Shuni ham aytish kerakki, o‗quvchi-talabalarning hammasi ham biror ish
qilganda yoki biror ishni boshlashdan oldin hamma vaqt ham maslahat olishga jur‘at
etmaydi. Bunday vaqtlarda o‗qituvchi-pedagoglar yoki tarbiyachilar o‗quvchi-
talabalarni maslahat olishga rag‗batlantirmog‗i kerak. Maslahatni ham o‗quvchi-
talabalarning mustaqil bo‗lishlariga yordam beradigan qilib berish kerak.
Buyruq va talab haqidagi ma‘lumotlar 122-rasmda ifodalandi (122-rasm).
122-rasm
Buyruq va
talab
Buyruq qat‘iy amr-farmon shaklida
ifodalangan talabdir. Tarbiya jarayonida
o‗quvchi-talabalar oldiga davlatimiz
hamda ota-onalar tomonidan qo‗yilgan
muayyan maqsad va vazifalarning
bajarilishiga erishmoq uchun talab etish va
buyruq berish kabi vositalardan ham
foydalaniladi. O‗quvchi-talabalardan talab
qilinadigan talablar hamda ularga
beriladigan amr-farmon va buyruqlar aniq,
ravshan, tushunarli, muayyan maqsadga
qaratilgan ham qat‘iy bo‗lishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |