2
.
Tarbiyada ijobiy namuna va ibrat ko„rsatish metodlaridan
foydalanishning ahamiyati
O‗quvchi-talabalarning barkamol inson bo‗lib rivojlanishida turli ta‘sirlar,
o‗quv jarayoni va boshqa vositalardan tashqari o‗qituvchi-pedagoglar va
tarbiyachilarning hamda ko‗pchilikning hurmatiga sazovor bo‗lgan kishilarning
shaxsiy ibrat-namunasi ham katta ahamiyatga ega. Yoshlar to balog‗at yoshiga yetib,
mustaqil hayotni boshlagunlariga qadar ko‗pchilik sharoitlarda bilish, o‗rganish
jarayonida asosan, o‗qituvchi-pedagoglarga, ota-onalar va qo‗ni-qo‗shnilarga,
kattalarga, badiiy asarlarning qahramonlariga taqlid qilishadi. O‗quvchi-talabalar
kattalar tajribasini o‗zlashtira borar ekan, ko‗pincha o‗zi hurmat qiladigan, o‗zi
yoqiradigan o‗qituvchi-pedagogning talaffuziga, odob-axloqiga, o‗zini tutishiga
taqlid qiladi.
Taqlid
ularda birmuncha tanlash xarakteriga ega bo‗lib, ularni boshqa
kishilarning xulq-atvoridagi ma‘lum ijobiy xislatlari o‗ziga jalb qiladi.
Yoshlikdagi taqlid va ishtiyoq doirasi namuna-ibrat yordamida kengayib
boradi. Taqlid qilish uchun ijobiy namuna-ibratlarni tanlashda g‗oyaviy-siyosiy va
ma‘naviy-axloqiy omillarning ahamiyati kattadir. O‗quvchi-talaba shaxsining ruhiy
va ma‘naviy-axloqiy rivojlanishi uchun ―ulkan maqsad‖ bilan birga ―ijobiy shaxsiy
namuna‖ kerak bo‗ladi. Tarbiyalanuvchi shaxsiga ta‘sir etishning obyektiv yo‗li
shaxsga shaxs orqali, ya‘ni o‗qituvchi-pedagogning ijobiy shaxsiy namunasi orqali
ta‘sir etishdir. O‗quvchi-talabalar o‗zlari yoqtiradigan shaxsga taqlid qilish natijasida
o‗zlarini mag‗rur tutadilar, xatti-harakatlari xuddi kattalarnikiday tuyuladi. Taqlid
qilishni moslashish (adaptatsiya) tushunchasi bilan aralashtirish yaramaydi.
O‗quvchi-talabalar kimlargadir taqlid qilishi va havas qilishi mumkin, bu ijobiy
xislat. Birinchidan, taqlid qilish orqali o‗quvchi-talabalarning o‗z tajribasi qo‗shilib
ketib, ularda yangi shaxsiy xislatlar paydo bo‗la boshlaydi. Ikkinchidan, yoshlar
yetuklasha borishi bilan taqlid qilish jarayoni ham o‗zgara boradi. Endi taqlid
qilinayotgan xislatlar tanalanadi.
Tarbiya jarayonida bevosita sinf yoki guruhda ta‘lim olayotganlarning ichida
fanlardan yaxshi va a‘lo o‗zlashtiruvchilar, odobli va intizomli o‗quvchi-talabalar
226
namuna sifatida ibrat qilib ko‗rsatilishi mumkin. Bunda juda ham ehtiyotkorlik bilan
ish tutish talab etiladi. O‗quvchi-talabalarning ismi, sharifi (familiyasi)dan ko‗ra
ko‗proq ibratli xulq-odobi, ibratli ishlariga e‘tibor qaratilishi yaxshi natijalarga olib
keladi. Aks holda sinf yoki guruhdagi o‗quvchi-talabalarni bir-biriga qarama-qarshi
qilib qo‗yilishi guruhbozlik boshlanishiga sabab bo‗lishi mumkin.
O‗quvchi-talabalarning taqlid qilishga moyilligi ko‗pincha salbiy odatlarni ham
o‗zlashtirish imkoniyatini beradi. Ba‘zan o‗quvchi-talabalarni o‗quv muassasasi ichki
tartibini buzuvchilar, ularning qo‗polligi, soxta jasurligi jalb qiladi. Ota-onalar va
o‗qituvchi-pedagoglar yoshlarga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lgan o‗rtoqlari bilan
aloqa qilishini ta‘qilasa, bu aksincha, tarbiyalanuvchining hali o‗rtoqlari bilan birga
bo‗lish istagini yanada kuchaytiradi. Eng muhimi, yomon odatlar ta‘siriga ijobiy
namuna-mbratni qarama-qarshi qo‗yish, oila va ta‘lim muassasasi muhitida
tarbiyaviy ishlarni shunday tashkil etish kerakki, toki bu faoliyat tarbiyalanuvchiga
zerikarli, mazmunsiz majburiy bir narsa bo‗lib tuyulmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |