Kostyum tarixi


Gotika uslubidagi kostyumlar



Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/145
Sana03.02.2022
Hajmi6 Mb.
#426344
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   145
Bog'liq
kostyum tarixi

Gotika uslubidagi kostyumlar. 
Ilk o’rta asrlardagi roman uslubi liboslarda ham 
o’z aksini topgan. Roman uslubi ikki madaniyat – Rim, antik va mahalliy 
bosqinchilik madaniyati uyg’unligida shakllandi. Unga og’ir vaznlilik, shakllarning 
kattaligi, yarim doira arkalar, og’ir devorlar, oynalar va eshiklarning katta bo’lmagan 
o’ymalari xosdir. Qadalmaydigan kiyimlarning sodda bichimi Yevropa kiyimlarida 


58
X–XI asrlargacha yashab keldi. XII asr – XIV asrning birinchi yarmida erkaklar va 
ayollar liboslari uzun bo’lib, ular qomatga yopishib turgan. Qomatga libosning 
yopishib turishini bichish usulida amalga oshirilgan. Qomatga libosning yopishib 
turishi uchun kiyimda 3 ta chok qilingan, ya’ni ikki yon va bitta orqa chok orqali 
amalga oshirilgan. Kiyimning past qismi esa uchburchak shakldagi klinlar yordamida 
etak qismi tomon kengaytiriladi 
Endilikda belbog’lardan belni tortib turish uchun emas, balki belni ta’kidlab 
ko’rsatish uchun va dekorativ bezak sifatida foyda lanilgan. Liboslar faqatgina 
nakladnoy, ya’ni ustiga tashlanadigan bo’lgan. Faqatgina plashlar drapirovkalangan, 
ya’ni burmalangan. 
XIV
asrning ikkinchi yarmi – XV asrning birinchi chora-gi (gotika davri) 
erkaklar kalta kiyimining paydo bo’lishi va ayollar uzun kiyimining yanada boyishi 
bilan xarakterlanadi. Bu davrda tugmalari qadalmaydigan kiyimlarning turli xillari 
keng tarqaldi. Kenglikni hosil qilish uchun vitachkalar qilina boshladi. Yengning 
o’mizi oval shaklida bichila boshladi. Yeng o’mizga butunlay tikilmay, balki uning 
ba’zi o’rinlari shnur yoki tesmalar yordamida biriktirila boshladi. Liboslar bel 
chizig’i bo’ylab ajratilib bichiladigan bo’ldi. Gotika davri kiyimlarini bichish va 
modellashtirish, modani shakllantirishda gullab-yashnagan davr bo’ldi. Aynan mana 
shu davrga kelib, kiyimlarda umumiy badiiy uslublar doirasida liboslar shakli 
tezlikda almashdi.
XV asrning ikkinchi yarmi – frank-burgund modasining davri bo’ldi. Bu davrda 
yergacha uzaytirilgan, osilib turgan yengli, harakatlanishni cheklaydigan, qomatni 
ko’rsatib turuvchi tor liboslar, uzun tumshuqli poyabzallar, ajoyib, hashamdor bosh 
kiyimlar urfga kirdi, g – shaklidagi qomat siluetiga erishish uchun ayollar qorinlariga 
unchalik katta bo’lmagan yostiqlar – boslar bog’lab yurishgan. Bo’yinlarini uzaytirib 
ko’rsatish uchun ayollar orqa tomondan quloqlari atrofini, yuzlarini oval ko’rsatish 
uchun manglayni qirtishlab yurishgan.
Erta o’rta asrlar davrida zig’ir tolasidan tayyorlangan mato, uyda kanopdan 
to’qilgan mato, movut, mo’yna, charm, Sharq va Vizantiya shoyilari keng tarqalgan. 
Ranglar jilosi yorqin, toza: olov rang qizil, karmin (och qizil), moviy-zangori, yashil 


59
ranglar. Kech gotika davriga kelib o’ziga xos to’q va xiraroq ranglar ham kirib kela 
boshladi. Xususan, fon rangi – kul rang, jigarrang. 

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish