64
Shoshilmaslik, siljitayotib keyingi harakat uchun qulay pay-
tni sezish zarur.
2-topshiriq.
Juft-juft bo‘lib siljitish
va muvozanatdan chiqa-
rish usullarini takomillashtirish. Mashq 3 daqiqa davomida ba-
jariladi.
Trener har bir juftlikka va yakka o‘quvchiga metodik ko‘rsat-
malar beradi va shunday metodik usul bilan sheriklarini 3-5
marta almashtiradi. Ba’zan u kuchli o‘quvchini kuchlisi bilan,
ancha bo‘sh va yengil o‘quvchini o‘ziga o‘xshagan o‘quvchi bilan
sherik qilib qo‘yadi.
3-topshiriq.
Siljib yurish va sherigini muvozanatdan chiqa-
rishga
harakat qilish, lekin qo‘shimcha ravishda usullarni qadam
tashlash, burilish yoki gavdani engashtirish bilan sinab ko‘rish.
Trener biror o‘quvchi bilan usullarni ko‘rsatadi, so‘ngra
shug‘ullanuvchilar ushlashni mustaqil ravishda 3 daqiqa davo-
mida bajaradilar.
Metodik ko‘rsatmalar.
Sherigini o‘ngga-chapga, o‘ngga-orqaga, oldinga-o‘ngga
va hokazo tomonlarga engashtirish.
Chap oyoq bilan oldinga bir qadam tashlash, o‘ng
oyoqni
sherigining chap oyog‘i yoniga keltirish va gavda og‘irligini o‘ngga
o‘tkazish; gavdani engashtirish hisobiga sherigini bir tomonga
og‘dirish.
Sherigi oyog‘i yoniga va undan o‘tkazib qadam tashlash.
Mashqni bajarish davomida sheriklar almashtiriladi. Yangi
sherik bilan 3 daqiqa mashq qilinadi.
4-topshiriq.
Qo‘llarni harakatlantirib siljib hiyla ishlatish,
payt poylab sherigini ushlab olish. Turli tomonga va aylana
bo‘ylab
siljib yurish, avval o‘rganilgan usul bilan sherigini mu-
vozanatdan chiqarishga harakat qilish. Bunday urinishlarni 3-
5 marta takrorlash.
Sherigining qarshilik ko‘rsatishiga, ushlashdan qutilishga
va o‘zi ham faol harakat qilishga ruxsat beriladi.
Topshiriq mustaqil ravishda 3 daqiqa bajariladi. Har bir
juftlikka va har bir bolaga alohida metodik ko‘rsatmalar beri-
ladi hamda keyinchalik trener ularning harakatini baholaydi.
Topshiriq bajarish davomida sheriklar almashinadi. O‘zaro
bog‘langan
tayyorlovchi harakatlar, turli holatda turib siljish,
65
xilma-xil ushlash va sherigini muvozanatdan chiqarish usullari
ham shu yo‘nalishda o‘tkaziladi.
Harakatlarni sherigini almashtirib bajarishdan iborat me-
todik usul aslida trenerovkaning aylanma metodidir.
Milliy kurash-
da bu metod harakatlarni 3-5-10 sherigini almashtirib tako-
millashtirishga hamda sportchilarga gavda to‘zilishi, psixik holati,
temperamenti va hokazolari bo‘yicha turli xil bo‘lgan sheriklar
bilan
mashq qilib, texnik-taktik harakatlarini his qilishga im-
kon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: