Ayollar libosi.
Sari
qadimdan hind ayollarning an’anaviy milliy libosidir. Sari
har xil usullarda o’ralgan va o’ziga xos drapirovkalangan. Sarini o’rashning bir necha
xil usullari mavjud bo’lib, ulardan biri: sondan tizzagacha yoki to’piqqacha 1–2
marta o’rab, keyin tugib bog’lanadi. Tepa qismi yelkaga tashlanadi, sarining bir uchi
ko’krak yonlarigacha chiroyli qilib qistirib qo’yiladi. Hind ayollari kalta kofta – choli
va yubka kiyishgan. Choli – kaltagina yengchali, ko’krakka yopishib turadigan juda
tor yelka kiyimi. Ko’krak qismini orqa tomonidan qattiq tortib, ip tasma bilan
bog’lanadi.
Ayollar bosh kiyim o’rniga boshlariga sarining bir uchini yopib yurishgan.
Hozirda Hindistonning ko’p joylarida bosh kiyim kiyilmay qo’yildi. Ayollarning
oyoq kiyimi xuddi erkaklarnikiga o’xshash bo’lgan.
31
16-rasm. Hind muhabbat mabudasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |