Uchinchi guruh metodlariga
shunday metodlar kiradiki, bulardan
tarbiyalanuvchilardagi ijobiy xulq-atvorni rag‗batlantirish, jazo berish va salbiy
xislatlarni tuzatish yoki oldini olish, ularning his-tuyg‗ulari va maqsadlariga bevosita
ta‘sir ko‗rsatishda foydalaniladi.
To„rtinchi guruhga
o‗zini-o‗zi tarbiyalash metodlari kiradi.
Ijtimoiy ongni va ijtimoiy axloqni shakllantirish metodlari o‗quvchi-
talabalarning ongi, his-tuyg‗usi, xulqi va odobiga har tomonlama ta‘sir ko‗rsatishni
o‗z ichiga qamrab oladi. Ijtimoiy ongni va axloqni shakllantirish metodlari –
tushuntirish, uqtirish, ishontirish, o‗git-nasihat, maslahat berish, iltimos va istak,
buyruq va talab, suhbat va hikoya shakllaridan iboratdir (120-rasm).
120-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |