Kurash turlari va uni o`qitish metodikasi



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/109
Sana15.09.2021
Hajmi2,3 Mb.
#174607
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Bog'liq
kurash turlari va uni oqitish metodikasi

6.4.Xalqaro sport harakati 
Xalqaro  sport  aloqalari  xalqlar  o’rtasida  madaniy  munosabatlarning  ulkan 
ijtimoiy-siyosiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  shakllaridan  biri  bo’lib,  bu  aloqalar  o’z 
taraqqiyoti  davomida  ko’p  marotaba  tartibiy  va  tarkibiy  o’zgarishlarga  duch 
kelgan,  binobarin, ularning g’oyaviy tamoyillari o’zgargan. 
Xalqaro aloqalar 2 ta muhim qismdan iborat:  
A. xalqaro sport harakatlari. 
B. xalqaro sport munosabatlari. 
Xalqaro  sport  harakatlari  –  bu  turli  mamlakat  sportchilarining  davlatlararo 
birlashuvi  bo’lib,  bu  birlashuv,  sportni  rivojlantirish,  sportda  Olimpiya,  Jahon  va 
qit’alar birinchiligini aniqlash, sportni reglamentga (tartibga) solish va rekordlarni 
ro’yxatga olish maqsadida, milliy sport tashkilotlari va xalqaro sport uyushmalari 
yordamida amalga oshiriladi. 
Xalqaro  sport  harakati  taraqqiyotini  turli  mamlakatlarda  erishilgansport 
muvaffaqiyatlarining ijobiy ta’sirisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Fan va madaniyatga 
to’la  dahldor  bo’lgan,  ayni  chog’da  umuminsoniy  madaniyatning  bir  tarmog’i 
hisoblangan  sportda  ham  o’z  ifodasini  topgan  bu  jarayon  ayniqsa  kapitalizm 
davrida katta kuchga kirdi. 
Xalqaro  sport  harakatini  tiklash  va  rivojlantirishga  ta’sir  ko’rsatuvchi 
faktorlar beg’araz va davomlidir. 
Xalqaro  sport  harakatida  bu  harakatning  tashkiliy  tomonini  rivojlantiruvchi 
bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan ikkita oqim aniq ko’zga tashlanadi: A. milliy 
sport tashkilotlarini yaratish; B. va xalqaro sport uyushmalarini tashkil qilish. 


Xalqaro  sport  harakatining  bugungi  mavjud  tarkibi  ko’p  qiyofali.  Uning 
tarkibiga turli xil jihatlari bilan (xududiy va mintaqaviy) va kasbiy jihatlar, o’quv 
yurtlari (universiadalar), ilmiy muassasalar o’rtasidagi tiklangan aloqalar an’anasi 
bo’yicha) shakllangan sportchilar va sport tashkilotlari birlashmalari kiradi. 
Xalqaro  sport  harakatida  birlashtiruvchi  va  boshqaruvchi  yagona  markaz 
bo’lmaydi.  O’z  oldiga  jimsoniy  madaniyat  va  sport  taraqqiyotini  asosiy  maqsad 
qilib  qo’ygan  xalqaro  sport  uyushmalari  nizomiy  tartibga  ko’ra,  ularni  jahon 
miqyosida  birlashtiruvchi  biron  bir  rahbariy  idoraga  itoat  etmagan  holda,  o’z 
faoliyatini  muxtor  tashkilot  sifatida  amalga  oshiradilar.  Binobarin,  xalqaro  sport 
harakati tashkiliy jihatdan yaxlit bo’la olmaydi. 
Lekin  shuni  ham  aytish  kerakki,  xalqaro  sport  harakatida  tashkiliy  jihatdan 
ancha mantiqiy va tekis qiyofaga ega bo’lgan sport shakllari, shuningdek, amaliy 
ishni  bajarishga  muvofiqlashgan  aniq  maqsad  va  vazifalar  vujudga  keldi.  Bu 
birinchi  navbatda  Xalqaro  Olimpiya  harakatidirki,  u  o’zining  100  yillik  umri 
mobaynida xalqaro sport harakatining eng batartib va eng ommaviy jabqasi bo’lib 
tanildi. Bu xalqaro harakatga XOK (Xalqaro Olimpiya qo’mitasi) boshchilik qiladi. 
MOQ  (ya’ni  milliy  Olimpiya  qo’mitasi)  hamda  Olimpiya  o’yinlari  dasturiga 
kiruvchi  sport  turlari  bo’yicha  xalqaro  milliy  uyushmalar  -–Olimpiya  harakati 
tuzilishining  poydevori  hisoblanadi.  Olimpiya  o’yinlarining  nizomlari  xalqaro 
Olimpiya qo’mitasi (XOQ) milliy Olimpiya qo’mitalari (MOQ) xalqaro va milliy 
uyushmalar o’rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirib turadi. 
Shu bilan birga, bir qator sport uyushmalari va Olimpiya dasturiga kirmagan 
ayrim sport turlari ham xalqarol sport harakati tarkibida bo’lishi mumkin. 
Sport  fanining  rivojlanishi,  jismoniy  tarbiya  va  sport  faoliyatining  ilmiy 
masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  xalqaro  birlashmalarni  vujudga  keltirdi.  Ushbu 
g’ayrisport  tashkilotlarning  amaliy  faoliyatida  jismoniy  tarbiya  va  sport  quyidagi 
muayyan o’rinlarni egallaydi: 
1. demokratik yoshlarning xalqaro uyushmasi; 
2. xalqaro ijtimoiy uyushma; 
3. xalqaro me’morlar ittifoqi


4. ko’rlar sihat-salomatligini muhofaza qiluvchi xalqaro  kengash
5. butun jahon yoshlar ittifoqi va hokazolar. 
Sport 
BMT 
(Birlashgan 
millatlar 
tashkiloti) 
va 
uning 
maxsus 
muassasalarining  diqqat  markazida  turadi.  BMT  bosh  assambleyasi,    BMT  ning 
mustamlaka mamlakatlar va xalqlarga mustaqillik berish haqidagi deklarasiyalarni 
amalga  oshiruvchi  maxsus    qo’mitasi,  shuningdek  BMTning  aparteidga  (irqiy 
ayirmachilikka)  qarshi  kurash  olib  boruvchi  maxsus  qo’mitasi,  sportda  irqiy 
kamsitishga  dahldor  bo’lgan  masalalarni,  irqchiliy  tuzumi  hukmdor  bo’lgan 
mamlakatlar  bilan  sport  sohasida  hyech  qanday  aloqa  bog’lamaslikni  muhokama 
qiladilar.  YuNESKO  qoshida  yoshlar  instituti  hamda  jismoniy  tarbiya  va  sport 
bo’yicha  xalqaro  kengash  mavjud.  Qolaversa,  Butunjahon  sog’liqni  saqlash 
tashkiloti,  butunjahon    fiziologlar  ittifoqi  va  boshqalar  sportga  katta  ahamiyat 
bermoqdalar. 
Xalqaro Olimpiya qo’mitasi – XOQ ning yaxshi yo’lga qo’yilgan faoliyatidan 
tashqari  hozir  yana  xalqaro  ahamiyatga  molik  ikkita  tashkilot  mavjud. 
Bular:xalqaro  sport  uyushmasining  bosh  assambleyasi  hamda  Milliy  Olimpiya 
qo’mitasi  –  MOQning  doimiy  bosh  assambleyasidir.  Bu  tashkilotlardan  tashqari 
yana  jismoniy  tarbiya  va  sport  bo’yicha  xalqaro  kengash  ham  bor.  Mazkur 
tashkilotlar  tarkibiga  sport  ilmi  sohasida  faoliyat  ko’rsatayotgan  uyushmalar 
(masalan, sport medisinasining xalqaro uyushmasi va b.) kiradi. Ayrim uyushmalar 
o’z faoliyatini mutaxassislik bo’yicha (masalan, temiryo’lchilarning xalqaro sport 
ittifoqi)  yoki  tashkilotlarning  o’ziga  xos  qiziqishlarini  hisobga  olgan  holda 
(masalan,  xalqaro  sportni  yorituvchi  matbuot  anjumani,  xalqaro  karlar  sport 
qo’mitasi, xalqaro baliq ovlash sporti birlashmasi) tashkil qiladilar. 
Yuqorida zikr etilgan uyushmalardan tashqari, faoliyati muayyan  qit’a yoki 
jug’rofiy  hududda  jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirishga  qaratilgan 
mintaqaviy uyushmalar ham mavjud. 
Odatda, bu uyushmalar qit’a (mintaqa) bo’yicha sport o’yinlarini o’tkazishni 
o’z  oldilariga  maqsad  qilib  qo’yadilar.  XOQ  –  xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi  bu 
o’yinlarga  xomiylik  qiladi,  lekin  shart  shuki,  bu  o’yinlar  XOQning  Olimpizmni 


targ’ib  qilishda  va  havaskorlik  sportni  rivojlantirishda  madadkor  bo’luvchi 
talablariga mos tushishi lozim. 
XOQ –Xalqaro Olimpiya qo’mitasi quyidagi mintaqa o’yinlarini tan oladi: 
1. Uzoq Sharq (Xitoy, Yaponiya, Filippin) O’yinlari; 
2. Markaziy Amerika mamlakatlari va Karib dengizi O’yinlari; 
3. Bolivaria O’yinlari; 
4. Umum Amerika O’yinlari(Panamerika); 
5. O’rta Yer dengizi O’yinlari; 
6. Osiyo O’yinlari; 
7. Afrika O’yinlari. 
1970 yildan boshlab 25 ta Ovrupa qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan majlisda 
Ovrupa  Olimpiya  qo’mitalarining  doimiy  konferensiyasini  ta’sis  qilish  haqida 
qaror qabul qilindi. 
Mintaqa o’yinlari muddati 15 kundan oshmasligi kerak, faqat havaskorlargina 
qatnashadigan bu o’yinlar 4 yilda bir marta, ammo Olimpiya o’yinlaridan kamida 
12 oy oldin yoki 12 oy keyin o’tkazilishi lozim. Mintaqa o’yinini uyushtirmoqchi 
bo’lganlar  Xalqaro  Olimpiya  qo’mitasi  XOQga  o’yinlar  boshlanishidan  ikki  yil 
oldin  xabar  qiladilar.  O’z  sport  turlari  ushbu  o’yin  dasturiga  kiritilgan  xalqaro 
uyushmalarining  vakillari  musobaqani  borishini  nazorat  qiladilar.  O’yinlarning 
qonun va nizomlari XOQ tomonidan tasdiqlanadi. 
«Olimpiya  o’yini»,  «Olimpiada»  kabi  atamalar,  shuningdek  besh  halqa  va 
«Tezroq,  balandroq,  kuchliroq»  degan  Olimpiya  shiori  bu  o’yin  musobaqalarida 
qo’llanilmaydi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish