Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


  Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулиёти. Т., 2001



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

9.  Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулиёти. Т., 2001.  
10. Керимов Ф.А. Спорт кураши назарияси ва усулиёти. Т., 2005. 
11. Kerimov F.A. Sport kurashi nazariyasi va usuliyoti. T., 2009. 
12. Миндиашвили  Д.Г.,  Завьялов  А.И.  Учебник  тренера  по  борьбе. 
Красноярск, Изд. КПГУ, 1995. 
13. Интернетдаги сайт – 
WWW.WADA.com

 
VI-BOB.АҲОЛИ ЎРТАСИДА КУРАШ ТУРЛАРИНИ 
ОММАВИЙЛАШТИРИШ. 
6.1.O’zbekistonda va xalqaro arenada amalga oshirilayotgan sport 
harakati 


Aholi  o’rtasida  kurash  turlarini  ommaviylashtirish  keng  qamrovli  ishlarni 
amalga  oshirishni  talab  etadi.  Bunda  birinchi  o’rinda  aholining  yosh  toifalariga 
e’tiborni  qaratish  lozim.  Ularga  qo’yiladigan  sportdagi  me’yoriy  talablar, 
yurtimizda  amalga  oshirilayotgan  va  xalqaro  sport  harakati,  Olimpiada  O’yinlari, 
O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish,  sportga yaroqliligini aniqlash tizimi,   
sportga  yaroqliligini  aniqlashning  davrlari  va  bosqichlari,  sportda  yuqori 
natijalarga  erishishning  zamonaviy  talablari,  sportda  saralash  paytida  somatik 
rivojlanishni  aniqlash  uslubiyati  hamda  sportda  qobiliyat  va  iqtidor  to’g’risida 
tushunchaga ega bo’lish kerak.  Balog’atga etish o’spirinlik davri 15-20 yosh, bu 
davrda  o’g’il  bolalar  o’spirin  bo’lib,  qizlar  (13-14  yoshdan  18  yoshgacha) 
balog’atga  etadi.  Organizmning  umumiy  rivojlanishi  23-25  yoshgacha.  25-35 
yoshlarda  sportch  o’zining  eng  yuqori  sport  natijalariga  erishadi.  35-45  yoshda 
faxriylar o’rtasidagi I-tjifadagi, 45-55 yoshda faxriylar o’rtasidagi II-tjifadagi,  55-
65  yoshda  faxriylar  o’rtasidagi  III-tjifadagi  va  65  va  undan  kattalar  yoshida 
faxriylar  o’rtasidagi  IV-tjifadagi  bellashuvlarni  o’tkazish  mumkin.  Mazkur 
muammolarni qo’yida keltirilgan mavzularda ko’rib chiqish mumkin.  
Insonning  kamol  topishida  har  tomonlama  va  uyg’unlik    bilan  shakllanishi 
jamiyat  taraqqiyotida  eng  muhim  hayotiy  masaladir.  Binobarin,  maktabgacha 
ta’lim,  o’rta  ta’lim,  o’rta  maxsus  kasb-xunar  ta’limi,  oliy  ta’lim,  oliy  ta’limdan 
keyingi va kasb faoliyatida, hamda keksa yoshda, shuningdek, jismoniy tarbiya va 
sport nazariyasi jabhasida ham bu masalaga qiziqish kun sayin ortib bormoqda.  
Jismoniy  tarbiya  va  sport  nazariyasi  fan  sifatida  insonning  jismoniy 
madaniyat  va  sport  bo’yicha  jamiyatda  ko’rsatgan  faoliyatini,  ya’ni  shaxsning 
mazkur  faoliyat  davomida  qonuniy  tarzda  shakllanishi  va  jismonan  kamolatga 
yetishini  o’rganadi  va  tadqiq  qiladi.  Sportning  ijtimoiy  vazifalari  to’g’risida 
gapirishdan  oldin,  jismoniy  madaniyat  va  sportning  ijtimoiy  mas’uliyati  haqida 
tushuncha  berib  o’tish  lozim  bo’ladi.  Bu  mas’uliyat  birinchi  navbatda  sport  fani 
taraqqiyoti, ijtimoiy tajriba talablari, jismoniy tarbiya va sportning inson tarbiyasi 
va uning salomatligiga foydali ta’sir ko’rsatishi darajasini oshirish kabi vazifalarni 
oldinga suradi. 


Jismoniy  madaniyat  va  sportning  ijtimoiy  mas’uliyati  –  uning  oqibatlaridan 
jamiyat ko’radigan samaralardir deb hisoblaydi, bu oqibatlar majmui, fizkultura va 
sport  bilan  shug’ullangan  har  bir  jamiyat  a’zosi,  har  bir  ijtimoiy  guruhi  uchun 
qanchalik  foyda  (yoki  ziyon)  keltirilishini  aniqlab  beradi.  Bu  samaralar 
quyidagilardan iborat: 
1.  aholining  barcha  ijtimoiy  guruhi  va  tabaqalariga  jismoniy  tarbiya 
sistemasining ijtimoiy ta’siri samaralari; 
2.  jismoniy tarbiya  boshqaruvini tashkil qilish va uning faoliyati samaralari; 
3.  har  bir  jamiyat  a’zosining  ruhan  va  jismonan  sog’lom  bo’lishiga,  uning 
ijodkor  shaxs  sifatida  har  tomonlama  kamol  topishiga,  uning  mehnat  faoliyati,  
ijtimoiy-siyosiy harakati, umuman, ijtimoiy qiyofasi va faoliyatiga, hayotda tutgan 
o’rniga  jismoniy  tarbiya  va  sportning  tarbiyaviy,  ta’limiy  va  sog’lomlashtirishga 
qaratilgan ta’sirining amaliy natijasi; 
4.  mashg’ulotdan bo’sh vaqtlarda samarali dam olish usullari va bunday dam 
olishning ommaviyligi natijalari; 
5.  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  jismoniy  tarbiya  va  sportni  targ’ib 
qilishning, demakki, uning afkori ommaning shakllanishiga ta’siri; 
6.  xalqaro  sport  harakatlari  va  Olimpiya  o’yinlarining  rivojlanishiga, 
demakki,  turli  mamlakat  xalqlari  o’rtasida  tinchlik-totuvlik  va  hamkorlikning 
rivojlanishiga,  keskinlikni    yumshatishga  qo’shilgan  hissaning  samaradorligi  va 
hokazolar. 
Jismoniy  tarbiya  va  sportning  hattoki  mana  shu  to’liq  bo’lmagan  asosiy 
ijtimoiy oqibatlari ro’yxati ham shu oqibatlarning ijtimoiy mas’uliyatini aniqlashga 
kirishiladigan  bo’lsa,  birinchi  galda  jismoniy  madaniyat  va  sportning  ijtimoiy 
vazifalari  qay  darajada  samarali  bajarilayotganini  bilish  lozim  bo’ladi.  Bu  – 
jismoniy  tarbiya  va  sportni  ko’p  qirrali,  ko’p  funksiyali  ijtimoiy  hodisa  sifatida 
e’tirof etgan holda, uning foydali darajalarini to’laligicha ochib berish demakdir. 
Jismoniy  tarbiya  va  sportning  yuqorida  sanab  o’tilgan  ijtimoiy  vazifalarini 
o’rganishdan  tashqari,  yana  sport  tashkilotlari  va  muassasalari,  sport  xodimlari 
(rahbarlar,  trenerlar,  o’qituvchilar,  tashkilotchilar,  instruktorlar,  metodistlar), 


sportchilar, sport hakamlari, sportni yorituvchi matbuot xodimlari, tomoshabinlar, 
sport    muxlislari  va  umuman  jismoniy  madaniyat  va  sport  muhitiga  u  yoki  bu 
sabab  bilan  dahldor  bo’lgan  boshqa  odamlarning  ham  ijtimoiy  mas’uliyatlarini 
aniqlash lozim bo’ladi. 
Faqat  yuqorida  zikr  etilgan  obyekt  va  subyektlarning  faoliyati  o’rtasidagi 
shunday  munosabatigina  ularning  jamoatchilik  sarflayotgan  ma’naviy  kuch  va 
moddiy mablag’lar uchun jamiyat oldidagi mas’uliyatini to’la ifodalashi mumkin. 
Bizning  mamlakatimizda  odam,  shaxs  sifatida,  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi 
asosiy  kuch  va  jamiyatning  eng  oliy  boyligi  sifatida  jamiyatning  ma’naviy  va 
moddiy jihatdan taraqqiy etishini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi. 
«Hamma  narsa  inson  uchun,  insonning  baxt-saodati  uchun»,  degan  shior 
davlatimiz siyosatining asosiy negizi hisoblanadiki, bu negiz har bir fuqaroning har 
tomonlama  rivojlanishida,  uning  moddiy  va  ma’naviy  ehtiyojlarining  muntazam 
ravishda  o’sib  borishida  eng  muhim  omildir.  Bu  narsa  jamiyatimizdagi  har  bir 
shaxsning  jismonan  takomillashishini  talab  qiladi,  bu  talab  barcha  fuqaroni 
fizkultura va sport bilan doimiy ravishda mashg’ul o’blishiga, uni hayotiy zarurat 
deb bilishga da’vat etadi, binobarin, jismoniy tarbiya va sportni har bir fuqaroning 
va barcha jamiyat a’zolarining mehnati, o’qishi, dam olishining ajralmas qismi deb 
hisoblash  lozimdir,  qisqa  qilib  aytadigan  bo’lsak,  jamiyatimizning  asosiy  talabi 
shuki, hyech bir shaxs jismoniy madaniyat va sportsiz har tomonlama mutanosiblik 
bilan  rivojlanishi  mumkin  emas.  Jismoniy  madaniyat  va  sportning  ijtimoiy 
mas’uliyati  mohiyati  aynan  mana  shu  talab  zamirida  mujassamlashgandir.  Bu 
mas’uliyatning ijtimoiy jihati shu bilan ifodalanadi. 
Sport  hamisha  jamiyat  oldida  bir  qator  muhim  vazifalarni  bajarib  kelgan  va 
bundan keyin bu vazifalar tobora kengaya boradi. 
Sport  faoliyati  –  yangi  vositalar,  metodlar  va  metodik    usullar,  yangi  texnik 
faoliyatlar, yangicha murakkab amaliyotlar va g’ayrixususiy vazifalarni bajarishga 
qodir  bo’lgan  inson  organizmining  zahira  qobiliyatini  namoyon  qilish  usullarini, 
sportchilar  tayyorlash  tizimining  samaradorligini  ta’minlovchi  tashkiliy 
masalalarni hal etish yo’llarini topishga qaratilgan ijodiy va izlanuvchi jarayondir. 


Ijodiy  mexanizm  hisoblangan  sport,  shaxsning  har  tomonlama  rivojlanishiga 
maxsus tarzda ta’sir ko’rsatadi, hayotiy qobiliyati va malakalarining shakllanishiga 
yordam  beradi,  ma’naviy,  ahloqiy  va  aqliy  o’sishiga,  shaxsning  mardlik,  iroda, 
ruhiy  tetiklik  kabi  xususiy  xislatlarini  chiniqtirishga  ko’maklashadi.  Odamlarda 
o’zaro  hurmat,  do’stlik-inoqlik  xislatlarini  tarbiyalash,  o’zaro  yordam, 
oliyjanoblik,  halollik,  baynalminallik  ruhi-shularning  hammasi  sportning  eng 
muhim  fazilati  hisoblanadi.  Bizning  davlatimizda  sport  harakatlari  inson 
salomatligini himoya qilish, har bir shaxsning uyg’unlik bilan kamol topishi, davlat 
ahamiyatiga  molik  bo’lgan  vazifalarni  bajarish  kabi  jamiyat  taraqqiyoti 
qonunlariga,  ya’ni  shaxsni  samarador  mehnatga  va  vatanimiz  mudofaasiga 
tayyorlashga qaratilgandir. 
Sport ko’ngilxushlik bilan omuxta bo’lgan holda sog’lomlashtirish vazifasini 
bajaradi,  u  sog’lom  dam  olishning,  jo’shqin  xordiq  va  vaqtichog’likning  eng 
ommaviy ko’rinishlaridan biri, ya’ni sog’lom hayot asosi hisoblanadi. 
Sport qadim-qadimdan o’zining tomoshabobligi bilan xalqni rom qilib kelgan. 
Musobaqalarning  turlicha  usulda  o’tkazilishi,  b  musobaqalarda  jismoniy,  odob-
ahloqli,  ma’naviy  fazilatlarni  o’zida  uyg’unlashtirgan  sportchining  har  jihatdan 
chiroyli  qaddi-qomati,  harakat  texnikasini  mahorat  bilan  ijro  etishi,  sport 
harakatining tabiatan betimsol go’zalligi keng xalq ommasiga tomoshabin, ishqibo, 
havaskor  sifatida  o’ziga  jalb  qiladi.  Olimpiya,  «Yaxshi  niyat»  o’yinlarining 
ochilish  va  yopilish  tantanalari,  sport  bayramlari,  namunali  sport  o’yinlari  va 
boshqalar  ayniqsa  maroqlidir.  Hozirgi  paytda  sport  tomoshagohlari,  ommaviy 
axborot  vositalari,  teleko’rsatuvlar,  radio,  axborotning  texnik  imkoniyatlari 
hisobiga nihoyatda kengayib ketdi. Sport adabiyotda,  san’at, teatr, kino va boshqa 
sohalarda ham o’z aksini topmoqda. 
Hech  bir  jabhaning  faoliyati  sport  faoliyatidek  serqirra  emas.  Sport  etikasi 
doirasidagi  insoniy  munosabatlar  bir  jamoa  a’zolari  o’rtasida,  raqiblar  o’rtasida, 
ularning  trenerlari,  xakamlar,  tomoshabinlar,  muxlislar,  tashkilotchilar  va  boshqa 
sport  ishqibozlari  bilan  munosabati  fikrimizning  dalili  bo’la  oladi.  Bu 


munosabatlar shaxsning fe’l-atvoridagi xususiyatlarning, uning jamoat davrasidagi 
ijtimoiy faolligining shakllanishiga ta’sir etadi. 
Qolaversa,  e’tiborni  sportning  g’oyaviy  yo’nalishiga,  xususan  sport 
diskriminasiya,  shovinistik,  antikommunistik  harakatlar  xizmatida  bo’lgan 
kapitalistik  mamlakatlardagi  g’oyaviy  yo’nalishlarga  ko’proq  qaratish  lozim 
bo’ladi. Sport o’z tabiati va mohiyati bilan xalqaro munosabatlarni mustahkamlash, 
hamkorlik,  xalqlar  o’rtasida  do’stlik  o’rnatish  vositasi  hisoblanadi  (Olimpiyada 
O’yinlari, Osiyo O’yinlari, Jahon chempiyonatlari, xalqaro musobaqalar, turnirlar, 
sport birlashmalari bunga misol bo’la oladi). 
Sport –jamiyat taraqqiyotining muayyan bir bosqichida vujudga kelgan tarixiy 
hodisasidir. Bizning davrimizda sport nihoyatda keng miqyosda ommalashib ketdi. 
XX asrni chinakam sport asri deb aytishlari bejiz emas. Sportning salmoqli ta’siri 
va  vazifasi  hozir  shu  qadar  cheksizki,   uni  jamiyat  hayotidagi  boshqa  har  qanday 
ommaviy hodisa bilan bemalol tenglashtirsa bo’ladi. 
Sportni  boshqa  sohalardan  ajratib  turuvchi  xususiyati  –  bellashuvlar, 
musobaqalar bo’lib, bular tabiatan sportning o’zigagina xos hodisalardir. Sportning 
butun  sohaviy  mohiyati  aynan  shu  musobaqalarda  ko’proq  mujassamlangan,  o’z 
aksini topgandir. 
L.P.Matveyevning  (1997)  ta’biricha,  sport  uchta    asosiy  yo’nalishda  tashkil 
topgan: 
1.  Zahira tayorlovchi sport. 
2.  Ommaviy, havaskorlik va ko’ngil ochar sport. 
3.  Katta sport. 
1. Zahira  tayorlovchi  sportga,  birinchi  navbatda  maktabgacha  va  maktab  
sportining  armiya  qismi  (umumiy  ta’lim  muassasalarida  joriy  qilingan  sport), 
shuningdek,  armiya  qo’shinlarda  mashq  qilinadigan  sport  kiradi.  Bunday  sport 
jismoniy tarbiyaning asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo’lib xizmat qiladi. 
2. Ommaviy  havaskorlik  sporti  (bunga  kasbiy-amaliy  sport  va  uning  ko’ngil 
ochuvchi  shakllari  kiradi)  o’qishdan  va  ishdan  tashqari  paytlarda,  davlat  va 
jamoatchilik  tashkilotlarining,  shuningdek,  har  bir  kishining  shaxsiy  tashabbusi 


bilan amalga oshiriladi. Bu sportda ko’rsatiladigan asosiy faoliyat qancha oshgan 
sari  uning  sarflaydigan  vaqti  shuncha  ko’proq  cheklangan  bo’ladi. 
Mashg’ulotlarning  bunday  cheklanishlar  bilan  o’tishida  muvaffaqiyatlar  darajasi, 
sirasini olganda, unchalik yuksak bo’la olmaydi, lekin yakka tartibda olib borilgan 
mashqlar natijasi ancha baland bo’lishi ham mumkin. 
3. Katta sport – o’z oldiga eng yuksak mutloq natijalarga (xalqaro miqyosdagi 
yutuqlar  ham  shunga  kiradi)  erishishni  maqsad  qilib  qo’yadi.  Katta  sport  xalqaro 
va milliy sport tashkilotlari tomonidan uyushtiriladi. 
Sport  rekordi  eng  yuqori  jismoniy  tirishqoqlik  va  yuksak  ruhiy  intilish 
samarasi  bo’lib,  ayni  vaqtda  u  jismoniy  va  aqliy  faoliyatning  hamjihatligini 
ifodalaydi. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarini  yanada  takomillashtirish,  mehnat  unumdorligini 
oshirish  hamda  tabiat  va  jamiyatni  yanada  samaraliroq  o’zgartirish,  sport  fanini 
taraqqiy  ettirish  uchun  insonning  yuksak  qobilyaitini  kashf  etish  ishga  solish 
zarurati  tug’ilgan  bir  paytda,  katta  sport  ilmiy-texnik  taraqqiyot  talablarini 
qondiradi. 
Katta sport xalq ommasiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Omma  bilan sportning 
bu  o’zaro  munosabatini  bir  vaqtlar  Pier  de  Kuberten  (bugungi  Olimpiya 
o’yinlarining  tashkilotchisi)  shunday  ta’riflagan  edi:  «Agar  yuzta  odam  o’z 
badanini  chiniqtirmoqcha  bo’lsa,  ularning  elliktasi  albatta  sport  bilan 
shug’ullanishi shart, ellik kishining sport bilan shug’ullanishi uchun esa, ularning 
ichidan 20 tasi sport mutaxassisi bo’lib yetishishi, 5 tasi sportda yuksak natijalarga 
erisha olishi kerak». 
Bizning mashhur atletlarimiz o’z xulqlari, ishchanliklari va erishgan yutuqlari 
bilan  boshqalarga  namuna  bo’ladilar.  Mana  shu  namunalik  sharofati  bilan  ming-
minglab  bolalar  va  o’smirlar  o’z  xulqlarini  yaxshilaydilar,  ularda  sportga  havas 
uyg’onib, o’zlarini sportga safarbar qiladilar. 
Tabiiyki,  katta  sport  sportchining  butun  hayoti  mazmunida  hokimlik 
vazifasini  bajaradi  va  mukammal  sport  qonuniyatlaridan  kelib  chiqib,  sportchini 
muayyan rejim bilan yashashga undaydi (katta sportda oshirilgan, ba’zan esa o’ta 


darajada  og’ir    vazifalardan  tarkib  topgan  mashqlarni  kuniga  ko’p  marotalab 
bajarish,  o’sha  mashqlar  va  musobaqalarning  qat’iy  kun  tartibi,  moddiy-texnik 
ta’minot, moddiy rag’batlantirish va hokazo vazifalar qonun tusiga kirishi kerak). 
Sportning  bunday  yuksak  ko’rsatkichlar  berish  imkoniyati  haqida  fikr 
yuritilarkan,  sport  albatta  sportchini  ixtisoslashtiradi,  degan  xulosa  chiqarmaslik 
kerak.  Hamma  narsa,  oxir  oqibatda,  muayyan  ijtimoiy  sharoitga  bog’liqdir. 
Jamiyatimiz  sportning  yangi  cho’qqilarini  zabt  etishdek,  ham  faxrli,  ham  g’oyat 
mashaqqatli  vazifani  bajarishga  kirishgan  har  bir  shaxsga  uning  sport  faoliyatini 
umumiy  va  maxsus  ta’lim  bilan,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  korxonalaridagi 
jamiyatga  foyda  keltiruvchi  o’zga  dargohlardagi  faoliyati  bilan  uyg’unlashtirish 
uchun  zarur  sharoitlar  yaratib  beradi.  Bunday  holda  sport  mutaxassisligi 
muammosi hal bo’ladi qo’yadi. 
Sport  taraqqiyotining  yuqorida  sanab  o’tilgan  uchta  ko’rinishi  o’zaro  bir-
biriga bog’liq va biri ikkinchisi zamirida vujudga keladi.    Katta sport ommaviy 
havaskorlik  sportiga  suyanadi,  ommaviy  sportning  keng  yoyilishi  o’quv 
muassasalari,  qo’shinlarda  sport  ishining  qanday  tashkil  etilganiga  bog’liq,  bilim 
yurtlarida,  qo’shinlarda  va  umuman,  butun  mamlakatda  sportning  ommaviy  tus 
olishi esa yuksak malakali  sportchilarning muvaffaqiyatlariga bog’liqdir. 
Sport  xalq  madaniyatining  eng  muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Sportda 
kamolatga erishish uchun, harakat san’atini egallash, inson quvvati va iste’dodini 
rivojlantirish  lozim  bo’ladi.  Sport  taraqqiyotining  har  qaysi  muayyan  bosqichida 
erishiladigan  eng  yuksak  muvaffaqiyatlar  sportchilar  ommasining  yangi  yutuqlar 
sari intilishida bevosita rag’batlantiruvchi kuch bo’lib xizmat qiladi. 
Sport  arboblari  yuksak  sport  muvaffaqiyatlariga  erishishga  harakat 
qilisharkan,  mashq  vositalari,  usullari,  tuzilishlarini  ilmiy  nuqtai  nazardan  ishlab 
chiqadilar  va  takomillashtiradilar,  sport  ilmi  va  unga  yaqin  fanlar  (fiziologiya, 
biomexanika,  tibbiyot,  pedagogika  va  b.)  sohasidagi  nazariy  tushunchalarini 
mukammallashtiradilar,  sportda  erishilgan  yutuqlar  darajasini  mazkur  jamoaning 
jismoniy va qisman umumiy  madaniyati samarasi deb e’tirof etadilar. Aynan shu 
hol  har  bir  mamlakat,  har  bir  millatning  ne  sababdan  sportda  o’z  obro’-e’tiborini 


saqlashga intilishini izohlaydi. Shunga ko’ra, sportda yuksak muvaffaqiyatlar bilan 
o’z  xalqining  shonu  shuhratini  olamga  yoygan  sportchilar  xalqimiz  va 
hukumatimiz  tomonidan  samimiy  qadrlanadi  (sportda  erishgan  yutuqlari  uchun 
davlat  mukofotlariga  sazovor  bo’ladilar.  Masalan:  A.Cheryazova,  M.Abdullayev, 
A.Taymazov,  O.Chusovitina,  K.Muradov,  R.Qosimjonov  va  yana  juda  ko’p 
mashhur sportchilar). 
Har  qanday  mamlakatda  ham  sport  taraqqiyoti,  u  mamlakatdagi  iqtisodiy 
sharoitga  davlat  teppasida  turgan  rahbariy  partiyaning  hukmron  g’oyalari  va 
siyosatiga, shuningdek, sanoat, fan, harbiy strategiya, texnika taraqqiyotiga, butun 
xalqning madaniyati, urf-odatiga bog’liqdir. 
Bizning  mamlakatimiz  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirish  ishiga  juda 
katta  mablag’  sarflaydi,  jismoniy  madaniyat  tashkilotlarining  moddiy  bazasi  yil 
sayin yaxshilanib bormoqda. 
Bugungi  jismoniy  tarbiya  va  sport  xalq  xo’jaligining  mustaqil  tarmog’i 
hisoblanadi. Bu tarmoq yolg’iz o’zigagina taalluqli bo’lgan idora va tashkilotlarga, 
maxsus moddiy-texnika bazalariga (sport inshootlari), mutaxassis kadrlarga, o’quv 
yurtlari  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalariga  ega.  Bu  tarmoqning  o’z  xususiy 
sarmoyasi  bo’lib,  u  davlat  va  jamoat  tashkilotlari  –  jismoniy  tarbiya  va  ko’ngilli 
sport  jamiyatlari  tomonidan  boshqariladi.  Jismoniy  madaniyat  ta’lim  tizimida 
jismoniy  tarbiya  bo’yicha  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  jismoniy  tarbiya 
tizimi asoslari, o’qitish va mashq qilish usullari, rejalashtirish,  sportda medisina va 
menejment  muammolarini  o’rganish  va  shu  kabi  sohalar  ustida  ish  olib 
borilmoqda. 
Davatlar  o’rtasida  aloqa  o’rnatish  va  uni  rivojlantirishda  sportning  roli 
kattadir.  Sport  musobaqalari  paytida,  insonning  eng  noyob  va  bebaho  fazilatlari: 
qudrat,  jasorat,  mardlik  o’zaro  muqoyasa  qilinadi,  zero  bunday  fazilatlar  butun 
jahon xalqlari uchun bir xilda qadrlidir. Sportning asosiy maqsadi  – xalol raqobat, 
mardona  bellashuv  va  chin  do’stlik  g’oyasidir.  Bunday  g’oyani  barcha  xalqlar 
birday  tushunadi,  shuning  uchun  sportni  muloqat  va  do’stona  munosabatlarni 
rivojlantirish  vositasi  deyish  mumkin.  Sport  jahon  xalqlarining    sport  sohasidagi 


eng  yaxshi  an’analarini  o’ziga  singdirgan,  shunga  ko’ra  u  o’zidagi  milliy 
shakllanishlarning ko’p qirraliligi bilan ajralib turadi. 
Jamiyatning  inson  shaxsiyatiga  ko’rsatgan  ta’siri  uning  shakllanishida  katta 
rol  o’ynaydi.  Jismoniy  madaniyat  harakati  odamlarning  ma’rifiy-ma’naviy  va 
ahloqiy tarbiyasini shakllantirishda eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. 
Shu  munosabat  bilan  sport  etikasi,  ya’ni  sportchining  musobaqa,  mashg’ 
paytlarida hamda umuman hayotida zarur bo’lgan xushxulqlik va ahloq qoidalari 
ishlab  chiqildi.  Bizning  sportchilarimiz  oldiga  qo’yilgan  bu  talablar,  nizomlar, 
dasturlar va musobaqa qoidalarida qonunlashtirilgandir: 
1. musobaqa paytida sportchilar uchun bir xil sharoit yaratish
2. g’olibni halollik bilan aniqlash; 
3. raqibni va hakamni hurmat qilish; 
4. musobaqa paytlarida sportchining xavfsizligini ta’minlash; 
5. taomillarga rioya qilish
6. sport bellashuvlarini tashviq va targ’ib –ilish. 
1. Musobaqa paytida teng sharoit yaratish uchun: 
A. jinsiy nazorat joriy qilinadi. 
B.  doping  nazorati  joriy  qilinadi  va  uning  turlari  aniqlanib  ro’yxatga 
olindi; 
V. anabolik va steroidlarni nazorat qilish joriy etildi; 
 G.  vazn  darajasi  joriy  qilindi  (lekin  qizig’i  shundaki,  lappak  yo  nayza 
otishda  yengil  vazndagi  sportchilar  mutlaqo  qatnashmaydi;  basketbolni  faqat 
«daroz»lar o’ynaydi, shunga ko’ra sportning bu turida bo’y darajasini ta’sis etish 
masalasini  hal  qilish  lozim  bo’ladi,  sportning  texnik  turida  (masalan,  motosikl 
haydashda)  esa  motosikl  kubaturasi  hisobga  olinadi,  demak  bu  yerda  musobaqa 
nainki  sportchilar,  balki  ko’proq  motosikl  ishlab  chiqargan  korxonalar  o’rtasida 
boradi); 
      D. chang’ilar, miltiqlarga tamg’a bosildi; 
      Ye. saralash musobaqalari o’tkazildi. 


 II.    Bugungi  sport  natijalari  juda  baland  va  ular  oralig’i  nihoyatda  tig’iz. 
Shunga ko’ra, g’olibni xalollik bilan aniqlash maqsadida yutuqni aniq ifodalovchi 
apparatlar joriy qilindi
     A. 0,001 soniyagacha aniq ko’rsatuvchi elektrosekundomerlar; 
     B. qilichbozlik musobaqasida sanchiqni qayd qiluvchi apparat; 
    V. fotofinish, videomagnitofon; 
    G. o’lchash apparatlari (lappak, nayza otish va shu kabi turlarda lazer nuri); 
    D. baho musobaqa davomida va uning yakunida (kurash, boks, qilichbozlik 
va b.) qo’yilganda hakamlar sonini ko’paytirish (konkida figurali uchishda – 9 ta, 
suvga sakrashda – 6 ta va hokazo). 
   Ye. hakamlar turli millatdan bo’lishlari kerak; 
   J. Musobaqaning aniq va to’g’ri dasturi (programmasi) belgilanadi (masalan, 
og’ir atletikada dast ko’tarishni baholovchi mezon yo’q edi, shuning uchun bu tur 
hisobdan chiqarib tashlandi; 
   Z. Musobaqaning to’g’ri tizimi aniqlanishi kerak; 
   I. sportning barcha turlarida albatta g’olib bo’lishi shart (durang bo’lmasligi 
kerak, chunki durang sportning yanada rivojlanishiga to’g’anoq bo’ladi). 
III. Raqibni va hakamni hurmat qilish:  
A.  har  bir  sportchi  har  qanday  bellashuvga  ham  jiddiy  tayyorgarlik  ko’rishi, 
raqibidan 
nafratlanmasligi, 
uni 
hurmat 
qilishi, 
uning 
kuch-qudratini 
mensimaslikdan o’zini tiyish lozim; 
B.  hakam  ko’rayapgan,  yo  ko’rmayapgan  bo’lishiga  qaramay,  sportchi 
musobaqa  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilishi  kerak  (masalan,  dzyudo  kurashida 
bo’g’ish  usuli  bor,  ammo  sportchi  hakamning  nazaridan  chetda  bo’lgan  yo’g’on 
tomirni barmoq bilan ezmasligi kerak); 
V.  sportchi  o’z  raqibi  va  hakam  bilan,  tomoshabinlar,  jamoa  a’zolari  va 
boshqalar bilan nazokatli muomala qilishi kerak
G.  hakamlar  bilan  muomala  qilganda  an’anaga  rioya  qilishi  kerak  (masalan, 
bokschilarda hakam bilan baxslashmaslik an’anasi bor). 


IY.  Ayniqsa xalqaro musobaqalarda  mamlakat  bayrog’ini ko’tarish va g’olib 
sharafiga  davlat  madhiyasini  ijro  etishdek  taomillarni  hurmat  qilish,  Olimpiya 
o’yinlarida olimpiya belgisi, olimpiya bayrog’i, olimpiya qasami, olimpiya olovi, 
olimpiya mukofotlarini qadrlab e’zozlash. 
1.  Musobaqa boshida va oxirida do’stona qo’l siqib ko’rishish odatini kanda 
qilmaslik; 
2.  Milliy urf-odatlarni hurmat qilish; 
3.  Bir-birini  tabriklash  (sport  o’yinlari,  qilichbozlik  va  boshqa  musobaqalar 
paytida). 
Y.  Sport  musobaqalari    haqida  keng  ko’lamda  xabar  berishni  uyushtirish 
(oynai jahon, radio, matbuot, ko’rgazmali fotolar, kino, xujjatlar); 
1.  Namunali chiqishlar uyushtirish
2.  g’oliblarni ko’pchilik oldida mukofotlash
3.  juda  ko’p  miqdorda  odam  to’plab  sport  bayramlari  va  tomoshalari 
ko’rsatish va hokazo. 
Bizning  sportchilarimiz  Vatan  bayrog’ini  baland  ko’targan  holda  yangi 
baxtiyor jamiyat tuzish ishiga baholi qudrat o’z xissalarini qo’shmoqdalar. Ular o’z 
faoliyatlari  yordamida  mamlakatimizda  yuz  berayotgan  tub  o’zgarishlarni, 
vatanparvarlik va baynalminal tuyg’ularni xalq ongiga singdiradilar. 
Ijtimoiy  dunyoqarash  va  ahloqiy  tarbiyani  shakllantirishda    jismoniy 
madaniyat va sportning ko’rsatgan xizmatlari hammaga ma’lum. 
Hukumatimizning  bugungi  kunda  jismoniy  madaniyatni  yanada  rivojlantirish 
haqidagi talabini bajarish bilan bir qatorda «Alpomish» va «Barchinoy» me’yoriy 
talablarning  yangi  ta’sis  etilgan  kompleksi  odamlarimizning  kundalik  hayotiga 
keng  singdirilmoqda.  Bu  kompleksning  ulkan  ijtimoiy  va  g’oyaviy  ahamiyati 
shundan iboratki, u xalqlarimizni jismoniy xususiyatiga ega. 
Jismoniy  madaniyat  va  sportning  tarbiyaviy  xususiyati  MDH  (mustaqil 
davlatlar  hamdo’stligi)  xalqlari  spartasiadalarini  o’tkazish  paytida  yaqqol 
ko’rinadi. Zero bunday spartakiadalar xalqlarimizning ma’naviy-siyosiy birdamligi 
va birodarona do’stligini namoyish qiladi. 


Tinchlik dasturini bugungi sharoitda amalga oshirish xalqaro sport aloqalarini 
rivojlantirishda  samarali  ta’siri  ko’rsatmoqda  va  bu  faoliyat  barcha 
mamlakatlarning ilg’or jamoatchiligi tomonidan ma’qullanmoqda. 
YuNESKO tashkiloti tinchlik g’oyalarini targ’ib qilganligi uchun gimnast qiz 
Olga Korbutga «Tinchlik elchisi» unvoni berdi. 
Keyingi 15-20 yil ichida davlat tuzumining sportga ta’siri anchagina kuchaydi. 
Bunday ta’sir ishning tashkiliy-tartibiy tomonini amalga oshiradi, shu bilan birga 
davlat topshirig’iga ko’ra  faylasuflar,  jamiyatshunoslar, nazariyachilar tomonidan 
ishlab  chiqilayotgan  sportning  g’oyaviy  masalalarini  nazorat  qiladi  va  yo’lga 
soladi.  Shuni  ham  qayd  qilish  kerakki,  hokimiyat  sportga  nafaqat    davlat 
boshqarmalari  orqali,  shuningdek  yirik  monopoliyalar  orqali  ham  o’z  ta’sirini 
o’tkazadi. 
Keyingi yillarda bizning sportchilarimiz bilan chet el sportchilari o’rtasidagi 
xalqaro  munosabat  keng  miqyosda  rivojlandiki,  bu  munosabat  O’zbekiston  bilan 
boshqa  mamlakatlar  o’rtasida  tiklangan  jamiki  madaniy  aloqalarning  deyarli 
uchdan biriga tengdir. O’zbekiston va chet el sport tashkilotlari o’rtasida jismoniy 
tarbiyaning  tashkiliy  va  ilmiy  muammolari,  sport  mashqi,  texnikasi  va  usullari 
masalalari bo’yicha fikr almashish keng yo’lga qo’yildi. Bu o’rinda xalqaro sport 
aloqalari ham muhim ahamiyatga ega, bu aloqalarni ham turli xil ijtimoiy tuzumga 
ega  bo’lgan  davlatlarning  tinch-totuv  yashash  usuli  deb  hisoblash  kerak.  Bunday 
aloqalar xalqlar o’rtasida tinchlik o’rnatish va do’stlikni mustahkamlashda amaliy 
tadbir  bo’ldi.    Bunday  aloqa  paytlarida  bizning  sport  tashkilotlarimiz  quyidagi 
prinsiplarni hayotga tadbiq etish ustida keskin kurash olib boradilar: 
1.  sport birlashmalarida o’zaro o’rtoqlik munosabati (hamjihatlik); 
2.  sport bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan barcha odamlarning ularning siyosiy 
e’tiqodi, qaysi dinga  mansubligi, jinsi, badanining rangiga qaramay, teng 
huquqli bo’lishi; 
3.  siyosiy,  diniy  yoki  irqiy  nuqtai  nazardan  kamsitishga  yo’l  qo’ymaslik, 
musobaqa o’tkazishga qonun-qoidalarini yanada baynalminallashtirish. 


Shuni  bilingki,  agar  ikki  davlat  o’rtasida  o’zaro  madaniy  hamkorlik  haqida 
shartnoma  tuziladigan  bo’lsa,  albatta  bunday  shartnoma  nihoyasida  jismoniy 
tarbiya va sportga taalluqli modda bo’ladi. 
1973  yilda  Vena,  Monte  Karlo  va  Varna  shaharlarida  Olimpiya  harakatiga 
qo’shilishgan  barcha  ilg’or  tashkilotlarni  birlashtirishga  qaratilgan  bir  qator 
xalqaro  kengash  va  konferensiyalar  o’tkazildiki,  bularning  samarali  faoliyati  X 
Olimpiya kongressida muhim xujjatlarni qabul qilishga imkon yaratib berdi va bu 
kongress «Sport – tinchlik elchisi» shiori ostiga to’plangan barcha tashkilotlarning 
yaxshi niyatlari va hamkorlik qilish istaklarini butun olamga namoyish qiladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish