Ayollar libosi. Asr davomida ayollar libosi asosida bir
necha bor shakli o‘zgargan metall plastinkali suyakli korsetlar
yotadi. Korset shakli o‘zgarib turgan va modani aks ettirgan.
Ko‘ylaklarning etaklari kraxmallangan va bir necha ustki
yubkalar hisobiga keng, shaklan katta bo‘lib qolavergan.
Ichki ko‘ylak, ya’ni kott lif yoki korsaj va yubkadan iborat.
Old lifi uchburchak shakldagi o‘yiq ustiga yechib qo‘yish
mumkin bo‘lgan kiritma, to‘r bilan bezaklangan keng va past
yoqadan iborat. Ustki ko‘ylak sifatida keng, kalta yengli va bel
qismi yuqori bo‘lgan oldi ochiq rob xizmat qilgan. Ichki va
ustki kiyimlarning ranglari kontrast yechimda: biri yorqin, biri
to‘qroq rangda hal etilgan. Asrning ikkinchi yarmida ayollar
78
libosining shakli keskin o‘zgardi. Yenglar kengligini yo‘qotib,
kaltalashdi (tirsakkacha). Past qismi esa keng to‘rli pirpiraklar
bilan bezaldi. Bu davr ayollar libosining asosiy ifodali chizig‘i –
uning ikki qavatli yubkadan iboratligida ko‘zga tashlanadi. Kott
lifiga odatda ikkita yubka tikilgan: fripon (ichki) va modest
(ustki). Modest uchun og‘ir naqshlarsiz barxat, parcha, atlas
kabi matolar tanlangan. Fripon uchun esa yengil va yupqa
matolar: tafta, muar, kamlot tanlangan. Modest old qismi
kesmali bo‘lgan. Kesma chetlari to‘rlar, ryushlar va mo‘yna
bilan bezalgan. Etak qismi esa burmalanib, shnurlar va
munchoqlar yordamida lifga qotirilgan. Friponning ochilib
qolgan qismi, ya’ni oldi va past qismiga volanlar, bir necha
qatorli pirpiraklar, to‘rlar, baxrama, shokilalar bilan bezak
berilgan (36-rasm).
36-rasm.
Faqatgina dvoryan ayollari kiyishi mumkin
bo‘lgan rob shleyf bilan tikilgan. Rob yubkasi
ham beldan burmalanib, pastga tomon oldi
ochiq bo‘lib, kott yubkasini berkitmay turgan.
Yubkalardagi ko‘pgina taxlamalar va burmalar
bo‘ksa chizig‘ini birmuncha kattalashtirib,
ayollar gavdasining past qismini kengaytirib
ko‘rsatgan (37-rasm).
Bu davr moda yaratuvchilari, asosan, fransuz
qirollari va uning a’yonlari edi. Shunday qilib,
bir asr davomida aslzodalar libosi 6 marta
o‘zgardi.
XVIII asr qirollik hokimiyatining tanazzul
davri bo‘ldi. Kapitalistik ishlab chiqarishning
tasdiqlanishi madaniyat va san’atda yangi
shakllarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Burjua madaniyati asoslari paydo bo‘la
boshladi. Ular Didro, Volter, Russo singari
ma’rifatparvarlari mafkurasida o‘z ifodasini
37-rasm.
79
topdi. Aynan ushbu asrda insonparvar madaniyat tushunchasi
iste’molga kirdi. Ziyolilar qatlamining paydo bo‘lishi va ular
o‘rtasidagi aloqalar sabab mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy
aloqalar kengaydi. Fan-texnika va ishlab chiqarishdagi taraqqiyot
iqtisodiy rivojlanishga turtki berish bilan birga ma’rifatparvarlik
bilan uyg‘unlashib, Fransiyani burjua inqilobiga olib keldi.
Fransuz inqilobi feodal tuzumga batamom xotima yasab,
kapitalistik jimiyatning barpo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
XVIII asrda Yevropa madaniyati poytaxti sifatida avvalgidek
Fransiya va Angliya saqlanib qoldi. Fransuz san’ati Yevropa
davlatlari uchun namuna bo‘ldi. Fransuz tili xalqaro til bo‘lib
qoldi. Fransuz modasi barcha Yevropa mamlakatlariga tarqalib,
umumiy Yevropa modasiga aylandi. Angliyaning ta’siri falsafa,
iqtisodiy va ijtimoiy nazariya bilan birga san’atda ham ko‘zga
tashlandi. Xususan, ingliz libosi «fransuzlashib», barcha
Yevropa mamlakatlariga tarqaldi.
XVIII asr o‘rtalarida san’atda barokko uslubi rivojini
to‘xtatgan rokoko uslubi yetakchilik qila boshladi. Rokoko
Fransiyada Lyudovik XV hukmronligida paydo bo‘ldi. Ushbu
uslub g‘oyaviy tanazzulni boshdan kechirayotgan, ertangi kuniga
ishonchi yo‘q yuqori tabaqa aslzodalari didini namoyon etgan.
Rokoko uslubi me’morlik, tasviriy san’at, amaliy san’atda
kuzatiladi. Ushbu uslubga chuqur g‘oyaviy mazmun, borliqdan
qochib, yengil tasavvurlar, nozik hissiyotlarga berilish,
nosimmetrik va murakkab chiziqlardan iborat shaklning
bezakdorligi xos.
Rokoko termini fransuzcha «rokayl-rok» – qoya ma’nosini
bildiradi. Dengiz chiqanoqlari va dengiz o‘tlari bilan qoplanib,
ular bilan birlashib ketgan qoya parchalari singari o‘ziga xos,
tartibsiz, to‘satdan paydo bo‘lgan, ajoyib ko‘rinish – rokoko
ornamentining asosi, uning bezagining asosiy motivlaridir.
Nozik va hashamdor naqshlar betakror, nozik, yumshoq, yorqin,
turfa xil ranglar tuslariga mos tushgan.
80
Rokoko badiiy uslubi chizgilari XVIII asr fransuz libosida
o‘zini yorqin namoyon qilgan. U, shuningdek, avvalambor,
inson go‘zalligi haqidagi fikrlarga ham o‘zgarishlar kiritdi.
Sun’iy yaratilgan «bayramona shukuh» dunyosida sun’iylik
inson go‘zalligining asosi bo‘ldi. Ayollar va erkaklar qiyofasida
real hayotdan uzoq bo‘lgan qo‘g‘irchoq monand, ertakona
shartlilik, real hayotiy zamindan uzilgan fantastik belgilari
bo‘rtib turgan qiyofaga urg‘u berildi.
Libosda bu obrazni yaratish inson qomati proporsiyalarining
buzilishiga, ya’ni yuqori va past qismlar nomutanosibligiga
olib keldi. Kichkinagina, nozik bosh, tor yelkalar, ingichka,
egiluvchan bel hamda bo‘ksa o‘lchovi va shaklining grotesk
darajada kattalashishi ko‘zga tashlanadi. Dekorativ rokokoga
qulaylik va amaliylik deyarli xos emas.
Erkak va ayol tashqi belgilarining yaqinlashuvi, ularning
noziklashuvi, qo‘g‘irchoq qiyofa, yosh darajasidagi farqlarning
yo‘qolishi (ushbu davrda keksalar ham, yoshlar ham bir
xil libos kiya boshlashgan, bir xil kosmetik vositalardan
foydalanishgan) oqsuyak yuqori tabaqaning ma’naviy va
jisman qayta tug‘ilganligini bildirardi. Ularning bir qator
avlodlari mehnatga layoqatsizligi bilan ajralib turadi. Butun
kuch tashqi nazokat va turli ko‘ngilochar jihatlarga sarf etildi.
Fransuz tasviriy san’atida bu kabi obrazlar bilan Bushe, Vatto,
Fragonara portretlari tanishtiradi.
XVIII asr 70-yillarida klassitsizm san’atdagi asosiy
yo‘nalish bo‘lib qoldi. O‘zining aniq va yorqin obrazlari, qat’iy
geometrik kompozitsiyalarida u yana antik davr ideallariga
murojaat etdi. Biroq ushbu davr amaliy bezak san’ati va ayniqsa,
1970–1980-yillar libosida rokoko uslubining ta’siri butunlay
bartaraf etilmadi. Haddan tashqari bezakdorlik, hashamdorlik
vaqti-vaqti bilan yangi shakllarda o‘zini namoyon etib turdi.
XVIII asr libosida, avvalambor, matolar turi o‘zgardi.
Saroy va tantanavor liboslarda qo‘llangan shoyi, baxmal,
81
parcha, atlas matolar o‘rnini yupqa jun matolar, movut va
paxta matolar egallay boshladi. Reynolds, Xogart, Geynsboro
portretlari XVIII asr oxiridagi yangi ideal belgilarni o‘zida
namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |