir. Ijtimoiy axborot axborot oqimlarida moddiy omillar (so'z, matn va h.k.) yordamida ro'yobga chiqariladi. Statik ko'rinishda ijtimoiy axborot ijtimoiy ma'no kasb etmaydi. Ijtimoiy axborotning muhim belgilaridan biri uning olimlarning o'zini qurshagan dunyo haqidagi bilim darajasini o'zgartirish qobiliyatidir. Ijtimoiy axborot inson ongida aks etgan oddiy bilim emas, balki bizning ongimizda o'zgarishlar yasaydigan, ruhiyatimiz darajasida faol amal qiladigan, o'zligimizdan mustahkam o'rin oladigan bilimdir.

Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish