Kostum va moda tarixi



Download 12,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/159
Sana31.12.2021
Hajmi12,37 Mb.
#219288
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159
Bog'liq
kostum va moda tarixi (1)

Erkaklar libosi. Bu davr erkaklar liboslarining asosiylari – 
ko‘ylak, ishton, kurtka, bosh kiyim, poyabzal, ich kiyim. Ki-
yimlar shakli, ba’zi qismlari davr davomida bir necha marta 
o‘zgargan. Asr boshida erkaklar ko‘ylagi ichki kiyim va ustki 
kiyimning bir qismi vazifasini bajargan. Asrning ikkinchi yarmi-
ga kelib oq yupqa matodan tikilgan tor ichki ko‘ylak va xuddi 
shu matodan tikilgan ustki keng ko‘ylaklar paydo bo‘ldi. Libos 
yenglarining kesimlaridan ichki ko‘ylak ko‘rinib turardi. Uning 
manjetlari va yoqalari gofrelangan to‘rlar bilan bezatilgan. 
34-rasm.
35-rasm.
Kamzul kalta qaytarma yoqali koletga 
aylandi. Kalta, mo‘yna bilan sirlangan tik 
yoqali plash kiyish odat tusiga kirdi.
Koletning old o‘mizi uchburchak shaklini 
olib, keng yenglari qavilib, manjetli qilin-
di. Uni pantalonlar bilan kiyishgan. Pan-
talonlar ostidan tor paypoq-ishton kiyilgan. 
XVII asr erkaklar libosi harbiylashti-
rish ta’siri ostida bo‘ldi (34–35-rasmlar). 
Biroq 50–70-yillarda bu timsol yangi es-
tetik ideal – yosh qirol Lyudovik XIVga 
taqlid, ya’ni go‘daklik timsolidir. 
Bu davr libosi to‘rlar, bantlar bilan 
boy bezatilgan ko‘ylak, yengi tirsakkacha 
bo‘lgan kalta kurtka – vesta va rengrav –
ishtondan iborat bo‘lgan. Vesta pirpiraklar, 
lentalardan qilingan kantlar, tesmalar, 
 
ryushlar, to‘rlar bilan boy bezatilgan. 
Vestaning etaklari va ishtonning belbog‘i 
o‘rtasidan keng ko‘ylakning gafre, burmali 
pirpiraklari ko‘zga tashlanib turgan. 
Rengrav-ishton – ikki qavatli yubka-
ishtondir. Bunda shalvar – keng ishton 


77
ustidan kiyilgan taxlama (skladka)li yubkadir. Sharvarning 
belbog‘i, yon choklari tesma, bant, pirpirak, to‘r singari 
bezaklar bilan bezaklangan.
Asr oxiriga kelib yangi saroy kiyimi – jyustokor paydo 
bo‘ldi. Jyustokor bel chizig‘idan sharf-belbog‘dan pastga qarab 
kengaytirilgan, mayda tugmachalar va petlyalar bilan qadaladigan 
tor, tizzagacha bo‘lgan uzunlikdagi kiyim turidir. Yenglarining 
yuqori qismi tor bo‘lib, u pastga qarab kengaytirilgan va keng 
qaytarma manjetga ega. Ranglar yechimi yorqin va jilvador, 
oltin va kumush bilan kashtalangan. Jyustokor yoqasiz bo‘lib, 
uning o‘rnini oq matodan uchlariga to‘r o‘rnatilgan galstuk 
egallagan. Erkaklar libosini oq, havorang, qizil rangdagi, gul 
yoki naqsh bilan kashtalangan shoyi yoki junli paypoqlar 
to‘ldirgan. 
Poyabzallar qatoriga qaytarmali etiklar, shuningdek, bantli, 
to‘qimli, rozetkali, to‘rtburchak uchli va tasmali yarim yopiq 
tuflilar  kirgan.  Bu  davrda,  shuningdek,  erkaklarning  qizil 
rangdagi baland poshnali oyoq kiyimlari ham paydo bo‘lgan. 
Bosh kiyimlar – yumshoq keng soyabonli, oq tuyaqush pati 
bilan bezalgan shlyapalar – asta-sekin uchburchak shaklga kira 
boshlagan. 

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish