Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.6.O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish 
O’zbekistonda  bolalar  sportini  bundan  buyn  ham  yanada  rivojlantirish 
vazifasi  qo’yilgan.  O’zbekiston  Respublikasi  Sog’liqni  saqlash  Vazirligining 
pediatrik xizmati ma’lumotlariga asoslangan holda bolalar orasida  xavfli guruhga 
kiritilgan,  ularda  yurak  qon  tomir  tizimi  xastaliklari    va  nazoratga  olish  tavsiya 
etilgan, nafas olish va modda almashish tizimida turli kasalliklar hamda nixoyatda 
xavfli  guruhga  organizmni  himoya-immun  tizimi  faoliyatini  susayib  ketganligi 
sababli  turli kasalliklar vujudga kelishi mumkin bo’lgan xastaliklarni oldini olish 
chora  tadbirlari  ishlab  chiqarilmoqda.  Bolalarda  tayanch-harakat  apparati 
kasalliklari  ham  e’tiborga  olingan.  O’spirin  va  yoshlar    salomatligi    tahlil 
qilinganda    eng  keng    tarqalgan  kasalliklardan    –  bu  kardiorespirator  tizimining 
kasalliklari, vegeto-tomirli distoniya, funktsional kardiopatiya, vaznning me’yrdan 
ortiqcha  bo’lishidir.  Ma’lumki  inson  salomatligiga  har  xil  omillar  quyidagicha 
ta’sir ko’rsatadi: 50%  - turmush tarzi,   20% tashqi muxitning ta’siri, 20% - irsiy 
ta’sir va 10% tibbiy yrdam tashkil qiladi. (Gulyamov N.G., Safarova D.D. 2006). 
Inson  salomatligini  sog’lomlashtirishda  jismoniy  tarbiya  vositalari  muhim 
ahamiyatga ega. 
Yuqorida  ta’kidlangan  kasalliklarni  oldini  olish  va  kasallikning  ilk 
ko’rinishlari  davrida  jismoniy  harakatlar  yrdamida  mavjud  kasalliklarni  davolash 
mumkinligi  hech  kimga  sir  emas.  Oddiydan  murakkabga  va  yengildan  qiyinga 
tamoyillariga hamda to’g’ri y’lga qo’yilgan uslublarga asoslangan jismoniy tarbiya 
inson  organizmining  sog’lom  bo’lishiga  yrdam  beradi.  Sog’lomlashtiruvchi 
jismoniy  tarbiyani  asosiy  vositasi    -  jismoniy  mashg’ulotlar.  Jismoniy 
mashg’ulotlar  bilan    muntazzam  ravishda  Shug’ullanish  natijasida  harakatlarni 
tiklash  turli  chetlanishlarni  bartaraf  etish  tufayli  birinchi  bosqichida  davolash 
samarasi, so’ng - sog’lomlashtiruvchi va keyingi bosqichda mashqlanish samarasi 
paydo  bo’lishini  kuzatish  mumkin.    Sog’lomlashtirishni  asosiy  komponenti  - 
sog’lik  darajasini  baholashga  ahamiyat  berilmaydi.  O’quv  jaraynida  esa  nafaqat 


o’qitishga, bilim berish bilan birga o’spirin va yoshlar salomatligini shakllantirishi 
lozim. Bugungi kunda O’zbekistonda joylarda sport turlari bo’yicha markazlar va 
mintaqaviy  federatsiyalar  tuzilishi  natijasida,  qizlarning  sport  turlari  bilan 
Shug’ullanishlariga  keng  imkoniyatlar  yaratildi,  ayniqsa  2011  yilga  kelib  badiiy 
gimnastika  bilan  Shug’ulanadigan  qizlarning  soni  uch  kirra  oshdi.    Har  bir  sport 
bilan Shug’ulanish uchun yoshga qarab o’zgarishlarni albatta inobatga olish zarur, 
chunki ma’lum yoshga qarab intervalda o’ziga xos jismoniy sifatlarni rivojlantirish 
mumkin. Bundan tashqari qizlar va ayllar sporti o’ziga xos xususiyatlarini albatta 
e’tiborga olish lozim.  
Organizmning  rivojlanish  jarayni  postnatal  ontogenezda    bolalarda  bir  tekis 
bormaydi.  Masalan,  pubertant  davri  11-15  yoshgacha  davom  etib,  o’g’il  bolalar 
bilan  qizlarning  gavdalarida  tashqi  ko’rinishdagi  ikkilamchi  jinsiy  belgilar 
rivojlanadi.  Qizlarning  tana  tarkibidagi  yg  to’qimalari  o’g’il  bolalarga  nisbatan 
yaxshi  takomillashadi,  terisida  tuklari  kam  bo’ladi,  ko’krak  bezlari  yaxshi 
rivojlanadi.  O’g’il  bolalarning  terisi  sertuk  va  dag’alroq  bo’lib,  ko’krak  bezlari 
qoldik sifatida uchraydi. 
Balog’atga yetish  (o’spirinlik) davri -  15-20 yosh. Bu davrda o’g’il bolalar 
o’spirin  bo’lib,  qizlar  (13-14  yoshdan  18  yoshgacha)  balog’atga  yetadi. 
Organizmning umumiy rivojlanishi 23-25 yoshgacha davom etadi. Shunday qilib, 
erkak  va  aylga  ajratadigan  ikkilamchi  yoki  tashqi  alomatlar  paydo  bo’ladi. 
Umuman  qizlar      tanasi    bolalar    tanasiga  qaraganda  uzunroq  bo’lib,  qo’l  va 
oyoqlari  kaltaroq,  yyelkalari  qisqaroq,  chanoq  bo’lagi  keng  va  kattarok  bo’ladi.  
Keyinchalik  ham  tana  tuzilishidagi  tafovut  ko’proq  namoyn  bo’ladi.  Ayllarning 
bo’ylari  erkaklarnikidan  pastroq,  og’irligi  esa  o’rtacha,  bir  oz  kamroq  bo’ladi. 
Erkaklarda  muskullarning  vazni  gavdaning  umumiy  vazniga  nisbatan  40%ni 
tashkil etadi. Ayllarda   muskullar massasi erkaklarga nisbatan 8-10% kam bo’lib, 
32%  ni  tashkil  etadi.  Aylning  ko’krak  qafasi  erkaklarnikiga  nisbatan kalta  va  tor, 
qorni kattaroq bo’ladi. 
O’spirinlik  davridan  etilgan  yoshga  o’tish,  ayllarda  20  yoshdan  40  gacha, 
erkaklarda 25  - 45 gacha davom etib, so’ngra  keksalik  va 70 yoshdan boshlab esa 


qarilik  boshlanadi.  Uzoq  umr  yashovchilar  odatda  90  yoshga  kirgan    odamlardan 
boshlab hisoblanadi.  
Yshga qarab ro’y beradigan o’zgarishlarni V.G. Koveshnikov, B.A.Nikityuk, 
1992  fikricha  turli  tezlikda  harakat  qilayotgan  ikki  qavatli  paroxodga  o’xshatish 
mumkin.  Xar  bir  qatlamdagi  passajirlar  paroxodni  tezligiga  qaramasdan  o’z 
joylarini  egallab,  hammalalar  bilan  olga  harakatlanadi.    Yshga  qarab  o’zgarishlar 
sinxroniya  va  geteroxroniya  jaraynlari  asosida  rivojlanadi.  Geteroxroniya  jarayni 
himoyalash  vazifani  bajarishga  moslangan  bo’lib,  organizmning  aynan  Shu  vaqt 
uchun zarur bo’lgan  o’zgarishlarni saqlab berish va ular uchun sharoitlarni yaratib 
berishni  ta’minlaydi.    Rivojlanishga  xos  geteroxroniya  ayniqsa  akseleratsiya 
jaraynida namoyn  etiladi  ya’ni,  yoshga  qarab o’zgarishlarni tez  ketishi ko’rinadi. 
Masalan,  haddan  tashqari  bo’yi  cho’zilgan  o’smirda  yurak  va  yirik  qon  tomirlar 
xajmlarining  kichik  bo’lishi,  bu  bolani  jismoniy  va  aqliy  faoliyatini  susayishiga 
olib keladi. 
Sinxroniya  geteroxroniyaga  qarama-qarshi  jaraynidir.  Bunga  misol  qilib,  bir 
vaqt  ichida  bir  nechta  tizimda  morfo-funktsional  o’zgarishlar  rivojlanishini 
ko’rsatish  mumkin.  Masalan,  turli  yuklamalar  ta’sirida  muskullarda  morfologik 
o’zgarishlar  rivojlanadi.  Muskullarning  birikish  joylari  suyak  yuzalarida 
bo’lganligi uchun ma’lum bo’lgan o’zgarishlar suyaklarda ham rivojlanadi. Suyak 
va muskullarning faoliyati esa qon – tomir va nerv tizimlarning ishi bilan bog’liq. 
Demak,  o’ziga  xos  o’zgarishlar  qon  tomirlar  va  nerv  tizimlarda  ham  rivojlanadi. 
Geteroxroniya  va  sinxroniya  jaraynlari  bir  biriga  qarama  qarshi  jarayn  bo’lishi 
qaramay,  organizmni  yaxlit  bir  butunlik  sifatida  jipslashtiradi  va  konstitutsiyani 
tashkil etuvchi barcha komponentlarini bog’liq xolda, ontogenez bosqichlari bilan 
bog’langan xolda yoshga qarab xos belgilarni rivojlanishini va  namoyn etilishini 
ta’minlab beradi. 
Oxirgi  paytlarda  biologik  yoshni  aniqlashda  fiziologik  ko’rsatkichlarni  yoki 
a’zolar  ichida  rivojlanaytgan  mikrostruktura  o’zgarishlarni  asos  qilib  olish 
harakatlar  qilinmoqda.  Shuni  aytib  o’tish  kerakki,  tekshiruvchining  biologik 
yoshini  aniqlashda,  unda  namoyn  etilgan  belgilar    ishlab  chiqarilgan  va  qabul 


qilingan  yoshga  qarab  standartlar  buyicha  tasdiqlangan  ko’rsatkichlar  bilan 
solishtiriladi. Akseleratsiya jaraynini hisobga olgan holda bu standartlar vaqti vaqti 
bilan  yangilanib  turadi.  Bolalar  orasida  jismoniy  rivojlanishni  baholash  uchun 
ommaviy    tekshirishlar  o’tkazilganda,  organizmning  taraqqiyt  darajasini 
ifodalovchi  informativ bo’lgan ayrim  ko’rsatkichlardan foydalaniladi.  
    Harakatchanlik  faollikning  rivojlanishi  umumiy  jismoniy  tarbiya  uslublari 
asosida  negizlanadi.  Jumladan,  kuch  imkoniyatlarini  tarbiyalash  uchun  cheksizlik 
sa’y-harakalari uslubini ko’plab takrorlash orqali, musobaqali va o’yinli uslublarga 
kuch  xarakteridagi  mashqlarni  kiritgan  holda  qo’llash  maqsadga  muvofiqdir. 
Badiiy  gimnastika  va  akrobatika  sport  turlari  vositasitasida  bir  qancha  jismoniy 
sifatlarni  rivojlantirish  mumkin.      Tezkorlik  –  takroriy,  rivojlanuvchi  mashqlar, 
o’yinli va musobaqali usullar orqali rivojlantirilishi mumkin: 
   Chidamlilik  bir  maromdagi,  uzluksiz,  takroriy,  tanaffusli  mashqlar,  o’yinli 
va musobaqali usullar orqali rivojlantiriladi. 
   Egiluvchanlik mahalliy (mashqlar alohida olingan bo’g’inlarning harakatini 
rivojlantirishga  y’naltirilgan  bo’ladi),  integralli  (mashqlar  harakatlar  bo’g’inlar 
tizimida  keng  quloch  yyishi  uchun  y’naltirilgan,  harakatli  vaziyatlarga  bog’liq 
holda tana holatini o’zgartirishga imkon beradigan), o’yinli va musobaqali usullar 
orqali rivojlanadi. 
    Chaqqonlik  maxsus  mashqlar  –  mushakli  sa’y  –  harakatlarning 
differentsiallashishi, bo’shliqni differentsiallashtirish, qobilyatini takomillashtirish, 
vaqt  davomida  harakatlarni  differentsiyalash,  muvozanatni  saqlash  funktsiyalarini 
takomilashtirish, taqsimlangan zo’riqishlar va bo’shashishlar uyg’unligi yrdamida 
rivojlantirilishi  mumkin.  O’z  ichiga  yugurish,  to’p  otish,  tepaga  ko’tarilish  kabi 
chaqqonlik estafetalari ham yaxshi foyda beradi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish