Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


Bellashuv sportning asosiy xususiyati



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.3.Bellashuv sportning asosiy xususiyati 
Sport  turlari  bo’yicha  musobaqa  o’tkazish  –  o’quv  mashg’ulot  jarayonining 
ajralmas  qismidir.  Zero  aynan  musobaqa  sportchining  bellashuvlarga  qanchalik 
tayyorlanganligini  tekshiruvchi  asosiy  vosita  hisoblanadi.  Musobaqalar  muayyan 
davrda o’tkazilgan o’quv faoliyatiga to’g’ri va halol yakun yasashda katta faoliyat 
ko’rsatadi,  musobaqa  qatnashchilarining  ahloq-matonat  bobida  qanchalik 
chiniqqanligini  tekshiruvchi  samarali  vosita  bo’lib  xizmat  qiladi  va  ularda 
hamjihatlik,  uyushqoqlik  va  intizomlilik  xislatlarini  rivojlantirishga,  shuningdek 
sabot va matonatni chiniqtirishga yordam beradi. U yoki bu tashkilot a’zolarining 
musobaqalarda ko’rsatgan yutuqlariga qarab, o’quv-mashq jarayonining bo’lg’usi 
yo’nalishi  aniqlanadi,  o’quv-mashq  ishlari  metodikasiga  kuzatishlar  kiritiladi  va 
hokazo. 
Bundan  tashqari  musobaqalar  oshkora  tashviqotning  eng  ishonchli  vositasi 
bo’lishi  mumkin.  Yaxshi  yushtirilgan  va  tantanali  ravishda  o’tkazilgan 


musobaqalar, uning ishtirokchilari va tomoshabinlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib 
qoladi, shu bilan birga ko’p sonli yoshlar ommasini sport dargohiga jalb qilishda 
ijobiy rol o’ynaydi. 
Bizning  mamlakatimizda  sport  musobaqalari  tizimi  o’z  an’analariga  ega. 
Bizda  sport  bellashuvlari  o’zaro  muqobillikka  amal  qilingan  holda  reja  bilan  va 
muntazam ravishda o’tkaziladi. 
Musobaqalarning  turi  ularning  maqsadi,  shakli,  ko’lami  va  xarakteri  bilan 
ifodalanadi: 
1.  Musobaqalar  o’z  maqsadi  va  yo’nalishiga  qarab  quyidagi  ko’rinishlarga 
ega: 

 
o’qish  –  ma’lum  bir  davrda  olib  borilgan  o’quv-mashq  mashg’ulotlariga 
yakun yasaydi; 

 saralash  –  bundan  keyingi  yanada  kuchliroq  musobaqalarda  qatnashadigan 
nomzodlarni aniqlaydi; 

 birinchilik  –  eng  kuchli  sportchilarni,  eng  yaxshi  jamoalar  va  sport 
jamoalarini kashf g’iladi; 

 match uchrashuvlari – ayrim jamoa va jamoalar o’rtasida tajriba almashishga 
xizmat qiladi; 

 
yengillashtirilgan  dastur  bo’yicha,  me’yoriy  talablar  bo’yicha  ommaviy 
musobaqalar – sportning u yoki bu turini targ’ib qiladi; 

 
sovrin  o’yinlari  (eng  kuchlilar  uchrashuvi:  bunda  g’oliblar  sovrin  bilan 
taqdirlanadi); 

 spartakiadalar (yakunlovchi kompleks musobaqalar). 
2. Musobaqalarning sinov shakllari quyidagicha bo’lishi mumkin: 

  shaxsiy birinchilik (eng yaxshi sportchi aniqlanadi); 

  jamoalar birinchiligi (eng yaxshi jamoa aniqlanadi); 

  shaxs – jamoa birinchiligi. 
2. Ko’lam bo’yicha musobaqalar shunday farq qilinadi: 

  tuman, shahar musobaqalari

  shahar musobaqalari; 



  viloyat musobaqalari; 

  respublika musobaqalari; 

  mintaqa musobaqalari; 

 
mustaqil davlatlar hamdo’stligi bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar; 
4. Musobaqalarning vakolat bo’yicha turlari: 

  hududiy musobaqalar; 

  korxonalararo musobaqalar; 
5. Musobaqalar xarakter jihatidan shunday tasnif qilinadi: 

  yopiq  va  ochiq  musobaqalar  (tayyorgarlik  darajasi  musobaqa  dasturi 
talabiga  mos  kelgan  har  qanday  sportchi  bunday  musobaqalarda  qatnashishi 
mumkin); 

 
tasnif  qilingan  (butun  mamlakat  bo’yicha  yagona  sport  tasnifining  barcha 
talablariga to’la amal qilish) va g’ayri tasnif musobaqalar; 

  sirtqi musobaqalar; 

 
«qog’ozdagi»  musobaqalar  (oldindan  ma’lum  bo’lmagan  dastur  bo’yicha 
o’tkaziladi); 

 
konkurslar  (maxsus  ko’p  turda  bellashuv  bo’yicha  o’tkaziladigan 
musobaqa); 

 
namunali  musobaqalar  (bunda  eng  iste’dodli  sportchilar  o’zlari 
shug’ullanadigan sport turlarini tashviq va targ’ib qiladilar); 
Har  qanday  musobaqa  oldiga  bir  qator  vazifalar  qo’yiladi.  Masalan,  maktab 
birinchiligi  uchun  o’tkaziladigan  musobaqada  ayni  chog’da  sportning  biron  turi 
bo’yicha  umumiy  xulosa  chiqarish,  eng  kuchli  sportchilarni  aniqlash  va  tuman 
birinchiligi uchun o’tkaziladigan musobaqada qatnashuvchi terma jamoa tarkibini 
belgilash mumkin. 
Musobaqaga  tayyorlanish  ikkita  muhim  bosqich  bo’yicha  amalga  oshiriladi: 
nizom tuzish va musobaqa o’tkazish rejasini ishlab chiqish. 
Nizom  –bu  musobaqa  o’tkazuvchi  tashkilot  tomonidan  tasdiqlanuvchi  xujjat 
bo’lib, musobaqa qatnashchilari va rahbar shaxslarning butun tayyorgarlik faoliyati 
shu  nizom  asosida  rejalashtiriladi.  Bu  nizom  musobaqa  taqvimiga  rioya  qilingan 


holda tuzilib, musobaqaga qatnashuvi jamoalarga musobaqa boshlanishidan uch oy 
oldin yuboriladi. Nizomda quyidagilar qayd etiladi: 
1.  musobaqaning nima maqsadda o’tkazilishi va vazifalari
2.  musobaqaning qayerda va qachon o’tkazilishi; 
3.  musobaqa rahbariyati
4.  musobaqa dasturi; 
5.  sportchilarning yosh va jins yuzasidan cheklanishi, jamoalarning miqdoriy 
tarkibi; 
6.  sportchilarni  musobaqaga  kiritish  va  g’oliblarni  aniqlash  (sinovga 
qatnashuvchilar  soni,  sinov  shartlari,  musobaqaga  qatnashish  haqida 
dastlabki va oxirgi istaknoma yuborish muddati). 
7.  g’oliblarni mukofotlash. 
Bo’lg’usi  musobaqalarga  tayyorgarlik  ko’rish  ishlariga,  ularning  qanday 
ko’lamda bo’lishidan qat’iy nazar, musobaqa boshlanishidan ancha oldin kirishish 
lozim bo’ladi. 
Dastavval  musobaqalar  o’tkaziladigan  joy,  ularning  muddati,  ko’lami 
aniqlanadi  va  ularni  o’tkazish  haqida  nizom,  shuningdek,  sport  qo’mitasi 
tavsiyasiga  binoan  bosh  hakamlar  hay’ati  (yoki  bosh  hakam)  tasdiqlanadi, 
musobaqaga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish rejasi ishlab chiqiladi. 
Bo’lg’usi  musobaqalarning  qancha  vaqt  davom  etishini  aniqlash  uchun 
dasturning  hajmi  va  mazmunini,  musobaqa  qatnashuvchilarining,  xakamlarning 
tahminiy  miqdorini,  bu  vazifalarni  bajarishda  sport  bazasining  nimalarga  qodir 
ekanligini  hisobga  olish  kerak  bo’ladi.  Musobaqalarning  muvaffaqiyatli  o’tishi 
ko’p  jihatdan  musobaqa  joyini  tanlash  va  uni  shay  qilishga  bog’liq.  Sport 
bazasining  qudrati  (uning  bajaruvchilik  imkoniyati)  musobaqa  muddatini  va  uni 
o’tkazish jadvalini ifodalovchi eng muhim omillardan biridir.  Masalan, maktabda 
ommaviy  musobaqa  o’tkazish  uchun  majlislar  zali,  yo’laklar  va  sinflardan 
foydalanish mumkin. 
Bundan  tashqari,  sport  aslaha  va  anjomlarini  to’g’ri  joylashtirish,  musobaqa 
qatnashchilari,  tomoshabinlar  va  musobaqa  xizmatchilarini  to’g’ri  tanlash  haqida 


puxta  o’ylab  ko’rish  lozim  bo’ladi.  Musobaqaga  qatnashadigan  jamoalar,  agar 
musobaqa jadvalini o’z vaqtida qo’llariga olsalar, tayyorlik mashqlarini ham puxta, 
ham muvaffaqiyatli o’tkazishlari muqarrar. 
Bosh  xakamlar  hay’ati  bilan  tashkiliy  qo’mita  musobaqaga  tayyorgarlik 
ishlarining  navbatdagi  bosqichini  amalga  oshirishga    kirishar  ekanlar,  musobaqa 
nizomini  o’rganadilar,  musobaqaga  qatnashish  haqidagi  dastlabki  istaknomalar 
bilan  tanishadilar,  musobaqa  uchun  ajratilgan  joylarni  ko’zdan  kechiradilar. 
Bunday  tekshiruv  paytida  yordamchi  xonalar  (kiyimxona,  yechinish  xonasi, 
kotibiyat uchun ajratilgan xona, musobaqa oldidan razminka qilish joylari) yetarli 
miqdorda bo’lishi shartligini unutmaslik, aslaha, uskuna va anjomlarning, yoritish 
vositalari,  radio  apparatlar,  texnika  apparatlarining  soni  va  sifatini  ko’zdan 
kechirish,  musobaqa  joylarini  (masalan,  sport  anjomlari  qo’yiladigan  joy  qanday 
aniqlashni, hakamlar, tomoshabinlar, musobaqa qatnashchilari, tibbiyot xodimlari, 
axborotchi  hakam  va  boshqalarga  qanday  joy  ajratishni  puxta  o’ylash  kerak 
bo’ladi. Hakamlar hay’ati yana g’uyidagi vazifalarni bajarishi shart: 
1.  musobaqa  komendantini  tasdiqlash  (u  musobaqa  uchun  ajratilgan 
joylarning  benuqsonligi  va  sport  uskunalarining  yangiligini,  shuningdek, 
texnika xizmatlarini nazorat qiladi); 
2.  jamoalar tarkibini aniqlash
3.  qur’a tashlashni uyushtirish va o’tkazish; 
4.  hakamlar tarkibini aniqlash; 
5.  axborot berish uchun zaruriy hujjatlar, qarorlar, jadvallarni hozirlash.  
 Va  nihoyat,  tayyorgarlikning  oxirgi  bosqichida,  ya’ni  bevosita  musobaqa 
boshlanishi arafasida musobaqaga qatnashuvchi jamoalarning vakillari bilan majlis 
o’tkaziladi.  Anjom-aslahalarning,  uskunalarning  mashq  paytida  pand  bermasligi 
tekshiriladi, sportchilar esa mashq o’tkaziladigan joylar va sport uskunalarini sinab 
ko’radilar,  yana  hakamlar  hay’ati  bilan  tanishish  o’tkaziladi,  hakamlar  faoliyati 
texnikasi  yuzasidan  tushuntirish  mashg’uloti  olib  boriladi,  musobaqa  jadvali  va 
tartibi  haqida  ma’lumot  beriladi.  Ayni  paytda  musobaqa  qatnashchilarining  saf 
tortish  joyi,  ularning  musobaqagohga  chiqish  yo’li,  qanday  tarkibda  va  qanday 


formada  chiqishlari,  shuningdek  musobaqaning  ochilish  va  yopilish  an’analari, 
g’oliblarni  mukofotlash  tartibi  va  hokazo  vazifalarni  nihoyatda  aniq  belgilash 
lozim bo’ladi. 
Jamoalarning  majlisda  qatnashuvchi  vakillari  uchun  papkalar  tayyorlab, 
ularning ichiga chiptalar, dastur, eslatma, musobaqa o’tkazish jadvali, shuningdek 
yozish uchun oq qog’oz va boshqa kerakli narsalar solib qo’yish lozim bo’ladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish