Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


Sportdagi me’yoriy talablar



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.2.Sportdagi me’yoriy talablar 
Bizning mamlakatimizda me’yoriy talablarning izchil usullari, ya’ni jismoniy 
tarbiyaning barcha yoshdagi odamlar uchun mo’ljallangan dasturlari, «Alpomish» 
va «Barchinoy» me’yoriy talablarning 8 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan odamlarni 
qamrab oluvchi me’yoriy kompleksi va sportning butun mamlakat bo’yicha yagona 
tasnifi mavjud. 
Sportning butun mamlakat bo’yicha yagona tasnifi o’z shakllanish davrida bir 
necha bosqichni bosib o’tdi: 
1-bosqich  –  1860  yildan  1917  yilgacha.  Bu  sport  tasnifining  ilk  qadamlari 
bo’lib,  bu  paytda  mashq  bajarishning  yagona  talabi  bo’yicha  musobaqalar 
uyushtirila  boshlagan,  sportchilarga  darajalar  (razryadlar)  berilgan  (lekin  bu 
voqyealarning  hammasi  turli  paytda  yuz  bergan  edi.  Masalan,  suvda  suzish  va 
tennis  bo’yicha  –  1909  yilda,  muz  ustida  figurali  uchish  bo’yicha  1910  yilda  va 
hokazo). 
2-bosqich-  1917  yildan  1935  yilgacha.  Bu  davr  bugungi  yagona  sport 
tasnifining  ibtidosi  hisoblanadi.  Dastlabki  paytda  bu  tasnif  har  bir  joyning 
o’zigagina  xos  bo’lgan,  keyin  yigirmanchi  yillarga  borib,  sport  turlari  bo’yicha 
umumiy  vazifalar,  talablar  vujudga  keldi.  1934  yilning  avgustida  «sport  ustasi» 
unvoni ta’sis etildi (parashutchilar: Minina va Mashkov birinchi bo’lib bu unvonga 
sazovor bo’lishdi). 
3-bosqich-1935 yildan 1948 yilgacha.  


4-bosqich – 1949 yildan bugungi kungacha. 
Butun  mamlakat  bo’yicha  yagona  sport  tasnifining  takomillashishiga 
hukumatimizning  mamlakatda  jismoniy  madaniya  va  sportni  rivojlantirish 
borasidagi  qarorlari  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Sportda  razryad  me’yorlari  va  ularni 
bajarishga bo’lgan talablar oshirildi (ya’ni xalqaro mezon (standart) darajasigacha 
ko’tarildi). Sport tasnifi har to’rt yilda, jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga qarab, 
sportning  xalqaro  miqyosda  taraqqiyoti  darajasiga  ko’ra  o’zgarib  turadi.  Sport 
tasnifiga  me’yoriy  talablardan  tashqari  ilmiy,  tarbiyaviy,  sog’lomlashtirish 
vazifalarini hal qilish ham asosiy maqsad qilib qo’yiladi. 
Har gal sport tasnifi o’zgarganida, unga yangi-yangi sport turlari kiritiladi, bu 
turlar quyidagicha yo’nalishda taqsimlanadi: 
A. sportning Olimpiya turlari; 
B. harbiy-texnika turlari; 
V.  atrof-muhitni  idrok  etishga  qaratilgan  turlar  (turizm,  sportning  oriyentir 
olish (joyni, yo’nalishni aniqlash) turi va hokazo
G. milliy turlar. 
Unvon darajalari  (razryadlar) kengaytirildi:  Xalqaro  miqyosdagi sport ustasi, 
O’zbekiston  sport  ustasi, sport  ustaligiga nomzod,  I,  II, III darajalar  (razryadlar), 
yoshlarning  I,  II,  III  darajalari.  Yuqorida  sanab  o’tilgan  unvonlar  (darajalar)dan 
tashqari  yana  shaxmat  va  shashka  bo’yicha  “O’zbekiston  grossmasteri”  degan 
unvon va faqat shaxmat bo’yicha “IY darajali sportchi” unvoni beriladi. Shaxmat 
sohasida  “Xalqaro  miqyosdagi  sport  ustasi”  degan  unvon  berilmaydi.  Sportning 
milliy  turlari    bo’yicha  “Sportning  milliy  turi  bo’yicha  sport  ustasi”  degan 
darajagacha unvon beriladi. 
“Xalqaro  miqyosdagi  sport  ustasi”  unvoni  faqat  Olimpiya  o’yinlari,  jahon, 
Ovrupa  chempionatlari  va  boshqa  xalqaro  musobaqalar  dasturiga  kirgan  sport 
turlari bo’yicha beriladi. 
Uchinchi  va  to’rtinchi  darajalar  (razryadlar)  jismoniy  madaniyat  jamoalari 
kengashi  tomonidan,  II  va  I  darajalar  hamda  “Sport    ustasi  nomzodi”  unvoni 
jismoniy  tarbiya  va  sport  bo’yicha  tuman  va  shahar  qo’mitalari,  viloyat  va 


respublika  qo’mitalari  tomonidan  beriladi.  “Xalqaro  miqyosdagi  sport  ustasi”  va 
“Sport  ustasi”  unvonlarini  mamlakat  sport  boshqarmalari  va  sport  qo’mitasi 
bo’limlari  beradi.  “Sportning  harbiy-amaliy  turlari  bo’yicha  sport  ustasi”  degan 
unvon  respublika  mudofaa  vazirligi  qoshidagi  sport  qo’mitasi  raisining  buyrug’i 
bilan  beriladi.  “Sportning  “Vatanparvar”  (armiya,  aviasiya  va  flotga  ixtiyoriy 
yordam  ko’rsatish  jamiyati)  turlari  bo’yicha  “Sport ustasi”  unvoni  “Vatanparvar”  
Markaziy qo’mitasi tomonidan beriladi va b. 
Butun  mamlakat  bo’yicha  yagona  sport  tasnifi  sportning  dasturiy  me’yoriy 
talabidir.  Bu  tasniflash  «Alpomish»  va  «Barchinoy»  me’yoriy  talablari  bilan, 
musobaqalar tizimi bilan, sport bo’yicha tajriba o’tkazish tizimi bilan chambarchas 
bog’langan  bo’lib,  sport  tashkilotchilari  uchun  qo’llanma  vazifasini  o’taydi  va 
ularning  e’tiborini  sport  istiqbolini  yanada  puxtaroq  rejalashtirishga,  kadrlar 
tayyorlashda turlicha usullarni qo’llashga qaratadi, sportni  rivojlantirishga imkon 
yaratadi. 
Sportda  qiyinchilik  darajasini  oshirish  –  sport  tasnifiga  xos  xususiyatdir. 
Shuning  uchun  doimiy  ravishda  yangi-yangi  usullar,  vositalar  qidiriladi,  yuksak 
malakali sportchilar tayyorlashning yangidan-yangi shakllari ishlab chiqiladi. 
Sportning yangi tasnifi o’lchanuvchi me’yoriy talablarni takomillashtiradi va 
kamchiliklarini  tuzatadi,  sportning  bir  qator  harbiy-texnik  turlariga,  shuningdek 
turizm,  alpinizm  turlariga  ham  o’zgarishlar  kiritadi.  Sport  turlarining  ko’lami 
kengayib bormoqda. 
Yangi  sport  tasnifining  asosiy  g’oyasi  uning  mamlakat  sportchilarining 
navbatdagi  Olimpiya  o’yinlariga  muvaffaqiyatli  hozirlik  ko’rish  vazifalari  bilan 
hamohangligidir. Shuning uchun bu tasnif mamlakat terma jamoalarining Olimpiya 
dasturidagi  sport  turlari  bo’yicha  tayyorlik  ko’rishida  kompleks  dastur  tarkibiga 
kiradi. Yangi tasnifning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. mamlakat  aholisini  jismoniy  madaniyat  va  sportning  muntazam  va  izchil 
mashg’ulotlariga ko’proq jalb qilish, yoshlarda sportga bo’lgan moyillikni 
rivojlantirish,  sport  bilan  shug’ullanuvchilarning  ko’p  qirrali  jismoniy 
tayyorgarligi darajasini oshirish; 


2. malaka (razryad) normalari va talablarini, ularni bajarish shartlarini hamda 
sportchilarga unvon va darajalar berish tartibini ta’sis etish; 
3. sportchilarning  sport  mahoratini  oshirish  va  ularni  xalqaro  va  respublika 
musobaqalariga samarali tayyorlash ishida yaqindan yordam berish; 
4. sportchini  umuminsoniy  ahloq  ruhida  tarbiyalash,  sport  etikasiga  rioya 
qilishga o’rgatish. 
Sport tasnifi sport turlari bo’yicha dastur mazmunini, musobaqalar usulini va 
ularni  o’tkazish  qoidalarini,  sport  natijalarining  o’sish  sur’atini  oshiradi, 
kengaytiradi  va  bu  bilan  ilg’or  sport  tajribasining  tuzilishi,  sifat  darajasi  va 
samaradorligini tartibga keltiradi. 
Sport  tasnifi  xalqaro  va  ichki  sport    musobaqalari  zamirida  tuziladi. 
Musobaqa 
tizimining 
rivojlanishi, 
universiadalar 
(talabalarning 
sport 
musobaqalari)  da,  jahon  chempionatlarida,  hamdo’st  qo’shinlar  sportchilarining 
chempionatlarida,  xalqaro  chempionatlarda  va  yuniorlar  (16  dan  22  yoshgacha 
bo’lgan sportchilar), o’smirlar, qizlarning birinchilik musobaqalarida bajariladigan 
norma va talablar tasnifida keng aks ettirishga yordam beradi. 
Xalqaro  miqyosdagi  sport  ustalari  uchun  Olimpiya  o’yinlarining  ikkita  turi 
(yengil atletika va suvda suzish) bo’yicha tobora rivojlanuvchi razryad normalari 
belgilangan.  Bu  normalarning  xususiyati  shundan  iboratki,  sportchilarga  oliy 
unvon  jahonning  eng  kuchli  yengil  atletikachilari  va  suzuvchilari  tomonidan 
oldingi  yilda  Olimpiya  dasturining  ayrim  turlari  bo’yicha  ko’rsatgan  o’ninchi 
natijaga teng me’yoriyni bajargani uchun beriladi. Sport razryadlarini (darajalarini) 
bunday tarzda tuzilishi butun Olimpiya rukni davomida) bir Olimpiadadan ikkinchi 
Olimpiadagacha  bo’lgan  davr  ichida o’z  samaradorligini  yo’qotmaydi.  Jahonning 
eng  kuchli  sportchilari  ko’rsatgan  natijalar  muntazam  ravishda  o’sar  ekan,  ayni 
paytda sport darajalari ham rivojlana boradi, ular sportchi mahorati darajasini aniq 
aks  ettirish  bilan  birga  uning  rivojlanishini  tezlashtiradi.  Hozirgi  paytda  xoh 
xalqaro  musobaqalarda  bo’lsin,  xoh  mamlakat  ichkarisida  o’tkaziladigan  yirik 
bellashuvlarda  bo’lsin  sportchining  «Xalqaro  miqyosdagi  sport  ustasi»  degan 


unvonga  muyassar  bo’lishi  uchun  katta  imkoniyatlar  yaratilgan.  Bu  narsa  sport 
tasnifining egiluvchanlik xususiyatini yanada oshirdi. 
Sport turlarining soni ko’paydi, bu turlar «Xalqaro miqyosdagi sport ustasi» 
unvonini  olish  uchun,  xalqaro  spartakiadalarida  sportning  15  turi  bo’yicha 
chempionatlarda  27  ta  tur  bo’yicha,  mamlakat  kubogi  uchun  bo’lgan 
musobaqalarda 3 ta tur bo’yicha razryad talablarini bajarish ko’zda tutilgan. 
Sportning  harbiy-texnika  turlari  bo’yicha  «Vatanparvar»  tizimida  talab 
oshirilgan. Harbiy-vatanparvarlik tasnifi harbiy kuchlarining sport topshiriqlari va 
jangovor tayyorligi darajasiga yaqinlashtirilgan. Sportning oriyentir olish va turizm 
turlari,  shuningdek,  ichki  ishlar  vazirligida  xizmatga  dahldor  sohalarda  ko’p  tur 
bo’yicha bellashuvlar takomillashtirildi. 
Sport  razryadi  normalari  kishining  jinsiga,  yoshiga  qarab  tayinlanadi.  Bunda 
har  bir  kishi  organizmining  musobaqa  vazifalarini  jismonan  bajarishga  qodirligi, 
demakki  sportchining  turli  jins  va  turli  yoshga  (kattalar,  yigitlar  va  qizlar,  
sportning  ayrim  turlarida  –  o’g’il  bolalar  va  qiz  bolalar)  mansubligi  e’tiborga 
olinadi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish