Kostyum tarixi



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

 
shossa
 
bu davrda urf edi.
XIII asrga kelib ikki yoni tikilgan, chuqur o’mizli 
syurko
deb nomlangan yangi 
kiyim turi paydo bo’ldi. Syurkolar, odatda, kottning ustidan kiyilgan (32-rasm).
 
32-rasm.Erkaklar kostyumlari 
Kech o’rta asrlar davri (XIV–XV).
Bu davrga kelib, bichiqdagi rivojlanish 
sabab, kiyimlarning shakli, to’zilishi va bezak chiziqlarida turli-tumanlik paydo 
bo’ldi. Erkaklar libosi ikki siluet ko’rinishni oldi: qomatga yopishib turuvchi va 
pastga qarab kengaygan keng liboslar. Ushbu davr erkaklar libosi o’tkir uchli 
poyabzal va konus shaklidagi baland bosh kiyim bilan birga inson tana shaklini 
yanada uzaytirib ko’rsatish bilan birga unga harakat erkinligi, chaqqonlik va 
egiluvchanlik ham baxsh etardi. Bu davr tor kiyimlariga kalta, yopishib turadigan 
ko’rtka 
kotardi
– old tomonidan tugmalanadigan va bo’ksada bezakli belbog’ bilan 
qadaladigan, bo’ksa uzunligidagi tor kiyim. Kotardining yengi turlicha: tor, keng, 


60
qanot shaklida. Yuqori qismidagi tor yenglar pastga tomon kengayib, tishchalar yoki 
kengligi 10 sm, uzunligi 1,5 metrga boradigan mato bo’laklari bilan bezaklangan.
XIII
asrlarga kelib kotardi belni siqib turadigan va bo’ksada yelpig’ichsimon 
taxlamali kalta jaketlar tomonidan siqib chiqarildi. Jaketlar yengi baland ko’tarilgan, 
burmalangan o’mizga ega bo’lib, frank burgud modasi belgisi – yelkaning to’g’ri va 
baland ko’rinishini belgilagan. 
Tapert
ham beldan qattiq siqib bog’langan va uning ham past qismi burmali 
yoki taxlamali (skladkali) bo’lgan. Tapertlar jaketdan uzunroq bo’lgan (tizzagacha 
uzunlikda), chetlari boy bezatilgan. Belbog’, yoqa, yeng va yelka choklarga 
qo’ng’iroqchalar taqilgan. 
Kalta tor kurtkalar 
shossalar
va o’tkir uchli oyoq kiyim – 
pigashlar
bilan 
kiyilgan. XIV asrga kelib pigashlar uchi judayam uzayib, ular uzunligi egasining 
jamiyatdagi o’rniga qarab 70 sm gacha borgan. Oyoq kiyim rangi ustki libos rangiga 
mos tanlangan. 
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida qoplama va tugmalari qadalmaydigan, turli 
uzunlikdagi ustki kiyim – upelyandlar paydo boldi. 
Bu davrda bosh kiyimlarning turlari – kapyushon, shaperon – osilib turuvchi 
uzun uchli o’ralgan bosh kiyim, konuss imon, keng va tor ayvonli (chambarakli) fetr 
va movut shlyapalar. Soch turmaklari – uzun lokonlar (jamalaklar) va kalta chyolkali.
Ayollar libosi.
Ayollar bir paytning o’zida ikkita tunika kiyib yurishgan: uzun, 
tor yengli uzun va keng tunikalar hamda ustki, kalta va keng yengli, bo’yi kaltaroq 
tunikalar. X–XII asrlardan boshlab tanaga yopishib turadigan tor liboslar, tor kalta 
jiletlar paydo bo’ldi. Metall parchalari bilan bezaklangan belbog’lar bo’ksaga taqilib, 
ularning uchlari yerga qadar osilib turgan. Ayollar sochlarini yoyib yoki o’rib 
yurishar va parcha lentalar, obruchlar, dahanga bog’lanadigan chambaraklar taqa 
boshlashdi. Poyabzallar to’zilishi va materialiga ko’ra xuddi erkaklarniki singari 
bo’lgan(33-rasm).


61
33-rasm. Gotika uslubi ayollar liboslari 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish