Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi


Sportga yaroqliligini aniqlashning davrlari va bosqichlari



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.9.Sportga yaroqliligini aniqlashning davrlari va bosqichlari 
Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  ikki  davri  bor:  birinchisi  bolalar  va 
o’smirlarni tanlagan sport turlari bilan shug’ullanish uchun saralash hamda yanada 
sport  takomillashuvi  uchun  (masalan,  sport  maktablariga,  olimpiada  tayyrgarligi 
markazlariga): ikkinchi davr –mas’uliyatli sport bellashuvlarida  qantashish uchun 
yosh  sportchilarni  saralash.  Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  birinchi  davri  ikki 
bosqichdan iborat. 
Birinchi  bosqich  –  bolalar  va  o’smirlarni  tanlagan  sport  turlari  bilan 
shug’ullanish  uchun  saralash  o’tkazishni  o’z  ichiga  oladi.  Ikkinchi  –  istiqbolli 
bosqich  –  iqtidorli  sportchilarni  tanlangan  sport  y’nalishida  chuqurlashtirilgan  va 
ixtisoslashgan mashg’ulot qilish uchun saralash va y’naltirish.  
Ikkinchi davr ham  ikki bosqichdan iborat.  Birinchi  (olimpiada oldi)  bosqichi 
yaqin  olimpiada  zaxirasini  (mamlakatning  o’smirlar  va  yoshlar  terma  jamoalari) 
shakllantirishni o’z ichiga oladi, ikkinchisi  – olimpiada bosqichi  – mamlakatning 
terma  jamoasini  yirik  xalqaro  musobaqalarda  qantashish  uchun  saralash 
o’tkazishni va y’naltirishni o’z ichiga oladi. 
O’smirlar  va  yoshlar  terma  jamoalariga  nomzodlar  saralash,  sport 
muassasalari  va  jamoalarining  eng  iqtidorli  va  qobiliyatli  sportchilari  qatorida 
o’tkazilishi  lozim.  Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  asosiy  shakli  sport 
musobaqalaridir. Bunda, sport natijasi bilan bir qatorda, ularning oxirgi 2–3 yildagi 
dinamikasi,  sport  bilan  doimiy  shug’ullanish  staji,  jismoniy  tayyrgarlik 
darajasining  ma’lum  sport  turining  xalqaro  toifadagi  sport  ustasi  saviyasi 
talablariga  mos  kelishi  e’tiborga  olinadi.  Eng  kuchli  sportchilar,  o’tgan  sport 
mavsumining ko’rsatkichlari asosida o’z vatanining terma sport jamoasiga kirishga 
nomzod sifatida qabul qilinadilar. 
Mamlakatning  terma  jamoasiga  kirish  uchun  nomzodlar  saralash  quyidagi 
ko’rsatkichlar asosida o’tkazilishi lozim: 
1) sport - texnika natijalari va ularning oxirgi yillardagi dinamikasi; 


2)  yoshi,  tanlangan  sport  turining  o’ziga  xos  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan 
holda antropometrik ma’lumotlar, yosh sportchining sog’ligi; 
3)  sport  mashg’ulotlarning  muhim  elementlarini  bajarishdagi  xatoliklarni 
qaytarmaslik darajasi; 
4)  ko’p  yillik  mashg’ulot  jaraynida  kam  rivojlanadigan  maxsus  jismoniy 
sifatlarning rivojlanish saviyasi; 
5) 
harakat 
faoliyatini 
bajarishda 
organizm 
funktsional 
tizimining 
imkoniyatlari salohiyati; 
6) o’ziga xos mashg’ulot yuklamalarini bajarishda psixologik turg’unlik; 
7) yosh sportchining tanlangan sport turida natijalarga erishishga intilishi. 
Xalqaro  musobaqalarda  qatnashish  uchun  o’smirlar  va  yoshlar  terma 
jamoalari a’zolarini saralash quyidagi ko’rsatkichlar asosida o’tkazilishi kerak: 
1) sport - texnika natijalari
2) sport formasini rivojlanish dinamikasi (boshlanishi, cho’qqisi, pastlashuvi); 
3)  ekstremal  sharoitlarda  sport  mashg’ulotlarning  muhim  elementlarini 
bajarishdagi xatoliklarni qaytarmaslik darajasi; 
4) ekstremal sharoitlarda sport kurashini olib borishga tayyrlik va turg’unlik 
darajasi; 
5)  sport  ixtisosligining  o’ziga  xos  xususiyatlarini  e’tiborga  olgan  holda 
sportchi sog’ligining holati. 
Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  birinchi  bosqichini  asosiy  vazifasi  sport 
mashg’ulotlariga imkon qadar  ko’proq iqtidorli bolalar  va  o’smirlarni  jalb  qilish, 
ularni  tekshirish  va  boshlang’ich  sport  tayyrgarligini  tashkil  qilish.  Bolalarni 
sportga  jalb  qilishning  maqsadga  muvofiqligi  mezonlari  qatoriga  bo’y,  og’irlik, 
gavda  tuzilishining  xususiyatlari  kiradi.  Sportga  yaroqliligini  to’g’ri  aniqlashda 
bolalarni  jismoniytarbiya  darsi  mashg’ulotlarida,  sport  sektsiyalarida,  tuman  va 
shahar  musobaqalarida  kuzatgan  murabbiy  va  jismoniytarbiya  o’qituvchisining 
kuzatuvlari  muhim  o’rin  tutadi.  M.N.  To’raxo’jaeva  va  M.S.Bril  (1980)larning 
tadqiqotlarida  bolalarni  BO’SMlariga  kirishi  uchun  boshlang’ich  tayyrgarlikni 
maktabdagi jismoniy tarbiya darslari sharoitida o’tkazish mumkinligi isbotlangan.  


Maxsus vositalar yrdamida kichik yoshdagi maktab bolalarida biron sport turi bilan 
shug’ullanishga qobiliyatlarini shakllantirishga ta’sir qilish mumkin. 
Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  birinchi  bosqichidagi  kirish  sinovlariga 
maktabda  tibbiy  ko’rikdan  o’tgan  va  sog’ligida  chetlashuvi  y’q  bolalar  va 
o’smirlarga  ruxsat  beriladi.  Bola  uyining  sport  muassasasiga  yaqinligi,  sport 
mashg’ulotlariga ota-onalarning qarashlari, maktabdagi o’zlashtiruvchanligi va shu 
kabilarni  e’tiborga  olish  kerak.  Agar  imkoni  bo’lsa,  o’quvchilarni  sport  bilan 
shug’ullanishga  qobiliyatlarini  aniqlash  sharoiti  keng  bo’lgan  yzgi  sport-
sog’lomlashtirish lagerlariga y’llash maqsadga muvofiq. 
Sportga  yaroqliligini  aniqlash  jaraynida  nazorat  sinovlari  BO’SMga  kiruvchi 
nimalar  qilishni  bilishini  aniqlashga  emas,  balki  kelajakda  nimalar  qilishi 
mumkinligini,  ya’ni  uning  harakat  vazifalarini  echa  olish,  ijodkorlik,  o’z 
harakatlarini boshqarish sifatlarini aniqlashni maqsad qilib olishi kerak. 
Sportga yaroqliligini aniqlashning ikkinchi bosqi-chida ajratib olinganlarning, 
ma’lum  sport  yo’nalishi  bo’yicha  tayyrlanaytganlarning  barcha  talablarga  javob 
berishi 
masalasi 
chuqur 
o’rganiladi.  3–6 
oy 
davomida 
murabbiy 
shug’ullanaytganlarni  sport  mashg’uloti  jaraynida,  nazorat  sinovlarida, 
bellashuvlarda  kuzatadi,  eng  iqtidorli  bolalar  qatoridan  o’quv-mashg’ulot 
guruhlarini  shakllantiradi.  Bu  yerda  BO’SMga  kirmoqchi  bo’lganlarning 
boshlang’ich  ko’rsatkichlariga  emas,  ularning  mashg’ulotlar  davomida  ijobiy 
o’sishiga  e’tibor  qaratish  muhim.  Bunday  yndashuv  shug’ullanuvchilarning  sport 
salohiyati  va  qobiliyatini  aniqroq  darajada  aniqlash  imkonini  beradi.  Mazkur 
bosqichda istiqbolni belgilashni asosiy mezonlari bo’lib jismoniysifatlarning o’sish 
sur’ati va harakat ko’nikmalarining shakllanish tezligi ko’rsatkichlari xizmat qiladi 
(motorli o’qitish). 
Motorli  o’qitish  to’g’risida  qandaydir  mashqning  texnikasini  o’zlashtirishga 
sarflangan vaqt bo’yicha fikr yuritish mumkin. Jismoniy sifatlarning o’sish sur’ati 
va harakat ko’nikmalarining shakllanish tezligi ko’rsatkichlari qandaydir ma’noda 
shug’ullanaytganlarning  kelajak  istiqboli  to’g’risida  tushuncha  berishga  xizmat 
qiladi. 


Sportga  yaroqliligini  aniqlashning  ikkinchi  bosqichining  vazifasi  yosh 
sportchilarning shaxsiy ko’rsatkichlari kelajakdagi yuqori sport natijalari bosqichi 
talablariga  javob  bera  olishini  aniqlashdan  iborat.  Mazkur  bosqichda,  sportchini 
yuqori  sport  natijalari  tayyrlashga  y’naltirish  mumkinmi  degan  savolga  javob 
topish  lozim.  Ikkinchi  bosqichning  davomiyligi  1,5–2  yilni  tashkil  etadi.  Ushbu 
bosqichda pedagogik kuzatuvlar, nazorat sinovlari, bellashuvlar, tibbiy-biologik va 
psixologik  kuzatuvlar  o’tkaziladi.  Shug’ullanuvchining  sport  ixtisosligi 
to’g’risidagi masala bo’yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. 
Sportga yaroqliligini aniqlashning ikkinchi bosqi-chida psixologik kuzatuvlar 
o’rni ortib boradi. Kuch, harakatchanlik, asab jaraynlarining bosiqligi ko’p jihatdan 
odam markaziy asab tizimining tabiiy xususiyatlari hisoblanadi va ko’p yillik sport 
mashg’uloti jaraynida katta qiyinchiliklar bilan takomillishishga erishish mumkin. 
Murabbiy  bolalarda  mustaqillikni,  qat’iyatlikni,  maqsadga  intilish, 
musobaqalarda  butun  kuchini  safarbar  qila  olish,  sport  kurashida  faollik,  finishda 
kuchini  oxirigacha  sarflay  bilish,  muvaffaqiyatsiz  natijaga  ta’sirchanlik  kabi 
xislatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berishi lozim. 
Bolalar va o’smirlarning iroda sifatlarini o’rganish uchun, ularga bellashuvlar 
ko’rinishidagi nazorat topshiriqlarini berish kerak. Ta’kidlab o’tish joizki, sportchi 
shaxsini faqat ba’zi alohida sifatlarini emas, balki har tomonlama rivojlantirishga 
harakat  qilish  kerak.  Shuning  uchun  yosh  sportchining  turli  faoliyatlari  asosida 
baholash kerak (bellashuv, mashg’ulot, laboratoriya sharoitidaga kuzatuvlar). 
Sportga  yaroqliligini  aniqlashda  bolalar  salomatligining  tibbiy  ekspertizasi 
o’tkaziladi.  O’quvchilarning  sog’ligi  to’g’risidagi  qo’shimcha  ma’lumotlarni 
yashash joyidagi uchastka shifokorlaridan olish mumkin. Sport maktablariga qabul 
qilmaslik uchun asos bo’ladigan bir qator kasalliklar va patologiyalar mavjud (R.E. 
Moti-lyanskaya,  1977).  Bundaylar  qatoriga  tug’ma  yurak  xastaliklari,  gipertonik 
kasalliklar, lorpatologiyaning turli shakllari va boshqa kasalliklar kiradi. 
Sportga 
yaroqliligini 
aniqlashda 
bolalar 
organizmining 
rivojlanish 
xususiyatlari e’tiborga olish lozim (L.I. Stogova, 1977). Kichik maktab yoshidagi 
bolalarda asab tizimi o’sib takomillashib boradi va 11 yoshga kelib rivojlanishning 


yuqori  pog’onasiga  etadi.  Biroq,  bolalar  qanchalik  yosh  bo’lsa,  uning  bosh 
miyasidagi junbushga kelish jaraynlari Shunchalik sustkashlik jaraynlaridan ustun 
kela boshlaydi. Bolalarning yuqori emotsionalligi, e’tiborning kamligi, psixologik 
turg’unsizliklar  shu  sabablidir.  Kichik  maktab  yoshidagi  bolalar  uchun  bo’y 
usushining birmuncha sekinlashuvi va og’irligining ortishi xarakterlidir; jismoniy 
etilish davridan oldin vaqtinchalik «to’xtash» yuz beradi. Bu davr o’g’il bolalarda 
13–14 yoshda, qizlarda ertaroq 11–12 yoshda boshlanadi. 8–10 yoshda bolalarning 
skleti  suyaklari  hali  qotmagan,  nimjon,  mushaklari  yaxshi  rivojlanmagan.  Kichik 
maktab  yoshidagi  bolalar  yuragi  hajmi  sekinlik  bilan  ortib  boradi.  Qon  tomirlari 
kattalarnikiga nisbatan kengroq bo’ladi, Shuning uchun bolalarda qon bosimining 
past  ko’rsatkichlari  kuzatiladi.  Yurak  qisilishi  natijasida  aylanadigan  qon  hajmi 
kattalarnikiga  nisbatan  ikki  baravar  kam.  Shuning  uchun  qon  y’lanishi  natijasida 
kislorod yetkazib berish uchun, bolalarning yuraklari tez-tez qisqaradi. 
Kichik  maktab  yoshidagi  bolalarning  yuqori  nafas  y’llari  (burun  bo’shlig’i, 
tomoq, bronxlar), kattalarnikiga nisbatan tor. Bolalarning nafas olish tezligi (22–25 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish