Kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


-7 yosh badiiy gimnastikachi qizlarning saralashda psixo-fiziologik



Download 5,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/90
Sana13.04.2022
Hajmi5,83 Mb.
#549514
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90
Bog'liq
fayl 1633 20210826

3.5. 5-7 yosh badiiy gimnastikachi qizlarning saralashda psixo-fiziologik 
rivojlanishning xususiyatlari
Organizmning individual rivojlanish qonuniyatlariga doimiy o‘sish va 
rivojlanish, o‘sish va rivojlanish geteroxroniyasi, rivojlanishning kritik davrlari, 
rivojlanishning sensetiv davrlari, rivojlanish akseleratsiyasi va retardatsiyasi 
holatlari kiradi.
O‘rgatish jarayonida yoshning ahamiyati. 
5-7 yosh bola organizmining jadal o‘sadigan va har tomonlama 
rivojlanadigan davridir. Bu yoshda harakat funksiyalari juda rivojlangan bo‘lib, 
bola faol xayot kechiradi. Umurtqa pog‘onasi egiluvchan bo‘lib, batafsil qotmagan 
bo‘ladi. Bir-biriga bog‘lab turuvchi bo‘g‘imlar cho‘ziluvchan va mustahkam 


62
emas. Harakat markazi va muskullar endi rivojlanayotgan mayda va harakatlarni 
bajarish mushkulroq. Yurak, nafas olish, mushak, asab sistemalari mukammal 
rivojlangan emas. Diqqatni jamlab aqliy mehnat qilish qobiliyati ko‘p emas. Atiga 
15 daqiqa xolos. O‘yin va birovga taqlid qilish reflekslari yaxshi rivojlangan. Bu 
yoshda bolaga qomatni tik tutishni o‘rgatishga katta ahamiyat berish lozim.
Egiluvchanlikni sekin-asta rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Masalan, shpagat 
o‘tirish kabi mashqlarni har kuni oz miqdorda tanani tayyorlab o‘rgatish shart. 
Mashg‘ulot mobaynida harakatlarni aniq va tez bajarilishini nazorat qilish kerak. 
Topshiriqlar yengil va qisqa bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlar rang-barang, bir-biriga 
o‘xshamagan, his tuyg‘ularga boy holda o‘tkazilsa ijobiy natijalarga erishiladi. 
O‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini 
o‘sish va rivojlanish kabi asosoy xususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish 
barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning 
xar tomonlama o‘sish va rivojlanishi uchun poydo bo‘lgan vaqtdan boshlanadi. Bu 
ikki jarayon murakkab bo‘lib, bir butun va bir biriga bog‘langandir. 
Organizmning o‘sishi deganda tana xujayralarining ko‘payishi natijasida 
tirik organizmning o‘lchamlarini ortishi, yana bo‘yining cho‘zilishi, tana massasi 
va xajmining undagi xujayra va to‘qimalarning ko‘payishini xisobiga oshishi 
tushuniladi. Demak, organizmdagi miqdor o‘zgarishlari 
o‘sish
 
deb aytiladi. O‘sish 
bola sog‘ligi va jismoniy xolatlarining eng muxim ko‘rsatkichi xisoblanadi. O‘sish 
bir qatorda xujayrada ularning bajaradigan vazifasini ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu 
rivojlanish jarayonidir. Demak o‘sish natijasida organizmning rivojlanishi xam 
yuzaga keladi. Rivojlanish organizm tuzilishining murakkablanishi yoki to‘qima va 
organlarining morfologik defferensiallashuvi demakdir, ya’ni o‘sayotgan organizm 
to‘qima xujayralarining va organlarning shakllanishi, ya’ni bola organizmi 
xujayralarining takomillashib, o‘smirlik va etuklik yoshdagi odamlarga xos 
bo‘lgan birmuncha murakkab to‘qima va organlariga ega bo‘lishidir. Odam 
organizmi rivojlanishi umr bo‘yi davom etib turadigan to‘xtovsiz jarayondir. 


63
Rivojlanish jarayoni o‘z ichiga uchta asosiy omilni oladi, bular o‘sish, a’zo 
va to‘qimalarining murakkablanishi xamda to‘qima, a’zo, organizm shakllarining 
xosil bo‘lishidir. Bu omilllar bir - biriga uzviy bog‘langan bo‘lib, ular bir biridan 
ajralgan xolda shakllana olmaydi. O‘sish va rivojlanish bir biri bilan chambarchas 
bog‘liq bo‘lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko‘rsatkichlar ma’lum vaqt 
o‘tishi bilan sifat ko‘rsatkichlariga aylanadi. 
Bola bo‘yining uzunligi; bolaning bir yoshigacha bo‘yining uzunligi 26 
sm.ga uzayib, 75 sm.ga etadi. Hayotining ikkinchi yiliga atigi 10 sm.ga o‘sadi. 6-7 
yoshgacha bo‘yning o‘sishi yanada sekinlashadi.
Bola tug‘ilgandan keyin birinchi kritik davr bolaning 2-2.5 yoshida yuzaga 
kelib, bu davrda bolada xarakat aktivligi keskin ortadi. Markaziy asab 
sistemasining faoliyati takomillashadi, nutq, intellektual va jismoniy rivojlanish 
kuchayadi. Bu yoshlarda xar qanday fiziologik sistemaning ayniqsa, asab 
sistemasining faoliyati buzilishi, ruhiy rivojlanishning sekinlanishi yuzaga kelishi 
mumkin.
Bola tug‘ilganidan keyin ikkinchi kritik davr 6-8 yoshlarida kuzatiladi. 
Undagi steriotiplar buziladi, shiddatli aqliy ish boshlanadi, jismoniy ish ko‘payadi. 
Bunday o‘zgarishlar ta’sirida fiziologik sistemalardan ayniqsa kuchsizlarining 
faoliyati buzilishi mumkin. 
Jismoniy sifatlarining rivojlanishida sensetiv davrlarning yuzaga kelishi 
geteroxron ravishda bo‘ladi. Masalan; egiluvchanlik sifati rivojlanishi 3-4 yoshdan 
15 yoshgacha, chaqqonlik sifatini rivojlanishi 7-10 yoshdan 13-15 yoshgacha, 
tezkorlik sifatini rivojlanishi 11 yoshdan 14 yoshgacha, kuch sifatini rivojlanishi 
14 yoshdan 17 yoshgacha, chidamlilik sifatini rivojlanishini sensetiv davri 15-
yoshdan 20 yoshgacha. 
Bolalikning birinchi davri 4 yoshdan 7 yoshgacha davom etadi. Bu davrda 
muskul massasi kattalashadi, oyog‘i uzunlashadi, tanasining proporsiyasi 
o‘zgaradi. Bolaning xarakatlari aniq bo‘ladi. Qaychi va unga o‘xshash asboblar 
bilan qiziqadi. Nozik, kerakli xarakatlarni xali uddalay olmaydi. MAT rivojlana 


64
boshlaydi. Ichki tormozlanishning ko‘pgini turlari stabillashadi, miya 
po‘stlog‘ining ish qobiliyati oshadi. Nutq va ongi rivojlana boshlaydi. 
Yugurish qismlarining rivojlanishi ikki yoshdan boshlanadi va 
takomillashib boradi. Yugurishning tezlashib borishi yugurishda uchish fazasining 
orta boshlashi tayanish fazasining kamayishi xisobigi bo‘ladi. 3 yoshdan 10 
yoshgacha uchish fazasi ikki martadan ortiq ko‘payadi. Qadam tashlash 
uzunligining kattalashishi yugurish tezligining ortishini ta’minlaydi. Bolalarda 1.5 
yoshda barcha umurtqalarning o‘sishi jadal bo‘lib, bir tekis bo‘lsa, 3 yoshlarda bel 
umurtqalari bo‘yin va yuqori ko‘krak umurtqalariga nisbatan ancha tez o‘sadi. 7-9 
yosh va balog‘atga etish davrida xam umurtqa pog‘onasining o‘sishi jadallashib, 
keyin bu xolat aytarlik sezilmaydi. 
1 yoshda elka kamari, qo‘l muskullari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola 
yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez rivojlana 
boshlaydi. 6-7 yoshdan boshlab qo‘l panja muskullari tez rivojlanib boradi. 
Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, ular yozuvchi 
muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 
Harakat apparatining chidamliligi dinamik va statik ishni uzoq vaqt
mobaynida bajarish qobiliyati bilan belgilanadi. Yosh ulg‘aygan sari chidamlilik 
juda sekinlik bilan ortib boradi. 6 yoshga kelib chidamlilik birmuncha ortadi, 
shunday bo‘lsa-da bolalar faoliyati tez tez o‘zgarib turishga moyil bo‘ladi. Ular bir 
joyda turish, o‘tirishga qiynaladi, ularning xarakatlari tinmasdan aylanib turadi. 4-5 
yoshlarda bola juda xilma xil va murakkab xarakatlarni bajaradigan bo‘lib qoladi. 
Xarakat koordinatsiyasi 13-14 yoshga borib o‘zining yuqori darajasiga etadi. 
Maktab yoshgacha bo‘lgan bolalarda (3-5 yosh) kuchli orientirovka 
refleksi mavjud bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlari 
juda keng tarqaladi. 5-7 yoshlik bolalarda jarayonlarning xarakatchanligi ancha 
oshadi. Miya po‘stlog‘ini ish qobiliyati oshadi. 7 yoshda miya yarim sharlarining 
peshona qismi morfologik va funksional jixatidan ancha takomillashadi. 


65
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari yoshiga mos 7-10 yoshli bolalarda shartli reflekslar 
xosil bo‘ladi, bu reflekslarni latent davri qisqaradi. 
Bolalarninig postnatal ontogenezida nafas tizimi morfologik jixatdan katta 
o‘zgarishlarga uchraydi va nafas fiziologiyasi xayot etaplarini belgilab beradi. 
Burun nafas yo‘llarida ko‘plab shilliq moddalar ishlab chiqarilib, ular muxit 
sharoitida ozmuncha o‘zgarishi bilan bitishi mumkin va oqibatda nafas og‘irlashib 
qoladi. Shuning uchun bolalar og‘iz bilan nafas olishga xarakat qiladilar. Og‘iz 
bilan nafas olish kislorodga qoniqmaslikka, ko‘krak qafasini deformatsiyalashiga, 
eshitish qobiliyatini kamayishiga va boshqa potologiyalarga olib kelishi mumkin. 
Burundan boshlangan nafas yo‘llari 4-5 yoshda shakllanib, 13-14 yoshda katta 
morfologik o‘zgarishlarga uchraydi. 1-3 yoshdan boshlab qovurg‘alar aro 
muskullar rivojlana boshlaydi va 7 yoshga kelib ko‘krak bilan nafas olish vujudga 
keladi. Yosh bolalarda o‘pkaninig tiriklik sig‘imini o‘lchash ancha qiyin, uni faqat 
3-4 yoshlardan boshlab aniqlash mumkin. O‘pkaning tiriklik sig‘imi xam yoshga 
qarab dinamik ravishda o‘zgaradi. 3-4 yoshda 400-500 l, 5-6 yoshda 800-1000 l, 8-
10 yoshda 1350-1500 l. Yosh bolaning organizmi normal o‘sishi va rivojlanishi 
uchun ko‘p miqdorda kislorod zarur. Ularda nafas olish yuzaki bo‘lishiga qaramay, 
kislorodga talab qoldiriladi. Bu qoldirish nafas olish va yurak urish tezligining 
yuqoriligi xisobidan bo‘ladi. 
Bolalarning nafas olish tezligi 5-7 yoshda 25 ta/daq, o‘pkaning daqiqalik 
xajmi 1-2 yoshda 2600, 5 yoshda 5800 l..
Yosh bola organizmida gazlar almashinuvi, nafas olish chastotasi katta 
bo‘lgani uchun ancha shiddatli bo‘ladi. Yosh organizmda nafas olish sharoitga 
qarab ancha batafsil boshqarilib turiladi. Masalan, xavoda kislorod kamayib, 
korbanat angedrid ko‘paysa, nafas olish chastotasi oshib, nafas olish xarakatlari 
chuqurlashadi va boshqalar. Bazan bunday paytlarda qon miqdori va undagi 
eritrotsitlar soni depolardagi qonning xisobiga ko‘payadi. Yosh bola organizmi 
katta kishilarga qaraganda gipoksiyaga (kislorod etishmasligi) chidamli bo‘ladi. 
Buning asosiy sababi shundaki, yosh bola nafas olish markazi kislorodning 


66
kamligiga ancha chidamlidir. Yana bunday organizmlarda energiya ajralishi 
kislorodsiz, ya’ni aerob sharoitda xam boraveradi. Maktab yoshiga kelib nafas 
olish markazlarining sezgirligi katta odamlarnikigi o‘xshash bo‘lib qoladi. 
Buyraklarning rivojlanishi tug‘ilish paytiga kelib to‘xtamaydi. Bir 
yoshgacha po‘stloq moddasining massasi ikki marta , mag‘izniki faqat 42% ortadi, 
buyrak tanachalarining diametri, kanallarining uzunligi va diametri, ayniqsa genli 
sirtmog‘i kattalashadi, epiteliy tarkibiy tuzilmasi o‘zgaradi, nefronlar bola 
tug‘ilgandan keyingi birinchi yilda va jinsiy balog‘atga etish davrida eng jadal 
o‘sadi. Buyraklar ichki tuzilishi asosan 5-7 yoshda shakllanadi, massasining o‘sishi 
esa 20 yoshgacha davom etadi. buyrakning vazni 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-
84g. bo‘ladi. 
Epifiz o‘rta miyada joylashgan bo‘lib og‘irligi 0,2g. Bu bezdan ishlab 
chiqariladigan asosiy gormonlar: adrenogomerulotropin va melatonin hisoblanadi. 
Agarda bolalikda epifiz shikastlansa, bola tez 8-10 yoshda jinsiy voyaga etadi. 
Sog‘lom bolalarda epifiz bezining eng kuchli ishlashi 5-7 yoshlarga to‘g‘ri keladi. 
7 yoshdan so‘ng bu bez kichiklashib, yo‘qolib ketadi. 
Psixik ko‘rinishlarning bevosita asosini bosh miyaning, psixika 
organlarining xususiyati tashkil qilishini to‘la xisobga olish zarur. Suyuqliklar yoki 
sharbatlarning, organizmning axamiyati to‘g‘risidagi boshlang‘ich g‘oya garchi 
gumaral omillarning roli xaqidagi keyingi tassavurlar bilan bir biriga yaqinlashsa 
ham temperamentning tabiiy asosini yangi tadqiq qilish uchun boshqacha hulq 
atvor dinamikasiga ta’sir etadigan barcha ichki sharoitlar (xuddi tashqi sharoitlar 
kabi) albatta miya orqali ta’sir qilishini tan olish muximdir. Xozirgi zamon fani 
temperamentga oid individual farqlarning sabablarining aynan miyaning, uning 
qobig‘i va po‘stloq osti funksional xususiyatlarida, oliy nerv faoliyati 
xususiyatlarida deb biladi. 
Kishining temperamenti qanaqaligi xaqidagi tassavur odatda shu shaxs 
uchun xarakterli bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. 
Sezilarli psixik aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez 


67
munosabatini bildiruvchi, taasurotlarini xadeb o‘zgartirishga intiluvchi, 
muvaffaqiyatsizliklar va qo‘ngilsizliklarni nisbatan engil o‘tkazibyuboruvchi,
jonli, xarakatchang, ifodali mimikasi va xarakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb 
ataladi. 
Yuragi keng, borqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur xis 
tuyg‘ularga, xarakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruxiy holati tashqi 
tomonda ifoda etiladigan kishi flegmatik deb ataladi. 
Juda g‘ayratli ishga juda extiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez 
va shiddatli, qizg‘in emotsional “portlash” va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga 
moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi. 
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi 
voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan harakatlar 
qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi. 
Temperamentning har bir tipiga psixik xossalarning o‘z nisbati, avvalo, har xil 
darajadagi faollik va emotsionallik, shuningdek motorikaning u yoki bu 
xususiyatlari xosdir. Dinamik ko‘rinishlarning muayyan strukturasi temperament 
tipini belgilaydi. 
Sangvinik bolalar juda jonli, tinib tinchimas o‘spirin, bir daqiqa xam jim 
o‘tirmaydi, hamisha aft angorini o‘zgartiradi, qo‘lida uni buni aylantiradi, qo‘lini 
uzatadi, qo‘shnisi bilan gaplashadi. Sakrab-sakrab tez yuradi, nutqning surati ham 
juda tez. Juda ta’sirchang va tez qiziqadi. Darslarda har bir yangi fakt yoki yangi 
vazifaga qiziqish bilan yondashadi. SHu bilan uning qiziqishlari juda ham 
turg‘unva barqaror emas: yangi ishga qiziqib kirishsada , unga nisbatan ixlosi 
darrov so‘nadi. Uning yuzlari jonli, harakatchan, ifodalidir. Uning uchun darslarda 
zo‘r ish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. Uning xissiyotlari va kayfiyatlari 
juda ham juda ham o‘zgaruvchandir. 
Xolerik bolalar do‘stlari orasida o‘zini jo‘shqinligi bilan ajralib turadi. 
Tinglash qobiliyati o‘ta kuchli. Alamidan va g‘azabi qo‘zg‘aganidan osongina jahli 
chiqadi va urishishga otlanadi. O‘qituvchining tushuntirishlarini juda diqqat bilan, 


68
xech narsadan chalg‘imasdan eshitadi. Ijtimoiy topshiriqlarni bajarishda, 
shuningdek sport mashg‘ulotlarida qiziqish va qat’iylik ko‘rsatadi. Uning 
qiziqishlari ancha doimiy va barqaror. Paydo bo‘layotgan qiyinchiliklar oldida 
o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi, aksincha ularni zo‘r xafsala bilan bartaraf etadi. 
Melonxolik bolalar darslarda xotirjam, xamisha bitta xolatda o‘tiradi, 
qo‘lida biron narsani aylantirayotgan bo‘ladi, kayfiyati juda ham arzimas 
sabablarga ko‘ra o‘zgaradi. U o‘ta ketgan darajada xissiyotli. Tuyg‘ularini ifoda 
etishga juda ham vazmin. O‘z qobiliyatlari va bilimlari xaqiqatdan o‘rtacha 
darajadan bir necha barovor yuqori bo‘lgani xolda ularni past baxolaydi. Agar 
biron bir o‘quv topshirig‘ini bajarishda qiyinchiliklarga duch kelsa, u o‘zini 
yo‘qotib qo‘yadi va ishni oxirigacha etkazmaydi. Xarakatlari bo‘shashgan, sust, 
sekin, biroz cho‘zibroq gapiradi. 
Flegmatik bolalar uni shoshilmasligi va xotirjamligidan farq qilish 
mumkin. U materialni qanchalik yaxshi bilishigi qaramay, savolarga darhol, jonli 
qilib javob bermaydi. Unga charchamaslik xos: qo‘shimcha aqliy ish bajarishdan 
qochmaydi va qancha shug‘ullanishga to‘g‘ri kelmasin, uning charchaganini ko‘ra 
olmaysiz. U mantiqan keng, uzundan uzoq fikrlarga intiladi: go‘yo uzundan uzoq 
gapning boshida boshlangan fikr qachon va qay tarzda tugashini bilgan xolda 
so‘zlarin bir maromda, tutilib qolishdan qo‘rqmay bayon qiladi. Tashqaridan 
qaraganda u to‘lqinlanmaydi va nima yuz berishidan qattiy nazar xayratlanmaydi.
Asab faoliyatlarining individual xususiyatlari asab jarayonlari-qo‘zg‘alish 
va tormozlanish, o‘ta harakatchanlik, vazminlik.
Asab tizimi yoki asab faoliyati tipi tushunchalari asab tizimining tug‘ma 
xususiyatlari, shuningdek, hayot davomida shakllangan va mustaxkamlangan 
xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Inson tipologik xususiyatlarining shakllanishiga u 
yashayotgan muxit, katta ta’sir ko‘rsatadi.
Asab tizimi 4 ta tipga ajratiladi. Kuch ko‘rsatkichlariga ko‘ra asab 
tizimining kuchli, kuchsiz tiplari, harakatchanlik ko‘rsatkichi bo‘yicha inert (kam 
xarakatchan), xarakatchan tiplari, vazminlik ko‘rsatkichi bo‘yicha – vazmin, 


69
engiltak tiplari mavjud. Asab tizimi kuchsiz shaxslarida ikkala jarayon- qo‘zg‘alish 
va tormozlanish kuchsiz bo‘ladi. Bunday odamlar muhit sharoitlariga juda qiyin 
moslashadilar, murakkab hayotiy vaziyatlarida ularning ruxiy xayoti oson sinadi va 
nevrotik bo‘lib qoladilar. Bunday insonni tarbiyalash jarayoni qiyin kechadi, 
chunki kuchsiz asab tizimi organizmda ro‘y berishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarini 
sekin qabul qiladi va o‘zlashtiradi. Asab tizimi kuchlilarni tarbiya qilish oson, ular 
yangi ko‘nikmalarni tez qabul qiladilar. Asab tizimi kuchli insonlar orasida 
harakatchangligi inert (sust) shaxslar ham uchrab turadi. 
Konstitutsiya – inson xususiyatlarining konstitutsiyasining mujassamligi 
(Morfologik va funksional alomatlarining bir butunligi) bo‘lib, reaktivlik xarakteri, 
biologik vaqtning individual o‘ziga xosligi bilan aloqadoligi. 
Somatotip - inson fenotipining tarkibiy qismi. SHuning uchun , boshqa 
alomatlar kabi, somatotip muayyan atrof-muhit sharoitlardagi nasliy dasturning 
amalga oshirilishida shakllanadi. Demak, somatotip- nasliy va keyingi qabul 
qilingan jixatlar majmui (kompleksidir) va unda shu ikkala tarkibiy qismlar teng 
xuquqqa ega. Nasliylik ulushining ta’siri, egizaklik tadqiqotlari ma’lumotlari 
bo‘yicha qariyib 70% ni tashkil qilsa ham, atrof muxitning shakllantiruvchi roli 
anchagina (B.A.Nikityuk, 29). Jismoniy tarbiya va sport faoliyatida bunga ko‘p 
misollar bor. U yoki bu somototip namoyon bo‘lishida nasliy ma’lumotlarni 
amalga oshirilishi ichki sekretsiya bezlarining ishtrokida ro‘y beradi deb taxmin 
qilish mumkin. Gormonlar tana proporsiyasi shakllanishida rol o‘ynaydiki, ular 
somototip bilin juda yaqindan bog‘liqlikdadir. Jinsiy etuklikdan oldinga o‘sish 
sakrashlari deb ataluvchi davr buning uchun ma’sul xisoblanadi. Erkaklar jinsiy 
garmonlarini ishlab chiqarishga yordam beruvchi etarli darajada kuchli jismoniy 
yuklamalar vaqtini o‘g‘il bolalarda ham, qiz bolalarda ham tana proporsiyalari 
erkaklar turi bo‘yicha shakllanadi. Bunday yuklamalarning yo‘qligida tana 
proporsiyalari ayollar turi bo‘yicha o‘zgaradi. Ushbu proporsiya variantlarining 
farqi elka va tos kengligini taqqoslashda ko‘zga tashlanadi. Birinchi holda elka 
kengligi, ikkinchi holda- tos kengligi oshadi. 


70
Konstitutsiyaning funksional majmuasi reaktivlik va biologik vaqt 
individual xususiyatlar bilan bog‘liqdir. Konstitutsiya deb: yog‘ bilan qoplanish, 
suyaklar va muskullar, tana proporsiyalari rivojlanishi, muayyan psixodinamik 
tavsiflar xam kiradi. 
Irsiyat – ma’lum muxit sharoitida individual rivojlanishning maxsus 
tavsifini belgilaydigan va nasldan naslga organizmning bir xil belgi va 
xususiyatlarini o‘tishiga aytiladi. Irsiyat sababli ota – ona va ularning farzandlari
bir xil biosintez tipiga ega, bu esa to‘qimalarda ximik tarkibining, modda 
almashinuvining fiziologik zaxarlanishlar, morfologik belgilarning o‘xshashligini 
ta’minlaydi. Irsiyat natijasida o‘zgarishlar ro‘y bermaydi va avloddan avlodga 
belgilar bir xilligining o‘tishi ta’minlanadi. 
O‘zgaruvchanlik – bu irsiyatga qarama qarshi xususiyat bo‘lib, bunda 
aloxida avlodida xos yangi belgi yoki xususiyat namoyon bo‘ladi, natijada 
farzandlar ota – onasidan farq qiladi. Bu xodisa ikki murakkab hodisa tufayli 
yuzaga keladi: irsiy informatsiya va tashqi muhitning konkret sharoitidir. 
Genesologiya usulidan foydalanish quyidagi savollarga javob berishga 
imkon beradi. 
1.
O‘rganiyotgan belgi, irsiymi yoki irsiymas ekanligi. 
2.
Irsiylanish tipining qandayligi. 
3.
Kelajak avlodning prognozi. 
Bundan tashqari bu usuldan odam populyasiyalaridan mutatsion 
jarayoninig jadalligini o‘rganishda, tibbiy – genetika maslahatini o‘tkazishda, 
genlarning birikishida va o‘zaro ta’sirini tahlil qilishda va ularni kartalashtirishda 
ham foydalanish mumkin. 
Genesologiya usuli 3 ta bosqichda o‘tkaziladi. 
1. Ma’lumotlar to‘plash; 
2. Avlodlar shajarasini tuzish; 
3. Avlodlar shajarasini taxlili. 

Download 5,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish