Sport imkoniyatlari va qobiliyatni aniqlash
Sportda saralash nazariyasi va uslubiyatiga bag’ishlangan ko’p
tadqiqotlarda (Bril, 1980; Bulgakova, 1986; SHaposhnikova, 1994) sport
imkoniyatlari va sport qobiliyatini baholashning maxsus texnologiyasi
qo’llanilmoqda. Bunday texnologiyaning asosiy ma’nosi oliy malakali
sportchilarning model xarakteristikalarini o’rganish va aniqlash, sport natijasiga
ta’sir ko’rsatuvchi ko’rsatkichlarning axborotli-ligini, turg’unligini va genetik
zaminini o’rganish, hamda tashkiliy masalalarni asoslashdan iborat.
Mazkur tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati so’zsiz kattadir.
Biroq, bunday mushkul muammoni echishga qo’l urishdan oldin «sportda
saralash» tuShunchasiga aniq ta’rif berish, so’ngra nafaqat takiqotlar predmeti,
balki ularning yo’naltirilganligini e’tiborga olgan holda uning mezonlarini ham
aniqlash lozim.
V.Filinning (1987) fikricha sportda saralash – tashkiliy–uslubiy
tadbirlar tizimi asosida, ma’lum sport turida ixtisoslashish uchun bolalar, o’smirlar
va yoshlarning imkoniyatlari va qobiliyatlarini aniqlashdir. Tadqiqotchilar va
amaliytchilarning diqqat markazida qobiliyatlar, ya’ni tabiiy, anatomo-fiziologik
hususiyatlar va imkoniyatlar – ma’lum faoliyat turida muvaffaqiyat qozonish
mumkinligini belgilovchi insonning shaxsiy xususiyatlari bo’lishi kerak. Ixtiyriy
faoliyatda, jumladan sportda ham yuqori natijalarga erishish imkoniyatlar – iqtidor,
iqtidorni eng yuqori shakllarini namoyn bo’lishini taqozo etadi. Shuning uchun
«sportda saralash» tuShunchasi ta’rifiga «iqtidor» tuShunchasini qo’shish
maqsadga muvofiqdir (Platonov, Saxnovskiy, 1988). V.Platonov (1987) sportda
saralashga, ma’lum sport turida yuqori natijaga erishishi mumkin bo’lgan eng
iqtidorli insonlarni qidiruv jarayni sifatida qaraydi.
Tadqiqotchilarning
fikricha,
sportda
saralash
muammosiga
yondashuvlarni va uni o’rganish usullarining ko’pligi hamda qarama qarshiligi
tufayli tadqiqit predmetini har xil tuShunish masalasini keltirib chiqardi. Shuning
uchun, kelgusida sportda saralash tizimini ishlab chiqishda qobiliyat, imkoniyat va
iqtidor kabi tuShunchalarni (sport faoliyati nuqtai nazaridan) aniqlashtirib olish
lozim. «Sport iqtidori» tuShunchasiga ta’rif berish ko’p bahlarni keltirib chiqardi,
ba’zi mualliflarning fikricha u tug’ma qobiliyat va imkoniyatlar uyg’unligi bo’lsa
(V.Volko, Filin, 1983; Zaporjanov, 1997), boshqalarning fikricha – genetik
asosdagi morfofunktsional, motor va psixofizik xususiyatlardir.
O’tkazilgan nazariy tahlil va amaliy tadqiqotlar natijalari, sport
iqtidorini – sportda yuqori natijalarga erishishni ta’minlovchi imkoniyatlar
yig’indisi deb qarash lozimligini ko’rsatdi.
Trenirovka va bellashuvlar ta’siri ostida qobiliyatlar harakat,
jismoniyva psixik imkoniyatlarga aylanadi. Qobiliyatlarning ahamiyatini bunday
tuShunish yondashuvi, avvalo zamonaviy sportning talablaridan kelib chiqqan,
chunki, V.Keller (1995) va V.Platonovlarning ta’kidlashicha bellashuvlar
sharoitida insonning harakat, jismoniyva psixik salohiyatini tadqiq qilish mumkin.
Demak, qobiliyatlar mohiyatini aniqlovchi va sport iqtidorini yadrosi bo’lgan
belgilar to’g’risida ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumot sport bilan
Shug’ullanishning boshlang’ich bosqichidan to yuqori sport natijalari bosqilariga
qadar qamrab oladi.
Hozirgi davrda, turli sport yo’nalishlaridagi natijalarga morfologik,
fiziologik, psixofiziologik va boshqa belgilarning ta’siri, hamda sport
muvaffaqiyatlarini ta’minlovchi ko’p ko’rsatkichlarning genetik asosi to’g’risida
yetarlicha ma’lumotlar mavjud.
Muammoni tadqiq etishni davom ettirish, sport iqtidorini, ko’plab
o’zaro bog’langan komponentlardan tashkil topgan, aniq strukturaga ega bo’lgan
rivojlanuvchi tizim sifatida o’rganishni talab qiladi. Bu jaraynda olingan
ma’lumotlar sport iqtidori mezonlarini ishlab chiqishga sezilarli ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Bunda strukturani ham umumiy, ham maxsus sport iqtidori ko’rinishida
o’rganishni nazarda tutish kerak.
Masalani bunday qo’yilishidan kelib chiqqan holda turli sport
yo’nalishlarida sport qobiliyatining yosh bo’yicha strukturasini o’rganish bo’yicha
tadqiqotlar tashkil qilindi. Tadqiqotlar dasturi o’z ichiga jismoniyimkoniyatlarning
rivojlanish
darajasini
xarakterlovchi
(pedagogik
mezon),
antropometrik
ko’rsatkichlar (somatometrik mezon), hamda asab tizimining va tipologik guruhni
(psixofiziologik mezon) asosiy xususiyatlari aks ettiruvchi psixofiziologik
ko’rsatkichlar parametrlarini o’lchashni qamrab olgan. Hisoblar va tahlil ko’plab
determinatsiya koeffitsienti (foizlarda) yrdamida bajarilgan; har bir mezonning
sport natijasiga yig’indi va tanlangan holdagi ta’siri baholangan.
Misol tariqasida sportning tezlik – kuch turida (yengil atletikada
sakrash) sport iqtidorini yosh bo’yicha strukturasini o’rganish bo’yicha
ma’lumotlarni keltiramiz.
Tadqiqotlar natijalari boshlang’ich tayyorlov davrida yosh qiz
sportchilarning sport natijalariga jismoniyimkoniyatlarning rivojlanish darajasi
ta’sir ko’rsatadi. Xulosa qilish mumkinki, bu erda trenirovka ta’sirining samarasi
juda yuqori, yuqori natijalar bosqichida esa bunday deb bo’lmaydi, bu erda sport
natijasi asosan asab tizimining holatiga bog’liq. Agar biologik belgilarni
(somatometrik va psixofiziologik) sport natijalariga ta’sirini yig’indisini
ko’radigan bo’lsak, ularning ham boshlang’ich, ham yuqori natijalar bosqichida
katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tish zarur (40,0 va 49,3%).
Ysh sportchilarning natijalari tahlil qilinganda biroz boshqacha
ma’lumotlar olingan. Sport tayyrgarligining birinchi ikki bosqichlarida o’g’il
bolalarning sport natijasiga biologik belgilar katta ta’sir ko’rsatgani qayd etilgan.
Tadqiqotlar natijalari asosan genetik asosdagi biologik belgilarning
sport iqtidori strukturasida ta’siri yuqoriligini, hamda yosh bo’yicha va jinsiy
farqlarga egaligini ko’rsatdi.
Shunday
qilib,
sport
iqtidorining
majmuaviy
tadqiqotlari
tayyorlovning turli bosqichlarida sportda saralash mezonlarining tarkibini ishlab
chiqish uchun ma’lumotlar olish imkonini beradi, hamda sportda saralashning eng
asosiy vazifalaridan biri – birinchidan, tayyorlovning boshlang’ich bosqichida
sport iqtidorini, ikkinchidan chuqurlashtirilgan sport ixtisosligi bosqichida maxsus
iqtidori darajasini aniqlash va baholash imkonini beradi.
Umumiy sport iqtidori strukturasini o’rganish bo’yicha aniq vazifalar
qo’yamiz, hususan:
1. Faqat, barcha sport turlari vakillari faoliyatining, trenirovka jarayni
va bellashuvlar yuklamalarining zamonaviy talablarini tahlili asosida;
2. Katta trenirovka yuklamalari va ulardan so’ng kuchlarni tez qayta
tiklanishi yuqori malakali sportchilarga xos; bu a’lo darajadagi sog’likni,
jismoniysifatlarning rivojlanganlik saviyasi bilan belgilanadigan mehnatsevarlik
darajasi; tana tuzilishi va samototip xususiyatlarini o’rganishning ahamiyatini
ta’kidlab o’tish joiz;
3. Sportning ko’p turlarida, natija, mashqlarni bajarilish sifati bilan
belgilanadi, ular harakatlarning aniqligini, mushaklar ta’sirchanligi va boshqa Shu
kabi harakat imkoniyatlarini yuqori saviyada rivojlanishini ta’minlaydigan
xususiyatlarni talab qiladi;
4. BellaShuvlar faoliyati asab tizimiga, emotsional turg’unlikka, o’z
tuyg’ularini boshqara bilish sifatlariga katta talablar qo’yadi;
5. Sport iqtidorligiga, sportda yuqori natijaga erishishga yrdam
beruvchi harakat, jismoniyva psixik imkoniyatlarni yig’indisi sifatida qaraladi;
sport turiga bog’liq holda bu imkoniyatlarning ahamiyati o’zgarib borishi mumkin;
6. Sport iqtidorini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlar, uni, yuqori
sport natijalariga erishishni ta’minlovchi, ma’lum darajada strukturaga ega va
tarkibiy qismlari o’zaro bog’langan va rivojlanuvchi tizim ekanligini nazarda
tutishi lozim.
Sport natijasi
Jismoniytayyrgarlik
Texnik tayyrgarlik
Psixologik
tayyrgarlik
Miqdor
Sifat
Miqdor-sifat
Jismoniyimkoniyatl
ar
Harakat
imkoniyatlari
Psixilogik
imkoniyatlar
Umumiy sport iqtidori
Maxsus sport iqtidori
Kuch, tezlik,
bardoshlik, egiluvchanlik
Fazo, vaqt, intilish
Bosiqlik,
ta’sirchanlik, suskashlik
Bolalar va o’smirlarni sport tayyrgarligining boshlang’ich bosqichida sport
iqtidorini ularning xarakt va jismoniy sifatlari, hamda pedagogik kuzatuvlar,
so’rovlar ko’magida aniqlash, somatik rivojlanishi va emotsional turg’unligini
baholashni so’rovnomalar yrdamida o’tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |