Kurs ishi ахборот хавфсизлиги


Informatika ilmiy bilimning o'ziga xos sohasi



Download 146,5 Kb.
bet10/11
Sana04.07.2022
Hajmi146,5 Kb.
#739449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Axborotlashgan jamiyat-Raxmanova Gulnoza

Informatika ilmiy bilimning o'ziga xos sohasi. Hozir informatika usullari va vositalari insonning butun tafakkuriga katta ta'sir ko'rsatmoqda - nazariy-informasion yondashuv va kompyuterlar odamlar turmushiga kirib bormoqda. Informatika nazariya, obyektiv borliqqa yangicha nazar va texnika vositalari majmui sifatida ilmiy bilishga, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishga va ularning natijalarini amalga tatbiq qilishga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. Qadimdan meros qolgan ilmiy tafakkurning eski oqilona usuli, mavxum tushunchalar va deduktiv mulohazalarga asoslangan dalillar o'zgarmoqda. Murakkab nazariyalarni bevosita tekshirish hamda bunday tekshiruv natijalarini son ko'rinishida ifodalash imkoniyati paydo bo'lmoqda, ularni turli fanlarda tadqiq qilishga nisbatan miqdoriy yondashuv doirasi kengayib bormoqda. Fan juda ulkan axborot to'plamiga katta tezlikda ishlov berish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dunyo miqyosidagi axborot tizimlari, chunonchi, Internet orqali ilmiy faoliyatning baynalmilallashuvi sodir bo'lmoqda. Shaxsiy kompyuterlar ilmiy faoliyatning cheklanganligini bartaraf etishga imkoniyat yaratmoqda.
Ayni vaqtda, informatika tadqiq qilinayotgan obyektlarni displey ekranida sxemalar, grafiklar, jadvallar shaklida aks ettirib, ularni hissiy idrok etish sohasini kengaytirmoqda. Mazkur obrazlarni informatika mavhum qarashlar bilan bog'lamoqdaki, bu mavxumlik muayyan yuksalishning o'ziga xos shaklidir.
Kompyuterlar ilmiy xodimlarni og'ir mehnatdan xalos etib, ilmiy tadqiqot uchun qo'shimcha imkoniyat, ijodiy tafakkur erkinligining oshishi uchun shart-sharoit yaratmoqda. Kompyuterlar olimga juda katta axborot to'plamidan foydalanish imkonini beradi, tizimli tadqiq qilish va ilmiy modellashtirish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Axborot texnologiyasi yordamida ilmiy bilimlar formallashtiriladi va ayni vaqtda ma'lumotlarni ifodalashning ko'rgazmali shakllari (sxemalar, grafiklar)dan foydalaniladi. Axborot texnikasi ilgari olingan axborotni izlashni yengillashtiradi va yangi ilmiy muammolarni qo'yish maqsadida olingan natijalarga qat'iy baho berish uchun shart-sharoit yaratadi. Bundan tashqari, kompyuterlar tadqiqot natijalarini oldindan taxmin qilishi va hatto bunday natijaga erishish yo'llari va vositalarini belgilashi, ya'ni tadqiqotning ideal rejasini tuzishi mumkin. Xullas, ilmiy faoliyatning barcha bosqichlarida axborot texnikasi tadqiqotchiga yaqindan yordam beradi.

XULOSA
Informatika fani ilmiy texnik nuqtai – nazaridan axborotlarning ustida ishlash, uzatish va qayta ishlashni o’rgatadi. Shuning uchun axborot tushunchasi informatikada odatdagi ta’rifdan farq qiladi. Informatika uchun asosiy masalalardan biri hisoblash texnikalari vositalaridan foydalanib, axborotni qayta ishlash yo’llarini yaratish, ularni saqlash, qayta ishlash va uzatishdan iboratdir. Shuning uchun informatikada axborotlar klassifikatsiyasiga alohida yondoshiladi.
Informatikada uzluksiz (yoki analogli) va diskret (yoki sonli) axborotlar bilan ish olib boriladi. Chunki inson o’zining sezgi organlari orqali analog axborotlar bilan, kompyuterlar esa sonli axborot bilan ishlaydi. Masalan musiqani olib ko’raylik. Musiqa taralganda u analogli axborot sifatida tarqatiladi va biz uni tinglaymiz, lekin musiqaning notalarini yozsak, u sonli axborotga aylanadi. 
Inson tomonidan yaratilgan ko’pgina uskunalar analogli axborot asosida ishlaydi. Masalan, televizor – bu analogli uskuna. Uning ichida kineskop bor. Kineskop nuri ekran bo’ylab uzluksiz harakatlanadi. Nur kuchaygan sari u tushgan nuqta shunchalik yorishadi. Nuqta yorug’ligining o’zgarishi asta – sekinlik va uzluksizlik bilan amalga oshiriladi. Musiqa o’ynagich, telefon ham analogli qurilmalarga misol bo’la oladi.
Qadimdan meros qolgan ilmiy tafakkurning eski oqilona usuli, mavxum tushunchalar va deduktiv mulohazalarga asoslangan dalillar o'zgarmoqda. Murakkab nazariyalarni bevosita tekshirish hamda bunday tekshiruv natijalarini son ko'rinishida ifodalash imkoniyati paydo bo'lmoqda, ularni turli fanlarda tadqiq qilishga nisbatan miqdoriy yondashuv doirasi kengayib bormoqda. Fan juda ulkan axborot to'plamiga katta tezlikda ishlov berish imkoniyatiga ega bo'ldi. Dunyo miqyosidagi axborot tizimlari, chunonchi, Internet orqali ilmiy faoliyatning baynalmilallashuvi sodir bo'lmoqda. Shaxsiy kompyuterlar ilmiy faoliyatning cheklanganligini bartaraf etishga imkoniyat yaratmoqda.
Hozir axborot (kompyuter) psixologiyasi mustaqil fan sohasi sifatida faol rivojlanmoqda. U shiddat bilan takomillashib borayotgan axborot texnikasi, axborot oqimlarining ko‘payishi va murakkablashishidan insonning qo‘rqishi, kompyuter bilan muloqotni odamlar bilan muloqotdan ustun qo‘yishi, kompyuterda ishlashda odamlarning toliqishi («kiberkasallik») sabablarini tahlil qilishni nazarda tutadi.
Axborotlashgan jamiyatda – ko’pchilik ish bilan band aholi axborotni izlash, saqlash, qayta ishlash va tahrirlash bilan shug’ullanadi.


Download 146,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish