3.3. Badiiy gimnastikada saralash muammosi
Badiiy gimnastika shunday sport turlariga kiradi-ki, ularda ko‘pgina
masalalarning ilmiy asoslanishi izlanish bosqichida bo‘ladi, shuning uchun
nazariyani amaliyotdan ortda qolish faktini tan olishga to‘g‘ri keladi. Shu
munosabat bilan tanlov muammosi ham bundan mustasno emas.
Badiiy gimnastikada tanlov tizimini nazariy jihatdan asoslashga
bag‘ishlangan tadqiqotlar juda ham kamligini ta’kidlash lozim va bu bizni,
yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu muammoning ayrim masalalarini o‘rganishga
undagan sabablaridan biri bo‘ldi.
54
Badiiy gimnastikada tanlovni nazariy asoslash sohasidagi tadqiqotlarning
kam sonli ekanligi ushbu yo‘nalishning hech bo‘lmaganda ayrim aspektlarini
yoritishga uringan ayrim tadqiqotlarning rolini aslo pasaytirmaydi.
Ushbu sohada ishlayotgan mutaxassislarning deyarli hammasi echimi bilan
shug‘ullanayotgan ana shunday umumiy masalalardan biri qanday qobiliyatlarni
baholash kerak va qanday qilib bu ishni eng yuqori aniqlik bilan amalga oshirish
mumkinligiga olib kelinadi.
Chunonchi, K.G.Gomberadze bolalarni birinchi marta kuzatgandayoq
muskullarning harakatchanligiga, sakrovchanlikka va harakatlar koordinatsiyasiga
(ularning umumiy e’tiborni jalb etuvchanligi yoki qizlarni tomoshabopligi, deb
ataladigan, fonida) e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Undan ancha oldingi tadqiqot
ishlarida Yu.N.Shishkareva xuddi shunday sifatlarni, shuningdek muvozanatni
saqlanishini, raqqoslikni va turli templarda harakatlarni bajara olishini baholashni
tavsiya qiladi.
Zikr etib o‘tilgan mualliflar o‘z shaxsiy tajribasidan kelib chiqqan holda va
o‘z hamkasblari faoliyatini kuzatishlari asosida tavsiyalar berganlar.
B.A.Soloninkinaning biroz keyingi ishlarida mutaxassislar so‘rovga
tutilgan va unga tanlovda harakatlar koordinatsiyasining va muvozanatni
saqlashning
eng
katta
ahamiyati,
ulardan
keyin
egiluvchanlik
va
sakrovchanlikning va kuch va tezkorlikning ancha kamroq ahamiyatli ekanligi
to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkoniyatini bergan. Muallif, undan keyin,
tadqiqotlarda ishtirok etgan murabbiylar harakat shakllarining aniqligiga va
tugallanganligiga, dinamikligiga, harakatlarni musiqa bilan mos tushishiga,
yaxlitligiga va raqqosligiga e’tibor qaratganligini ko‘rsatadi. Muallif egallagan
vaziyatga zamonaviy badiiy gimnastika (sportchilarni yosharishi uning
xususiyatlaridan biri hisoblanadi) nuqtai nazaridan qaragan holda harakat
shaklining aniqligi va tugallanganligi, yaxlitlik singari xarakteristikalarni birinchi
bosqichda aniqlash imkoniyati bo‘lmasligi faktini ta’kidlash lozim. Gap shundaki,
badiiy gimnastika mashqlarining ushbu ixtisoslashgan qirralari mazkur sport turi
55
rivojlanishining hozirgi zamon shart-sharoitlarida faqatgina yuksak mahoratli
sportchi qizlarning kompozitsiyalariga taalluqli, xolos. SHu bilan birga, keyingi
paytlarda
hattoki
yuqori
kvalifikatsiyali
gimnastikachi
qizlarning
kompozitsiyalarida ham harakatlarning yaxlitligi va qovushganligi biroz
yo‘qotilayotganligi to‘g‘risida suhbatlar olib borilmoqda.
L.I.Galchinskaya tanlov samaradorligini o‘rganishda yangi kelganlarni
badiiy gimnastika mashg‘ulotlariga yaroqlik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish
imkoniyatini beradigan alomatlarni aniqlagan. SHu bilan birga, muallif, alomatlar
orasida biron-bir etakchisini aniqlash imkoni bo‘lmaganligini ta’kidlagan. Biroq, u
taxminan
bosh
omillar
qatoriga
quyidagilarni
kiritgan:
muskullardagi
harakatchanlik, misiqaviylik, sakrovchanlik, ifodalanuvchanlik, mehnatsevarlik,
tirishqoqlik va harakatlar koordinatsiyasi; bundan tashqari, u ushbular qatorini
yana
psixologik
muvozanatlashganlik,
botirlik,
mustahkamlik,
buyumni
sezuvchanlik va emotsionallik bilan to‘ldirgan.
Ushbu ishni tahlil qilishda muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan ustivor
alomatlar hajmining etarlicha kattaligi (ularning hammasi 12 ta) ular orasidan eng
muhimlarini ajratish qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, jismoniy sifatlar, psixologik
xususiyatlar, xarakter qirralari va faqatgina yuqori kvalifikatsiyali gimnastikachi
qizlargagina xos bo‘lgan “buyumni sezish” singari ixtisoslashganlik
qobiliyatlarining etarlicha tizimlashtirilmagan ketma-ketligi e’tiborni o‘ziga jalb
qiladi va bu mazkur alomatlarni aniqlashda biron-bir aniq yo‘riqnoma yo‘qligidan
dalolat beradi. Shuning uchun muallif tomonidan taklif etilayotgan tanlov tizimi
to‘g‘risida ijobiy fikrlar aytish qiyin bo‘lib, uning chop etgan ateriallaridaga
alomatlar ko‘proq, L.I.Galchinskiy fikriga ko‘ra, tanlov samaradorligiga ta’sir
ko‘rsatadigan ushbu alomatlarning ixtiyoriy ravishda birlashtirilganga o‘xshaydi.
J.E.Firileva tanlovning ayrim aspektlarini qarab chiqqan bo‘lib, u
tadqiqotlarda o‘z e’tiborini morfologik alomatlarga va o‘quvchilarning ayrim
harakatlanish qobiliyatlarini o‘rganishga qaratgan. Sport va badiiy gimnastika bilan
shug‘ullanuvchi sportchi qizlarning ixtisoslashganlik va umumiy qirralari
56
rivojlanishini aniqlash tadqiqot ishlarining asosiy vazifasi bo‘lgan. SHuning uchun,
har ikkala gimnastika turlari vakillari sifatlarini tavsiflaydigan va tadqiq
qilinayotgan alomatlarni baholashning universal usullaridan foydalanilganligi
tasodifiy emas.
Ishni hujjatlashtirish yili maktabgacha tarbiya muassasasi yoshidagi
qizlarga nisbatan biron-bir tadqiqot ma’lumotlarining mavjud emasligini izohlaydi.
J.A.Belokopitova BO‘SMda badiiy gimnastika bilan shug‘ullanuvchi
sportchi qizlarni tanlashni o‘rgangan bo‘lib, u muallifni testlar sifatida buyumlar
bilan bajariladigan tipik mashqlardan foydalanishini izohlaydi. Shu bilan birga,
bunday yondashish viloyat va respublika miqyosidagi terma jamoalari bilan
ishlashda etarlicha keng tarqalgan.
Ancha keyingi vaqtlardagi adabiyot manbalarida chop etilgan materiallar
qarab chiqilganda, boshlang‘ich tanlovda mualliflar tomonidan tashqi ko‘rinish
(tashqi qiyofa), passiv va faol egiluvchanlik, dinamik kuch va umumiy
harakatlanish koordinatsiyasini baholash taklif etilganligini ta’kidlash zarur
(L.Kechedjieva, M.Vankova, M.CHipryanova,.
T.S.Lisitskaya fikriga ko‘ra, tanlovning birinchi bosqichida quyidagi
jismoniy sifatlar: egiluvchanlik, tezkorlik-kuchlilik sifatlari, ish qobiliyati
baholanishi kerak. Koordinatsion qobiliyatlarning ahamiyati bundan kam emas va
harakatchanlikka o‘rganganlik uning mezonlaridan biri hisoblanadi, harakatlanish
amallarining aniqligi ularning darajasini aniqlaydigan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Faqat oxirgi ikki ishlarning mualliflari aniq koordinatsion qobiliyatlarni
aniqlash imkoniyatini beradigan testlarni taklif etayotganligini ta’kidlab o‘tish
lozim.Chunonchi, L.Kechedjieva, M.Vankova, M.Chipryanova shunday testlar
sifatida joyidan turib uzunlikka sakrash mashqini olish mumkin deb hisoblaydilar.
Ushbu harakatni koordinatsiya rivojlanish darajasi bilan o‘zaro bog‘liqligi
V.X.Valmaa tadqiqotlarida tajriba yo‘li bilan asoslangan. T.S.Lisitskaya koptokni
nishonga uloqtirishni koordinatsiya rivojlanish darajasiga eng adekvat test deb
hisoblaydi.
57
Biroq, yuqorida taklif etilayotgan testlar boshqa ko‘pgina sport turlarida
tanlov uchun ham foydalanishini ta’kidlash lozim va bizning fikrimizcha ularni
badiiy gimnastika uchun xarakterli bo‘lgan ixtisoslashganlik koordinatsion
qobiliyatlarini baholash uchun to‘g‘ri keladi deb hisoblab bo‘lmaydi.
Ma’lumki, boshqa ko‘pgina sport turlari singari badiiy gimnastika ham
keyingi yillarda sezilarli o‘zgarishlarga uchradi. Biroq, bu oldingi asrning 40-
yillari oxirida shakllangan tanlov tizimida umuman aks etmagan va bu yuqorida
qarab chiqilgan ishlarning tahlilidan etarli darajada yaqqol ko‘rinib turibdi. Faqat
shu faktning bir o‘zi ham nazariy fikrlash amaliyot oldida qanchalik qarzdorligidan
dalolat beradi. Chunki, ko‘pgina mutaxassislarning tanlov sifati, asosan,
murabbiyning intuitsiyasiga va tashabbusiga bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikrlari
hozirgi kunda o‘zaro zid holda yangraydi. Agar tanlab olish bilan bilimdon va
tajribali pedagog shug‘ullanganda ham yo‘qotishlar muqarrar bo‘ladi. Shu bilan
birga, ko‘pchilik hollarda yangi kelganlar bilan ishlash yosh mutaxassislar, eng
yaxshi hollarda, yoki 14-15 yoshlarida istiqbolsiz sportchilarga aylanib qolgan
gimnastikachi qizlar zimmasiga yuklanishi hech kimga sir emas.
Badiiy gimnastika mashg‘ulotlarda shug‘ullanishni boshlash uchun
optimal yoshni aniqlash tanlov tizimidagi eng muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Bu muammo zamonaviy sportni yosharishi munosabati bilan yanada
keskinroq sezila boshladi.
Mashg‘ulotlarni
boshlashda
yosh
chegaralarini
ham,
mahorat
yuksakliklariga erishadigan sportchilar yoshini ham, pasayishi vaziyatni vujudga
keltiradi. Ushbu vaziyatda qobiliyatli bolalarni imkoni boricha ertaroq anglanishi
va aniqlanishi zarurat hisoblanadi.
Shu paytgacha ko‘pgina sport turlari mutaxassislari tomonidan sportdagi
yosharishga nisbatan munozaralar davom etmoqda. Ushbu masalani qo‘yilishi,
yumshoq qilib aytganda, noto‘g‘ri, chunki uning mavjudligi umum tan olingan
faktdir. Mazkur muammoni mavjudligi to‘g‘risidagi fikrga rozi bo‘lish yoki rozi
58
bo‘lmaslik mumkin, biroq uni inobatga olmaslik mumkin emas. Shuning uchun
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning
to‘g‘ri uslubiyotini kiritish to‘g‘risidagi masalani qo‘yilishi muhim.
Badiiy gimnastika bo‘yicha mutaxassislari uchun yosharish jarayoni
tasodifiy bo‘lgan deb bo‘lmaydi, chunki bu tendensiya keyingi o‘n yillarda
etarlicha yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Biroq, shunday bo‘lsa ham, badiiy
gimnastika sohasi mutaxassislari tomonidan, shu paytgacha, mashg‘ulotlar bilan
shug‘ullanishni boshlashning optimal yoshi aniqlanmagan.
Bolgariyalik mutaxassislar (L.Kechedjieva, M.Vankova, M.CHipryanova,
1985) tanlov uchun 5-6 yoshni, eng maqbul deb hisoblaydilar. T.S.Lisitskaya
(1982), bolalar tanlovini birinchi bosqichi ularning 7-8 yoshli davrida
boshlanishini ta’kidlagan holda, ustivorlikni 7-8 yoshga bergan. SHu bilan birga, u
6 yoshdan boshlangan mashg‘ulotlar keyinchalik ustunlik bermaydi deb
ta’kidlaydi.
O‘zining shaxsiy tajribasiga, shuningdek ko‘pgina murabbiylarning
tajribalariga, mutaxasislar bilan suhbatlar natijalariga tayangan holda ushbu
muallifning fikriga qo‘shilmaymiz. CHunonchi, masalan, juda ko‘pchilik hollarda
birinchi yilda o‘z tengdoshlarini texnik tayyorgarlik bo‘yicha ortda qoldira olgan
istiqbolli qiz bir necha yillik trenirovka davomida ustunligini saqlay oladi. Biz
iste’dodli besh yoshli bolalar shug‘ullanishning birinchi yili oxirida faqat 6-7
yoshlilar darajasiga erishibgina qolmay, balki ulardan o‘zib ham ketishini bir necha
marta kuzatganmiz.
Bizning fikrimizcha, badiiy gimnastika mashg‘ulotlariga tanlovning
optimal deb 5-7 yoshni hisoblash mumkin. Hamma narsa bolaning harakatlanish
qobiliyatlarini rivojlanish darajasiga, uning psixologik xususiyatlariga, salomatligi
holatiga va, albatta, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish istagiga bog‘liq.
Yuqorida bayon etilganlarni umumlashtirib, biz badiiy gimnastikada tanlov
muammosini ilmiy asoslash hali mantiqiy tugallanishidan ancha uzoqda degan
xulosaga keldik va shu sababli ham ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish
59
uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi. Tadqiqot ishlarimizda hal etilishi zarur
bo‘lgan masalalar avvalgi ijobiy tajribani inobatga olgan holda olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |