Adabiytlar.
1. Salamov R.S. Sport mashg’ulotining nazariy asoslari. O’quv qo’llanma
Tosh. 2005.
2. Kerimov.F, Umarov.M. Sportda prognozlashtirish va modellashtirish.
Darslik. Tosh 2005.
3. Kerimov.F. Sport sohasidagi ilmiy tadqiqotlar. O’quv qo’llanma. Tosh.
2004.
Sport iqtidorini erta aniqlashning zamonaviy nazariyasi va
uslubiyatining dolzarb muammolari
Sport iqtidori va iqtidor muammosini ko’rib chiqishdan avval, aytib o’tish
kerakki, hali bironta ham buyuk sportchi o’zining eng yaxshi natijasiga, boshidan
oxrigacha mustaqil Shug’ullanib erishmagan. Salohiyatni to’g’ri aniqlash va uni
to’g’ri qo’llay bilishga mutaxassislar va trenerlar yrdam beradi.
Professor
Balsevichning
fikricha
-
turli trenirovka ta’sirlarining
samaradorligini oshiruvchi, insonning jismoniysalohiyatini rivojlanishini
rag’batlantiruvchi kamida ikki turdagi sensitivliklar mavjud. Birinchi darajadagi
sensitivlik – genotipik va ikkinchi darajadagi sensitivlik – fenotipik, trenirovka
samarasini oshir uchun zarur bo’lgan yana bir qator vositalar mavjud deb tahmin
qilish mumkin.
Bolani sportga erta y’naltirishning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib
«moslikning yuqori turi» (morfologik, funktsional, biomexanik, psixomotor)
xizmat qiladi.
Birinchi yuqori moslik deganda motorika, somatik moslik va rivojlanish
y’llarining (tezkor, sust yoki normal) xususiyatlarini tuShunamiz.
Tashqi hajmlardan kelib chiqqan holda tuzilgan somatik turlarning turli
yo’nalishdagi trenirovka yuklamalariga isbotlangan boshlang’ich turg’unligi,
hamda
somatik
turni
erta
baholash
va
rivojlanish
y’nalishlari,
jismoniytakomillashishning unumdor dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin
yaratadi. Bundan tashqari, y’naltirilgan ta’sirli – makrodavrlarning davomiyligini
aniqlash imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv sog’lomlashtiruvchi
jismoniytarbiyaning samaradorligini oshiradi.
Amaliy hisoblar, har bir yosh guruhida yetarli ravishda morfobiomexanik
ko’rsatkichlarini (biologik yosh indikatorlarini) rivojlanishining yuvenil va
definitiv pog’onasidagi shaxslarni aniqlash imkoni borligini ko’rsatdi.
Biron biologik yosh indikatorini ma’lum sur’atida rivojlanaytgan bolalarni
aniqlash uchun, har bir guruhda o’zgarmas – qonstantalar hisoblangan
(o’rganilaytgan belgilar rivojlanishining boshlang’ich va yakuniy pog’onasidagi
bolalar foizi). Olingan raqamlarning tahlili, 25-50-75% o’rganilaytganlarning
belgilari turli darajada rivojlangan aniq yoshni aniqlash imkonini beradi.
4 – 12 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanish qonuniyatlari ixtiyriy bolalar
jamoasida ma’lum pog’anada rivojlangan iqtidorli bolalarning tahminiy miqdorini
belgilash imkonini beradi.
Biroq ushbu uslubni, ko’p vaqt oluvchi mushkul algebraik hisoblashlar
o’tkazilishi lozimligi tufayli amaliytda qo’llash maqsadga muvofiq emas, grafik
differentsiatsiya yrdamida hisoblashlar ancha qulay. Tadqiqotlar natijalari
jamoaning biologik yoshini o’zgarishi sur’atini oldindan aytishda qo’l keladi,
demak yosh sportchilarning trenirovka yuklamalarini ilmiy asoslangan holda
rejalashtirish mumkin, tenglamalar esa har bir guruhda biologik yosh indikatorini
ma’lum sur’atida rivojlanaytgan bolalarni aniqlash imkonini beradi.
9 yoshgacha bo’lgan mezosomatik (tengdoshlar orasida bo’y va vaznnning
o’rtacha ko’rsatkichlari) turga mansub bolalarning jismoniy rivojlanish dasturini
tuzish vaqtida tashqi ko’rinishining rivojlanishiga e’tibor berish kerak, 11 yoshdan
keyin – probanda rivojlanishiga. 9 dan 11 yoshgacha bolalar uchun
jismoniyyuklamalar hajmini belgilash mushkul masala, chunki rivojlanishning
somatik va davriy ta’sir xarakteristikalari o’zaro teng, korrelyatsiya koeffitsientlari
aniq emas.
Bolalar va o’smirlarning rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda, har bir
somatik tur uchun o’z baholash jadvallari ishlab chiqilishi lozimligi aniqlangan.
Y’naltirishning tashqi ko’rinishini baholash yondashuvi 10 yillik sinovdan o’tgan
va umumta’lim maktablari, BO’SMlar amaliytida, hamda o’sib kelaytgan avlodni
sog’lomlashtirish dasturlari ishlab chiqishda qo’llash uchun tavsiya qilish mumkin.
Ikkinchi funktsional yuqori moslik deganda, odatda bir xil vaqtda
rivojlanmaytgan jismoniysifatlar, hamda sport turiga bog’liq bo’lgan – sensitiv
davrlar yoki belgilangan vaqtga doim ham mos kelavermaydigan tarbiyaviy sifatlar
tushuniladi.
Morfologik va funktsional ko’rsatkichlarning rivojlanish sur’atini
ko’rsatuvchi qo’shimcha koordinatani kiritilganligi funktsional yondashuv
imkoniyatlarini kengaytirdi.
Jismoniysifatlarning o’sish sur’atlarining qiysiy tahlili maktabgacha va
maktab ta’limi tizimida umumiy rivojlantiruvchi mashg’ulotlar bilan
Shug’ullanaytgan bolalarning jismoniy rivojlanish darajasi sustligini ko’rsatmoqda.
Ravshanki,
olingan
natijalar,
bolalarning
jismoniy
sifatlari
notekis
rivojlanaytganligini va tarbiyalanaytganligini ko’rsatmoqda, bu hol yana bir bor
har bir ma’lum yoshning «o’zining» sensetiv davri borligini tasdiqlaydi.
Jismoniyetilishgacha bo’lgan davrda jismoniyimkoniyatlar ancha aniq baholanishi
mumkin, Keyinchalik testlar natijalariga ko’plab tibbiy-biologik omillar «suqulib»
kiradi, natijada, ularning har birini birlamchi tahlilsiz qanday ko’rsatkichlar
yrdamida ma’lum natijaga erishildi degan savolga javob topishni imkoni
bo’lmaydi.
Erta saralashning uchinchi jihati – biomexanik - morfologik va funtsional
moslik ko’rsatkichlariga qaraganda ancha yuqori, imkoniyatlarning boshqacha sifat
saviyasini aks ettiradi. Ko’p hollarda u, tanlangan harakatni dinamik va kinematik
xarakteristikalarini muvofiqlashtiruvchi-texnik mosligini yoki biomexanik ta’sir
usullari bilan belgilanadigan bolaning imkoniyatlari salohiyati tizimi ko’zda tutadi.
Boshlang’ich sinflar bolalarining kuch va tezlik-kuch imkoniyatlari tadqiqoti
natijalari ko’rsatishicha, kuch gradienti xar xil morfobiologik turlarga mansub
bolalarda o’zining xususiyatlariga ega. Kuchni vaqt bo’yicha o’zgarishi chizig’i
kuchni eng yuqori darajaga chiqishida (tez, o’rtacha, sust) ma’lum qonuniyatlar
mavjudligini ko’rsatadi, bunda, zarur sport ko’nikmalarini boshlang’ich
pog’onalarda o’rgatish va takomillashtirishda yangicha yondashuv to’g’risida gap
ketmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |