Kostyum bezaklari.
Bezaklar hindlar kiyimida hozirgacha, ayniqsa ayollarda,
muhim rol o’ynaydi. Ular faqat bezak belgisi emas, balki ko’proq ijtimoiy rol
o’ynaydi. Hindistonda bezak taqmagan birorta ayol yo’q(bevalardan tashqari)edi.
O’rta va past tabaqali ayollar barcha taqinchoqlarni doimo taqib yurishardi.
Zargarlik buyumlari xilma-xil bo’lgan: ziraklar, marjonlar, o’zuklar, bilago’zuklar,
to’qalar, kamarlar sochiga va peshonasiga taqadigan taqinchoqlar va boshqalar. Ular
chig’anoqdan, fil suyagidan, marjondan, marvariddan, donlardan, nozik, fayans rangli
shisha va oynachalardan qilinardi. Oltin va qimmatbaxo toshlar ham juda ko’p
qo’llanardi .
Do'stlaringiz bilan baham: |